Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
الذهاب إلى القناة على Telegram
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi 91-322-21-89 75-542-56-26 https://t.me/kitob_tuman_Kengashi https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=nR_kSY-4gIz2-NLy https://www.facebook.com/share/p/19kgw6S9dG Murojaat uchun - https://t.me/gulomuzoqov
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
200
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+27 أيام
-830 أيام
أرشيف المشاركات
Joriy yilning 15-may kuni soat 10:00 da tuman hokimligida Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq o'z sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
Sessiya ishida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kitob tumanidagi Xalq qabulxonasining 2026-yil birinchi choragida aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati to‘g‘risidagi axborotini eshitish; “Mahallani qo‘llab-quvvatlash va jamiyatni yuksaltirish” yili Davlat dasturi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining tumandagi ijrosi yuzasidan 2026-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Qashqadaryo viloyati Kitob tumani bo‘limi boshlig‘i A.Sirojevning hisoboti va boshqa masalalar ko'rib chiqilishi belgilangan.Sessiya ishini jonli efirda quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz va savollaringiz bo‘lsa izohlarda yozish orqali yo‘llashingiz mumkin: Jonli efir havolasi: 👉 https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=nR_kSY-4gIz2-NLy
+1
Oyoqchi mahallasida yangi sport majmuasi tashkil etiladi
Bugun tuman hokimining o‘rinbosari F.Usmonov, kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov hamda mutaxassis J.Ergashevlar Oyoqchi mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldilar.
Tashrif davomida mahalladagi bo‘sh turgan binodan samarali foydalanish, uni bolalar uchun zamonaviy sport zaliga aylantirish masalasi ko‘rib chiqildi. Mas’ullar binoni zaruriy sport jihozlari va inventarlar bilan ta’minlash hamda o‘rnatish bo‘yicha kelishib oldilar. Tez orada mahallamiz yoshlari o‘z uylariga yaqin hududda sport bilan muntazam shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.DEPUTAT_FAOLIYATI
+1
Jamiyatda zo‘ravonlikka o‘rin yo‘q!
Xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish — davlatimizning doimiy e’tiborida.
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun bu boradagi huquqiy kafolatdir.
💡 Qonun nimalarni kafolatlaydi? Himoya orderi: Tazyiqdan jabrlangan xotin-qizlarga davlat tomonidan beriladigan maxsus hujjat;
Bepul yordam: Tibbiy, psixologik va huquqiy yordam olish huquqi;
Maxfiy saqlash: Murojaat qilgan shaxsning shaxsi sirligi qonun bilan himoyalanadi.
❌ Unutmang: Tazyiq va zo‘ravonlik — bu faqat jismoniy jarohat emas. Ruhiy bosim, iqtisodiy cheklov va jinsiy zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishi qonun bilan taqiqlanadi!⚖️ Siz yolg‘iz emassiz! Huquqingizni biling va o‘zingizni himoya qiling. #ish_reja_qonun_ijrosi DEPUTAT_FAOLIYATI
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Turayev Najmiddin Isroilovich tomonidan joriy yilning 1-may kuni 70-ds-341-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
📩 Deputatlik so‘roviga "Kitobtumangaz" bo'limi tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi.
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
+1
🏛 Adolat SDP: Ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati diqqat markazida
“Adolat” SDP Kitob tuman Kengashi raisi N.Turayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Ergashevlar tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
✅ Ijtimoiy yordam: Muhtoj qatlamga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va manzilliligi;
✅ “Yagona darcha” tamoyili: Fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va hal etishda yaratilgan qulayliklar;
✅ Xodimlar salohiyati: Markaz xodimlarining aholi bilan ishlash jarayoni va moddiy-texnik baza holati.
🚀Oyoqchi MFYda istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironligi bo‘lgan R.Yallayevga elektron nogironlar aravachasi topshirildi. Mazkur xayrli ish "Inson" ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Endilikda fuqaroning harakatlanishi va ijtimoiy hayotda faol bo‘lishi uchun qo‘shimcha qulaylik yaratildi.
