ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

الذهاب إلى القناة على Telegram

O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali Sahifalarimiz: https://taplink.cc/adli_uz 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 109 Ishonch telefoni: 71203-77-80

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة

📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi

تُعد قناة O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (@adli_uz_official) لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 10 360 مشتركاً، محتلاً المرتبة في فئة اخرى.

📊 مؤشرات الجمهور والحراك

منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 10 360 مشتركاً.

بحسب آخر البيانات بتاريخ 15 نوفمبر, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار 302، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -130، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.

  • حالة التحقق: غير موثّقة
  • معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 5.85‎%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 5.28‎% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
  • وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 606 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 547 مشاهدة.
  • التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 6.

📝 الوصف وسياسة المحتوى

يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
“O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining rasmiy telegram kanali Sahifalarimiz: https://taplink.cc/adli_uz 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 109 Ishonch telefoni: 71203-77-80”

بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 16 نوفمبر, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة اخرى.

10 360
المشتركون
-13024 ساعات
+3487 أيام
+30230 أيام
أرشيف المشاركات
#MUNOSABAT O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan “Sadovod
#MUNOSABAT O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan “Sadovod” savdo majmuasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan yuzaga kelgan masala atroflicha o‘rganilib, amaldagi qonunchilik talablari hamda mavjud shartnomaviy munosabatlar asosida quyidagi munosabat bildiradi. 🌐Batafsil: https://gov.uz/oz/adli/news/view/156343 🟠Agentlik muammolarni konstruktiv hal etish tarafdori sifatida: tadbirkorlarga amaldagi tartiblar asosida hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish hamda kelgusida davlat qo‘llab-quvvatlash choralaridan samarali foydalanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildiradi. 🟠Agentlik barcha manfaatdor tomonlarni mavjud vaziyatni keskinlashtirmasdan, o‘zaro hamkorlik, ochiq muloqot va qonunchilik talablari asosida bosqichma-bosqich hal etishga chaqiradi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿Joriy yilning 21-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentli
+6
🇺🇿Joriy yilning 21-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov tomonidan Parker Russell International kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. 🟠Uchrashuv davomida mahalliy korxonalarni xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Ma’lumot uchun, Parker Russell International 180 dan ortiq ofislarga ega global tarmoq bo‘lib, xorijiy banklar, texnologiya yetkazib beruvchilar va mahalliy korxonalar o‘rtasidagi moliyaviy hamkorlik jarayonlarini muvofiqlashtiradi. Kompaniyaning Toshkentdagi ofisi 20 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 🟠Hamkorlik doirasida quyidagi imkoniyatlar mavjud: - Yevropa davlatlaridan texnologiya va ishlab chiqarish liniyalarini imtiyozli shartlarda xarid qilish - Aylanma mablag‘lar uchun moliyaviy resurslarni jalb etish -Loyihalarni bir vaqtning o‘zida bir nechta xalqaro banklarga taqdim etish 🟠Moliyalashtirish shartlari: - 85% gacha moliyalashtirish - Valyuta: EUR / USD / CHF - Muddati: 6–10 yil - Imtiyozli davr: 6 oy - Foiz stavkasi: 5–7% atrofida - Loyihalar qiymati: 3 mln yevrodan 100 mln yevrogacha 🟠Qo‘shimcha imkoniyat: Korxonalar garov o‘rniga Yevropa sug‘urta kompaniyalari polislaridan foydalanishlari mumkin. 🟠Tadbirkorlar uchun: Loyihangizni rivojlantirish, ishlab chiqarishni kengaytirish va xalqaro bozorlarga chiqish uchun qulay imkoniyatdan foydalaning! 📞 Bog‘lanish uchun: Asliddin Tuksanov +998 90 805 03 21 Imkoniyatni boy bermang — biznesingizni yangi bosqichga olib chiqing! 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

