ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك

Mardi Haq | Rasmiy

Mardi Haq | Rasmiy

الذهاب إلى القناة على Telegram

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
178
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+17 أيام
+1130 أيام
أرشيف المشاركات
#Arafa
〰️ Ғафлатда қолманг!
🌕 Бугун Арафа куни: Рўза тутишни унутманг! Бугун, 26 май сешанба куни Зулҳижжа ойининг 9-куни – Арафа кунидир. Абу Қатода розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Арафа кунининг рўзаси ўзидан аввалги бир йил ва ўзидан кейинги бир йилнинг гуноҳларига каффорат бўлишини Аллоҳдан умид қиламан”, дедилар
(Имом Муслим ривояти).
Бошқа ҳадисда Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Арафа кунининг рўзаси икки йилга каффоратдир: ундан олдинги ва ундан кейинги йилга”, деганлар
(Имом Байҳақий ривояти).
Оғиз ёпиш ва очиш вақти (Тошкент вақти билан): ⌛ Саҳарлик (оғиз ёпиш) вақти: 03:16 ⌛ Ифторлик (оғиз очиш) вақти: 19:49 Нияти: Холис Аллоҳ учун нафл рўза тутишни ният қилдим.✨ ⌛ @fatvouz_taqvim_bot — айнан Сиз турган локация бўйича саҳарлик ва ифторлик вақтларини ҳисоблаб берадиган бот.
Ўзбекистон мусулмонлари идораси Фатво маркази.
✈️ Bizni kuzatishda davom eting. Ajrda bizga sherik bo'lish uchun boshqalar bilan ulashib qo'ying. 📎 Yaqinlaringiz bilan ulashib qoʻying. 📱 Instagram  📱 Telegram 📱 YouTube  🌐 Tiktok

#Hadis Alloh yaxshilikni iroda qilsa. حَدَّثَنَا سَعِيدُ بْنُ عُفَيْرٍ، قَالَ حَدَّثَنَا ابْنُ وَهْبٍ، عَنْ يُونُسَ، عَنِ ابْ
#Hadis
Alloh yaxshilikni iroda qilsa.
حَدَّثَنَا سَعِيدُ بْنُ عُفَيْرٍ، قَالَ حَدَّثَنَا ابْنُ وَهْبٍ، عَنْ يُونُسَ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، قَالَ قَالَ حُمَيْدُ بْنُ عَبْدِ الرَّحْمَنِ سَمِعْتُ مُعَاوِيَةَ، خَطِيبًا يَقُولُ سَمِعْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ ‏"‏ مَنْ يُرِدِ اللَّهُ بِهِ خَيْرًا يُفَقِّهْهُ فِي الدِّينِ، وَإِنَّمَا أَنَا قَاسِمٌ وَاللَّهُ يُعْطِي، وَلَنْ تَزَالَ هَذِهِ الأُمَّةُ قَائِمَةً عَلَى أَمْرِ اللَّهِ لاَ يَضُرُّهُمْ مَنْ خَالَفَهُمْ حَتَّى يَأْتِيَ أَمْرُ اللَّهِ ". "Bizga Said ibn Ufayr hadis aytdi, (u aytdi): Bizga Ibn Vahb Yunusdan, u Ibn Shihobdan hadis aytdi. (Ibn Shihob) aytdi: Humayd ibn Abdurrahmon aytdi: Muoviyaning xutba qilayotganda shunday deganini eshitdim: Nabiy sallallohu alayhi vasallamning shunday deyayotganlarini eshitdim: «Alloh kimga yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih (teran anglovchi) qilib qoʻyadi. Albatta, men taqsimlovchiman, xolos, Alloh esa beruvchidir. Bu ummat Allohning amrida (haq uzra) mustahkam turishda davom etadi, to Allohning amri (qiyomat) kelguniga qadar ularga muxolif boʻlganlar zarar yetkaza olmaydilar»."
Manba: Sahihul Buxoriy.
✈️ Bizni kuzatishda davom eting. Ajrda bizga sherik bo'lish uchun boshqalar bilan ulashib qo'ying. 📎 Yaqinlaringiz bilan ulashib qoʻying. 📱 Instagram  📱 Telegram 📱 YouTube  🌐 Tiktok

