cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Sevgi She'rlari

Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari! 📌• #Sevgi - KUYLARI 📌•• #Sevgi - SHERLARI 📌••• #Sevgi - IZHORLARI 📌•••• #Sevgi - STATUSLARI 📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI @Maqsudbek_T Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr

Ko'proq ko'rsatish
Advertising posts
15 035Obunachilar
+524 soatlar
+527 kunlar
+3230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Обуначиларнинг ўсиш даражаси

Ma'lumot yuklanmoqda...

🌙ERTAGA JUMA🌙 Allox taolo bizni Qiyomatda boshimizga nurdan Toj kiydiradigan, ikki dunyoda koʻzlarimizni quvontiradigan, aʼxli taqvo, xofizi Qurʼon solix farzandlarni.   ota ➖ onasi qilib mukofotlasin....! ✨🌙Yaxshi dam oling. Tun Soxibiga omonatsiz Yaxshilar...! Tuningiz xayrli osuda sakiynatli ibodatli xotirjam tun boʻlsin Azizlar.. Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Hammasini ko'rsatish...
👍 9 9🕊 1
Uyga qachon qaytasiz Begim Uzoq ayriliqdan qiynalib kettim Kelayapti bir sizni koʻrgim Sizni juda sogʻinib kettim Uyga qachon qaytasiz begim? "Yana biroz sabr qil" deysiz Sabr kosam toʻldirib boʻldim Bilaman, roʻzgʻorni gʻamini yeysiz Uyga qachon qaytasiz begim? Uy-u joyimizda bordir hashamat Men uchun ularni qadri bir tiyin Menga mol- dunyomas, siz kerak faqat Uyga qachon qaytasiz begim? Koʻngillar yaqin-u masofa yiroq Oʻrganib qolyapman yogʻizlikka men Bunchalar bizlarni sevmasa firoq Uyga qachon qaytasiz begim? Kutib, kutaverib juda tolyapman Sogʻligim ham ketib boryapti sekin Hatto, sizni sogʻinmayin qolyapman Uyga qachon qaytasiz begim? Oʻrtamizda toʻsiq bordir, uzun devor bor Axir kelmayapti sogʻinib oʻlgim Farzandlar moʻltirab, kutadi zor-zor Uyga qachon qaytasiz begim? Koʻchaga chiqaman begona koʻzlar Termuladi, kelar sugʻurib olgim Hamma erkaklarda be'mani soʻzlar Uyga qachon qaytasiz begim? Robbim oʻzi tiyar, meni gunohdan Yiroqda boʻlsanggiz ortiqroq sevdim Diydorni soʻrayman faqat Allohdan Uyga qachon qaytasiz begim??? ❓❓❓❓❓❓❓❓❓❓❓❓ ✍ Mumtozbegim Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Hammasini ko'rsatish...
👍 16
Siz tadbirkor va sotuvchimisiz umuman ijtimoiy tarmoqlarda oʻz sahifangiz bormi? Siz ijtimoiy tarmoqlaringizda oʻzingiz uchun yangilik qilmoqchimisiz? Unda bizning xizmatlar siz uchun 👩‍💻 Taplink.sayt 📹 Video montajlar 🖼 Dizaynlar 🌠 Logotiplar 😊 Stikerlar 💻 Google soʻrovnomalar 💻 Google test tuzish 🤖 Telegramdan bot yaratish 🧧Kontentlarni upokovaka qilish Kerakmi unda bizga yozing Lichkamni pastda qoldirib ketaman. Kanalga adminlik boʻyicha ham ishlaymiz Lichka qiz ustiga bosing 👩‍💻👩‍💻👩‍💻👩‍💻👩‍💻👩‍💻👩‍💻👩‍💻👩‍💻👩‍💻👩‍💻
Hammasini ko'rsatish...
👍 4
Dardsiz Yashaylik Azoblar gʻururni sindirmasidan, Ularni yengibon magʻrur turaylik. Kungilga dard,alam soya solmasdan, Bu dardli dunyoda dardsiz yashaylik. Sevgidan kuymaylik,baxtdan kuymaylik, Qismatda bitilgan taxtdan kuymaylik. Hayotning eng qiyin damlarida ham, Bu dardli dunyoda dardsiz yashaylik Umri xazon buldi kim nechtalarning, Joni azobdaku bir nechalarning. Dard ham bizga chopib yetib kelmasdan, Bu dardli dunyoda dardsiz yashaylik Hayot bizni sinar har koʻchasida, Insonning bezagi andishasida. Qolib ketmay desang yoʻl oʻrtasida. Bu dardli dunyoda dardsiz yashaylik. Insonga bahomas uning ust-boshi. Diyonatu iymon odam yoʻldoshi. Yonida qalqondir hamma qardoshi. Bu dardli dunyoda dardsiz yashaylik. Qizlarni aldadik, kuldik ustidan, Ularsiz hayot yuq dedik oʻynadik. Biz faqat yurgandik kayf ostidan, Bu dardli dunyoda dardsiz yashaylik. Boʻldi tugataylik ayshu-ishratni, Yetar toʻxtataylik endi gʻiybatni, Bizlarda musilmon iymoni qani, Bu dardli dunyoda dardsiz yashaylik. Dunyoga nimaga kelgandik axir, Yeganimiz barchasi boʻldiku taxir, Aynidik, buzildik,ortirdik saxir, Bu dardli dunyoda dardsiz yashaylik. Maylida gʻiybatimiz qilishsin ular, Bizning gunohimiz tukilaverar. Bizdan ortdagilar xasaddan kuyar, Bu dardli dunyoda dardsiz yashaylik. Qattiq non yesakda minnatsiz bulsin, Yomonimiz hamma yaxshiga yoʻysin. Dilimizda iymon barq urib tursin. Bu dardli dunyoda dardsiz yashaylik Xulosa oʻrnida aytadi Rustam, Namozsiz yurmagin oʻqigin rostdan, Qalbingga iymonni solginda qasddan, Bu dardli dunyoda dardsiz yasha... ✍🏻 Nosirov Rustamxon Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Hammasini ko'rsatish...
Sevgi She'rlari

Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari! 📌• #Sevgi - KUYLARI 📌•• #Sevgi - SHERLARI 📌••• #Sevgi - IZHORLARI 📌•••• #Sevgi - STATUSLARI 📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI @Maqsudbek_T Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr

👍 12🔥 3
PANOHIDA ASRARSIN ALLOHIM DOIM Sen mening baxtimsan, senku borligʻim, Birga qilsin doim Alloh, illohim, Qalb gavhari sensan, nomusim-orim, Panohida asrarsin, Alloh doim. Yurakdan chiqadi otashli titroq, Sen ham sogʻindingmi, aytmaysan biroq? Olislab ketmagin mendanda yiroq, Panohida asrarsin, Alloh doim. Nahotki, “besh soniya” mendan azizroq! Yoʻl qarab, oʻzimga qilaman soʻroq! Jonim kelgin iltmos, qil qoʻngʻiroq! Panohida asrarsin, Alloh doim. Muhabbat berdinku, qiynading biroz, Bir umr armonsiz oʻtay iltimos, Nima boʻlganda ham, kelib koʻnglim yoz, Panohida asrarsin, Alloh doim. Bugun dil ogʻridi sogʻindim seni, Kayfiyat koʻtarib chogʻ qilgin meni, Bu dunyo oʻtkinchi, oʻyla oʻzingni, Panohida asrarsin, Alloh doim. Baxtimga sogʻ boʻlgin, omon boʻl yorim, Sen mening ishonchim, suyangan jonim, Sen uchun ne qilay, beraymi borim? Panohida asrarsin, Allohim doim. ✍️ Solihabegim ( Dilafruz Shaxirxoniy) Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Hammasini ko'rsatish...
9👍 8🥰 1🎉 1👌 1
HAMMASI YAXSHI BO‘LADI O‘ksima, egmagin sira boshingni, Bir kuni qalb qo‘’ring nurga to‘ladi, Yig‘lama, to‘kma hech ko‘zda yoshingni, Bir kuni hammasi yaxshi bo‘ladi. Sinovga berilgan bu hayot asli, Nurab kul bo‘ladi bir kun g‘am qasri, Qahraton ortida chin bahor fasli, Bir kuni hammasi yaxshi bo‘ladi. Qadringni bilmadi gohi nomardlar, Xotirang oynasin bosdi chang,gardlar, O‘tkinchi alamlar,o‘tkinchi dardlar, Bir kuni hammasi yaxshi bo‘ladi. G‘amgusor g‘am yutgan tunlaring haqqi, Ko‘zingdan zor oqqan unlaring haqqi, Xor bo‘lgan shu yomon kunlaring haqqi, Bir kuni hammasi yaxshi bo‘ladi. Umid hech so‘nmaydi,umid-shamchiroq, Orzula yuvilar ko‘ksingdagi dog‘, Boshingda hilpirar baxt misli bayroq, Bir kuni hammasi yaxshi bo‘ladi. ✍Xurshid Karim Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Hammasini ko'rsatish...
Sevgi She'rlari

Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari! 📌• #Sevgi - KUYLARI 📌•• #Sevgi - SHERLARI 📌••• #Sevgi - IZHORLARI 📌•••• #Sevgi - STATUSLARI 📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI @Maqsudbek_T Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr

👍 13🥰 2
KOʻRISHGUNCHA... Gʻam qaygʻuga egmay boʻyningni, Zulmatlarga koʻmmay oʻyingni. Oʻzgalarga bermay koʻnglingni, KOʻRISHGUNCHA OʻZINGNI ASRA! Sinovlarda taslim boʻlma hech, Sen ularni  sabring ila yech. Bir soʻz aytay,  boʻlmasidan kech, KOʻRISHGUNCHA OʻZINGNI ASRA! Iltimosim, soʻzim avvali, Ishon kelar baxtning ham gali. Hayotimiz oldinda hali, KOʻRISHGUNCHA OʻZINGNI ASRA! Baxtli boʻlgin,  hamisha,  doim, Birgaman to qiyomat qoyim. Duolarim sen bilan  doim, KOʻRISHGUNCHA OʻZINGNI ASRA! Chidab-chidab yuragim toldi, Xijron dogʻi aqlimni oldi. Diydorga ham juda oz qoldi, KOʻRISHGUNCHA OʻZINGNI ASRA! ✍-Movludabonu Imomnazarova Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Hammasini ko'rsatish...
👍 12 5
🎉QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI 18 - A P R E L 🎉 TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🎊 T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
Hammasini ko'rsatish...
👍 7
🕊Assalomu Alaykum!🕊         Umringizning yana bir qaytarilmas tongi muborak va xayrli boʻlsin! 🌹Omonat dunyoda omon boʻling! Allohim har bir qilayotgan xayrli ishingizdan, bosgan xar bir qadamingizdan rozi boʻlsin. 🌺Jismingizga sogʻliq, qalb olamingizga xotirjamlik tilayman! 🌸Topganingiz xalol boylik, qilgan ibodatlaringiz ajru savoblarga toʻla boʻlsin! Kuningiz xayrli va fayzli boʻlsin! Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Hammasini ko'rsatish...
👍 6 5
✨🌙 XAYRLI TUN🌙!!! Qalbi qorday oqlarga, Samimiy, quvnoqlarga. Bedorlar, uygʻoqlarga Oqshom xayrli boʻlsin! Shukri bexisoblarga, Qalb koʻzi oftoblarga. Alplar, mohitoblarga, Oqshom xayrli boʻlsin! Osuda tun qarshilar, Sizga mehrim baxshida, Koʻngildoshim, yaxshilar, Oqshom xayrli boʻlsin! Ertagacha... Xayrli tun Azizlarim!!! Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Hammasini ko'rsatish...
👍 8 5