"Yengil sanoatni moliyaviy qo'llab-quvvatlash jamg'armasi" tomonidan yengil sanoat sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga Huku
+6
"Yengil sanoatni moliyaviy qo'llab-quvvatlash jamg'armasi" tomonidan yengil sanoat sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga Hukumat qarorida belgilagan quyidagi yo'nalishlarda ko'mak beradi. ✅ Standartlashtirish va sertifikatlashning xalqaro tizimlarini joriy etish 🟠Yengil sanoat mahsulotlarini xorijiy bozorlarga olib chiqish uchun xalqaro standartlar muhim ahamiyatga ega. 🟠Jamg‘arma tomonidan tadbirkorlarga xalqaro standartlar va sertifikatlarni (ISO, OEKO-TEX, GOTS va boshqalar) joriy etish bilan bog‘liq xarajatlar moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi. — Sertifikatlash xizmatlari — Laboratoriya sinovlari — Konsalting va texnik hujjatlarni tayyorlash 🟠Bu imtiyoz mahsulotlaringizning raqobatbardoshligini oshiradi va eksport imkoniyatlarini kengaytiradi. ✅ Yarmarka va ko‘rgazmalarda ishtirok etish 🟠Jamg‘arma yengil sanoat korxonalarining xalqaro va mahalliy yarmarka hamda ko‘rgazmalarda ishtirok etish xarajatlarini qoplaydi. — Stend ijarasi — Ekspozitsiya tayyorlash — Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovlari ✅ Eksportoldi moliyalashtirish krediti uchun resurs ajratish 🟠Jamg‘arma eksportoldi moliyalashtirish krediti uchun tijorat banklariga resurs ajratadi. — Xomashyo xaridi — Ishlab chiqarish — Yetkazib berish ✅ Sug‘urta mukofoti xarajatlarini kompensatsiya qilish 🟠Jamg‘arma tomonidan eksport shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofoti xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi. — Tadbirkor moliyaviy xavflardan himoyalanadi — Eksport faoliyati yanada barqaror bo‘ladi ✅ Tovar va xizmatlarni xalqaro elektron savdo maydonchalarida joylashtirish 🟠Jamg‘arma Amazon, Alibaba, Etsy va boshqa xalqaro elektron savdo platformalarida mahsulotlarni joylashtirish xarajatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. — Platformaga joylashtirish — Kontent va katalog tayyorlash — Raqamli reklama ✅ Xorijiy davlatlarda savdo uylarini ochish va saqlash 🟠Jamg‘arma xorijiy davlatlarda savdo uylarini ochish va saqlash, shuningdek: — Ofis — Savdo va ombor binolari — Ijara xarajatlarini qoplashda yordam beradi. ✅ Xorijiy konsalting kompaniyalar va mutaxassislarni jalb qilish 🟠Jamg‘arma xorijiy konsalting kompaniyalari va malakali mutaxassislarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplaydi. — Strategiya — Marketing — Eksportni rivojlantirish ✅ Xorijdan malakali dizayner va mutaxassislarni jalb qilish 🟠Jamg‘arma yengil sanoat korxonalariga xorijdan dizayner, texnolog, marketolog va konstruktorlarni jalb qilish xarajatlarini qoplab beradi. — Dizayn sifati oshadi — Mahsulot zamonaviylashadi ✅ Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritish 🟠Jamg‘arma moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar (IFRS) asosida yuritishni joriy qilish xarajatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. — Konsalting — Hisobotlarni moslashtirish ✅ Ishlab chiqarish biznes jarayonlarini avtomatlashtirish 🟠 Jamg‘arma ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtiradi. — ERP, CRM tizimlari — Xarajatlarni kamaytirish — Samaradorlikni oshirish ✅ Brendlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va jalb qilish Brend — bu sizning imijingiz. 🟠Jamg‘arma mahalliy va xorijiy bozorlarda brendlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda rivojlantirish xarajatlarini qoplaydi. — Tovar belgisi — Xalqaro himoya ✅ Qo'shimcha ma'lumotlar uchun Yengil sanoatni rivojlantirish Agentligi mas‘ul xodimiga murojaat qiling. ☎️ +998 (71) 203 77 72 (411), (412), (413), (420) ✅ Arizani quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin: https://adli.uz/ 🌐 https://gov.uz/oz/adli #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

