cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Jizzax shahar 2-son IMI

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
326
Obunachilar
-124 soatlar
-27 kunlar
+4030 kunlar
Postlar arxiv
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ❓6-SINFNI TAMOMLAGAN O‘QUVCHILAR IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGINING QAYSI MAKTABLARIGA HUJJAT TOPSHIRISHI MUMKIN?
➖Umumtaʼlim maktablarining 6-sinfini tamomlagan o‘quvchilar hududidagi ixtisoslashtirilgan maktab yoki maktab-internatining tabiiy fanlar yo‘nalishiga, Mirzo Ulug‘bek nomidagi yoki Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning 7-sinfiga ham alohida hujjat topshirishlari mumkin.
➡️ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Repost from Saida Mirziyoyeva
Bugun “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” xalqaro anjumani boʻlib oʻtdi. Anjuman qatnashchilari taʼlim sifati, bu sohadagi joriy tendensiyalar borasida oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar. Taʼlim sifatini yaxshilash – davlatimiz siyosatining, olib borilayotgan islohotlarning eng muhim yoʻnalishlaridan biri. Pedagoglar jamiyatda eng muhim oʻrin tutgan kasb egalaridir. Insonni tarbiyalab, atrofdagilarga, madaniyatga, Vatanga munosabatimizni shakllantiradigan asosan shular. Agar davlatni bir daraxt deb tasavvur qiladigan boʻlsak, oʻqituvchilarni uning ildiziga qiyoslash mumkin. Ishonchim komilki, daraxtning ildizi chuqur, baquvvat boʻlmas ekan, koʻkka boʻy choʻzolmaydi, gullab-yashnamaydi, meva bermaydi. Shuning uchun ham Oʻzbekiston taʼlim tizimini takomillashtirishga bu qadar katta eʼtibor qaratib, pedagoglarimizni xalqaro dasturlarda ishtirok etishga, dunyoning eng ilgʻor tajribalarini qoʻllashga undamoqda. - Сегодня состоялась международная конференция «Успешные реформы — устойчивые результаты», на которой участники поделились своими взглядами на текущие тенденции и качество образования. Повышение качества  образования является важнейшим направлением нашей политики и проводимых реформ. Педагоги — самые важные профессионалы в обществе,  потому что во многом именно они воспитывают и формируют наше отношение к людям, культуре, стране. Если государство представить в виде дерева,  то они будут его корнями. И я убеждена, что дерево без глубоких, сильных корней не вырастет высоким, цветущим и плодоносящим. Поэтому Узбекистан уделяет так много внимания совершенствованию системы образования, поощряет педагогов участвовать в международных программах и внедрять лучшие мировые практики.
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
#xalqaro_hamkorlik #Incheon_taʻlim_festivali #birinchi_kun ⚡️INCHEON TA'LIM FESTIVALINING YAKUNIY BOSQICHIDAN FOTOREPORTAJ
Maʼlumot oʻrnida, ertaga festivalning yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda yakuniy natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan 10 nafar ishtirokchi Koreya Respublikasiga sayohat va bilim almashish bo‘yicha safar yo‘llanmasi bilan taqdirlanadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ❓4-SINFNI TAMOMLAGAN O‘QUVCHILAR BIR VAQTNING O‘ZIDA IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGINING QAYSI MAKTABLARIGA HUJJAT TOPSHIRISHI MUMKIN?
➖Umumtaʼlim maktablarining 4-sinfini tamomlagan o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida hududidagi Prezident maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab va Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 5-sinfiga hujjat topshirishlari mumkin.
