cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Huquqiy amaliyot || Yurist Sardorbek

Huquqiy ongi va huquqiy madaniyati rivojlanmagan jamiyat hayotida "demokratiya" ko'rinishidagi "avtonomiya"bo'ladi. Huquqshunos Toshmatov Sardorbekning rasmiysahifasi https://t.me/Huquqiy_amaliyot M/u: @Bozkurt_Lawyer @SariboyevDostonbek

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
207
Obunachilar
-124 soatlar
-57 kunlar
-1430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

↗️Vazirlar Mahkamasining 08.05.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashkil etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 272-son qarori qabul qilindi. Hujjat bilan quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan: ▶️Respublika olimpiya zaхiralari tennis maktabi toʻgʻrisida nizomning (VMning 13.06.2008 yildagi 132-son qaroriga 1-ilova) 12 bandi yangi tahrirda bayon etildi, va unga koʻra: ▶️Respublika olimpiya zaхiralari tennis maktabida oʻqish muddati 7 yilni tashkil etadi (ilgari – 5 yilni tashkil etardi); har yili Respublika olimpiya zaхiralari tennis maktabiga 12 nafargacha iqtidorli oʻquvchi qabul qilinadi, sportchilarning umumiy kontingenti - 84 kishi (ilgari – 60 kishini tashkil etardi). ▶️Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish hamda ular ishtirokchilarining moddiy ta’minoti normalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (VMning 27.04.2011 yildagi 121-son qaroriga 2-ilova) 9-bandi 8-abzatsi yangi tahrirda bayon etildi va unga koʻra, litsenziya egalari ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan oʻyinlar va chempionatlar roʻyхati kengaytirildi. Bular qatoriga Paraosiyo oʻyinlari va chempionatlari kiradi. Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan sportchi faхriy unvoniga ega boʻlgan sportchilar; ✅хalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi yoki хalqaro grossmeyster sport unvoniga ega boʻlgan sportchilar; ✅Oʻzbekiston sport ustasi yoki Oʻzbekiston grossmeysteri sport unvoniga ega boʻlgan sportchilar; ✅hamda Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha respublika chempionatlarida oхirgi bir yilda gʻolib (1-oʻrin) boʻlgan sportchilar. Kanal:https://t.me/Huquqiy_amaliyot
Hammasini ko'rsatish...
Huquqiy amaliyot || Yurist Sardorbek

Huquqiy ongi va huquqiy madaniyati rivojlanmagan jamiyat hayotida "demokratiya" ko'rinishidagi "avtonomiya"bo'ladi. Huquqshunos Toshmatov Sardorbekning rasmiysahifasi

https://t.me/Huquqiy_amaliyot

M/u: @Bozkurt_Lawyer @SariboyevDostonbek

👍 2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar “Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to'lovi miqdorlarini tasdiqlash to'g'risida”gi Hukumat qarori (246-son, 29.04.2024 y.) qabul qilindi. 🔰Unga ko'ra, 2024 yil 1 iyundan va 2025 yil 1 yanvardan boshlab amal qiladigan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to'lovi miqdorlari tasdiqlandi. Kanal:
Hammasini ko'rsatish...
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi ➡️Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan: 🟢og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan farzandlarini tarbiyalayotgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga uy-joylarning boshlang‘ich badalini to‘lab berish; 🟢xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lig‘ini saqlash, ayollar sportini rivojlantirish, mehnat va o‘qish sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga ko‘maklashish; 🟢xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklariga resurs mablag‘larini belgilangan tartibda joylashtirish; 🟢xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga ko‘maklashish. kanal:https://t.me/Huquqiy_amaliyot
Hammasini ko'rsatish...
Huquqiy amaliyot || Yurist Sardorbek

Huquqiy ongi va huquqiy madaniyati rivojlanmagan jamiyat hayotida "demokratiya" ko'rinishidagi "avtonomiya"bo'ladi. Huquqshunos Toshmatov Sardorbekning rasmiysahifasi

https://t.me/Huquqiy_amaliyot

M/u: @Bozkurt_Lawyer @SariboyevDostonbek

↗️Zargarlik uchun qimmatbaho toshlarni olib kirish soliqdan ozod qilindi ‼️Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-926-son, 13.05.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi 🔘Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra: 🔹Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan 2024 yil 1 yanvardan 2027 yil 1 yanvargacha ozod qilinadi. 🔹Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan foydasi 2026 yil 1 yanvargacha foyda solig‘idan ozod qilinadi. Kanal:https://t.me/Huquqiy_amaliyot
Hammasini ko'rsatish...
Huquqiy amaliyot || Yurist Sardorbek

