cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

“Yoshlar qanoti” O'EP

O'zbekiston Ekologik partiyasi “Yoshlar qanoti” telegramdagi rasmiy kanali

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganTil belgilanmaganTabiat & Hayvonlar11 269
Reklama postlari
269
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-67 kunlar
-12730 kunlar
Postlar arxiv
05:59
Video unavailableShow in Telegram
O'zbekiston Ekologik partiyasi Jizzax viloyat Kengashining yosh faollari tomonidan aholining ekologik madaniyati noan'anaviy tarzda o'rganildi. Batafsil videoda tomosha qiling. 📱Facebook | 📱Instagram | Web site | 📺You Tube
Hammasini ko'rsatish...
video_2023-08-04_10-22-26.mp438.24 MB
Xorijda tahsil olayotgan yoshlarimiz ekologiyaga oid takliflarini bildirishdi Yurtimiz aholisi va yoshlarining ekologik-huquqiy ma’naviyati va madaniyatini oshirishda nafaqat chuqur o‘ylangan islohotlar, shuningdek, bu borada rivojlangan davlatlar tajribasini o‘zlashtirish ham muhim o‘rin tutadi. Shulardan kelib chiqib, bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashida dunyoning turli davlatlarida tahsil olayotgan bir guruh yoshlar bilan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi. Batafsil 📱Facebook | 📱Instagram | Web site | 📺You Tube
Hammasini ko'rsatish...
01:17
Video unavailableShow in Telegram
anons__saylov__uzb
Hammasini ko'rsatish...
anons__saylov__uzb.mp486.82 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#Saylov2023 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan 25-iyun kuni soat 18:00 da Prezidentlikka nomzodlarning vakillari o‘rtasida TELEDEBAT bo‘lib o‘tadi. Teledebatni siz “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston”, “Mahalla”, UzReport", "Renessans" va "Zo'rTV" telekanallarida o‘zbek tilida (surdo tarjima bilan); “Yoshlar” telekanalida ingliz tilidagi tarjimasi bilan; “Dunyo bo‘ylab” va “Toshkent” telekanallarida rus tilidagi tarjimasi bilan; “Qoraqalpog‘iston” telekanalida qoraqalpoq tilidagi tarjimasi bilan tomosha qilishingiz mumkin. Teledebat davomida nomzodlarning iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida ilgari surayotgan g‘oyalari, rejalari haqida bilib olishingiz mumkin. Teledebatni o‘tkazib yubormang! Unutmang, sizning qaroringiz mamlakatimizning kelgusi yetti yildagi taraqqiyot yo‘lini belgilab beradi! _____________ В связи с выборами Президента Республики Узбекистан 25 июня в 18:00 состоятся ТЕЛЕДЕБАТЫ между представителями кандидатов в президенты. Смотрите теледебаты на узбекском языке (с сурдопереводом) на телеканалах «O’zbekiston 24», «O’zbekiston», «Mahalla», «UzReport», «Renessans» и «Zo’r TV»; на телеканале “Yoshlar” — с переводом на английский язык; на телеканалах “Dunyo bo’ylab” и “Toshkent” — с переводом на русский язык; на телеканале “Qoraqalpog’iston” — с переводом на каракалпакский язык. В ходе теледебатов вы сможете узнать об идеях, инициативах, выдвигаемых кандидатами в области развития экономики и социальной сферы. Не пропустите теледебаты! Помните, что ваш выбор определит путь развития страны на ближайшие семь лет! YUKSALISH HARAKATI
Hammasini ko'rsatish...
01:20
Video unavailableShow in Telegram
#Saylov_2023 #Ekopartiya Yashil taraqqiyot uchun! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan nomzod — Abdushukur  Xamzayevga ovoz bering. 📱Facebook | 📱Instagram | Web site | 📺You Tube
Hammasini ko'rsatish...