➡️ Prezident maktablari ➡️ Ijod maktablari ➡️ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
👍 4
#xalqaro_hamkorlik #Incheon_taʻlim_festivali ⚡️INCHEON TA'LIM FESTIVALINING YAKUNIY BOSQICHI BOSHLANDI Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda ilk bor o‘tkazilayotgan “Incheon ta’lim festivali”ning yakuniy bosqichiga start berildi. Mazkur festival o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirgan holda ularning ixtisoslashgan xalqaro dasturlar, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ilg‘or, tashabbuskor va ijodkor o‘gʻil-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyat, mahoratlarini ro‘yobga chiqarish va munosib ragʻbatlantirishni ko‘zda tutadi. Festivalning birinchi bosqichi joriy yilning 27-31-may kunlari Agentlik tizimidagi maktablar va umumtaʼlim muassasalarining koreys tilini B1 darajasida biladigan 7-10-sinf o‘quvchilari oʻrtasida onlayn formatda o‘tkazilgan edi. Eng yuqori ball to‘plagan 20 nafar o‘quvchi Festivalning yakuniy bosqichida ishtirok etib, bilim va mahoratlarini sinovdan oʻtkazadi. Festival doirasida Koreya oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida “Ta’lim yarmarkasi” ham bo‘lib o‘tadi. Festivalga Toshkent shahridagi Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi mezbonlik qilmoqda. Ertaga festivalning yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda yakuniy natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan 10 nafar ishtirokchi Koreya Respublikasiga sayohat va bilim almashish bo‘yicha safar yo‘llanmasi bilan taqdirlanadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⏰ Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda. 📊 Ushbu arizalarning 7-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin. 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 🕊Telegram |🕊X
Hammasini ko'rsatish...
🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Matbuot_anjumani 🔴 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan joriy yilning 9-14-iyun kunlari Buxoro shahrida oʻtkazilayotgan Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasini tashkil etish jarayonlariga bagʻishlangan matbuot anjumani boshlandi. 👉 Tadbirni jonli efirda kuzating. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Qabul_2024_2025 ✅ Prezident, Ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablar uchun hujjatlar topshirish jarayoni davom etmoqda. http://ariza.piima.uz sayti orqali onlayn ariza topshirishda qulaylik yaratish maqsadida Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Call-markaz ish faoliyati olib borilmoqda murojaat uchun Call-markaz: 📞 +998933027220 📞 +998915679399 @Jizzax_2_IMI
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⏰ Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda. 📊 Ushbu arizalarning 6-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin. 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ❓Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda qaysi fanlar o‘quvchilarni ikki guruhga ajratgan holda o‘rgatiladi?
➖Agentlik tizimidagi aniq fanlar yo‘nalishiga o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilarga matematika, fizika, informatika va ingliz tili fanlari, tabiiy fanlar yo‘nalishiga o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilarga esa kimyo, biologiya va ingliz tili fanlari o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lgan holda tashkil etiladi.
❓Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilar imtihon kuni va vaqtini qanday bilib olishlari mumkin?
➖Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirilgan vaqtda ariza yuboruvchilar tomonidan kiritilgan telefon raqamiga sms tarzida xabar yo‘llanadi.
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirganda IELTS xalqaro sertifikatiga ega o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilishda imtiyozlar beriladimi?
➖Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan IELTS xalqaro sertifikatiga ega o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilishda ularga imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmagan.
📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
04:18
Video unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⚡️ HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR!
📝 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli shu yilning 1-iyunidan – 20-iyuniga qadar davom etadi.
