Zayd Qamar
الذهاب إلى القناة على Telegram
Hozir esa, yagona dardim — oshiq boʻlishdir… Anonim xabar yuborish: t.me/anonaskbot?start=yozuvchi
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
502
المشتركون
+1924 ساعات
+207 أيام
+3030 أيام
أرشيف المشاركات
502
– Ahvoling qanday?
– Dunyoyimga oʻt ketsa, bir chetida qoʻllarimni isitib oʻtiradigan ahvoldaman.
502
Insonlarni kuzatishni yoqtiraman. Atrofga boqaman: hamma nimadir bilan ovvora. Ular faqat birgina soʻz negizida birlashadilar — yashamoq. Ha, ular nafas olyapti, kulyapti, yigʻlayapti, qoʻrqyapti, xafa boʻlyapti… Yashayapti…
Kuzataman. Tabiatni suratga olayotgan ikki insonni koʻrib qolaman. Demak ular xotiraga aylanayotgan lahzalarini tarixga muhrlamoqda.
Yana kuzataman. Bir-biri bilan miriqib suhbatlashayotgan, bir-birining qoʻllaridan tutgan, bir-birlariga eng iliq soʻzlar bilan yorqin tabassum hadya etayotgan insonlarni koʻraman. Demak ular tarixga aylanayotgan lahzalarini xotiralariga muhrlamoqda.
Soʻng oʻzimdan soʻrayman: men nega yashamayapman? Nega oddiy bir tabassum uchun lablarim chetini yuqoriga koʻtarish ogʻir bir yukni koʻtarishdek mushkul boʻlib qoldi? Nega shunchaki samimiy aytilgan soʻzlar bilangina xursand qilishim mumkin boʻlgan yaqinlarimdan bularni qizgʻonyapman? Nega evaziga mendan hech kim haq talab qilmaydigan yoshlar koʻzlarimda qalqimay qoʻydi? Nega bu qadar hissiz boʻlib qoldim?.. Qachon?.. Qanday qilib?..
502
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu hazrati Uvays Qaraniydan unga nasihat qilishini soʻradilar. Uvays Qaraniy hazratlari dedilar:
– Allohni bilasanmi?
– Albatta, axir Unga iymon keltirganman. Bilaman.
– U holda boshqa hech narsani bilma.
Hazrati Umar roziyallohu anhu yana nasihat qilishini soʻradilar. Uvays Qaraniy ikkinchi nasihatni qildilar:
– Alloh seni biladimi?
– Uning bilmagan hech narsasi yoʻqdir. Shubhasiz, biladi.
– U holda boshqa hech kim seni bilmasin.
• «Hazrati Uvays Qaraniy»
502
Yozish osonmi? Oson. Ikki harfni ulasang soʻz, ikki soʻzni birlashtirsang kalom boʻladi.
Yozish qiyinmi? Qiyin! Millionlab soʻzlar ichidan ayni holatingni ash’or eta olmogʻi mumkin boʻlgan birini topa olmaysan. Ichingni kuydirayotgan hislarni bayon etmoq uchun munosib bir jumla axtarib sarson boʻlasan…
502
Baʼzan hayotimdagi kichik muammolardan ulkan dard yaratib olgandek tuyulaman. Baʼzida esa, oʻzimni dunyolarga oʻt ketsa ham beparvodek his etaman.
Goho ichimdagi hissiyotlarni oʻzimdan boshqa hech kim tushunmaydigandek. Gohida esa, aslida oʻzim barchasini murakkablashtirib yuborayotgandekman.
Baʼzan oʻzimni oʻzgacha isteʼdod sohibidek his qilsam, baʼzida hamma narsaga uquvsizdekman.
Ha… Men kabi, hatto oʻzi haqida ham aniq tasavvurga ega boʻlmaganlarni «beqaror» deb atasalar kerak...
502
+1
Dengiz boʻl!
