Hilola Otabekova | Blog 🇹🇷
قناة بسيطة
• C1 darajaga ega Turk tili ustoziman • "Pro Türkçe" kursim orqali o'quvchilarni birinchi darsdanoq turkcha gapirtiraman • Turk tili orqali moliyaviy mustaqillikka erishgan talabaman Kanal havosi: @Hilola_hoca Ustoz bilan bog'lanish: @Otabekova_H
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
435
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-127 أيام
-7330 أيام
أرشيف المشاركات
Uzoq soatlar ishlasam jasadim unga sabr qiladi. Agar namoz boshlasam qisqa suralarni o‘qib tezroq tugatish payida bo‘laman. Demak jasadim mukammal namoz o‘qishga qodir, ammo qalbim qodir emas.
Ishimga, bozorimga bormoqchi bo‘lsam barvaqt tura olaman. Ammo namozga barvaqt tura olmayman. Muammoyim barvaqt tura olmasligimda emas, qalbimning Alloh uchun barvaqt turmay tirikchilik uchun barvaqt tura olishidadir.
Ko‘p kitoblar o‘qiyman, darslar qilaman, ammo yarim soat Alloh uchun qur’on o‘qiy olmayman. Illat qalbimda.
Cho‘milishga, suhbatlarga, yeyish- ichishga, o‘yin-kulgiga vaqt topaman. Ammo qalbim toatga emas, hatto u haqida fikr qilishga vaqt topmaydi.
Darslarni yaxshilab o‘qib, yodlab imtihonga tayyorlanaman. Ammo katta imtihon oldida turganim yodimdan chiqadi.
Arzimagan ishlar uchun qancha-qancha kechalarni bedor o‘tkazganman. Kechalari qoim bo‘lishim mumkin edi. Ammo qalbim uyqu bilan band edi.
Xulosa shuki, Alloh bizga toqatimiz yetmaydigan narsani taklif qilmagan. Uning takliflariga kuchimiz yetadi. Ammo hayotga bo‘lgan bog‘liqlik qalbimizni aynitgan, buzgan.
Allohim! O‘zing aynigan qalblarimizni isloh qilgin!
©️Kitob_ombori
Merhabalar❤️
Menda yomg'irli mutolaa🩷.
Yerga tushgunicha suvning zarofati va injaligiga bir qara! Suv tomchilari havoni tozalaydi, nihol ildizlariga singib ozib beradi. So'ngra Quyosh harorati ila bug'lanib nihol, o'simlik va daraxtlarni yuqoriga yuksaltiradi. Vaholanki, suvning tabiatida yuqoriga qarab chiqmoq emas, pastga qarab enmoq bor.©️Imom G'azzoliy "Yaratilish sirlari".
💕💕💕💕💕💕💕
💕💕💕💕💕💕💕💕💕💕💕
Ramazon
Sabr, mukofot, sukunat...
Faqatgina och qolish eman, qalbni oziqlantirish, dilni poklash, ko'ngil olish deganidir...
Qalblarmizga shifo bo'lishi umidiyla hayirli Ramazonlar.
🇹🇷Türkçede "ayrılık" deriz ama şiirde:
Ölüm gibi bir şey oldu... Ama kimse ölmedi.🇺🇿Turkchada "ayriliq" deymiz, ammo she'rda:
O'lim kabi narsa bo'ldi... Ammo hech kim o'lmadi.©️Özdemir Asaf
O'quvchilarimdan tabriklarni qabul qilishni boshladim🥰...
Sizlarni ham tabriklayman Muborak Ramazon oyi bilan🥰. Bu oy barchamizga xayrli va barokatli bo'lsin In shaa Alloh😊.
#turk_tili
Merhaba güzellerim😍.
Bugun sizlar bilan turk tilida fasllar qanday aytilishini o'rganamiz😎.
🤩 Ilkbahar - bahor
Yaz - yoz
Sonbahar - kuz
Kış - qish
Siz bu so'zlarni bilarmidingiz😀
Ha bilardim - ❤️
Yo'q endi bilib oldim - 🥰
🇹🇷Türkçede aşk deriz ama şiirde:
Yokluğun cehennemin öbür adıdır Üşüyorum, kapama gözlerini...🇺🇿Turkchada ishq deymiz, ammo she'rda:
Yo‘qliging — jahannamning boshqa nomi, Sovqotdim… ko‘zlaringni yumma...
