cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Hadis va Oyat

~•Hadislar Oyatlar 📚 ~•Hayoti Hikoyalar 🧕 ~•Qiroatlar 🎧 ~•Hikmatli so'zlar 🌺 ~•Hadis va Oyat kanali siz bilan 🫀 Fikr va Murojat uchun: @Haadis_Oyatt_bot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 015
Obunachilar
+1424 soatlar
+2987 kunlar
+36630 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Солиҳ зурриёт сўрашлик борасида келган етти оят (وأصلح لي في ذريتي) Ва менинг зурриётларимни ҳам солиҳлардан қилгин. (Ахқоф: 15) (وإني أعيذها بك وذريتها) Мен бунга ва унинг зурриётига даргоҳингдан қувилган шайтоннинг ёмонлигидан паноҳ беришингни Сендан илтижо қиламан». (Оли Имрон: 36) (ربنا هب لنا من أزواجنا وذرياتنا قرة أعين) «Роббимиз, Ўзинг бизларга жуфти ҳалолларимиздан ва зурриётларимиздан шод-хуррамлик ҳадя этгин ва бизларни тақводорларга пешво қилгин». (Фурқон: 74) (رب اجعلني مقيم الصلاة ومن ذريتي) Роббим, мени ва зурриётимдан (бўлган болаларимни) намозни тўкис адо этгувчи қилгин. (Иброҳим: 40) (ربنا واجعلنا مسلمين لك ومن ذريتنا) Роббимиз, бизни Ўзингга бўйинсунгувчилардан қилгин ва зурриётимиздан ҳам Ўзингга итоат қиладиган кишилар чиқаргин. (Бақара: 128) (رب هب لي من لدنك ذرية طيبة) Роббим менга ҳам Ўз ҳузурингдан бир покиза фарзанд ато эт! (Оли Имрон: 38) (واجنبني وبني أن نعبد الأصنام) Мени ва болаларимни бутларга ибодат қилишдан йироқ қилгин. (Иброҳим: 35)
Hammasini ko'rsatish...
2❤‍🔥 1 1 1
Photo unavailableShow in Telegram
إِنَّ ٱلْإِنسَـٰنَ لَكَفُورٌ Албатта, инсон ўта ношукрдир. 📖 Хаж сураси, 66-оят.
Hammasini ko'rsatish...
Falokat  -  Allohdan uzoqlikdir..⭐             Hayotiy hikoya.                      7-Qism. O‘zimcha ota-onamga  ''jarohat'' yetkazmay bu vaziyatdan chiqishni o‘ylardim. Istihora namozini ko‘plar biladi, ammo kam insonlar o‘qiydigan bir namoz deb bilaman va onam ham bilsalar-da bu namozni o‘qiganlari menga qorong‘u. Yoki men ularga sezdirmaganimdek... Ular ham menga sezdirmagandirlar. Xullas, istihora namozini o‘qib bo‘lganimdan so‘ng tamomila o‘zgardim. Yanada yaxshi bo‘ldim, ketish qarorini berganimdan so‘ng, ketsam ko‘ngillarini ham olib ketaman deya dilimga tukkandim. Qaynonam, ovsinim bilan ham ahul inoq edik. Erim esa... Erim o‘z suygani bilan... Men uning hayotida yo‘qdek edim. Istihoradan so‘ng, ikki bor ota uyimga bordim. Ammo ularga sezdirmadim. Lekin ukam chet elga ishlash uchun ketmoqchiligini,  u yerdagi ''saroy hayoti'' va katta maosh uchun berilgan va'dalarga ishonishgani menga yoqmadi va shu yerda ham ishi yaxshiligini,  ''Uzoqning somonidan,  yaqinning bug‘doyi yaxshi'' ekanini aytdim.  