Yengil sanoat korxonalarida energiya samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. 🇺🇿2026-yil 20-aprel kuni O‘zbeki
+5
Yengil sanoat korxonalarida energiya samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. 🇺🇿2026-yil 20-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Muxammadsaidov rahbarligida yengil sanoat korxonalarida energiya samaradorligini oshirish hamda ularni muqobil energiya manbalari bilan ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🟠Uchrashuvda quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi yirik tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 🟠Tomonlar sanoat korxonalarida energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, elektr energiyasi xarajatlarini qisqartirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish istiqbollarini muhokama qildilar. 🟠Uchrashuv davomida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, hamkorlikni kengaytirish va sohaga zamonaviy yechimlarni joriy etish yuzasidan takliflar almashildi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 2026-yil 20–22-aprel kunlari o‘tkazilayotgan 6-Xalqaro “Innoprom” sanoat ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi faol ishtirok etib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy mahsulotlari hamda eksport salohiyatini keng namoyish etmoqda. 🟠Mazkur nufuzli tadbir sanoat, innovatsiya va ilg‘or texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, investitsiya imkoniyatlarini kengaytirish hamda yangi sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda. 🟠Barchanii ushbu xalqaro ko‘rgazmada faol ishtirok etishga taklif etamiz! #Innoprom #CAExpo #YengilSanoat #Innovatsiya #O‘zbekiston

🇺🇿2026-yil 20-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi di
+9
🇺🇿2026-yil 20-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Muxammadsaidov, 6-Xalqaro “Innoprom” ko‘rgazmasi ochilishida ishtirok etdi. ✍️ Ma'lumot uchun: Joriy yilning 20–22-aprel kunlari CAExpo ko‘rgazma maydonida 6-Xalqaro “Innoprom” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. 🟠Mazkur nufuzli tadbir sanoat, innovatsiya va ilg‘or texnologiyalar sohasidagi eng so‘nggi yutuqlarni namoyish etish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda yangi investitsiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. 🟠O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi ham ushbu ko‘rgazmada faol ishtirok etib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy mahsulotlari va eksport salohiyatini namoyish etadi. 🟠 “Innoprom” — yangi sheriklik aloqalari, innovatsion yechimlar va sanoat taraqqiyoti uchun muhim maydon. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #Innoprom #CAExpo #YengilSanoat #Innovatsiya #O‘zbekiston

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan Agentlik faoli
+9
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan Agentlik faoliyati, yengil sanoatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi hamda sohada yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. 🟠Toshkent shahridagi O‘zbekiston–Koreya o‘quv-amaliy texnoparkida o‘tkazilgan ushbu tadbirda, mutasaddi vazirlik va idoralar, viloyat hokimliklari, banklar hamda markaziy studiyadan 150 ta hamda viloyat studiyalaridan 300 ga yaqin yengil sanoat sohasida faoliyat yurituvchi to‘qimachilik va tikuv-trikotaj, charm-attorlik korxonalari rahbarlari ishtirok etdi. 🟠 Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan sohada mavjud ayrim tizimli muammolar, taqdim etilayotgan subsidiyalar va kompensatsiyalar hamda amaliyotda uchrayotgan masalalar ochiq va tanqidiy ruhda muhokama qilindi. 🟠 Muhimi, tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning aksariyati yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda aniq yechimlar ishlab chiqildi hamda ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. 🟠 Mazkur uchrashuv yengil sanoat tarmog‘ida ishlab chiqarish zanjirining samaradorligini oshirish, tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni tezkor hal etishga qaratilgan ochiq muloqot maydoniga aylandi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

#Light_Industrial_News 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatini rivojlantirish agentligi “Light Industry News” loyihasining 2-soni e’lon qilinadi. 🟠 Ushbu son orqali yengil sanoat korxonalari uchun joriy etilgan yangi subsidiyalar va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida qisqa va aniq ma’lumotga ega bo‘lasiz. 🟠 Xususan, xalqaro standartlash, eksport faoliyati, xorijdagi marketing va ko‘rgazmalar, shuningdek konsalting xizmatlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash mexanizmlari kengaytirildi. 🎥 Batafsil videoda tanishing! ☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 (71) 203 77 72 (411), (412), (413), (420) #YengilSanoat #IndustrialNews #Rivojlanish

📢 Yengil sanoati korxonalari diqqatiga! 🇺🇿 2026-yil 17-aprel kuni soat 15:00da Toshkent shahrida yengil sanoat sohasi va b
📢 Yengil sanoati korxonalari diqqatiga! 🇺🇿 2026-yil 17-aprel kuni soat 15:00da Toshkent shahrida yengil sanoat sohasi va boshqa davlat tashkilotlari vakillari ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tadi. 🟠Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilmoqda. 📍Tadbir manzili: O‘zbekiston — Koreya o‘quv amaliy texnoparki Mazkur uchrashuvda: -Yengil sanoatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi, -sohada yuzaga kelayotgan muammolarni o'rganish va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilinadi. 🟠Uchrashuv soha vakillari uchun o‘z muammolarini bevosita mutasaddi tashkilotlarga yetkazish hamda samarali takliflar bildirish uchun muhim imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi. 📞 Murojaat uchun: Bahodir Tashmatov Tel: +998 90 961-09-04 🟠Barcha manfaatdor korxona va tashkilot vakillarini ushbu uchrashuvda faol ishtirok etishga taklif etamiz. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz

#OAV_biz_haqimizda Chekka hududlarda ham yoshlar bandligi ta'minlanmoqda 🇺🇿Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan manzilli ishlash siyosati doirasida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan “Yengil sanoat tajriba tikuvchilik markazi” tashkil etildi. Manba: https://t.me/zamon_lavhalar/39795 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat  #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿Chekka hududda yangi imkoniyat: Dehqonobodda tikuvchilik markazi ish boshladi 🇺🇿 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomon
+9
🇺🇿Chekka hududda yangi imkoniyat: Dehqonobodda tikuvchilik markazi ish boshladi 🇺🇿 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan manzilli ishlash siyosati doirasida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan “Yengil sanoat tajriba tikuvchilik markazi” tashkil etildi. Mazkur markaz uchun bo‘sh turgan bino ta’mirlanib, zamonaviy tikuv mashinalari bilan jihozlandi hamda hunar o‘rganishni istagan qizlarga tikuv mashinalari sertifikatlari topshirildi. 🟠 Ushbu tashabbus nafaqat xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, balki ularning daromad manbaini yaratish, oilaviy farovonlikni oshirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, hudud yoshlari tomonidan bildirilgan ehtiyojlar asosida boshqa yo‘nalishlarda ham amaliy choralar ko‘rilmoqda. 🟠Bekobod tumanining Dehqonobod, Bobur Mirzo va Istiqbol MFYlari Respublikamizning chegara hududida joylashgan olis qishloqlar hisoblanadi. Ayniqsa, Dehqonobod qishlog‘ining tuman markazidan uzoqligi yoshlar bandligini ta’minlashni dolzarb masalaga aylantirgan. 🟠 Amalga oshirilgan ishlar natijasida Agentlikka biriktirilgan 40 nafar yoshning 5 nafari doimiy ish bilan ta’minlandi, 18 nafari o‘zini o‘zi band qilish uchun subsidiya asosida uskunalar oldi, 3 nafari harbiy xizmatga, 5 nafari tartibli mehnat migratsiyasiga yo‘naltirildi hamda 2 nafari zamonaviy kasb-hunarga jalb etildi. 🟠Yangi tashkil etilgan tikuvchilik markazi — hudud yoshlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish va barqaror daromad manbai yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Bekobod #YoshlarBandligi #TikuvchilikMarkazi #Rivojlanish

Bekobodning eng olis hududida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi 🇺🇿 2026-yil 16-aprel kuni Yengil sanoatni rivojlant
+8
Bekobodning eng olis hududida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi 🇺🇿 2026-yil 16-aprel kuni Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi rahbariyati Bekobod tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Prezidentimiz tomonidan O‘zbekistonda har haftaning payshanba kuni vazirlik va idoralarda “Yoshlar kuni” o‘tkazilishi belgilanganligi mazkur uchrashuvni tashkil etishga asos bo‘ldi. 🟠 Uchrashuvdan asosiy maqsad — yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ishga joylashtirishga amaliy ko‘mak berishdan iborat bo‘ldi. Muloqotda Agentlik rahbariyati, tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi vakillari hamda mahalla raislari ishtirok etib, Bobur Mirzo, Dehqonobod va Istiqbol MFY yoshlari bilan suhbatlar olib borildi. 🟠“Yoshlar balansi” asosida har bir yosh bilan individual ishlash, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish, kasb egallashi va tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali barqaror bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar ijobiy hal etildi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Bekobod #YoshlarBandligi #Agentlik