16.72 MB
Repost from N/a
Университетда "Сиз янги қонунни биласизми?" мавзусида факультетлараро талаба-қизлар иштирокида викторина бўлиб ўтди. 13-июн куни Самарқанд давлат ветеринария медицинаси, чорвачилик ва биотехнологиялар университетида хотин-қизларни илм-фан ва инновациялар соҳасига жалб қилиш, уларнинг олий таълим олишига бўлган қизиқишларини ва ҳуқуқий саводхонлигини ошириш мақсадида "Қизларжон" тўгараги аъзоларининг "Сиз янги қонунни биласизми?" мавзусида факультетлараро талаба-қизлар викторинаси бўлиб ўтди. Тадбирни университет ректори, профессор Х.Юнусов ўз кириш сўзи билан очиб берди. Самарқанд вилоят Экологик партияси "Аёллар ва ёшлар қаноти" фаоли ва партия раиси Б. Абдуллаев тадбирда иштирок этишди. Б. Абдуллаев иштирокчиларга экологик ҳуқуқ хусусида тушунча берди ва иштирокчиларни эсталик совғалар билан табриклади. Ушбу тадбирда жами 5 та жамоалар ўзаро беллашдилар. Викторина кўтаринки кайфиятда ўтди. Ўзбекистон Экологик партияси Самарқанд вилоят партия ташкилоти "Аёллар ва ёшлар қаноти"
Hammasini ko'rsatish...
“Ona tabiatni asrashga barchamiz mas'ulmiz” ♻️ Oʼzbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyat partiya tashkiloti, viloyat hokimligi, Urganch Davlat universiteti, Tabiat resurslari vazirligi Xorazm viloyati boshqarmasi hamkorlikda "Ona tabiatni asrashga barchamiz mas'ulmiz” shiori ostida "5 iyun - Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kuni" munosabati bilan Urganch shahar Аmir Temur istirohat bogʼi hududidagi hosil boʼlgan chiqindilarni yigʼib olish va tozalash boʼyicha Plogging tadbiri oʼtkazildi. 🟢 Tadbir davomida Oliygoh talabalari, "Yoshlar qanoti" faollari va “Ekovalantyor”lar ishtirokida mazkur hududdan 500 kgdan ortiq chiqindilar yigʼib olindi va “Urganch Ekotrans” MChJ avtotransportlarida tashib chiqarildi. O`zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyati Kengashi Matbuot xizmati
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Rasul Kusherbayev
⚡️Экология соҳасидаги жиноятлар "оғир жиноятлар" тоифасига ўтказилади ✔️ Президентнинг 2023 йил 31 майдаги ПФ-81-сон Фармонига асосан 2023 йил 1 сентябрга қадар қуйидаги ҳужжатлар лойиҳалари Ҳукуматга киритилади: ➖ экология ва атроф муҳитга зарар етказиш, ўсимлик ва ҳайвонот дунёси объектларини нобуд қилиш ёки уларга шикаст етказиш билан боғлиқ жиноятларни оғир жиноятлар тоифасига киритиш; ➖дарахтлар кесишга қўйилган мораторий талабларини бузганлик учун жарималар миқдори 5 бараварга ошириш. Бунда қўшимча равишда ноқонуний кесилган дарахт ўрнига компенсациявий дарахт кўчатларини айнан дарахт кесилган жойга экиш ҳамда юридик шахсларга БҲМнинг 100 бараваридан 300 бараваригача бўлган молиявий жарималар қўллашни жорий этиш; ➖ "Қизил китоб"га киритилган ҳайвонларнинг ноқонуний овланиши сабабли етказилган зарар ундириш суммаларини 10 бараварга ҳамда ўсимликларни ўсишдан тўхташ даражасигача шикастлантириш ёки йўқ қилиш билан етказилган зарар суммаларини 5 бараварга ошириш; ➖ чиқинди билан ишлаш талабини бузиш, қаттиқ маиший чиқиндиларни ва қурилиш чиқиндиларини белгиланмаган жойларга ташлаш ҳамда суюқ маиший чиқиндиларни тўкканлик учун жарималар миқдорини 10 бараварга ошириш. Бунда қўшимча равишда юридик шахсларга нисбатан БҲМнинг 100 бараваридан 300 бараваригача молиявий жарималар қўллашни жорий этиш; ➖ сувларни ифлослантирганлик учун жарималар миқдорини 5 бараварга ошириш; ➖ўрмон фонди