Iltimos qilib, istihora qilishlarini tushuntirdim onamga. Alhamdulillah, Alloh dillariga solib istihora qilibdilar. Ilk kechadayoq... tushlarida ukam yolg‘iz, yig‘lab o‘tirgan emish. Onam qattiq qarshilik qildilar. Ukam arazlab ikki, uch kun gapirmabdi ham onamga. Sheriklari jo‘nab ketgan kuni ham onamni xafa qilibdi. Lekin Alloh eng Mehribon, Qudratli zot! O‘ziga yuzlanganlarni tashlab qo‘ymaydi. Ukamni olib ketmoqchi bo‘lganlarning ''cheklovi'' bor ekan,  hammasi qaytibdi. Ukam chetga bormagan, yo‘l-yo‘riqni bilmay uyog‘larda sarson bo‘larmidi ketsa... Yoki yo‘l haqiga  ''kuyardi''. Allohga hamdlar aytdim. O‘zi menga yordam berayotgan edi. Keyingisi undan ham xayrli bo‘ldi. Ukam chet elga ketmagach, otam - Chalg‘ib qoladi shekilli, Uylatib qo‘ya qolaylik, - deya onamga maslahat solibdilar. Va onamga bu juda ma'qul tushib qiz qidira boshlashdi. Lekin ukamning ko‘ngil qo‘ygani bor ekan. Anchadan beri  ''yurisharkan''.  Onam sovchilikka borgan kunlari meni ham chaqirdilar. Qiz istaralikkina, shirin qiz ekan. Tomonlarga ma'quldek tuyuldi. Onam va akam meni uyga tashlab ketishar ekan, - Iltimos, onam, istihora  namozini o‘qing, deya xayrlashdim. Shunchalik osonmi deb o‘ylashingiz mumkindir... U kunlarni bugun eslashni ham hohlamayman. Bu og‘riqlarga sabr ila chidaganimga ba'zan o‘zimga lol qolaman. Ammo meni hisobim bo‘yicha farzandli bo‘lsam, so‘ngra bolam bilan andarmon bo‘lib uyda siqilmayman, ovunchag‘im bo‘ladi deb reja qilardim... Allohim bilan aloqam yanada yaxshilangan edi. Unga yaqinlikni tuyardim. Har tushimni eslasam yuzim kulardi. Ne sinoat edi bu? Bilmadim... Xullas, bir necha kun o‘tgach onam bilan gaplashdim. Istihoraning 4-kunida qip-qizil olma ko‘rganlarini, lekin uni ololmay turganlarini aytdilar. - Siqilmang onajon, demak yaxshilikka bo‘lsin deb boshqa qizni qidiring. - Sardorga nima deyman. Doniyor ham ikkilanib qoldi. Dadangga hali aytmadim. - Siz chetga ketmoqchi bo‘lganingda falokatingni ayirgan Alloh umr savdosida seni tashlab qo‘yarmidi, sen Allohga tavakkal qil-chi deng. Uyog‘ini o‘zingiz hal qilasiz-da ona, deya ular bilan suhbatni yakunladim. Ammo ukam osonlikcha ko‘nmadi... U qiz ham onangizga so‘zingiz o‘tmadi deb achchiq qilib boshqasiga fotiha qilinibdi. Bejiz emasligi belgi bera boshladi. Ukam esa menga dushmanga qaragandek munosabatda bo‘lardi. Men esa Allohga suyangan edim. Ahir Mening Ishonganim faqat U edi... #Davomi_bor...
Hammasini ko'rsatish...
🔥 3 1 1
Photo unavailableShow in Telegram
Nega ilm olishni ortga suryapmiz? Ertaga? Ertaga albatta uyg'onaman deya olamizmi? Hozir 1soatdan keyin ham tirik bo'laman deya olamizmi? Hozir imkonimiz yo'q? Naxotki!? Nafas olayotganimiz imkon emasmi? Ko'zlarimiz ko'rayotgani imkon emasmi? Quloqlarimiz eshitayotganichi? Bizga yana qanday imkon kerak? Bundan ortiq imkon bormikin? Vaqtimiz yo'qmi? 24soat vaqtimiz bor axir! Naxot bir soatini ajrata olamasak! Robbimiz ﷻ "Ilm olishni farz qilgandim, Ilm o'rgandingmi?" deb so'rasa nima deb javob beramiz? Robbimizga imkonim yo'q edi deb javob beramizmi? Senga shuncha imkon bergandim deb so'ramaydimi?
