Revit models
الذهاب إلى القناة على Telegram
Revit dasturida yasalgan modellar kanali. Arxitekturaga oid ustozlardan olgan bilimlarimni ham ulashib boraman. Murojaat uchun @Arch_0045
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
925
المشتركون
+224 ساعات
+587 أيام
+17830 أيام
أرشيف المشاركات
925
Modellardan tashqari shu kabi interior va exteriorga oid ma'lomtlarni ham kanalimizga yuklab borsam hammaga qiziqmi ? Reaksiya orqali bildiringizlarchi? 👍👌⚡️🔥
925
Repost from AYVIZ || Designer
🏠 GIPSOKARTON POTOLок — YASHIRIN LED PODSVETKA O‘LCHAMLARI
Ko‘pchilikda savol tug‘iladi: tekis gipsokarton potolokni asosiy shiftdan necha santimetr tushirish kerak va devor bilan potolok orasidagi LED podsvetka uchun qancha joy qoldiriladi?
📐 Tavsiya etiladigan o‘lchamlar:
✅ Potolokni tushirish: 8–10 sm
✅ Amaliy tavsiya: 10 sm
✅ Devor bilan potolok orasidagi tirqish: 3 sm
✅ Yoritish turi: yashirin LED lenta (podsvetka)
💡 Konstruksiya qanday ishlaydi?
Asosiy beton shiftdan gipsokarton potolok 10 sm pastga tushiriladi.
Potolokning cheti devorgacha yetkazilmaydi, ular orasida 3 sm masofa qoldiriladi.
Ushbu tirqishga maxsus alyuminiy profil yordamida LED lenta o‘rnatiladi.
LED yorug‘ligi devor yuzasiga yo‘naltiriladi va yumshoq, yashirin yoritish effekti hosil qiladi.
⚠️ Muhim texnik jihatlar:
• LED lentani to‘g‘ridan-to‘g‘ri gipsokartonga emas, alyuminiy profilga o‘rnatish tavsiya etiladi. Bu issiqlikni chiqarishga yordam beradi.
• 3 sm tirqishda LED nuqtalari ko‘rinib qolmasligi uchun profilning joylashuvi va yorug‘lik yo‘nalishini to‘g‘ri tanlash kerak.
• Potolokni 8–10 sm tushirish tavsiya hisoblanadi. Yakuniy o‘lcham karkas, profil va kommunikatsiyalarga qarab belgilanadi.
📌 Xulosa: tekis gipsokarton potolok uchun 10 sm tushirish va devor bo‘ylab 3 sm yashirin LED tirqishi — ko‘p hollarda qulay yechim. Lekin montajdan oldin konstruktiv kesimni tekshirish zarur.
📐 AYVIZ || Designer
925
Repost from Hakimov l Revit
#Ish_bor
🔈Студия САД | REVIT ARXITEKTOR
Jamoamizga Revit dasturida ishlaydigan, tajribali va mas'uliyatli arxitektorlarni ishga taklif qilamiz!
📌Talablar: ⏺️Autodesk Revit dasturida kamida 3+ yillik ish tajribasi ⏺️AR bo'limi ishchi chizmalarini (rabochka) mustaqil tayyorlay olish ⏺️Interyer ishchi chizmalarini tayyorlash ⏺️ShNQ/QMQ qurilish me'yorlarini bilish ⏺️Professional portfolio mavjudligi
Maosh: Suhbat asosida kelishiladi Manzil: Toshkent shahri Ish turi: Ofisda ishlash• O'zingiz haqingizda ma'lumot va portfolio yuboring: +998935445496
➡️Portfolio va ish tajribasi yo'qlar bezovta qilmasin💵Yuqori maoshli ish kerakmi? 🔵https://t.me/ArchVizHR_uz
