Ismoiliyliklar
قناة بسيطة
"Erkak boʻlib tugʻilma sharqda"
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
224
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-37 أيام
-1730 أيام
أرشيف المشاركات
Birinchi qimmatga olingan reklama kitobimni videosi joylangandi. Pliz borib qoʻllab tashlanglar. Wooow aktivi zoʻr ekan deyishsin. Keyin yana ishlashda davom etishardi man bilan. Va undan keyin kelajakda ashi odamni oʻzimiz koʻtarganmiz deb yurasizlar hali. Man bilan fahrlanib :)
https://www.instagram.com/reel/DU0qxuRCNnS/?igsh=YmRuN3g3aGFmeHBu
Bu futbolchini jahon chempionatida top bilan bir harakati tufayli memlarga sabab boʻlgan. Xullas topganlar bormi?
Buloqdek qaynab yotsam
Sochingni oʻynab yotsam
Hech kim halal bermasa
Koʻzingni oʻylab yotsam…
Tez borib meni qoʻllab-quvvatlab kelinglar xay :)
https://www.instagram.com/reel/DUx_omYiGCH/?igsh=ejJ5N3dzZWNvMG1o
Ramazon kelyapti. Uje hoji aka rejimiga oʻtyapman. Shu bois aka soʻzini oldiga hoji soʻzini ham qoʻshib yozinglar menga murojaat qilyotganlarizda :)
Omon Matjon
Omon Matjon darajasidagi shoir hozir bormikin deb qolaman? Misol uchun uning bitta Turgʻunlik yillari she’rini eshitsam qandaydir hayron qolish boshlanadi menda doim. Uning she’rlarini ham Xorazm lazgisiga oʻxshab sekin ritmda boshlanib oxirida boʻmba kabi portlash xususiyatiga ega edi.
Misol uchun:
Ularni qoʻyaver ular qolmaslar
Chunki bizlar kabi seva olmaslar
Yoki Shukur Burxonga atab yozgan she’rini aytish mumkin.
Kechagina ulugʻ shoh Edip edi,
Bugun fuqarodanda battar fuqaro
Yani bu yerda aktyorni odamlar orasida ketayotganini ta’riflagan.
Omon Matjonning shu darajada yuqori she’rlari koʻpki Odamning yoshi degan she’rini koʻpchilik bilmaydi biroq boshqa shoir shu she’rni yozib umrini oxirigacha shu she’ri bilan yashashi mumkinda. She’rdagi falsafa zoʻr. Odamga nimadir deyilmoqchi boʻlgan gap yaqqol namayon etilgan. Tabiat hammaga qirq yildan umr berdi deydi va qirq yildan keyin hammani yigʻib soʻroq qildi shunda eshak va it bu umrdan norozi boʻladi va yigirma yil berishlarini soʻraydi. Tabiiyki inson esa yana koʻproq umr koʻrishni soʻraydi shunda tabiat it va eshakdan ortgan yigirma yildan umrni insonga beradi. Inson xursand boʻlib ketyotsa boya aytganimdek portlash yuz beradi she’rda.
Toʻxta debdi tabiat:
Har narsada bordur xad
Yetuk oʻgʻlim deb senda
Jam etdim oliy hikmat
Umringni choʻzdim-kerdim
Lekin unutma derdim
Eshak, it xohlamagan
Umrni senga berdim
Qirq yosh asl oʻz yoshing
Qirq eng tikka quyoshing
Shuni a’lo yasholsang
Soʻng ham egilmas boshing
Shu oʻz yoshing oʻtsa puch
Bekor ketsa yoshlik kuch
Eshak va it qismati
Soʻzsiz senga boʻlar duch
Xullas Omon Matjonning har bitta yozgan she’ri baland edi. Koʻpchilik bir qarab bunday she’rni men ham yoza olaman deyishi mumkin biroq bunaqa yozish juda qiyin. Omon Matjon Erkin Vohidov va Abdulla Oripovning eng gullagan davlarida ijod qilgan yoʻqolib ketmagan shoirdir. Tasavvur qil sen Abdulla Oripov bilan Erkin Vohidov davrida shoir boʻlib tugʻilding va ularga raqobat qila olarmiding? Oripov buyoqdan Onajon she’rini e’lon qilsa Vohidov Nido dostonini e’lon qilib tursa sen bu ikki nomga munosib raqobat qila olarmiding? Omon Matjon esa shu raqobatni keragidan ortiqcha qila olgan shoirdir.
Yiqildi deb oʻylamang
Oʻylamang sindim, choʻkdim
Kelgusi bahorgacha faqat
Bargimni toʻkdim!