📺 Sizga qulaylik yaratish maqsadida, maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma taqdim etilmoqda. ✅ Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi. ❗️Hujjatlarni topshirayotganda eʼtiborli bolishingizni soraymiz. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
sdsd.mp460.86 MB
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#diqqat #eslatma 📶 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Prezident maktablariga kirish uchun tayyorlaydigan rasmiy o‘quv kurslari mavjud emas! ❌Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi e’lonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida tayyorlov kurslarining e’lonlari juda ko‘p uchramoqda. ❗️Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar ko‘p uchramoqda. 📌 Bu kabi telegram kanallar va tayyorlov kurslarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yo‘q. ✈️Prezident maktablariga qabul bo‘yicha barcha tasdiqlangan ma’lumotlar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rasmiy sahifalari orqali berib boriladi. 🗺Siz qabul jarayonlari, kvotalar, imtihonlar va boshqa ma’lumotlarni aynan ushbu sahifalar orqali kuzatib borishingiz mumkin. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube| Portal
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#tanlov #ishga_taklif_etamiz 📣 DIQQAT E'LON! ❗️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA! 🔔IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi rahbar lavozimlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI. 📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 1-15-iyun kunlari bo'lib o'tadi. ⏰ Hurmatli rahbar kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab: ➖ o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud; ➖mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek, xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin; ➖xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi. 🗂 Talab etiladigan hujjatlar: ➖ shaxsni tasdiqlovchi hujjat; oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat; ➖ nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka); ➖ IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda). ✅ Nomzodlardan nimalar talab etiladi: halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati; ➖ liderlik qobiliyatlari va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi; ➖ zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi. 🟢 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali 1-iyun 09:00dan boshlab topshirishingiz mumkin. ☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180) Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job2
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#diqqat #eslatma 📶 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Prezident maktablariga kirish uchun tayyorlaydigan rasmiy o‘quv kurslari mavjud emas! ❌Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi e’lonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida tayyorlov kurslarining e’lonlari juda ko‘p uchramoqda. ❗️Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar ko‘p uchramoqda. 📌 Bu kabi telegram kanallar va tayyorlov kurslarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yo‘q. ✈️Prezident maktablariga qabul bo‘yicha barcha tasdiqlangan ma’lumotlar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rasmiy sahifalari orqali berib boriladi. 🗺Siz qabul jarayonlari, kvotalar, imtihonlar va boshqa ma’lumotlarni aynan ushbu sahifalar orqali kuzatib borishingiz mumkin. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube| Portal
Hammasini ko'rsatish...
00:52
Video unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⚡️ HUJJAT TOPSHIRISH JARAYONIDA FOTOSURATNI TOʻGʻRI YUKLASH BOʻYICHA VIDEO-QOʻLLANMA Eslatma, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar shu yilning 1-iyunidan – 20-iyuniga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
sd rasm 3.mp415.89 MB
#Jizzax_ixtisoslashtirilgan_maktablar #Qabul_2024 ✅ O'quvchilar va ota-onalar uchun yanada qulaylik! 🗣 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali hamda Jizzax viloyatidagi barcha agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab—internatlari binolarida hujjatlarni ONLAYN topshirish uchun ko'maklashuvchi SHTABlar tashkil qilindi. ❗️Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga tashrif buyuring va hujjatlaringizni topshiring. Pastda viloyatimizda faoliyat yurituvchi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning lokatsiyalari: 📍Arnasoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📍Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📍Do‘stlik tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📍Forish tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📍G’allaorol tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📍Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 📍Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 📍Jizzax shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabi 📍Paxtakor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📍Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📍Zafarobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📍Zarbdor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 📍Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqda:https://t.me/+cRnJpWyZK1gzZTIy
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #test_namunalari ❗️DIQQAT, TEST NAMUNALARI! ⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga kirish istagida bo’lgan oʻquvchilar uchun test savollari namunalari eʼlon qilinmoqda 🌐 Batafsil: https://portal.piima.uz/page/test-namunalari
📶 Bizni kuzatishda davom eting, test namunalarini eʼlon qilishda davom etamiz!
☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#oʻquvchilar_boʻsh_oʻrinlariga #qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ❗️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish maqsadida qabul e’lon qiladi.
📝 Ushbu bo‘sh o‘rinlarga qabul Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida e’lon qilinmoqda.
📆 Bo‘sh o‘rinlarga hujjatlarni shu yilning 1-iyunidan – 20-iyuniga qadar ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda topshirishingiz mumkin. 👇Maktablarimizdagi bo‘sh o‘rinlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: https://portal.piima.uz/page/bosh-orinlar-kvotasi ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
Kirish qilib, tafsilotli ma'lumotlarga ega bo'ling

Biz sizga ushbu hazinani tasdiqlashdan so'ng ochamiz. Va'da qilamiz, tezroq!