ar
Feedback
Zayd Qamar

Zayd Qamar

الذهاب إلى القناة على Telegram

Hozir esa, yagona dardim — oshiq boʻlishdir… Anonim xabar yuborish: t.me/anonaskbot?start=yozuvchi

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
706
المشتركون
+524 ساعات
+147 أيام
+6230 أيام
أرشيف المشاركات
✉️ You have a new anonymous message!
Avvalo berayotgan savolim notoʻgʻri boʻlsa uzur. Ammo bir savol qiziqtiradi bilmaganim uchun oʻzimdan koʻra bilmi kuchli insondan soʻramoqchiman. Dinimizda shunday gap bor. Alloh bandalarini gunohini kechiradi hatto gunohi dengiz koʻpigicha boʻlsa ham degan. Shunda Alloh bizga yomonlik qilgan sehr va shunga oʻxshash yomon ishlar qilgan boʻlsa ham u bizga yomonlik qilgan bandalarini kechirmadimi. Agar savolim notoʻgʻri boʻlsa uzur.
hech bir sodir etilgan gunoh Alloh taoloning rahmatidan katta bo'lolmaydi. banda xatosini tushunib yetsa, pushaymon bo'lsa va qayta qilmaslikka ahd qilsa, biiznillah tavbasi qabul bo'ladi deyilgan. lekin xuddi qarz kabi Alloh taolo bandaning bandadagi haqlariga adolat bilan hukm qiladi. olagan qarzi, qilgan g'iybati, og'ritgan ko'ngillari uchun haqdor bandani rozi qilmas ekan, qiyomatda bundan so'raladi. vallohu A'lam)

✉️ You have a new anonymous message!
Sizni soʻzlaringiz boshqachada baribir)
kimda nima ko'rsang, asli o'zingdir...)

Bir voqea menga qattiq taʼsir qildi: Shayximiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning otalari betob boʻlib, kasalxonada yotgan paytlari kechasi-yu kunduzi koʻp-koʻp ibodat bilan mashgʻul boʻlarkanlar. Shifokorlar u kishiga koʻp harakat qilish mumkinmasligini, hech boʻlmasa tungi nafl ibodatlarini toʻxtatib turishini aytganlarida ular: «Jonim menga chidasa chidasin, chidamasa chiqib ketaversin!» - degan ekanlar. Subhan Alloh, biz soppa-sogʻlom jonimizni qiynagimiz kelmaydi. Eshitib, oʻzimdan uyalib ketdim. Endi qachon ibodatlarga biroz eringandek boʻlsam, shu kishining gaplari yodimga tushadigan boʻlib qoldi...

✉️ You have a new anonymous message!
Òğlim kanalizga qòshilganimda Hazratni otalarini shifohonada, shifokorlarga aytgan gaplarini òqigandim. Juda hayratim oshgandi. Nega oldingi postlarizni òchirib tashladiz. Imkon bòlsa shuni yana qayta kanalga joylang. Iltimos.
assalomu alaykum va rohmatulloh. bu sahifa yangi ochilgani uchun bu yerga joylanmagandi. hozir sahifaga joylab qo'yaman, in shaa Alloh)

✉️ You have a new anonymous message!
Istihora qilgandan soʻng qanday oʻzgarishlar sodir boʻladi ularni qanday anglash mumkin?
ishlar yo rivoji tomonlama, yoki ko'ngil chopishi tomonlama bir tomonga tortib ketadi) youtube'da ustozlar videolarini ko'rganingiz durust, in shaa Alloh)

✉️ You have a new anonymous message!
ko’nglim tortmagan inson bilan turmush qurishim qanchalik to’g’ri, ya’ni tashqi ko’rinishi menga yoqmasa
eng avval diniga, taqvosiga ahamiyat berish kerak ekanini o'zingiz ham yaxshi bilasiz, albatta. lekin mana shu mezonlar orasida chiroy ham ozmi-ko'pmi bo'lishi kerak deb o'ylayman. eng kamida qalb iliqlik his etishi kerak. yo'qsa bir umr yashaydigan insonga ko'ngil qo'ya olmay o'tish azobning o'zginasi. albatta, xulqi go'zal inson sizni baribir o'ziga bog'lab oladi. lekin sizda qalbingizni ilitgan taqvodor inson bilan ko'nglingiz chopmagan taqvodor inson variantlari bo'lsa, birinchisini tanlaganga nima yetsin?)