DEPUTAT_FAOLIYATI
+2
🏛 Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashida yoshlar masalalari muhokama qilindi
Bugun Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Yoshlar ishlari agentligi Kitob tumani bo‘limining “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hisoboti atroflicha ko‘rib chiqildi.
Muhokama markazida quyidagi masalalar bo‘ldi:
📌 "Yoshlar daftari" orqali ko‘rsatilayotgan yordamlar samaradorligi;
📌 Uyushmagan yoshlar bilan ishlash va ularning bandligini ta’minlash;
📌 Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlar;
✅ Komissiya a’zolari tomonidan sohada amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda, yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar ham tanqidiy tahlil qilindi.Yoshlar kelajagimiz — ular bilan ishlashda tizimli yondashuv eng muhim mezon hisoblanadi. DEPUTAT_FAOLIYATI
Deputat so‘rovi: Muammolar yechimi yo‘lida
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Usmonov Abdig'ani Xomidovich tomonidan “Qaynar” mahalla fuqarolar yig'ini aholisining murojaati asosida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
So‘rovda mazkur mahalla fuqarolar yig'inida ichki ko'chalarni shag'allashtirish masalasi ilgari surilgan.
DEPUTAT_FAOLIYATI
+3
🐝 Asalarichilik — daromad va salomatlik manbai
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Uzoqov tumandagi asalarichilik subyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida soha vakillari bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, asalarichilikni rivojlantirish yo‘lidagi mavjud to‘siqlar va muammolar muhokama qilindi.
Muloqot davomida asosan quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:
🌸 Asalari oilalarini ko‘paytirish uchun yaylovlar ajratish;
🧪 Kasalliklarga qarshi kurashish va sifatli veterinariya xizmati;
💰 Yetishtirilgan mahsulotni sotish (eksport) va qadoqlash masalalari;
🏦 Imtiyozli kreditlar ajratishdagi muammolar.
✅ Kotibiyat mudiri tomonidan har bir murojaat diqqat bilan tinglandi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda choralar ko‘rilishi belgilandi.DEPUTAT_FAOLIYATI
Deputat so‘rovi: Muammolar yechimi yo‘lida
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Qodirov Odiljon Zohirovich tomonidan “Ko'hsor” mahalla fuqarolar yig'ini aholisining murojaati asosida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
So‘rovda mazkur mahalla fuqarolar yig'inida ichki ko'chalarni shag'allashtirish masalasi ilgari surilgan.
DEPUTAT_FAOLIYATI
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Do'stov Akmaljon Fazliddinovich tomonidan joriy yilning 30-aprel kuni 69-ds-341-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
📩 Deputatlik so‘roviga tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi.
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
+6
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA IJRO INTIZOMI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi I.Xushmurodova, viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari F.Siddiqov, L.Jovliyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati jamoasi hamkorligida Kitob tumanidagi “Denov” MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalla yettiligining ish faoliyati, xususan:Aholi muammolari bilan ishlash tizimi; “Mahalla balansi” asosida shakllantirilgan ro‘yxatlar; Xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash choralari; Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mahalla faollari bilan o‘tkazilgan muloqotda "Mahalla yettiligi"ning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Maqsad — xalq bilan muloqot qilish orqali har bir xonadon muammosiga yechim topish va aholi farovonligini ta’minlashdir.DEPUTAT_FAOLIYATI
4-8-MAY KUNI E'LON QILINGAN YANGILIKLAR DAYJESTI
Deputat xonadonlarda: Ijtimoiy himoya e’tiborda
Tibbiy xizmat sifati va aholi salomatligi — e’tibor markazida
Paxtaobod MFYda o‘rganish ishlari olib borildi
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim hisobot tinglandi
Deputat o‘rganishi: Mahallalar va ta’lim muassasalaridagi sport inshootlari ko‘zdan kechirildi
Yangi bunyod etilgan 2-DMTT faoliyati ko‘zdan kechirildi
Xalqlar do‘stligi mahalla fuqarolar yig'inida yo‘llar ta’mirlanmoqda
Deputat so‘rovi natija bermoqda: 19-sonli maktabdagi muammolar bartaraf etilmoqda
Tuman Kengashi kotibiyatida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Hududlarda Kengashlar faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
Keksalarimiz — xonadonimiz fayzi va farishtasi
Kitob tumani markaziy shifoxonasida o'rganish ishlari olib borildi
Yangi hafta ish rejasi ANONSIBizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻 |Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|
📅 HAFTALIK ISH REJA ANONSI
(12–16-MAY)
🗓 12-MAY
Mavzu: Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni targ‘iboti.
