cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Toyloq yangiliklari

Reklama boʻyicha @Huquqiy_bloger Toyloq tumanidagi eng soʻnggi yangiliklar telegram yagona rasmiy kanaliga xush kelibsiz Tumanimizga oid voqea hodisaga guvoh boʻldingizmi? bizga yuboring biz kanalga chiqaramiz👀

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
908
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-37 kunlar
-2930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

.
Hammasini ko'rsatish...
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
#Jarayon Ayni damda Toyloq tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi  tomonidan tuman hududidan o‘tuvchi Sadriddin Ayniy-Panjakent A-377 avtomabil yo‘lining 16 kilometriga Do‘stlik mahallasi bilan Tepaqishloq mahallasining tutashmasiga svetafor o‘rnatilmoqda.
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
00:37
Video unavailable
⚡️3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida 1993-yilning 3-may sanasini “Xalqaro matbuot erkinligi kuni” deb eʼlon qilish va shu kunda Xalqaro matbuot erkinligi kuni nishonlanishi haqida maxsus rezolyutsiya qabul qilingan. Oʻshandan buyon har yili 3-may kuni dunyo boʻylab Xalqaro matbuot erkinligi kuni nishonlanadi. Yurtimizdagi barcha matbuot xodimlari, jurnalistlarga 3-may –Jahon Matbuoti erkinligi kuni muborak boʻlsin.
Hammasini ko'rsatish...
3-may - Jahon matbuoti erkinligi kuni.mp43.67 MB
👍 2
Photo unavailable
E'LON TOYLOQLIK OPA-SINGILLAR DIQQATIGA! 🔴Vazirlar Mahkamasining “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida” 2022-yil 9-iyundagi 322-son qaroriga asosan: ✅-2024-yil 1-maydan 1-iyunga qadar mutaxassisligi bo‘yicha besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga Davlat Oliy ta’lim muassasalarining bakalavr ta’lim yo‘nalishlariga alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etishlari uchun tavsiyanoma beriladi. ❗️Buning uchun talabgor xotin-qizlar https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali ariza berishlari shart. Murojaat uchun manzil: Toyloq tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi. Telefon: (66) 666-53-58. Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt
Hammasini ko'rsatish...
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
#ОBOD_MAHALLA #TOYLOQ_2024 BIR MAQSAD SARI BIRDAM HARAKAT 📍Toyloq tumani "Tepaqishloq" mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha", "Obod mahalla" tamoyili asosida ishlar qizg'in olib borilmoqda.     Jumladan,  qishloq qabristonini devor bilan o'rash,  aholini sog'lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida toza ichimlik suvi, elektr energiyasi tarmoqlari tortilmoqda.  Shunindek,  qishloqning ichki ko'chalarida tosh-shag'al yotqizish ishlari bajarilmoqda. Hudud aholisi ham bir chekkada qarab turmay,  olib borilayotgan ishlarga kamarbasta bo'lib, o'z xonadonlarini obod qilish orqali mahalla ko'rkiga ko'rk bag'ishlashmoqda. Barcha bir maqsad sari-obodlik va farovon turmush uchun harakat qilmoqda.
Hammasini ko'rsatish...
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
Toyloq tuman hokimi B.Bobonazarov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati B.Eshmurzayevlar 1-sektor hududidagi mahallalar “yettiligi” bilan uchrashishdi. Tadbir davomida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi, “Yoqilg‘i energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, aholi ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, mahalladigi “yettilik” faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, ularning hamkorligini mustahkamlash borasida fikr-mulohazalarini bildirdi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 1💅 1
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
Toyloq tumanidagi Tepaqishloq mahallasida "Obod xonadon,  obod ko‘cha,  obod mahalla" tamoyi asosida obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda.  Dastur doirasida mahalla binosi yangidan qurilmoqda.  Bugun tuman hokimi Bahodir Bobonazarov mahalla binosining qurilish jarayonlari va sifati bilan tanishdi.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailable
E'LON Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasiga marhamat! Joriy yilning 24-aprel kuni soat 9:00 da Toyloq tumani Bog'izog'on mahallasida joylashgan 1-son kasb-hunar maktabida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tadi. Unda Toyloq tumanidagi korxona va tashkilotlar, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari o‘zlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashadi. Mehnat yarmarkasida ishtirok eting va o‘zingizga munosib ishni tanlang!
Hammasini ko'rsatish...
2
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
Ayni damda Toyloq tuman 2-sektor rahbari tomonidan tashkil etilgan  ishchi guruh a’zolari sektor hududidagi Beklar, Baxshitepa, Vorsin, Madaniyat mahallalarida yashovchi aholi orasida tomorqa madaniyatini shakillashtirish, tomorqadan unumli foydalanish borasida targ‘ibot ishlarini olib borishmoqda. Serhosil va eksportbop mahsulotlarni ekish, "Bir mahalla - bir mahsulot” tamoyilini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.