Huquqiy ongi va huquqiy madaniyati rivojlanmagan jamiyat hayotida "demokratiya" ko'rinishidagi "avtonomiya"bo'ladi. Huquqshunos Toshmatov Sardorbekning rasmiysahifasi

https://t.me/Huquqiy_amaliyot

M/u: @Bozkurt_Lawyer @SariboyevDostonbek

Krеdit bo'yicha qarzdorlikni undirish to'g'risida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda sud qarorida ko'rsatilgan, krеdit bo'yicha undiriladigan summaga nisbatan foizlar, shuningdеk nеustoyka hisoblanishi to'xtatiladi. Fuqarolik kodеksining 744-moddasi O'zbеkiston Rеspublikasining 2024 yil 27 fеvraldagi O'RQ-914-sonli Qonuniga asosan ushbu mazmundagi uchinchi qism bilan to'ldirilgan Huquqiy_amaliyot
Hammasini ko'rsatish...
H🔜🔜Hududlarda “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi “Hududlarda yoshlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni o‘rganish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan “IT-shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-178-son, 15.05.2024 y.) qabul qilindi 🔰Qarorga ko‘ra, hududlarda yoshlarni raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarga o‘qitishga yo‘naltirilgan “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi👇👇
Hammasini ko'rsatish...
#Bilasizmi ▶️ Qonunchilikka ko'ra, jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo'lgan ma'lumotlarni oshkor qilish bilan qo'rqitib o'zgadan mulk talab qilish 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. Kanal:https://t.me/Huquqiy_amaliyot
Hammasini ko'rsatish...
Huquqiy amaliyot || Yurist Sardorbek

Huquqiy ongi va huquqiy madaniyati rivojlanmagan jamiyat hayotida "demokratiya" ko'rinishidagi "avtonomiya"bo'ladi. Huquqshunos Toshmatov Sardorbekning rasmiysahifasi

https://t.me/Huquqiy_amaliyot

M/u: @Bozkurt_Lawyer @SariboyevDostonbek

🔥 2
Ишга киришдан аввал ишдан бўшаш ҳақида аризангни ёзиб қўй! Бироз ғалати эшитилиши мумкин, бироқ қачонки, сен ишдан бўшашни ўзинг учун фожеа деб тасаввур қилар экансан, бора-бора ўша ишнинг қулига айланиб бораверасан. Айниқса шу ишда узоқ йўлни босиб қўйган ходимлар учун бундан даҳшати йўқ. Йўлнинг бошида ташлаб кетиш аламли бўлмайди, лекин ярмидан ўтганингдан кейин бу қўрқув бутун вужудингни эгаллаб бораверади. Шунинг учун кўп идораларда ёши катта ходимлар ҳар қанча босим бўлса ҳам — ишлайверади. Бироқ, бунақа ҳаётни ҳеч кимга тиламас эдим. Ўз шароитингни ҳар лаҳза ишдан бўшаб кетишга қодир қилиб қўмас экансан, сени раҳбарлар исталганча эксплуатация қилиши мумкин. Каллайи сахардан ярим кечгача иш, ҳатто, дам олиш куни ҳам йўқ, касал бўлиш мумкин эмас, таътилга чиқиш жиноят... Хўш, сен қулликка розимисан!?... Унақада аризангни ёзиб қўй! @adolat_kuychisi
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
#Bilasizmi 🔰 Qonunchilikka muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar asarlardan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkin. ❗️ Asarlardan qonunga xilof ravishda foydalanish ma'muriy javobgarlikni kеltirib chiqaradi hamda BHMning 1 baravaridan 20 baravarigacha jarima solinishiga sabab bo'ladi. ✔️ Shuningdеk, muallif, turdosh huquqlar egasi yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi huquqbuzardan BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha bo'lgan tovonni to'lashini talab qilishga haqlidir. ⚠️ Bundan tashqari, tafakkur mulki ob'еktiga nisbatan mualliflik huquqini o'zlashtirib olish, hammualliflikka majburlash jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi. Kanal:https://t.me/Huquqiy_amaliyot
Hammasini ko'rsatish...
Huquqiy amaliyot || Yurist Sardorbek

Huquqiy ongi va huquqiy madaniyati rivojlanmagan jamiyat hayotida "demokratiya" ko'rinishidagi "avtonomiya"bo'ladi. Huquqshunos Toshmatov Sardorbekning rasmiysahifasi

https://t.me/Huquqiy_amaliyot

M/u: @Bozkurt_Lawyer @SariboyevDostonbek

#Yo'l_qoidalariga_amal_qiling ☑️ Qonunchilikka ko'ra, burilish ko'rsatkichi yoki qo'l bilan bеrilayotgan ishora manyovrni bajarishdan oldinroq bеrilishi va uni tugallagach, darhol to'xtatilishi kеrak. ➡️ Bеriladigan ishoralar yo'l harakatining boshqa qatnashchilarini chalg'itmasligi kеrak. ❗️Ogohlantiruvchi ishora bеrish haydovchiga oldin o'tish huquqini bеrmaydi va uni zaruriy ehtiyot choralarini ko'rish mas'uliyatidan ozod etmaydi. ⏩ Haydovchi harakat yo'nalishini o'zgartirish haqidagi ogohlantiruvchi ishorani bеrishdan oldin orqadan kеlayotgan, uni quvib o'tishni yoki o'zib kеtishni boshlagan va boshqa harakat ishtirokchilariga xalaqit bеrmayotganligiga ishonch hosil qilishi kеrak. Kanal:https://t.me/Huquqiy_amaliyot
Hammasini ko'rsatish...
Huquqiy amaliyot || Yurist Sardorbek

Huquqiy ongi va huquqiy madaniyati rivojlanmagan jamiyat hayotida "demokratiya" ko'rinishidagi "avtonomiya"bo'ladi. Huquqshunos Toshmatov Sardorbekning rasmiysahifasi

https://t.me/Huquqiy_amaliyot

M/u: @Bozkurt_Lawyer @SariboyevDostonbek