Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
الذهاب إلى القناة على Telegram
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi 91-322-21-89 75-542-56-26 https://t.me/kitob_tuman_Kengashi https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=nR_kSY-4gIz2-NLy https://www.facebook.com/share/p/19kgw6S9dG Murojaat uchun - https://t.me/gulomuzoqov
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
201
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+27 أيام
-830 أيام
أرشيف المشاركات
+6
Kitob tumanida navbatdagi fuqarolar qabuli: Har bir murojaat e’tibor va nazoratda
An’anaga muvofiq, haftaning har payshanba kuni Kitob tuman hokimligida mas'ul rahbarlari hamda barcha mutasaddi tashkilot va idoralar mas’ullari ishtirokida fuqarolar uchun ommaviy qabul o‘tkazib kelinmoqda.
Bugun navbatdagi qabul jarayonlari 12-Bashir saylov okrugi deputati (tuman hokimi) Rustam Gafurov hamda tuman prokurori Xurshid Baxromov boshchiligida bo‘lib o‘tdi.
Unda tumanning turli hududlaridan tashrif buyurgan fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, uy-joy, moddiy yordam, yo‘l-transport infratuzilmasi, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti kabi masalalarda 30 dan ortiq murojaatlar o‘rtaga tashlandi.
Qabul davomida har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularning aksariyati joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qiladigan masalalar bo‘yicha tegishli soha rahbarlariga aniq ko‘rsatmalar berilib, ijrosi tuman hokimi tomonidan shaxsiy nazoratga olindi.DEPUTAT_FAOLIYATI
+1
📌 Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish — davr talabi
"Palandara" saylov okrugi deputati D.Inoyatova hamda Yoshlar maslahat guruhi aʼzosi O.Misirova, Ekspert guruhi a'zosi O.Nosirov ishtirokida navbatdagi targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, jamiyatda ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida yaratilgan huquqiy kafolatlar keng tushuntirildi.
Tadbir davomida xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish, jabrlanganlarga "Himoya orderi" berish tartibi hamda ularga koʻrsatiladigan psixologik va huquqiy yordamlar xususida soʻz bordi. Deputat D.Inoyatova oʻz soʻzida oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash va ayollarning jamiyatdagi mavqeini oshirishda bunday targʻibot uchrashuvlarining oʻrni muhimligini alohida taʼkidladi.|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|
+3
⚖️ Qonun talabi hammaning yodi boʻlishi shart!
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiya yigʻilishida deputatlik soʻroviga javob berish muddatini buzgan tashkilot mutaxassislarining hisoboti va tushuntirishlari eshitildi.
Deputatlik soʻrovi — bu shunchaki xat emas, balki xalq muammolarini hal etishning huquqiy mexanizmidir. Unga eʼtiborsizlik bilan qarash fuqarolar murojaatlariga bepisandlik deb baholanadi.
Yigʻilishda ijro intizomini buzgan mutaxassislarga nisbatan jiddiy ogohlantirish berildi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻrish masalasi oʻrtaga tashlandi. Deputatlik nazorati qatʼiy davom etadi.|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|
📌 Kitob tumanida 4 oylik iqtisodiy oʻsish va bandlik natijalari sarhisob qilindiPrezident qarorlari ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi qarori qabul qilindi. 📈 Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar: 🏭 Sanoat – 625,5 mlrd (106,4%) 🛠 Xizmatlar – 765,9 mlrd (116,5%) 🛒 Savdo – 422,3 mlrd (104,5%) 🏗 Qurilish – 211,9 mlrd (110,2%) 🌾 Qishloq xoʻjaligi – 597,1 mlrd (103,8%)
💼 Aholi bandligi va daromadlari:1 659 nafar fuqaro doimiy ishga joylashdi (reja 133%). 7 028 nafar aholining daromadi oshirildi (reja 147%). 3 659 nafar ish oʻrni soyadan chiqarildi. 6 091 nafar fuqaro oʻzini-oʻzi band qildi.
🏡 Tadbirkorlik va yerlar:
Sayxunobod tajribasi: 377 ta mikroloyiha bilan 870 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Xizmat koʻrsatishda 140 ta yangi obyekt ochildi (243 ta ish oʻrni).
"E-AUKSION": 16,7 gektar yer (75 ta lot) savdoga chiqdi, 7 ta lot gʻolibi aniqlandi. 1 ta davlat aktivi sotildi. Kengash qarori bilan masʼullarga koʻrsatkichlarni yanada oshirish vazifasi yuklatildi.DEPUTAT_FAOLIYATI
+3
📌 Xiyobonlar holati va attraksionlar xavfsizligi e’tibor markazida
🎡 Kitob tumanida aholining, ayniqsa, yosh bolalarning maroqli va xavfsiz hordiq chiqarishlarini ta’minlash choralari o'rganildi.
O‘rganish ishlari aynan tumandagi markaziy Xiyobon holati va undagi ko‘ngilochar maskanlar faoliyatiga qaratildi.