#Hadis Kibr haqida hadis. وَحَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا أَبُو دَاوُدَ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ أَبَانَ ب
#Hadis
Kibr haqida hadis.
وَحَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا أَبُو دَاوُدَ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ أَبَانَ بْنِ تَغْلِبَ، عَنْ فُضَيْلٍ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ، عَنْ عَلْقَمَةَ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ ‏" لاَ يَدْخُلُ الْجَنَّةَ مَنْ كَانَ فِي قَلْبِهِ مِثْقَالُ ذَرَّةٍ مِنْ كِبْرٍ" ‏. Muhammad ibn Bashshor bizga hadis aytdi, Abu Dovud bizga hadis aytdi, Shoʻba Aban ibn Tagʻlibdan, u Fuzayldan, u Ibrohimdan, u Alqamadan, u Abdullohdan, u esa Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi. U zot aytdilar: "Qalbida zarra vaznichalik kibr boʻlgan kishi jannatga kirmaydi".
Manba: Sahih Muslim.
✈️ Bizni kuzatishda davom eting. Ajrda bizga sherik bo'lish uchun boshqalar bilan ulashib qo'ying. 📎 Yaqinlaringiz bilan ulashib qoʻying. 📱 Instagram  📱 Telegram 📱 YouTube  🌐 Tiktok

#Hadis
Do'st tanlash haqida hadis.
حَدَّثَنَا ابْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا أَبُو عَامِرٍ، وَأَبُو دَاوُدَ قَالاَ حَدَّثَنَا زُهَيْرُ بْنُ مُحَمَّدٍ، قَالَ حَدَّثَنِي مُوسَى بْنُ وَرْدَانَ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم قَالَ ⁠"⁠ الرَّجُلُ عَلَى دِينِ خَلِيلِهِ فَلْيَنْظُرْ أَحَدُكُمْ مَنْ يُخَالِلُ ⁠"⁠ ⁠.⁠ Abu Hurayradan rivoyat qilinadi, Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Kishi doʻstining dinidadir. Shunday ekan, har biringiz kim bilan doʻstlashayotganiga qarasin".
Manba: Sunan Abu Dovud.
✈️ Bizni kuzatishda davom eting. Ajrda bizga sherik bo'lish uchun boshqalar bilan ulashib qo'ying. 📎 Yaqinlaringiz bilan ulashib qoʻying. 📱 Instagram  📱 Telegram 📱 YouTube  🌐 Tiktok

🌙🌙🌙🌙🌙🌙 〰️ Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh ! ✈️ Yaxshimisizlar hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari ? Kanalimizda Alloh boshqalarga manfaatli qilsin deya holis niyyat bilan kunlik hadislar tashlab bormoqdamiz bu barchaga ma'lum. Kimdir kanal aktivini tushurish uchun nakrutka uryabdi ekan, ularga aytadigan gapimiz. ❗ Agar hidoyatga loyiq bo'lsa Alloh hidoyat berib bu ishidan qaytsin ! ⚡ Hidoyatga loyiq bo'lmasa Alloh o'zi bilan o'zini ovora qilib qo'ysin. Nakrutka urishga imkoni ham vaqti ham bo'lmay qolsin. 💯 Hadislar odamlarga borsa kimdir foyda olsa deymiz. Niyyatimiz shu. 🔝 Aktivni oshirishda kanal va guruhlaringizda hadislarni ulashib turing. Barcha qo'llab quvvatlab turganlarga kuzatishda davom etayotganlarga tashakkur bildiramiz.
✈️ Hurmat ila Administratsiya.
✈️ Bizni kuzatishda davom eting. Ajrda bizga sherik bo'lish uchun boshqalar bilan ulashib qo'ying. 📎 Yaqinlaringiz bilan ulashib qoʻying. 📱 Instagram  📱 Telegram 📱 YouTube  🌐 Tiktok

🌙🌙🌙🌙🌙🌙 📣 Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. 〰️ Hurmatli Mardi Haq | Rasmiy kanali kuzatuvchilari. Kanaldagi hadislarni kanal va guruhlarga yuborib qoyasizlar. In Shaa Alloh ajrga sherik bo'lasizlar va kanal rivoji uchun hissa qo'shgan bo'lasizlar. Biz birga katta kuchmiz. Nasib qilsa tez kunlarda birgalikda yaxshi natijalarga erishamiz.
✈️ Hurmat ila Administratsiya.
✈️ Bizni kuzatishda davom eting. Ajrda bizga sherik bo'lish uchun boshqalar bilan ulashib qo'ying. 📎 Yaqinlaringiz bilan ulashib qoʻying. 📱 Instagram  📱 Telegram 📱 YouTube  🌐 Tiktok