Deputat: Z. Norova
Mas’ul: O. Nosirov
🗓 13-MAY
Mavzu: Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosi.
Deputat: A.Usmonov
Mas’ul: J. Ergashev
🗓 14-MAY
Mavzu: Mahalla ichki yo‘llari holati, ko‘chalarni yoritish, tirbandliklar va YTHlarning oldini olish chora-tadbirlari o‘rganishi.
Deputat: N.Turayev
Mas’ul: O. Nosirov
🗓 15-MAY
Mavzu: Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash, ayniqsa "qizil" va "sariq" hududlarda jinoyatchilikni bartaraf etish ishlari.
Deputat: R. Kamilov
Mas’ul: J. Ergashev
🗓 16-MAY
Mavzu: Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bo'yicha targ'ibot olib borish.
Deputat: D. Razzoqova
Mas’ul: O. Nosirov
DEPUTAT_FAOLIYATI
Deputat so‘rovi: Muammolar yechimi yo‘lida
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Uzoqov G'ulom Baxronovich tomonidan “Ulug'bek” mahalla fuqarolar yig'ini aholisining murojaati asosida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
So‘rovda mazkur mahalla fuqarolar yig'inida ichki ko'chalarni shag'allashtirish masalasi ilgari surilgan.
DEPUTAT_FAOLIYATI
+3
KITOB TUMANI MARKAZIY SHIFOXONASIDA O'RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Uzoqov, kotibiyat bosh mutaxassisi J.Ergashev hamda O‘zLiDeP Kitob tuman Kengashi raisi V.Parmonova ishtirokida tuman markaziy shifoxonasi hamda dorixonalar faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:«Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasining Qonunining targ'iboti Bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati; Tibbiy muassasadagi mavjud shart-sharoitlar; Dori-darmon ta’minoti va xodimlarning ish faoliyati. Muloqotlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Salomatlik — eng oliy ne’mat. Zero, xalqimizning roziligi sifatli tibbiy xizmatdan boshlanadi.DEPUTAT_FAOLIYATI
+2
Keksalarimiz — xonadonimiz fayzi va farishtasi!
Deputatlar R.Kamilov va Z.Norova "Sharq yulduzi" mahallasidagi keksa avlod vakillarining xonadonlarida bo‘lishdi.
Inson qadri ulug‘langan yurtda hech bir faxriy e’tibordan chetda qolmaydi. Ezgu ishlar mahallamiz bo‘ylab davom etmoqda.DEPUTAT_FAOLIYATI
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Egamberdiev Baxriddin Boltaevich tomonidan joriy yilning 29-aprel kuni 68-ds-341-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
📩 Deputatlik so‘roviga tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi.
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
+2
Kitob tumanida yangi xususiy klinika faoliyati o‘rganildi
Kitob tumani Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Uzoqov, bosh mutaxassis J.Ergashev hamda "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi N.Turayev ishtirokida tumanda yangi foydalanishga topshirilgan "GAVHAR MED" xususiy klinikasi faoliyati bilan tanishildi.
O‘rganish davomida mas’ullar klinikadagi zamonaviy tibbiy uskunalar, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ko‘rsatilayotgan xizmat turlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, tibbiyot muassasasi xodimlari bilan muloqot qilinib, aholiga sifatli va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish borasidagi istiqbolli rejalar muhokama qilindi.
Zamonaviy andozalar asosida jihozlangan ushbu maskan tuman ahli uchun sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi.DEPUTAT_FAOLIYATI