Hammasini ko'rsatish...
😢 6 2 1
Фиръавн ҳақидаги ҲАҚИҚАТ 1981 йилда Франсуа Меттеран президент бўлгач, Франция Мисрдан Фиръавннинг мўмиёланган жасадини тадқиқ қилишни илтимос қилди... Тадқиқотда тиббиёт ва археология соҳасида илмий изланишлар олиб борувчи кўплаб олимлар иштирок этишди. Тадқиқотга бошчилик қилиш ва жарроҳларга раҳбар бўлиш Морис Букайга ишониб топширилди, унинг асосий вазифаси эса Фиръавн қандай ҳалок бўлганини аниқлашдан иборат эди. Рамзес II нинг жасади бошқа мўмиёланган жасадлардан фарқ қилиб турарди. Тадқиқотчиларга бир ҳолат жуда кутилмаган бўлди: улар мўмиёлар қатламини ечиб олишаётганда жасаднинг чап қўли юқорига кўтарилиб кетди, худдики уни мўмиёлаётган пайтларида куч билан бу ҳолатга келтирганга ўхшарди. Тадқиқот натижалари профессор Морисга шуни кўрсатдики, Фиръавн чўкиб ўлган эди, чунки унинг рентген суратларида танадаги туз қолдиқлари ва кўплаб суяк синиқлари бор эди, бироқ терида бирор бир жароҳат кўринмасди. Бу эса сув оғирлиги натижасида суяклар синганидан далолат қиларди. Бу барча далиллар Фиръавн сувга чўкиб ўлган заҳоти денгиздан олиб чиқилганини билдирарди. Профессор Морис тадқиқот ўтказиб бўлингач, газеталарнинг сарлавҳалари нималар деб жар солишини тасаввур қилиб турган бир пайтда, улардан бири «Шошилманг, месье Морис, мусулмонлар XIV аср олдин Фиръавннинг чўкиб ўлганини билишарди», деди... Профессор бу сўзларга мутлақо бепарволик билан қаради, чунки у ўта замонавий тиббий аппаратлар ва тадқиқот техникасисиз буни айтишнинг имкони йўқлигига қаттиқ ишонарди. Шунга қарамай, бу сўзлар Морис Букайнинг хаёлига қаттиқ ўрнашиб қолди... У туни билан Фиръавн жасади олдида ўтириб чиқиб, бирорта мусулмон давлатга бориш ва у ерда олимлар билан айни мавзуда суҳбатлашиш, уларнинг бу борада фикрларини ўрганиш керак деган фикрга келади... У худди шундай қилди ҳам, бир киши унга Қуръонни очиб, Аллоҳнинг қуйидаги оятларини ўқиб бермагунча, у бунга ишонмаган эди: -- «Бугун сенинг баданингни қутқарамиз... Токи ўзингдан кейингиларга ибрат бўлгин. Албатта, кўп одамлар Бизнинг оятларимиздан ғофилдирлар..». (Юнус, 92) Бу сўзлар профессор Морис Букайни ниҳоятда таажжубга солди ва ўрнидан туриб, бироз гандиракладию, йиғилганлар ичида --«Мен Исломга кирдим ва Қуръонга иймон келтирдим» деди...
Hammasini ko'rsatish...
🔥 3 2👍 1 1
03:44
Video unavailableShow in Telegram
Firavn tafakkur qiling. 👆
Hammasini ko'rsatish...