#Hadis Shoshilmaslik haqida hadis. حَدَّثَنِي أَبُو الطَّاهِرِ، أَخْبَرَنَا ابْنُ وَهْبٍ، أَخْبَرَنِي مُعَاوِيَةُ، - وَهُوَ ا
#Hadis
Shoshilmaslik haqida hadis.
حَدَّثَنِي أَبُو الطَّاهِرِ، أَخْبَرَنَا ابْنُ وَهْبٍ، أَخْبَرَنِي مُعَاوِيَةُ، - وَهُوَ ابْنُ صَالِحٍ - عَنْ رَبِيعَةَ بْنِ يَزِيدَ، عَنْ أَبِي إِدْرِيسَ الْخَوْلاَنِيِّ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم أَنَّهُ قَالَ: "لاَ يَزَالُ يُسْتَجَابُ لِلْعَبْدِ مَا لَمْ يَدْعُ بِإِثْمٍ أَوْ قَطِيعَةِ رَحِمٍ مَا لَمْ يَسْتَعْجِلْ". قِيلَ يَا رَسُولَ اللَّهِ مَا الاِسْتِعْجَالُ قَالَ: "يَقُولُ قَدْ دَعَوْتُ وَقَدْ دَعَوْتُ فَلَمْ أَرَ يَسْتَجِيبُ لِي فَيَسْتَحْسِرُ عِنْدَ ذَلِكَ وَيَدَعُ الدُّعَاءَ". Abu Hurayra Rodiallohu anhu, Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qildilar. U zot aytdilar: "Modomiki banda gunohni yoki qarindoshlik aloqalarini uzishni so‘rab duo qilmas ekan va shoshqaloqlik qilmasa, uning duosiga ijobat bo‘lishi davom etaveradi". "Yo Rasululloh, shoshqaloqlik nima?" deb so‘raldi. U zot aytdilar: "Duo qildim, duo qildim, lekin ijobat bo‘lganini ko‘rmadim, deydi-da, o‘sha paytda charchab (noumid bo‘lib), duoni tark qiladi".
Manba: Sahihi Muslim.
✈️ Bizni kuzatishda davom eting. Ajrda bizga sherik bo'lish uchun boshqalar bilan ulashib qo'ying. 📎 Yaqinlaringiz bilan ulashib qoʻying. 📱 Instagram  📱 Telegram 📱 YouTube  🌐 Tiktok