🕵️♂️ Tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Uzoqov, XDP Kitob tuman Kengashi raisi Z.Norova hamda tuman Kengashi deputatlari R.Kamilov va A.Omonovlar xiyobondagi umumiy holat va attraksionlarning xavfsizlik darajasini o‘rgandilar.
➡️ O‘rganish davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
Attraksionlarning texnik sozligi va tegishli ko‘rikdan o‘tganligi;
Fuqarolar hamda bolajonlar uchun xavfsizlik choralarining to‘liq ta’minlanganligi;
Hududning tozaligi va obodonlashtirish ishlari.O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, texnik xavfsizlik qoidalariga amal qilish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. DEPUTAT
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Nosirova Lobar Alixonovna tomonidan joriy yilning 14-may kuni deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
📩 Deputatlik so‘roviga tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi.
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
📌 ICHKI BOZORDA NARXLAR BARQARORLIGI VA INFLYATSIYANI JILOVLASH – DOIMIY NAZORATDA
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-martdagi 128-sonli muhim qarori qabul qilingan edi.
Mazkur hujjat ijrosini tumanimiz hududida tizimli va samarali tashkil etish maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.
Qarorda belgilangan asosiy vazifalar va deputatlik nazorati yo‘nalishlari:
💰 Narxlar barqarorligi: Ichki bozorda asosiy turdagi oziq-ovqat va zaruriy mahsulotlar narxlarining asossiz oshib ketishining oldini olish;
🌾 Zaxira yaratish: Tuman aholisi ehtiyojlari uchun mahsulotlar zaxirasini shakllantirish jarayonini jadallashtirish;
📊 Inflyatsiyani jilovlash: Belgilangan prognoz ko‘rsatkichlariga erishish uchun barcha mas'ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish.DEPUTAT_FAOLIYATI
Deputat so‘rovi: Muammolar yechimi yo‘lida
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Uzoqov G'ulom Baxronovich tomonidan “Ulug'bek” mahalla fuqarolar yig'ini aholisining murojaati asosida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
So‘rovda mazkur mahalla fuqarolar yig'inidagi ichki ko'chalarni 3 km qismini asfaltlashtirish masalasi ilgari surilgan.
+3
Deputat faoliyati: Maktablarda sport sharoitlari o‘rganildi va yangi qonun targ‘iboti olib borildi
23-Makrid saylov okrugi deputati G.Kenjayeva tomonidan hududdagi umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda yoshlarning sog‘lom turmush tarzini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Maktablardagi sport zallarining bugungi holati;
Sport anjomlarining mavjudligi va ularning jihozlanish darajasi.
Shu bilan birga, deputat ishtirokida maktab jamoalari va soha vakillari uchun ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati hamda ahamiyati keng targ‘ib qilindi.
“Farzandlarimizning zamonaviy va xavfsiz sport zallarida chiniqishi, qonunchilikdagi yangi imkoniyatlardan xabardor bo‘lishi — ularning barkamol avlod bo‘lib ulg‘ayishida muhim poydevordir”. DEPUTAT
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Norova Zilola Eshovna tomonidan joriy yilning 11-may kuni 70-ds-341-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
📩 Deputatlik so‘roviga tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi.
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
+6
🛒 Bozorlarda narx-navo barqarorligi va mahsulotlar zaxirasi o‘rganilmoqda
Aholi iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narx-navosi hamda ularning yetarli darajadagi zaxirasi doimiy nazoratda.
Kitob tumani Xalq deputatlari Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Uzoqov, kotibiyat mutaxassisi J.Ergashev hamda O‘zLiDeP Kitob tuman Kengashi apparat rahbari hamkorligida tuman bozorlaridagi mavjud holat atroflicha o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
Kundalik ehtiyojdagi eng zarur mahsulotlar narxlarining sun’iy ravishda oshib ketishining oldini olish;
Bozor rastalarining mahsulotlar bilan to‘laligi va uzluksiz yetkazib berilishi;
Sifat va sanitar-gigiyenik talablarga rioya etilishi.
Maqsad: Aholini sifatli, arzon va yetarli miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash hamda bozordagi narxlar barqarorligini saqlab qolishdir.DEPUTAT_FAOLIYATI
+2
🔵 O'zLiDeP: Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi doimiy nazoratda
Bugun O'zLiDeP tuman Kengashi raisi V.Parmonova, kotibiyat xodimlari J.Ergashev, O.Nosirov hamda tegishli doimiy komissiya a’zolari ishtirokida navbatdagi eshituv o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Inson ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazi tomonidan 2026-yilning aprel oyi (4-oy) davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.
📉 Tadbirda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga ko‘rsatilgan yordamlar sifati;
"Inson" markazi tomonidan mahalla darajasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi;
Fuqarolardan tushgan murojaatlar bilan ishlash holati.