ерларини ноқонуний бериш ва улардан фойдаланиш бўйича алоҳида маъмурий ва жиноий жавобгарлик белгилаш; ➖ўрмон фонди ерларида ноқонуний иморатларни қуриш бўйича алоҳида жиноят таркибини киритиш ҳамда унинг санкцияларини суғориладиган ерларни ўзбошимчалик билан эгаллаб олганлик учун белгиланган санкцияларга тенглаштириш; ➖ҳайвонларга нисбатан шавқатсиз муносабатда бўлганлик учун жарималар миқдорини 10 бараварга ошириш ва ушбу ҳуқуқбузарликни содир этган шахсларни ҳайвонларни боқиш ҳуқуқидан маҳрум этиш. 👉 @r_kusherbayev
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Aysanem Begimova
"Yashil qoʻllar" loyihasi yurtimiz boʻylab davom etmoqda Oʻzbekiston ekologik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi partiya tashkiloti "Yoshlar va Ayollar bilan ishlash" bo'limi tashabbusi bilan “Yashil qo'llar” aksiyasi o'tkazildi. Amir Temur istirohat bogʻi hududida oʻtkazilgan tozalik aksiyasiga bevosita dam oluvchilar, faol yoshlar jalb etildi. Ular hosil bo‘lgan chiqindilarni yig‘ish va to‘plash ishlariga ongli ravishda ijobiy munosabat bildirishib,  aksiya ishtirokchisiga aylanishdi. "Yoshlar va Ayollar qanoti" yetakchilari bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassisi A.Abdraxmanova, yozning issiq kunlarida o‘tkazilgan ushbu hayrli ish fuqarolarimiz tomonidan iliq kutib olinib, yoshlarda tabiatga mehr uyg‘otishi ta’kidlab o‘tildi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, atrof-muhit ifloslanishi, ekologik holatini yomonlashishi oqibatida dunyo bo‘yicha bir yilning o‘zida 12 million inson olamdan ko‘z yumadi va bulardan 3 mln.dan ortig‘i go‘daklar va yosh bolalarni tashkil qiladi. Bu kabi tadbirlar o‘sib kelayotgan yosh avlodda ona tabiatni sevishga, tevarak-atrofni osoyishta va pokiza saqlash haqidagi tushunchalarini shakillantirishga yordam berib, hayot sifatini ham yaxshilaydi. Telegram | Facebook | Web site
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Aysanem Begimova
Photo unavailableShow in Telegram
#Saylov_2023 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod A.Xamzayevning saylovoldi dasturida tadbirkorlik subyektlarini “yashil” texnologiyalarga o‘tishini iqtisodiy va moliyaviy rag‘batlantirish tizimini joriy etish taklif etilmoqda. 📱Facebook | 📱Instagram | Web site | 📺You Tube
Hammasini ko'rsatish...
02:08
Video unavailableShow in Telegram
Suv tejamkor texnologiyalar joriy qilish davlat tomonidan rag‘batlantiriladi. Suv tejaydigan texnologiyalar joriy qilinadi, irrigatsiya tarmoqlari quriladi va rekonstruksiya qilinadi hamda ta’mirlash-tiklash tadbirlari amalga oshiriladi. 📱Facebook | 📱Instagram | Web site | 📺You Tube
Hammasini ko'rsatish...
6_SUV_RESURS.mp418.32 MB
#saylov2023 O‘ZBEKISTON EKOLOGIK PARTIYASINING IV SYEZDI BO‘LIB O‘TDI 2023-yilning 30-may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Ekologik partiyasining navbatdan tashqari IV Syezdi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda hududlardan saylangan delegatlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari va Senati a’zolari, partiyaning Markaziy Kengashi a’zolari, Yoshlar parlamenti a'zolari,partiya faollari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Syezdda 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish hamda Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturi to‘g‘risidagi va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.