Merhaba güzellerim nasılsınız🥰?
Bugün Aşk-memnu dizisini bitirdim🎓...
Bu serialni ko'rganlar bormi?
Ha - ❤️
Yo'q- 💔
Hayatta iki şekilde yaşamak vardır: Ya seçilirsin, ya da seçersin. Sen seçilen mi olmak istiyorsun, seçen mi? Ona göre çalış, ona göre hayal kur!
Hamma narsa mubolag'a, faqat sog'inch haqiqiy, uni bo'rttirib bo'lmaydi.
Frans Kafka
#turk_tili
Merhaba değerli arkadaşlar😊.
Bugun sizlar bilan turk tilida hafta kunlari qanday bo'lishini o'rganamiz, tayyormisizlar😍.
📌 Pazartesi - dushanba
Salı - seshanba
Çarşamba - chorshanba
Perşembe - payshanba
Cuma - juma
Cumartesi - shanba
Pazar - yakshanba
💛 Bu ma'lumotlar siz uchun foydali bo'lyaptimi?
🇹🇷Herkes dünyayı kendi gönül penceresinden seyreder...
😎Har kim dunyoni o'z ko'ngil oynasidan tomosha qiladi...
#turk_tili
📎Demak bugun sizlar bilan unli harflarni ko'rib chiqamiz.
📌 Unli harflar 2 guruhga bo'linar ekan: ✔️Kalın ünlüler (qalin unlilar): A,I,O,U ✔️İnce ünlüler (ingichka unlilar): E,İ,Ö,Ü🖇️Bularni albatta yod olib qo'ying, chunki turk tili grammatikasining asosi shu. Unlilarni guruhlarini bilmagan odam boshqa grammatik qoidalarda ham adashib ketaveradi. Shuning uchun bu muhim❕ 😍Bu ma'lumotlar siz uchun foydali bo'lyaptimi❓
Shef povar ya'ni kamina ijodidan😊💗
Sizga ham ovqat tayyorlash yoqadimi❓
#foydali
🖇KUCHLI O'QITUVCHI BO'LISH UCHUN 5 TAVSIYA
Ko‘pchilik o‘qituvchilar darsini "jon berib" o‘tadi, lekin bir savol doim ochiq qoladi:
😀 “Qanday qilib men haqiqatan ham kuchli o‘qituvchiga aylanishim mumkin?”
Quyida siz uchun 5 ta muhim tavsiya keltirib o'tamiz:
🔖Har kuni o‘rganing
O‘qituvchi — o‘rganishni to‘xtatmagan inson. Har kuni 15 daqiqani yangi metod, yangi fikr, yangi ilhom uchun sarflang.
🔖Sinf darajasi emas, o‘quvchi darajasida ko‘ring.
Rivojlanish — sinf bo‘yicha emas, shaxs bo‘yicha o‘lchanadi. Yaxshi o‘qituvchi – har bir bola bilan alohida aloqa o‘rnata oladigan ustoz.
🔖 Dars emas, ta’sirli jarayon yarating.
Shunchaki dars emas — ilhom beruvchi, faol ishtirok etishga undovchi, real hayot bilan bog‘liq ta’sirli jarayon yarating.
🔖Baholashga emas — o‘sishga xizmat qiling.
Baholar vaqtinchalik, feedback esa o‘sishga xizmat qiladi. Savollar, qo‘llab-quvvatlov, xolis tahlil — o‘quvchini yangi bosqichga olib chiqadi.
🔖 Sifatli dars = yaxshi reja + samimiylik
Darsda texnika ham muhim, lekin uni jonlantiradigan kuch — o‘qituvchining yuragidir. Reja — bu asos, samimiylik — bu ruh.
🩵Xulosa:
Kuchli o‘qituvchi bo‘lish — har kuni o‘z ustida ishlash, tafakkur qilish va har bir o‘quvchini qadrlashdan boshlanadi.
📔 “Yaxshi o‘qituvchi” deganda nimani tushunasiz? Fikringizni izohlarda yozing!
