ar
Feedback
choylashilu

choylashilu

الذهاب إلى القناة على Telegram

Hayot haqida qisqa satrlar

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
297
المشتركون
+924 ساعات
+257 أيام
+3030 أيام
أرشيف المشاركات
Qiziq-a, bir ish oxirgi marotaba sodir bo‘layotganini hech qachon bila olmaymiz. Har bir lahzaga shukr qilaverish kerakligiga yana bitta shapaloq. choylashilu

Hech zamonda qushga qanoti og‘irlik qilganmi? choylashilu
Hech zamonda qushga qanoti og‘irlik qilganmi? choylashilu

O‘z qayg‘uingizni o‘zgalarni xursand qilib yenging choylashilu

Alloh sizga qalbingizning tilida so‘zlashadigan insonni uchratirsinki, butun umringizni tarjimonlik qilib o‘tkazishdan panohda bo‘ling. choylashilu

Qahva va shokoladni halol qilgan Robbimga shukurlar bo‘lsin choylashilu

Nima uchun yig‘layotganingga qara. Bu sening darajang. choylashilu

Ishonaver, ularga qilayotgan ishlaring va natijalaring yoqadi. Yoqmaydigan narsa – o‘sha ishlarni aynan sen qilayotganingdir✅ choylashilu

O‘zingizga shafqatliroq bo‘ling 🫂 Qolganlarga esa vaziyatga qarab😂 choylashilu

U shunday odam... Xonaga kirishi bilanoq Allohni eslatadi, hali gapirishni boshlamagan bo‘lsa ham. choylashilu

Yaqinlaringga qiyinchilik yetganini ko‘rib tursangu, lekin qo‘lingdan hech narsa kelmasa... Yaxshiyam duo bor. Eng buyuk Robbingga murojaat qilib, unga yaxshiliklar so‘raysan va qalbing ozroq taskin topadi. choylashilu

Biror bir yangi ish boshlasangiz: 🔸“Bismillah” bilan boshlang; 🔸Natijaga emas, sabablarni qilishga eʼtibor bering va qolganini Allohga topshiring; 🔸Mukammal bo‘lishni kutmang. Mukammallik harakat ortidan keladi; 🔸Yo‘lda qiyinchilik chiqsa bu to‘xtash uchun belgi hisoblanmaydi. Bu imtihon kelganidan darak–sabr, duo va harakat qiling; 🔸Har kuni kam-kamdan bo‘lsa ham davom eting, chunki Allohga eng sevimli amallar–oz bo‘lsa-da, davomli bo‘lganidir. choylashilu

Yolg‘izlik faqatgina oldingizda bir dona ham odam qolmasligi emas, balki atrofingizdagi hech bir inson bilan siz uchun muhim yoki qadrli bo‘lgan narsalar haqida bemalol gaplasha olmasligingizdir. choylashilu

Jinsingizdan qatʼiy nazar: ➖Gapirgan gapingizda turing; ➖Or-nomusingizni saqlang; ➖Foydali ilm oling; ➖Ummat g‘amida yuring; ➖Masʼuliyatingizni bo‘yningizga oling; ➖Vaʼdangizga vafo qiling; ➖Hissiyotlaringizni boshqarishga o‘rganing. choylashilu

60 yoshliklar ham erisholmagan narsalarga shu yoshimda yetdima... • bel og‘rig‘i • xotira sustlashishi • bosh aylanishi • tizzamning orkestrdek qarsillashi • shovqin yoqmay qolishi • hammadan uzoqlashishni xohlab qolishim... choylashilu

Gunohdan tiyilish – tengdoshlaringdan yoki zamondan ortda qolish emas. Aksincha, odamlarning aksaridan oldinda ekanligingni anglagan kuning boshqacha fikrlashni boshlaysan. choylashilu

Sayohatchilarda 2 xil mood bor: 1⃣➖Tili aylanmay, lol qolish 2⃣➖Qunduz bobo roʼliga kirish choylashilu

Odamlar seni gaplaringni noto‘g‘ri tushunib, hafa bo'lib yurgan paytlari, Alloh seni qalbingdagi niyatingga qarab mukofotlashi naqadar go‘zal choylashilu

Neʼmatni yaxshilikka ishlatsa u ziyoda bo‘lishdan to‘xtamaydi. choylashilu

Ko‘mir konidan ko‘mir, tillo konidan tillo chiqadi. Ko‘mir koniga kirib olib tillo qidirish, yoki tillo chiqsin deb qazish ahmoqlikdan boshqa narsa emas. choylashilu

Muammolardan qochish kardio o‘rniga o‘tadimi? choylashilu
Muammolardan qochish kardio o‘rniga o‘tadimi? choylashilu