#Hadis Oqil va Ojiz kishi haqida hadis. حَدَّثَنَا سُفْيَانُ بْنُ وَكِيعٍ، حَدَّثَنَا عِيسَى بْنُ يُونُسَ، عَنْ أَبِي بَكْرِ
#Hadis
Oqil va Ojiz kishi haqida hadis.
حَدَّثَنَا سُفْيَانُ بْنُ وَكِيعٍ، حَدَّثَنَا عِيسَى بْنُ يُونُسَ، عَنْ أَبِي بَكْرِ بْنِ أَبِي مَرْيَمَ، ح وَحَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، أَخْبَرَنَا عَمْرُو بْنُ عَوْنٍ، أَخْبَرَنَا ابْنُ الْمُبَارَكِ، عَنْ أَبِي بَكْرِ بْنِ أَبِي مَرْيَمَ، عَنْ ضَمْرَةَ بْنِ حَبِيبٍ، عَنْ شَدَّادِ بْنِ أَوْسٍ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ ⁠"⁠ الْكَيِّسُ مَنْ دَانَ نَفْسَهُ وَعَمِلَ لِمَا بَعْدَ الْمَوْتِ وَالْعَاجِزُ مَنْ أَتْبَعَ نَفْسَهُ هَوَاهَا وَتَمَنَّى عَلَى اللَّهِ ⁠"⁠ ⁠.⁠ قَالَ هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ ⁠.⁠ قَالَ وَمَعْنَى قَوْلِهِ ⁠"⁠ مَنْ دَانَ نَفْسَهُ ⁠"⁠ ⁠.⁠ يَقُولُ حَاسَبَ نَفْسَهُ فِي الدُّنْيَا قَبْلَ أَنْ يُحَاسَبَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ ⁠.⁠ وَيُرْوَى عَنْ عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ قَالَ حَاسِبُوا أَنْفُسَكُمْ قَبْلَ أَنْ تُحَاسَبُوا وَتَزَيَّنُوا لِلْعَرْضِ الأَكْبَرِ وَإِنَّمَا يَخِفُّ الْحِسَابُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ عَلَى مَنْ حَاسَبَ نَفْسَهُ فِي الدُّنْيَا ⁠.⁠ وَيُرْوَى عَنْ مَيْمُونِ بْنِ مِهْرَانَ قَالَ لاَ يَكُونُ الْعَبْدُ تَقِيًّا حَتَّى يُحَاسِبَ نَفْسَهُ كَمَا يُحَاسِبُ شَرِيكَهُ مِنْ أَيْنَ مَطْعَمُهُ وَمَلْبَسُهُ ⁠.⁠ Shaddod ibn Avs, Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilib xabar berdiki, u zot shunday dedilar: «Aqlli kishi — o‘z nafsini hisob-kitob qilgan (unga hukmron bo‘lgan) va o‘limdan keyingi holat uchun amal qilgan kishidir. Ojiz kishi esa — nafsini havoyi xohishlariga ergashtirgan va Allohdan (amalsiz quruq) umid qilgan kishidir». (Imom Termiziy) aytdi: «Bu — hasan hadis». U kishi yana aytdi: «U zotning “kim o‘z nafsini hisob-kitob qilsa” degan so‘zlarining ma’nosi — kishi dunyoda Qiyomat kuni hisob qilinishidan oldin o‘zini o‘zi tergov qilishidir». Umar ibn Xattobdan rivoyat qilinadi: «Hisob qilinishingizdan oldin o‘zingizni hisob-kitob qiling, eng buyuk ko‘rikka tayyorgarlik ko‘ring. Zero, dunyoda o‘zini hisob-kitob qilgan kishi uchun Qiyomat kunidagi hisob yengil bo‘ladi». Maymun ibn Mehrondan rivoyat qilinadi: «Banda xuddi sherigini — yeguligi va kiyimi qayerdan ekanini hisob-kitob qilgani kabi o‘z nafsini qattiq hisob-kitob qilmagunicha taqvodor bo‘la olmaydi».
Manba: Imom Termiziy
✈️ Bizni kuzatishda davom eting. Ajrda bizga sherik bo'lish uchun boshqalar bilan ulashib qo'ying. 📎 Yaqinlaringiz bilan ulashib qoʻying. 📱 Instagram  📱 Telegram 📱 YouTube  🌐 Tiktok

