cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Chinoz Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi

Chinoz Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limdagi eng so'ngi yangiliklar

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
672
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-127 kunlar
-6030 kunlar
Postlar arxiv
02:35
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Xabaringiz bor, joriy yilning 2-iyul sanasida Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim maktablari uchun PQ-241-sonli qarori asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ajratilgan kompyuterlar karvoni Toshkent viloyatiga yetib kelganligi haqida ma’lumot bergan edik. 📹Mazkur karvon markaziy telekanallarida keng yoritildi. 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
Hammasini ko'rsatish...
CHIRCHIQ_SHAHRI_MAKTABLAR_UCHUN_YANGI_KOMPYUTER_JIHOZLARI_TOPSHIRILDI.mp459.24 MB
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri andijonlik ustozlar bilan muloqot qildi ✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Andijon viloyatida bo’lib, viloyatdagi ta’lim muassasalari rahbarlari va ustozlar bilan ochiq muloqot o’tkazdi. Tadbirda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov ham ishtirok etdi. Unda vazir Hilola Umarova yurtboshimizning maktabgacha va maktab ta’lim tizimiga berayotgan e’tiborlari xususida alohida to’xtalib, barcha pedagoglar qatori andijonlik ustozlar ham ushbu yuksak ishonchni oqlash yo’lida jonbozlik ko’rsatishlari zarur ekanligini ta’kidladi. Muloqot davomida Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i lavozimiga O’tkirbek Shukurov tayinlanganligi e’lon qilindi. Yig’ilishda mas'ullarga yangi 2024-2025-o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada yaxshilashga doir ko’rsatmalar berildi. Ochiq muloqot davomida ustozlarning fikr-mulohaza va takliflari ham tinglandi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
#Chinoz_tumani #Bunyodkorlik 📌Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov tumandagi umumtaʼlim va davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. ♻️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 dekabrdagi PQ-404-sonli qaroriga asosan "2024-2026 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish" dasturiga asosan Chinoz tumanida 3 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabi (9- umumtaʼlim maktabida 540-oʻrinli qoʻshimcha bino qurish, 41- umumtaʼlim maktabida 100 -oʻrinli qoʻshimcha bino qurish, 45-umumtaʼlim maktabida 300-oʻrinli qoʻshicha bino qurish) va 1 ta (9-DMTT-200 oʻrinli yangi bino qurish) davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida rekonstruksiya va qayta qurish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 👉BATAFSIL Chinoz  tumani hokimligi axborot xizmati |Telegram|Web site ||Facebook|Instagram|
Hammasini ko'rsatish...
​​#Qabul_2024-2025 Chinoz tumani 2-son kasb-hunar maktabida rasman oʻquv-yili uchun qabul boshlandi. Assalomu alaykum hurmatli ota-onalar hamda umumiy oʻrta taʼlim maktabi bitiruvchilari! Chinoz tuman 2-son kasb-hunar maktabi barcha 9-sinf bitiruvchilarini 2024-2025-oʻquv yilida oʻqishga taklif etadi. Mavjud yoʻnalishlar: - Avtomobillarni taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish; - Sotuvchi nazoratchi, kassir; - Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi; - Kompyuter grafikasi va dizayn operatori; - Tikuvchi; - Payvandlovchi; - Elektrik; - Oqava suv va suv taʼminoti tizimlaridan foydalanish va montaj qilish ustasi; - Payvandlovchi kasbi boʻyicha Dual taʼlim yoʻnalishi ochilgan (Dual taʼlim oʻzi nima? Dual taʼlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 martdagi 163-sonli qarori bilan tasdiqlangan boʻlib unga koʻra oʻquvchilar haftaning 4 kunini ish joyida 2 kunini esa oʻqish joyida oʻtkazdi. Taʼlim muassasasi yaratib beriladigan imkoniyatlar (Chinoz tumanining markazi hamda Yallama hududlaridan keladigan oʻquvchilar uchun imtiyozli avtobuslar qoʻyib beriladi) Hujjatlarni uydan chiqmasdan turib ham. https://my.edu.uz ushbu sayti orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin. Manzil: Chinoz tuman Navroʻz MFY Samarqand koʻchasi (eski Navoiy kollej). Sizni qiziqtirgan qoʻshimcha savollarga Qabul boʻyicha kotib Tuygʻunov Ilhomga murojaat qilishingiz mumkin Murojaat uchun telefon raqamlari ☎️ +998-94-407-01-71 ☎️ +998-97-424-06-61 👉@Sardor_Ikramovich
Hammasini ko'rsatish...
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar 🔴 Ayni damda butun Respublikamiz bo‘ylab ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Sinov jarayonlari 3 smenada - 08:00, 12:00 va 17:00 da tashkil etilgan.
Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari 6-iyul sanasiga qadar davom etadi.
_______ ✔️Fotolavhalarda Sirdaryo, Navoiy, Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo, Samarqand, Xorazm, Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahridagi jarayonlar aks etgan. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
#O‘QUV-SEMINARI 🔴Joriy yilning 4-iyul kuni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2024-yil 20-iyundagi 879-sonli xati ijrosi bo‘yicha Chinoz tumani 13-maktabda barcha maktab raxbarlari va MMIBDO‘lari hamda amaliyotchi psixologlarini o‘quv-seminar tashkil etildi. 🔹Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat fuqorolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida davlat fuqorolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlanishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari to‘g‘risida tushuntirildi. ➡️🔹Mutassaddilar tomonidan taklif va tavsiyalar berildi. ➡️Chinoz Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limdagi eng so'ngi yangiliklar 👉t.me/Chinoz_maktabgacha_va_maktab
Hammasini ko'rsatish...
Raqamlashtirish yo‘nalishida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tajribasi o‘rganildi ✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-308-son qaroriga muvofiq vazirlik va idoralarning raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga mas’ul tarkibiy bo‘linma xodimlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishdi. Uchrashuv davomida ta’lim sohasida raqamli texnologiyalarni joriy qilish borasida amalga oshirilgan ishlar, natijalar va muammolar muhokama qilindi. Mehmonlarda 2023-2024 yillarda joriy qilingan axborot tizimlar va interaktiv xizmatlar katta qiziqish uyg‘otdi va ularni kelgusida yana boyitish va ommalashtirish bo‘yicha fikr almashildi. Uchrashuv yakunida vazirlikning “Yagona elektron tizimi – erp.maktab.uz”ni vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiya qilish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etish yuzasidan dolzarb vazifalar belgilab olindi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.