✉️ You have a new anonymous message!
Авваламбор Ассалому Алайкум, албатта хаммани дунё караши фикрлаши хар хл, лекин битта китобни яна кайта канкп окийсиз ё у́зи айнан сизга беришим ноу́рин бу саволни, умумий битта китобни кайта кайта канакп окилади. Ундаги хамма вокеани, китоб нима хакидалигини блиб болган боласиз, зерикарлидек тюлмайдими? Савол ноу́рин болган болса узур)
va alaykum assalom va rohmatulloh. hech hayotingizda avvalgi xotiralaringizga qaytib qolishni, o'sha paytdagi hissiyotlarni qayta his qilishni xohlaganmisiz? bir kitobni qayta o'qish ham xuddi shunday. xotiralarni, hissiyotlarni sog'inadi inson))

✉️ You have a new anonymous message!
Men ingliz tilidan qoʻshimcha darslarga boraman lekin men shuni oʻzi bilan kifoyalanib qolmasligiz uchun Ibrat akademida dars qilaman. Va kurs ustozimdan qoʻshimcha dars olishga harakat qilaman. Bazida shu ishim ustozimga yoqmayotgandek oʻylayman. Sizningcha ustozdan qoʻshimcha dars soʻrash ortiqchami
kasbini sevadigan, moddiyat uchun tanlamagan va qanchalar sharafli kasb ekanini anglagan har qanday ustoz shogirdi undan ilm talab qilishidan faqat xursand bo'ladi. faqat tolib ham ustozga malol kelmaydigan, og'rintirmaydigan vaqtni topishi zarur, menimcha)

✉️ You have a new anonymous message!
Qaysi kitoblarni 2-3 martadan o'qigansiz? Bizga ham tafsiya bera olasizmi?) Har doim siz o'qigan kitoblarni men ham o'qishga harakat qilaman, 2-3 martadan o'qigan kitoblarim ham bor deganizga bu qaysi kitoblar ekaniga qiziqdim)
«Menga Alloh kifoya», «O'gay ona», «Dunyoning ishlari»... koreyaga yangi kelganimda juda oz kitob bilan kelgandim. tugab qolib, yangilari kelguncha qayta o'qiganman))

✉️ You have a new anonymous message!
O'qib bo'lgan kitoblarizni qaytadan o'qiysizmi? Misol uchun Ikki eshik orasi yoki shunga o'xshash o'qib bo'lgan kitoblarizni necha martadan o'qigansiz yoki faqat bir martadan o'qiganmisiz?
qaytadan o'qiyman. yana o'qishni xohlaganlarim juda ko'p, ammo o'qimagan kitoblarimiz ham ko'pda. shunga qaramay, 2-3 martadan o'qiydigan kitoblarim bor)

✉️ You have a new anonymous message!
Assalomu aleykum yaxshimisiz Zayd. Menga biror kitob tavsiya qilsangiz tushkunlikka tushib qolganlar uchun.
va alaykum assalom va rohmatulloh. hammaning taskini har xil, men bunday vaziyatga tushib qolsam, Alloh taoloning do'stlari, valiy zotlar hayoti haqida o'qishni yoqtiraman. chunki ularning hayoti biznikidan-da mashaqqatli o'tgan, ammo taqvolari biznikidan-da ziyoda bo'lgan. masalan, «Tazkirat ul-avliyo» ham zo'r kitob)