🇺🇿 2026-yil 16-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi d
+1
🇺🇿 2026-yil 16-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Namangan viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni doirasida hududdagi tadbirkorlar bilan ochiq va amaliy muloqotlar o‘tkazildi. 🟠Dastlab “Verigrow Ipagi” MChJ faoliyati bilan tanishilib, so‘ng agripilla, ipakchilik klasterlari hamda ipakchilik korxonalari vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarish, xomashyo ta’minoti, eksport va moliyalashtirish bilan bog‘liq mavjud muammolar ko‘tarildi hamda ularni hal etish yuzasidan takliflar bildirildi. 🟠Shuningdek, “Botir Muhammad” MChJda charm sanoati korxonalari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ham soha vakillarining dolzarb masalalari muhokama qilindi. 🟠Xususan, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi. 🟠Uchrashuvlar davomida har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿Joriy yilning 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentli
+1
🇺🇿Joriy yilning 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodovning Namangan viloyatiga tashrifi doirasida hududdagi yirik to‘qimachilik korxonalari faoliyati bilan tanishuv ishlari boshlandi. 🟠Tashrifning birinchi kunida “NT Holding” MCHJ hamda uning tarkibidagi korxonalar faoliyati o‘rganildi. Shuningdek, “Aisha Home Textile”, “To‘qimachi Sanoat Textile”, “FAZMAN TEKSTIL” "Runamteks" va "Chust textile" va “ArtSoftteks” MCHJlarda bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud quvvatlar hamda eksport salohiyati bilan yaqindan tanishildi. 🟠Shuningdek, korxonalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, sohada mavjud muammolar, investitsiya imkoniyatlari hamda ishlab chiqarishni yanada kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. 🟠Tashrif davomida hududda yengil sanoatni rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi belgilandi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Jahon banki guruhi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 🇺🇿 Joriy yilning 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazi
+6
🇺🇿 Jahon banki guruhi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 🇺🇿 Joriy yilning 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori o'rinbosari Ruxullo Zikrillayev Jahon banki guruhi tarkibiga kiruvchi xalqaro tashkilotlar vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv o'tkazdi. 🟠Uchrashuv avvalida so‘nggi yillarda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan natijalar alohida ta’kidlandi. Xususan, 2017-yildan buyon joriy etilgan klaster tizimi orqali xomashyo yetishtirishdan boshlab tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan yagona zanjir shakllantirildi. Natijada, 2025-yilda paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan 4 million tonna paxta xomashyosi yetishtirildi, tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmi 5,4 baravarga, eksport ko‘rsatkichlari esa 4 baravarga oshdi. 🟠Muzokaralar davomida Agentlik tomonidan sohani qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy etilgan mexanizmlar taqdim etildi hamda Jahon banki guruhi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro brendlar talablariga mos mahsulot ishlab chiqarishda sertifikatlash jarayonlari bilan bog‘liq muammolar ko‘tarildi. 🟠Xususan, mahsulotlar uchun zarur bo‘lgan mato va kalava-iplarni xalqaro laboratoriyalarda sinovdan o‘tkazish zarurati ishlab chiqarishda qo‘shimcha vaqt va xarajatlarga olib kelayotgani qayd etildi. 🟠Shu munosabat bilan Koreya–O‘zbekiston to‘qimachilik texnoparki hududida mavjud laboratoriyani modernizatsiya qilish hamda xalqaro sertifikatlash kompaniyalari bilan hamkorlikda zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi. 🟠Uchrashuv yakunida tomonlar to‘qimachilik sanoatini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. ———— 🇬🇧 A meeting was held with representatives of the World Bank Group 🇺🇿 On April 15 of the current year, Deputy Director of the Agency for the Development of Light Industry under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, Rukhullo Zikrillayev, held a meeting with a delegation consisting of representatives of international organizations within the World Bank Group. 