Yo'lovchi
الذهاب إلى القناة على Telegram
Har qalb o‘z ichidagi gulning hidini berar...
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
206
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام
أرشيف المشاركات
206
Kamol et kasbkim, olam uyidin Sanga farz o‘lmag‘ay g‘amnok chiqmoq. Jahondin notamom o‘tmak biayni, Erur hammomdin nopok chiqmoq.
Alisher Navoiy hazratlariYuzaki qaraganda, gap dunyodan biror kasbning boshini tutmay o‘tib ketish yaxshi emasligi haqida ketayotgandek ko‘rinadi. Aslida esa u yuqorida aytib o‘tganimiz — tasavvuf axloqshunosligining «kasb» tushunchasi bilan bog‘liq. Navoiy hazratlari bu dunyoga kelib, Alloh inson uchun yaratgan barcha fazilatlar va ezguliklarni o‘ziga kasb qilib olmagan, yuqtirmagan kishi tiriklik olamidan boshi quyi solinganicha chiqib ketadi, chunki dunyodan notamom, ya’ni komillikka erishmay o‘tish xuddi hammomga kirib, yuvinmay chiqib ketish bilan barobar, deydi. Ulug‘ mutafakkirning fikriga ko‘ra, har bir inson dunyoda Alloh unga atab ne’mat sifatida yaratgan fazilatlar egasi bo‘lmog‘i, komillikka intilmog‘i zarur. Ana shundagina u insonlik burchini bajargan, inson degan nomni oqlagan sanaladi. Alisher Navoiy ijodi bilan qanchalik tanishib borsak, shoir asarlaridagi g‘oyalarni hozirgi hayotimizga ham tatbiq etish mumkinligini anglaymiz.
08 يناير, 05:34
206
Ketishni istaganlar kiprikdan ko'prik yasaydilar.
Yetishishni istaganlar ham...
08 يناير, 02:34
206
Istaganingcha iymonliman de, ibodat qil, sadaqa ber. Lekin umid berib, ishonchiga kirib, yarim yoʼlda qoldirib ketgan koʼngilning sadaqasini ikki dunyoda berolmaysan!!!
Mavlono Jaloliddin Rumiy
07 يناير, 19:04
206
Keyingi bobdan xabarimiz yo'q. Lekin Muallifdan xabarimiz bor. Shuning uchun xotirjammiz mundarijamizdan...
07 يناير, 13:12
