Tarmoq va Tizim Administratori
الذهاب إلى القناة على Telegram
🖥 Tarmoq va tizim administratorlari uchun kanal 🐧 Linux 🌐 Network (MikroTik, Cisco) ☎️ FreePBX / Asterisk 🔐 Security & monitoring 📌 Real кейсlar va komandalar 📌 Sysadmin’lar uchun kontent 💬 @SysAdminUzChat
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
362
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+37 أيام
+1630 أيام
أرشيف المشاركات
Tashkilotda foydalanuvchilar fayllarni o‘chirib yubormoqda. Backup mavjud, ammo tiklash jarayoni vaqt talab qiladi. Eng qulay qo‘shimcha yechim?
Administrator serverga yangi disk qo‘shdi. Disk BIOS va OS tomonidan ko‘rinadi, ammo RAID massiviga qo‘shilgandan keyin ishlash tezligi pasaydi. Qaysi omil tekshiriladi?
Windows domen muhitida kompyuterlar vaqti-vaqti bilan domen bilan aloqa yo‘qotmoqda. Lokal login ishlaydi, lekin domen resurslari ochilmaydi. Eng ehtimoliy sabab?
Tarmoqda foydalanuvchilar ba’zi serverlarga kira oladi, ba’zilariga esa yo‘q. Traceroute natijasida paketlar ma’lum bir nuqtadan keyin yo‘qolmoqda. Birinchi qaysi qurilma tekshiriladi?
Virtualizatsiya hostida bir nechta VM ishlamoqda. Bir VM faol ishlaganda boshqa VM’larda xotira bosimi kuchaymoqda. Hypervisor xotirani dinamik taqsimlash mexanizmiga ega. Qaysi texnologiya VM xotirasini qayta taqsimlashda ishlatilishi mumkin?
Linux serverda yangi dastur o‘rnatilgandan so‘ng ayrim jarayonlar kutilmaganda Permission denied qaytarmoqda.Oddiy UNIX permissionlari to‘g‘ri, SELinux ham o‘chiq. Fayl atributlarida immutable belgi mavjud.Qaysi buyruq uni olib tashlash uchun ishlatiladi?
Serverdagi web-ilova faqat ayrim foydalanuvchilarda sessiyani yo‘qotmoqda. Ilova ikki backend serverda ishlaydi, foydalanuvchi so‘rovlari turli serverlarga tushmoqda. Qaysi mexanizm muammoni kamaytirishi mumkin?