🟠 During the meeting, particular emphasis was placed on the reforms implemented in recent years in Uzbekistan’s textile industry and the results achieved. In particular, since 2017, a cluster system has been introduced, forming a unified value chain from cotton cultivation to finished product manufacturing. As a result, in 2025, textile clusters processed 4 million tons of raw cotton, production volumes increased by 5.4 times, and export indicators grew 4 times. 🟠During the negotiations, mechanisms introduced by the Agency to support the sector were presented, and prospects for cooperation with the World Bank Group were discussed. In this context, issues related to product certification processes in accordance with international brand requirements were also raised. 🟠 In particular, it was noted that the lack of laboratory testing for raw materials and accessories required for production leads to additional time and financial costs in the manufacturing process. 🟠 In this regard, the issue of modernizing the existing laboratory at the Korea–Uzbekistan Textile Technopark and establishing modern laboratories in cooperation with international certification companies was discussed. 🟠 At the conclusion of the meeting, the parties reached an agreement to establish close cooperation in further developing and supporting the textile industry. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 Xitoyning yirik kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzur
+7
🇺🇿 Xitoyning yirik kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Xitoyning yirik davlat korxonalaridan biri — Jiangsu SOHO Holdings Group rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. 🟠Mazkur kompaniya Jiangsu provinsiyasidagi eng yirik davlat korxonalari guruhlaridan biri bo‘lib, 400 ga yaqin sho‘ba korxonalar, 25 mingdan ortiq xodim va 130 milliard yuanlik yillik daromadga ega. Shuningdek, kompaniya 2025-yilgi Fortune China 500 reytingida 181-o‘rinni egallagan hamda AAA kredit reytingiga ega. 🟠Uchrashuv davomida tomonlar to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati, savdo-logistika, aqlli ishlab chiqarish hamda investitsiyalar yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. 🟠SOHO Group o‘z faoliyatini 160 dan ortiq mamlakatlarda yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, xalqaro savdo hajmi 12,2 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Kompaniyaning global infratuzilmasi, jumladan, Yevropa, Janubi-Sharqiy Osiyo va Afrikadagi ishlab chiqarish bazalari hamda “China Railway Express” temir yo‘l tarmog‘i orqali amalga oshirilayotgan yuk tashuvlari O‘zbekiston uchun ham yangi imkoniyatlar yaratadi. 🟠Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda eksport salohiyatini oshirish borasida kelishuvlarga erishdilar. ———— 🇬🇧 Cooperation with a major Chinese company is expanding 🇺🇿 Nozimjon Kholmurodov, Director of the Agency for the Development of Light Industry under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, held a meeting with the management of one of China’s largest state-owned enterprises — Jiangsu SOHO Holdings Group. 🟠The company is one of the largest state-owned holding groups in Jiangsu Province, comprising around 400 subsidiaries, employing more than 25,000 people, and generating an annual revenue of 130 billion yuan. It is also ranked 181st in the 2025 Fortune China 500 and holds an AAA credit rating. 🟠During the meeting, the parties discussed expanding cooperation in textile and garment industries, trade and logistics, smart manufacturing, and investment. 🟠 SOHO Group operates in more than 160 countries, with an international trade volume of USD 12.2 billion. Its global infrastructure — including production bases in Europe, Southeast Asia, and Africa, as well as freight transportation via the “China Railway Express” network — creates new opportunities for Uzbekistan. 🟠 Following the negotiations, the parties reached agreements on developing mutually beneficial cooperation, implementing joint projects, and increasing export potential. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