#Hadis حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ يَحْيَى التَّمِيمِيُّ، وَأَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ وَمُحَمَّدُ بْنُ الْعَلاَءِ الْهَمْدَانِيُّ - وَاللَّفْظُ لِيَحْيَى - قَالَ يَحْيَى أَخْبَرَنَا وَقَالَ الآخَرَانِ، حَدَّثَنَا أَبُو مُعَاوِيَةَ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم: ‏ "مَنْ نَفَّسَ عَنْ مُؤْمِنٍ كُرْبَةً مِنْ كُرَبِ الدُّنْيَا نَفَّسَ اللَّهُ عَنْهُ كُرْبَةً مِنْ كُرَبِ يَوْمِ الْقِيَامَةِ وَمَنْ يَسَّرَ عَلَى مُعْسِرٍ يَسَّرَ اللَّهُ عَلَيْهِ فِي الدُّنْيَا وَالآخِرَةِ وَمَنْ سَتَرَ مُسْلِمًا سَتَرَهُ اللَّهُ فِي الدُّنْيَا وَالآخِرَةِ وَاللَّهُ فِي عَوْنِ الْعَبْدِ مَا كَانَ الْعَبْدُ فِي عَوْنِ أَخِيهِ وَمَنْ سَلَكَ طَرِيقًا يَلْتَمِسُ فِيهِ عِلْمًا سَهَّلَ اللَّهُ لَهُ بِهِ طَرِيقًا إِلَى الْجَنَّةِ وَمَا اجْتَمَعَ قَوْمٌ فِي بَيْتٍ مِنْ بُيُوتِ اللَّهِ يَتْلُونَ كِتَابَ اللَّهِ وَيَتَدَارَسُونَهُ بَيْنَهُمْ إِلاَّ نَزَلَتْ عَلَيْهِمُ السَّكِينَةُ وَغَشِيَتْهُمُ الرَّحْمَةُ وَحَفَّتْهُمُ الْمَلاَئِكَةُ وَذَكَرَهُمُ اللَّهُ فِيمَنْ عِنْدَهُ وَمَنْ بَطَّأَ بِهِ عَمَلُهُ لَمْ يُسْرِعْ بِهِ نَسَبُهُ" ​Abu Hurayra rodiallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: "Kim bir mo‘minning dunyo g‘am-tashvishlaridan birini ariq qilsa (yengillatsa), Alloh uning Qiyomat kunidagi g‘amlaridan birini ariq qiladi. Kim qiyinchilikda qolgan kishiga yengillik qilsa, Alloh unga dunyo va oxiratda yengillik beradi. Kim bir musulmonning aybini yopsa, Alloh uning aybini dunyo va oxiratda yopadi. Bandasi o‘z birodarining yordamida ekan, Alloh ham bandaning yordamidadir. Kim ilm izlash yo‘liga tushsa, Alloh uning uchun jannat yo‘lini oson qilib qo‘yadi. Qaysi bir qavm Allohning uylaridan birida jam bo‘lib, Allohning Kitobini tilovat qilsalar va uni o‘zaro dars qilib o‘rgansalar, albatta, ularning ustiga sakina (xotirjamlik) tushadi, ularni rahmat o‘rab oladi, farishtalar ularni qanotlari bilan chulg‘ab oladilar va Alloh O‘z huzuridagilar orasida ularni zikr qiladi. Kimning amali uni (savobdan) orqada qoldirsa, nasab-nasli uni ilgari sura olmaydi."
©️​Manba: Sahih Muslim.
📎 Yaqinlaringiz bilan ulashib qoʻying. 🟥Instagram  🔵Telegram 🟥YouTube  ⚫Tiktok