✉️ You have a new anonymous message!
Har qaysi sahifangizda anonim qilsangiz ham, har doim siqilgan bo‘laman negadir. Kitoblar, Instagram blogingiz haqida savolim bor edi, lekin afsus birgina gap bilan barchasi yana unutildi.
Menga kerakmasdir ehtimol kulgu, Balki shuning uchun yoʻqdir kulgichim? Dard chekishni yaxshi uddalayman-u, Biroq jilmaymoqqa yetmaydi kuchim. degan ekan bir telba)

✉️ You have a new anonymous message!
Assalomu alaykum. Oʻqishdan uyga kelganimga qariyb bir oy boʻlyapti, lekin men kelganimdan beri deyarli hech narsa oʻqimadim, oʻzimni juda yomon his qilyapman hatto oʻzimga rahmim ham kelyapti. Har kuni ertalab bomdoddan keyin dars qilaman deyman, lekin judaaa qatʼiyatsizman. Yana ilm yoʻliga qaytishim uchun nima qilish kerak? Pls give me advise:)
va alaykum assalom va rohmatulloh. Muhammadali ustoz tavsiya qilganlaridek, maqsadlarni yangilab (o'ziga qayta eslatib) olish kerak. nima uchun ilm olishingiz kerakligini, u sizni qaysi maqsadlaringizga eltishni o'zingizga eslating. shu qadar buyuk maqsadlar bo'lsinki, dars qilishga o'tirganingizda majburlikdan emas, muhabbat bilan o'tiring. bu uchun inson qilayotgan ishi unga nima berishini bilishi kerak)

✉️ You have a new anonymous message!
Ассалому алайкум. Мен сизни севардим) хозир хам шундай)
va alaykum assalom. @faruqiy hazillashmang)

✉️ You have a new anonymous message!
Assalomu aleykum yaxshimisiz. Nooʻrin boʻlsa-da bir savol bermoqchi edim, bir yigitni yoqtirib qoldim, uni ijtimoiy tarmoqdagi akkountini ham topvoldim, menimcha U ham menga befarq emasdek tuyuladi. Unga birinchi boʻlib podpiska tashlashim toʻgʻri ishmi? Siz oʻgʻil bolasiz, har holda ularni ichidan nima oʻtishini mendan koʻra yaxshiroq bilasiz
yigit kishi birinchi qadamni tashlagan qizni yetarlicha qadrlamaydi deb o'ylayman. hamma inson har xil, albatta. lekin ayol kishi u uchun kurashib erishiladigan hilqat. halol yo'llar bilan, albatta)

✉️ You have a new anonymous message!
O’zingizga uxshagan kuzatadigan Yozuvchilarni sahifalari bo’lsa ulashing bizgaham
mendan yaxshilari: @maybeapoet @yasubiy @byyakun manovi bola ham bir o'tirib yozsa, juda chiroyli yozadi: @zinnoorayn

✉️ You have a new anonymous message!
Agar sizga shunday imkon berilsa, oʻqigan asarlarizni ichidagi qahramonlaridan birginasi bilan uchrashish imkoni berilsa 1 kunga, qaysi kitob qahramonini tanlagan boʻlardingiz va nima uchun?
Zayd ibn Horisa roziyallohu anhuning o'rnilarida Rasululloh ﷺ bilan Toifga borgan bo'lardim...

✉️ You have a new anonymous message!
Anonimlaga juda chiroyli javob beryapsiz, shunchaki o'qish maroqli sizi gaplarizi:)
buncha molodetsman))

✉️ You have a new anonymous message!
In shaa Alloh ertaga 1-ish kunim comfort zonamdan chiqa olmayapman, qadrli hamma narsamni mendan tortib olib qoyishyotgandek bolyapti, nmadr taskin bera olmaysizmi?((
o'zim ham yangi muhitdan va yangi tanishuvlardan asabiylashaman. shuning uchun biror joyga moslashgunimcha va biror kishini yaqindan tanigunimcha maksimal sukut saqlayman va kuzataman)

✉️ You have a new anonymous message!
British Council da ishlagamisiz yoki IDP..?
British Council🩵