#Light_Industrial_News 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatini rivojlantirish agentligi “Light Industry News” loyihasining 2-soni e’lon qilinadi. 🟠 Ushbu son orqali yengil sanoat korxonalari uchun joriy etilgan yangi subsidiyalar va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida qisqa va aniq ma’lumotga ega bo‘lasiz. 🟠 Xususan, xalqaro standartlash, eksport faoliyati, xorijdagi marketing va ko‘rgazmalar, shuningdek konsalting xizmatlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash mexanizmlari kengaytirildi. 🎥 Batafsil videoda tanishing! ☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 (71) 203 77 72 (411), (412), (413), (420) #YengilSanoat #IndustrialNews #Rivojlanish

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligida Kengash a’zolari ishti
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligida Kengash a’zolari ishtirokida navbatdagi muhim maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda: — 1-chorakda ishlab chiqarish va eksport prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi tahlil qilindi; — 2-chorak uchun ustuvor reja va vazifalar belgilab olindi; — jahon tekstil bozoridagi o‘zgarishlar hamda bozor konyunkturasiga oid Kengash ekspertlarining xulosalari eshitildi. 🟠Shuningdek, Agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan moliyaviy sog‘lomlashtirish choralarining samaradorligi muhokama qilindi. 🟠Yig‘ilish yakunida sohani yanada rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilindi. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlar b
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlar bilan o‘zaro aloqani yanada qulay va samarali tashkil etish maqsadida zamonaviy murojaat yuborish tizimi joriy etildi. 🟠Foydalanuvchilar murojaatni quyidagi usullar orqali yuborishlari mumkin: — rasmiy veb-sayt orqali — Telegram bot orqali 🟠Murojaat yuborish uchun elektron shaklni to‘ldirish zarur bo‘lib, unda asosiy ma’lumotlar (kompaniya haqida ma’lumot, aloqa ma’lumotlari, murojaat mazmuni) kiritiladi hamda zaruratga ko‘ra qo‘shimcha fayllar ilova qilinadi. 🟠Murojaat yuborilgandan so‘ng unga maxsus identifikatsiya raqami beriladi va ushbu raqam orqali murojaat holatini onlayn tarzda kuzatish mumkin. ⏳ Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati 14 ish kunigacha. ✅ Mazkur tizim murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonining shaffofligi, tezkorligi va qulayligini ta’minlaydi hamda mijozlar bilan samarali aloqani mustahkamlaydi. ———— 🇺🇿 Агентством по развитию легкой промышленности при Кабинете Министров Республики Узбекистан внедрена современная система подачи обращений с целью обеспечения более удобного и эффективного взаимодействия с клиентами. 🟠Пользователи могут направить обращение следующими способами: — через официальный сайт — через Telegram-бот 🟠Для отправки обращения необходимо заполнить электронную форму, указав основные данные (информация о компании, контактные данные, суть обращения), а при необходимости — прикрепить дополнительные материалы. 🟠После успешной отправки обращению присваивается уникальный номер, который позволяет отслеживать статус его рассмотрения в режиме онлайн. ⏳Срок рассмотрения обращения составляет до 14 рабочих дней. ✅ Данная система обеспечивает прозрачность, удобство и оперативность обработки обращений, а также повышает эффективность взаимодействия с клиентами. 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik

🇺🇿Joriy yilning 15-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentli
🇺🇿Joriy yilning 15-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi hamda Shveysariya hukumati ko‘magida UEnter’da tadbirkorlar va startaplar uchun yangi dastur — SAGE ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tadi. 🟠SAGE dasturi kreativ industriya (dizayn, tekstil, hunarmandchilik) hamda yashil iqtisodiyot yo‘nalishlarida loyihalarni rivojlantirishga qaratilgan. 🟠Ishtirokchilarni quyidagilar kutmoqda: - tizimli o‘sish uchun inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari - tajribali mentorlar va ekspertlar bilan ishlash - biznesni rivojlantirish uchun amaliy bilim va vositalar - yangi bozorlarga chiqish va kengayish imkoniyatlari 🟠Eng yaxshi loyihalar Germaniya, Finlyandiya va boshqa yetakchi davlatlarda xalqaro stajirovkalarni o‘tash hamda global maydonlarda o‘zlarini namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🟠SAGE dasturi haqida batafsil ma’lumot olish, savollar berish va O‘zbekistonda kreativ hamda yashil iqtisodiyotning yangi bosqichiga qo‘shilish uchun tadbirga tashrif buyuring. Dastur bilan tanishish Tadbirga ro‘yxatdan o‘tish 🗓 Sana: 2026-yil 15-aprel ⏱️ Vaqt: 10:30 📍 Manzil: UEnter ———— 🇺🇿15 апреля текущего года в UEnter состоится мероприятие, посвященное запуску новой программы для предпринимателей и стартапов — SAGE при поддержке Агентства по развитию легкой промышленности при Кабинете Министров Республики Узбекистан и правительства Швейцарии. 🟠SAGE направлена на развитие проектов в сферах креативной индустрии (дизайн, текстиль, ремесло) и зелёной экономики. 🟠Участников ждёт: - инкубационные и акселерационные программы для системного роста - работа с опытными менторами и экспертами - практические знания и инструменты для развития бизнеса - возможности выхода на новые рынки и масштабирования 🟠Лучшие проекты получат возможность пройти международные стажировки в ведущих странах (Германия, Финляндия и др.) и представить себя на глобальных площадках. 🟠Приходите, чтобы узнать больше о SAGE, задать вопросы и стать частью нового этапа развития креативной и зелёной экономики в Узбекистане. Ознакомиться с программой Зарегистрироваться на мероприятие 🗓 Дата: 15 апреля 2026 года ⏱️ Время: 10:30 📍 Локация: UEnter 🌐 https://gov.uz/oz/adli 😎 https://t.me/adli_uz_official 😎 facebook.com/adli.uz 😎 https://instagram.com/adli_uz #YengilSanoat #Rivojlanish #Agentlik