Qur’on Qiroatidagi Xilma-xillik: Yetti Harf Siri va Nabaviy Ruxsat
• Qiroat Turlarining Asosi: Yetti Harf. Qur’onning turli uslub va lahjalarda o‘qilishiga oid eng asosiy hujjat — "Yetti harf" (Sab’atu ahruf) hadisidir. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَقْرَأَنِي جِبْرِيلُ عَلَى حَرْفٍ فَلا زِلْتُ أَسْتَزِيدُهُ وَيَزِيدُنِي حَتَّى انْتَهَى إِلَى سَبْعَةِ أَحْرُفٍ Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilinadi, Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Jabroil menga Qur’onni bir harf (uslub)da qiroat qildirdi. Men unga murojaat qilib, ziyoda qilishini so‘rayverdim, u menga ziyoda qilib bordi, hattoki yetti harfga yetdi." ©️ Manba: Sahihul Buxoriy, 3210-hadis; Sahihu Muslim, 819-hadis. • Qiroat Ixtilofiga Nabaviy Yondashuv. Hazrati Umar (r.a.) va Hishom ibn Hakim (r.a.) o‘rtasidagi voqea qiroat turlarining barchasi vahiydan ekaniga eng yorqin dalildir. فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: كَذَلِكَ أُنْزِلَتْ، إِنَّ هَذَا الْقُرْآنَ أُنْزِلَ عَلَى سَبْعَةِ أَحْرُفٍ، فَاقْرَءُوا مَا تَيَسَّرَ مِنْهُ Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "U (sura) shunday nozil qilingan. Albatta, bu Qur’on yetti harfda nozil bo‘lgandir. Undan o‘zingizga oson bo‘lganini o‘qinglar." ©️ Manba: Sahihul Buxoriy, 4992-hadis; Sahihu Muslim, 818-hadis. • Qiroat - Allohning Marhamati. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ummatlariga qulay bo‘lishi uchun Allohdan qiroat turlarini ko‘paytirishni so‘raganlar. أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: يَا جِبْرِيلُ إِنِّي بُعِثْتُ إِلَى أُمَّةٍ أُمِّيِّينَ: مِنْهُمُ الْعَجُوزُ، وَالشَّيْخُ الْكَبِيرُ، وَالْغُلامُ، وَالْجَارِيَةُ، وَالرَّجُلُ الَّذِي لَمْ يَقْرَأْ كِتَابًا قَطُّ. قَالَ: يَا مُحَمَّدُ، إِنَّ الْقُرْآنَ أُنْزِلَ عَلَى سَبْعَةِ أَحْرُفٍ Nabiy (s.a.v.) dedilar: "Ey Jabroil, men savodsiz (kitob o‘qishni bilmaydigan) ummatga yuborildim. Ularning ichida keksa ayollar, yoshi ulug‘ kishilar, yosh bolalar, cho‘rilar va umrida kitob o‘qimagan erkaklar bor". (Jabroil a.s.) aytdi: "Ey Muhammad, albatta Qur’on yetti harfda nozil qilindi". ©️ Manba: Sunani Termiziy, 2944-hadis. • Qiroatdagi Chegaralar. Qiroat turlari ma’noni o‘zgartirmasligi va ilohiy maqsadga muvofiq bo‘lishi zarur. كُلُّهَا شَافٍ كَافٍ، مَا لَمْ تَخْتِمْ آيَةَ عَذَابٍ بِرَحْمَةٍ، أَوْ آيَةَ رَحْمَةٍ بِعَذَابٍ "Ularning (qiroatlarning) har biri shifo va kifoya qiluvchidir. Basharti azob oyatini rahmat bilan yoki rahmat oyatini azob bilan tugatib qo‘yilmasa bas." ©️ Manba: Musnadi Ahmad, 5/41; Sunani Nasoiy, 2/152.
Hulosa qiladigan boʻlsak.
Ushbu hadislar shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda bizga yetib kelgan o‘nta mashhur qiroat (Qiroati ashara) o‘zboshimchalik emas, balki Rasululloh (s.a.v.)ga Jabroil (a.s.) tomonidan o‘rgatilgan va sahobalar tomonidan omonat bilan yetkazilgan ilohiy xazinadir. Ustoz qorilarning vazifasi, ana shu lahja va uslublardagi go‘zallikni, tajvid qoidalariga muvofiq holda, buzmasdan keyingi avlodga o‘rgatishdir. ✈️Bizni kuzatishda davom eting ! 📎 Yaqinlaringiz bilan ulashib qoʻying. 📱 Instagram  📱 Telegram 📱 YouTube  🌐 Tiktok

#Fazilat ☪️☪️☪️☪️☪️
Ahli ilmlar o‘rtasidagi ehtirom - oliy fazilat !
Islom tarixiga nazar tashlasak, buyuk imomlarimiz nafaqat o‘zlarining ilmlari, balki bir-birlariga bo‘lgan cheksiz hurmat va ehtiromlari bilan ham islom ummatiga o‘rnak bo‘lishgan. Ular bir-birlarining fazilatlarini e’tirof etishni o‘zlari uchun sharaf deb bilishgan. Bunga buyuk mujtahid olim Imom Shofiiy rahimahullohning zamondoshi Imom Muhammad ibn Hasan ash-Shayboniy (Imom Abu Hanifaning shogirdi) haqida aytgan e’tiroflari yorqin misol bo‘la oladi. Imom Shofiiy u kishining ilmiy darajasi va shaxsiyatini naqadar baland tutganlarini quyidagi so‘zlaridan bilsak bo‘ladi: "Men Muhammad ibn Hasandan bir tuya yuk bo'ladigan darajada ilm (kitob) yozib oldim. Men undan ko'ra aqli nozikroq (o'tkirroq) kishi bilan o'tirmadim. U qalbni ham, ko'zni ham (o'zining go'zal fazilatlari bilan) to'ldiradigan inson edi." (حَمَلْتُ عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ الْحَسَنِ وِقْرَ بَعِيرٍ كُتُبًا، وَمَا جَلَسْتُ إِلَى أَحَدٍ أَلْطَفَ عَقْلًا مِنْهُ... كَانَ مِمَّنْ مَلأَ الْقَلْبَ وَالْعَيْنَ) • E’tirof fazilati: Bir olim boshqa bir olimning ilmini ommaga maqtashi va uni tan olishi uning ma’naviy boyligidan dalolat beradi. • O‘zaro muhabbat: Imomlarimiz bir-birlarini shunchaki "hamkasb" emas, balki din yo‘lidagi birodar va ilm xazinabonlari deb bilishgan. • Kamtarlik: Dunyo tan olgan zot bo‘lishiga qaramay, Imom Shofiiy o‘zidan ilm olgan insonlarni ham yuksak ehtirom bilan tilga olganlar. Bugungi kunimizda ham ahli ilmlarimizning bir-birini mana shunday go‘zal tarzda e’zozlashi, bir-birlarining fazilatlarini xalqqa yetkazishi jamiyatimizda o‘zaro mehr-oqibat va ilmiy baraka ko'payishiga sabab bo‘ladi. ©️ Imom Zahabiy, "Siyar a'lamun nubala", 9-juz, 134-sahifa. ✈️Bizni kuzatishda davom eting ! 📎 Yaqinlaringiz bilan ulashib qoʻying. 📱 Instagram  📱 Telegram 📱 YouTube  🌐 Tiktok

