cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Xushnudbek.uz

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyevfb.com/xushnudjohntwitter.com/xushnudbeckinstagram.com/xushnudbektiktok.com/@xushnudbekofficial Reklama uchun: @xushnudbekreklama

Show more
Uzbekistan39The language is not specifiedLaw3
Advertising posts
510 077
Subscribers
-41024 hours
-2 7977 days
-11 56130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Eng ko’p ovoz olgan TOP-10 mahallaga universal sport maydonchasi qurib beriladi tashabbus.sport.uz sayti orqali respublikamizning barcha tuman va shaharlarining har biriga bittadan sport maydonchasi qurib berish bo‘yicha tanlov o‘tkazilmoqda. Batafsil bu yerda: https://t.me/xushnudbek/23802 Sport vazirligi ovoz yig’ish jarayonidagi faollikni hisobga olib, tuman (shahar)dagi egallagan o‘rnidan qat’iy nazar eng ko‘p ovoz to‘plagan 10 ta mahallaga universal sport maydonchalari qurib berilishini e’lon qildi. Soat 19:30 dagi holat bo’yicha eng ko’p ovoz olgan TOP-10 mahalla ro’yxati yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan. G’oliblar 1-iyun kuni ma’lum bo’ladi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
00:17
Video unavailableShow in Telegram
⚡️10 kun ichida 10 shahar! Pepsi bilan yorqin yozga tayyor bo'ling! Iyun oyida Pepsi O‘zbekistonning 10 shahrida yirik festivallar o'tkazadi. Pepsi'sining 15 yil ichida ilk bor yangilangan dizayni sharafiga musiqa, raqs va ajoyib tadbirlardan bahramand bo'lasiz! 💙 Sahifamiz orqali yangiliklarni kuzatib boring. Reklama
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Taʼmirlash ishlari olib borilayotgani sabab Abdulla Qodiriy koʻchasidagi, “Anhor Lokomotiv” bogʻi, “Ramada Tashkent” mehmonxonasi va boshqalar boʻylab oʻtuvchi koʻprik 25-maygacha (shu kuni ham) transport vositalari harakati uchun yopildi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
02:39
Video unavailableShow in Telegram
DXX: hokim o’rinbosari, ichki ishlar organlari xodimlari va elektr tarmoqlari xodimlari pora bilan qo’lga olingan Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hokimi o‘rinbosari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi MChJga tegishli yerlarni hokimlik zaxirasiga olmaslik, aksincha, sug‘orish ishlariga sharoit yaratib berish va faoliyatiga hech kim aralashmasligi evaziga 20 ming AQSh dollari talab qilib, 1 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi. *** “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent viloyat filialining bo‘lim boshlig‘i va muhandisi o‘zaro til biriktirib, Qibray tumanidagi qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonani 3 fazali elektr tarmog‘iga ulash va transformator o‘rnatib berish, shuningdek, boshqa texnik hujjatlarini tayyorlashda ko‘maklashish evaziga 39 ming AQSh dollari miqdorida pora talab qilishadi. Muhandis so‘ralgan pul mablag‘idan 30 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi. *** Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘linmasi katta tezkor xodimi o‘zining ish yurituvida bo‘lgan tergovga qadar tekshiruv materiali yuzasidan yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish evaziga, tamagirlik yo‘li bilan undan 1500 AQSh dollari miqdorida pora talab qiladi va avvalroq ushbu pul mablag‘i hisobidan 400 AQSh dollari oladi. Lekin, u talab qilingan puldan yana 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi. *** Toshkent shahar Sergeli tumani IIO FMB 2-sonli ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori 5 ming AQSh dollarini pora sifatida olgan vaqtida ushlandi. Aniqlanishicha, u ushbu pul mablag‘i evaziga, o‘zaro janjal oqibatida xorijiy fuqaroga tan jarohati yetkazgani bo‘yicha mahalliy fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atmasdan, holatni ma’muriy huquqbuzarlik sifatida malakalashni va’da qilgan. *** Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, mazkur shaxslarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