Dengiz boʻlki, shovqining ham insonlarga taskin bersin. Senga termulib turishning oʻzi qalbga xotirjamlik baxsh etsin. Koʻrmagan koʻrmoqlikni, borgan qolmoqlikni, ketgan qaytmoqlikni orzu qilib yashasin. Kezi kelsa, sokin va maftunkor… Kezi kelsa, magʻrur va isyonkor… Dengiz kabi boʻl…
502
Namozdan dunyo hayotiga bunchalar shoshmasang, ey nafs?
Axir farzand oʻz onasi quchogʻidan, banda oʻz Robbisi huzuridan ham shunchalar qocharmi?
Bir goʻdakka ona bagʻri, bir qulga Robbisining dargohi eng xavfsiz joy emasmi?
Onasini intizor qilgan farzand, Robbisni kuttirgan banda qochgan yeridan baxt topolarmi?
Baxtiyorlar qayerda?
“Baxtiyorlar Jannatdadirlar…”
Sen Robbing tomon qadam bos. Unga tomon yoʻlga chiqar ekansan, Jannatning oʻzi yoʻlingdan chiqadi…
502
«Bandalarimga aytgin, agar ular Meni koʻrmaydi deb bilsalar, unda iymonlari yoʻq. Agar koʻryapti deb bilsalar-u, odamlar koʻradigan joydan panaga oʻtib gunoh qilayotgan boʻlsalar, nimaga qarab turganlarning orasida eng qadrsizi Menman ularga?..» deb aytarkan Alloh subhanahu va taolo…
• Ustoz Husaynxon Buxoriy
502
Ko‘ngil, dunyoda Allohni topgan bo‘lsang, o‘lim ham go‘zaldir, umr ham…
Agar qalbingni Robbing ismlari ila ziynatlagan bo‘lsang, nafas olmoq ham go‘zaldir, chiqarmaq ham…
Yo‘ling haq yo‘li bo‘lsa, yugurmoq ham go‘zaldir, yurmoq ham…
Piring bo‘lsa, Alloh ishqi bilan yonmoq ham go‘zaldir, tutamoq ham…
Hazrati Ibrohim alayhissalom kabi Robbingga taslim bo‘ldingmi, otashga otilsang-da, gul bo‘lmoq ham go‘zaldir, kul bo‘lmoq ham…
• «Humayro»
502
Ortiq soʻzlarga hojat qolmadi. Xabar yetkazildi, amallar vaqti keldi. Zero, qaytarilgan soʻz qadrsizlanadi. Soʻzlarimiz goʻzal amallarimizga koʻchsinki, sukutimiz-da ibrat boʻlsin.
502
وَعَسَىٰ أَن تَكْرَهُوا شَيْئًا وَهُوَ خَيْرٌ لَّكُمْ ۖ وَعَسَىٰ أَن تُحِبُّوا شَيْئًا وَهُوَ شَرٌّ لَّكُمْ ۗ وَاللَّهُ يَعْلَمُ وَأَنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ
Shoyadki yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladi, siz bilmaysiz.
• Baqara, 216-oyat
502
Qaniydi, ba’zi kitoblar tugamasa…
Mutolaadan boshimizni koʻtarmasak-u, dunyo atalmish yovuz makonga qaytmasak. Ruhimizga yengillik baxsh etayotgan satrlarda yashasak. Kitobni yopganimiz hamon hayotning yana bir sinoviga qoqilib, olgan hikmatlarimizga qilgan xiyonatimiz sabab jonimiz ogʻrimasa. Kitob oʻqiyotganimizda boshqa odam, oʻqimayotgan paytimiz boshqa odam boʻlish azobini his etmasak…
Rosti, ba’zan juda qiyin. Endi tushunib yetdim, deganlaringni takror unutganingda. Endi oʻzgaraman deya yana eski holingda davom etganingda. Qaysidir kitob sabab anglab yetganlaringga amal qila olmaganingda…
Menimcha, muhimi kitob oʻqish emas. Muhimi — har bir oʻqilgan kitobdan nimadir ola olish, oʻrganganlarimizga amal qila olish va hayotimizda nimanidir ijobiy tomonga oʻzgartira olish…
502
Kim magʻfirat eshigini tinmay taqillataversa, yaqin orada eshik u uchun ochilganiga guvoh boʻladi.
• Ibn al-Qoyyim rahimahulloh