#Hadis حَدَّثَنَا الْحُمَيْدِيُّ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ الزُّبَيْرِ ، قَالَ : حَدَّثَنَا سُفْيَانُ ، قَالَ : حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ سَعِيدٍ الْأَنْصَارِيُّ ، قَالَ : أَخْبَرَنِي مُحَمَّدُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ التَّيْمِيُّ ، أَنَّهُ سَمِعَ عَلْقَمَةَ بْنَ وَقَّاصٍ اللَّيْثِيَّ ، يَقُولُ : سَمِعْتُ عُمَرَ بْنَ الْخَطَّابِ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ عَلَى الْمِنْبَرِ، قَالَ : سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، يَقُولُ : إِنَّمَا الْأَعْمَالُ بِالنِّيَّاتِ، وَإِنَّمَا لِكُلِّ امْرِئٍ مَا نَوَى، فَمَنْ كَانَتْ هِجْرَتُهُ إِلَى دُنْيَا يُصِيبُهَا أَوْ إِلَى امْرَأَةٍ يَنْكِحُهَا، فَهِجْرَتُهُ إِلَى مَا هَاجَرَ إِلَيْهِ Umar ibn al-Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deyayotganlarini eshitdim: "Albatta, amallar niyatlarga bogʻliqdir va har bir kishi uchun niyat qilgan narsasi boʻladi. Bas, kimning hijrati dunyoga erishish yoki biror ayolga uylanish uchun boʻlsa, uning hijrati nima uchun qilgan boʻlsa, oʻshanga boʻladi."
© Imom Buxoriy, 1-hadis.
📎 Yaqinlaringiz bilan ulashib qoʻying. 🟥Instagram  🔵Telegram 🟥YouTube  ⚫Tiktok

#Tez_Kunda ☪️☪️☪️☪️☪️ 🆕Tez Kunda... Ustoz Qomariddin Qori Bahriyev bilan Podcastimizni havola qilamiz. ✈️Bizni kuzatishda davom eting. 📎 Yaqinlaringiz bilan ulashib qoʻying. 📱 Instagram  📱 Telegram 📱 YouTube  🌐 Tiktok

Biz ijtimoiy tarmoqlarda Barcha ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda sizlarni kutib qolamiz

#Tez_Kunda ☪☪☪☪☪☪ 🆕 Tez Kunda... 🎥 Ustoz Qomariddin Qori Bahriyev bilan Podcastimizni havola qilamiz. ✈️ Bizni kuzatishda davom eting. 🚩Shiorimiz. عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ ﷺ: إِنَّ أُمَّتِي لَا تَجْتَمِعُ عَلَى ضَلَالَةٍ، فَإِذَا رَأَيْتُمُ اخْتِلَافًا فَعَلَيْكُمْ بِالسَّوَادِ الأَعْظَمِ Анас ибн Молик розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: «Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам: «Албатта, умматим залолат устида жам бўлмайди. Шунга кўра, агар ихтилоф кўрсангиз, «саводул аъзам»ни (катта жамоани) лозим тутинг», дедилар». ©Манба: Сунани Ибн Можа, 3950-ҳадис. 📎 Yaqinlaringiz bilan ulashib qoʻying. 🟥Instagram  🔵Telegram 🟥YouTube  ⚫Tiktok

☪️☪️☪️☪️☪️