Bugun tunda “Haj – 2024” mavsumining ilk ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo’nab ketdi Bo‘lg‘usi hojilarni Prezident maslahatchisi Muzaffar Kamilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Sodiqjon Toshboyev, shuningdek, taniqli ulamolar, imom-domlalar, mutasaddilar va OAV vakillari kuzatishdi. Alloh taolo Haj amalini ado etishga otlangan yurtdoshlarimizning safarlarini muborak qilsin, ibodatlarini qabul aylasin. Eslatma: ziyoratchilar 23-maydan to 7-iyunga qadar haj safariga kuzatiladi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
00:11
Video unavailableShow in Telegram
Barcha zaruriy kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar Zoomrad ilovasi bilan qulay! Bir necha soniyada kommunal toʻlovlarni amalga oshiring va har bir toʻlov uchun maxsus keshbek oling. Telegram | Instagram | Facebook | Sayt | YouTube Reklama
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
"Atalanta" — Yevropa ligasi chempioni. Jan Pyero Gasperini shogirdlari finalda 51 ta o'yindan buyon mag'lubiyatga uchramasdan rekord qo'ygan "Bayer Leverkuzen" ustidan 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
Bugun yakunlangan "Sharjah Master 2024" shaxmat turnirida 🇺🇿Muhiddin Madaminov rasman grossmeysterlik talabini bajardi va O‘zbekistonning 29-grossmeysteriga aylandi. Muhiddin 9 imkoniyatdan 4,5 ochko jamg‘ardi va 2603 reyting perfomans qayd etdi. Mazkur turnirda grossmeysterimiz 🇺🇿Shamsiddin Vohidov ham juda zo‘r qatnashdi va 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Garchi u dastlabki uchta o‘rindagi shaxmatchi bilan bir xil natija, ya’ni 6,5 ochko to‘plagan bo‘lsa-da, lekin qo‘shimcha natijalarga ko‘ra, uchtalikka kirolmay qoldi. Shamsiddin oxirgi 4 ta turda 🇷🇺Andrey Yesipenko, 🇮🇳Nihal Sarin, 🇺🇸Hans Neyman, 🇦🇪Salem Saleh kabi o‘ta kuchli grossmeysterlarni mag‘lub etdi va yakunda 2860 reyting perfomans qayd etdi (dahshat!). Shuningdek, turnirda qatnashgan Javohir Sindorov 5,5 ochko, Jahongir Vohidov 3,5 ochko jamg‘ardi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Hukumat qarori bilan, Sayfullayev Nodirbek Baxtiyorovich O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. U bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish sho‘basi mudiri edi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
02:47
Video unavailableShow in Telegram
"Haj"ga yuborishni va’da qilganlar ushlandi ➖ Yakkasaroy tumanidagi sayyohlik firmasining 2 nafar xodimi bir fuqaroning ota-onasini Hajga yuborish evaziga 18 ming dollar talab qilib, 4500 dollar olgan vaqtlarida ushlangan; ➖ Yunusobod tumanidagi sayyohlik firmasi rahbari Yashnobod tumanida yashovchi fuqaroni Hajga yuborish evaziga 9500 dollar talab qilib, 5700 dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan; ➖ Shayxontohur tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida istiqomat qiluvchi 2 nafar fuqaroni sayyohlik firmasi orqali Haj ziyoratiga yuborish evaziga 20 ming dollar talab qilib, 10 ming dollar olgan vaqtida ushlangan; ➖ Farg‘ona shahridagi sayyohlik firmasi ish yurituvchisi Toshloq tumanida yashovchi fuqaroni va uning 2 nafar voyaga yetmagan farzandini 30 ming dollar evaziga Haj ziyoratiga yuborishni va’da qilib, 15 ming dollar olgan vaqtida ushlandi; ➖ Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida yashovchi shaxs ham Quva tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni va uning ota-onasini sayyohlik firmasi orqali Hajga yuborish evaziga 16 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. ❗️Eslatma o‘rnida, mamlakatimiz fuqarolari uchun "Haj" tadbiri Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Saudiya Arabistoni Podshohligining Haj va umra vazirligi o‘rtasida har yili imzolanadigan shartnoma asosida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, "Haj" ziyoratini ado etishning asosiy sharti – "haj" vizasiga ega bo‘lishdir. Tartibni buzganlar Saudiya Arabistonidan deport qilinib, ushbu mamlakatga 10 yil muddatga kirishi taqiqlanadi hamda 50 ming saudiya riyoli miqdorida jarimaga tortiladi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...