Muloqot davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|
+1
O‘zbekiston Respublikasining "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosini ta’minlash va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini o‘rganish maqsadida deputat Z. Norova tomonidan tuman markaziy shifoxonasida uchrashuv o‘tkazildi.
Deputatning asosiy e’tibori qonunda belgilangan fuqarolarning malakali tibbiy yordam olish huquqi qay darajada ta’minlanayotganiga qaratiladi.
Dori-darmon va moddiy-texnik baza
Bepul dori-darmonlar: Davlat tomonidan kafolatlangan dori vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi.
Zamonaviy uskunalar: Rentgen, UTT, laboratoriya jihozlarining sozligi va ulardan foydalanish samaradorligi.
Raqlamlashtirish: "Elektron poliklinika" yoki elektron navbat tizimlarining ishlashi.DEPUTAT_FAOLIYATI
11-16-MAY KUNI E'LON QILINGAN YANGILIKLAR DAYJESTI
Mahalla yettiligi faoliyati va ijro intizomi o’rganildi.
🐝Asalarichilik — daromad va salomatlik manbai.
Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashida yoshlar masalalari muhokama qilindi.
Adolat SDP: Ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati diqqat markazida.
Jamiyatda zo‘ravonlikka o‘rin yo‘q.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari: Qonun ijrosi amalda o‘rganilmoqda.
Aholi murojaatlari e’tiborda: Xalqlar Do‘stligi MFYda sayyor qabul o‘tkazildi.
Mahalladagi ichki yo‘llar va tungi yoritish tizimi o‘rganildi.
Olis tog‘li hudud yo‘llari kengaytirilmoqda.
Yo‘l harakati xavfsizligi va tirbandliklar deputat nazoratida.
Deputat so‘rovi amalda: Tupchoq mahallasida yo‘llar asfaltlashtirilmoqda.
Meros masalalari: Muammolar va qonuniy yechim.
Farzandlarimizning axboroti xavfsizligi-dolzarb vazifa.
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi.
Deputat so‘rovi: Muammolar yechimi yo‘lida.|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|
+1
Deputat so‘rovi — amalda!
Oyoqchi MFY hududidagi maktabga olib boruvchi yo‘lda 7 km masofadagi piyodalar yo‘lagi qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi.
Ushbu loyiha deputat so‘rovi asosida aholi va o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.
Hozirda foydalanishga topshirilgan yo‘lakning sifati va bajarilgan ishlar holati tuman hokimligi kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov hamda bosh mutaxassis J.Ergashevlar tomonidan ko‘zdan kechirilmoqda.
Maqsad: Aholi mushkulini oson qilish va farzandlarimizning maktabga xavfsiz qatnashini ta’minlash.DEPUTAT_FAOLIYATI
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Turayev Najmiddin Isroilovich tomonidan joriy yilning 30-aprel kuni 67-ds-341-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
📩 Deputatlik so‘roviga Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi.
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
📅 HAFTALIK ISH REJA ANONSI
(18–22-MAY)
🗓 18-MAY
Mavzu: Davlat xizmatlari, FHDYo organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati.
Deputat: S.Qodirov
Mas’ul: O. Nosirov
🗓 19-MAY
Mavzu: Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash
Deputat: R.Kamilov
Mas’ul: J. Ergashev
🗓 20-MAY
Mavzu: Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonunini joylarda targ’iboti
Deputat: Sh.Temirov
Mas’ul: O. Nosirov
🗓 21-MAY
Mavzu: Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida O‘zbeksiton Respublikasining Qonuni targ’iboti
Deputat:Q.Xudoyqulov
Mas’ul:J. Ergashev
🗓 22-MAY
Mavzu: Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni joylarda targ’iboti
Deputat:A. Do’stov
Mas’ul:O. Nosirov
DEPUTAT
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Turayev Najmiddin Isroilovich tomonidan joriy yilning 4-may kuni 71-ds-341-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
📩 Deputatlik so‘roviga "Suvoqova" mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi.
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi
Deputat so‘rovi: Muammolar yechimi yo‘lida
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Ochilova tomonidan “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig'ini aholisining murojaati asosida tegishli mutasaddi tashkilotlarga 2 ta deputatlik so‘rovi yuborildi.
So‘rovda mazkur mahalla fuqarolar yig'inidagi
Karyer va ohak (mel) sexlari faoliyati natijasida Istiqbol MFY, Yangiariq qishlog‘i aholisini qiynayotgan masalalar — og‘ir yuk mashinalari sababli yo‘llarning yaroqsiz holatga kelishi, kuchli chang-to‘zon tufayli ekologik muhitning buzilishi yuzasidan keng qamrovli o‘rganishlar o‘tkazildi.
Aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan ushbu holatni huquqiy tartibda hal etish maqsadida, tuman Kengashi deputati tomonidan Tuman hokimning qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlari nomiga rasmiy so‘rov yuborildi. DEPUTAT_FAOLIYATI