8.22 MB
1🔥 1 1
00:11
Video unavailableShow in Telegram
#Бир_оятки. Бу, Аллоҳнинг яратганидир. Қани Менга кўрсатинг-чи, Ундан бошқалар нимани яратдилар. Йўқ! Золимлар очиқ-ойдин адашувдадирлар. 🧕 Луқмон сураси, 11-оят.
Hammasini ko'rsatish...
IMG_0383.MOV1.58 MB
🔥 2😢 2👍 1 1 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ажиб ликопчани ясаб ижодкор, Недир айтмоғини қилибди ошкор: «Сен емай қолдирган луқма таомга, Қанчалар дунёда зор кишилар бор!»
Hammasini ko'rsatish...
😢 5 2😐 1 1
Diqqat diqqat 📛 Islomiy kanallar u/n jild boshlandi 🔋 Maxfiy guruhda bundanda ko'p foydali narsalar mavjud ✅ (Eslatma‼️: kanal 500+ va aktiv bo'lishi kerak) Qatnashmoqchi bo‘lganlar tez yozamiz 👇🏻🫀
⁴⁰
Guruh👉🏻 t.me/+lXm08iRumbZhNTk6
Hammasini ko'rsatish...
Islomiy jild tuzamiz📌📝

So'kingan, to'polon qilgan blok boladi 🥷🏻 ● Faqat islomiy kanallar uchun ✅️‼️ ● Hizmatimiz jild va help yasash🫀🫠 ● Jildga 200+ kanallar qoshiladi🧠🥳 ● Muammo chiqarmang😊💗 ●Reklama almashish uchun ochilmagan ❌️ Admin: @Shahzod_Programmer 👨🏼‍💻😍

Siz nima deysiz.... Jannatga kirishni istaysizmi? - Ha! - Unga kirish uchun nima qildingiz? - Insonlar sizni hurmat qilishini istaysizmi? - Ha! - Insonlarga nima taqdim etdingiz? - Paygʻambarimiz ﷺ ning shafoatiga erishishni istaysizmi? - Ha! - U zotga ﷺ kunda necha bora salovat aytasiz? - Farzandingiz sizga yaxshilik qilishini istaysizmi? - Ha! - Unga qanday tarbiya bermoqdasiz? - Sizga kimdir quloq solishini istaysizmi? - Ha! - Siz qancha odamni tinglaysiz? - Sizni insonlar kechirishini istaysizmi? - Ha! - Oʻzingiz insonlarni kechirdingizmi shu onga qadar? - Jahannamdan saqlanishni istaysizmi? - Ha! - Undan saqlanish uchun nima qildingiz? - Alloh boylik berishini istaysizmi? - Ha! - Berganiga shukr qildingizmi? - Uydagilar holatingizni tushunishini istaysizmi? - Ha! - Siz ularni tushunishga  qanchali harakat qildingiz? - Oʻlmay yashashni istagan boʻlarmidingiz? - Ha! - Abadiy hayot uchun nima  hozirladingiz? - Eng hurmatli boʻlishni istaysizmi? - Ha! - Qanchali darajada taqvo qilasiz? - Aziz boʻlishni istaysizmi? - Ha! - Insonlarga qancha tavozeʼliksiz? - Duolaringizni Alloh ijobat qilishini istaysizmi? - Ha! - Siz Uning buyruqlariga qanchalik javob berdingiz? - Taqvoli solih soliha yorga uchrashishni istaysizmi? - Ha! - Oʻzingizning taqvoyingiz va salohiyatingiz qanday? - Kuyovingiz sizga muhabbatli boʻlishini istaysizmi? - Ha! - Unga qanchalik mehr berdingiz? - Ayolingiz eng goʻzal ayolga aylanishini istarmidingiz? - Ha! - Koʻzingizni nomahramlardan qanchalik tiyasiz? Hech nimasiz hech narsaga ega chiqishni umid qilmang.
Hammasini ko'rsatish...
2🔥 1😢 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.