cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Maktabgacha ta'lim agentligi

Reklama postlari
43 839
Obunachilar
-4224 soatlar
-3197 kunlar
-6 65830 kunlar
Postlar arxiv
43:49
Video unavailableShow in Telegram
📌Sevimli telekanalining "Yangi hayot" ijtimoiy-siyosiy tok-shousida "Bolalar bog‘chasi daromadli biznes bo'lishi mumkinmi?" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 🔣Batafsil tomosha qilish: https://youtu.be/FreMo3gyv7U 🌐 Rasmiy sahifalarimiz 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Hammasini ko'rsatish...
06.06.2024 (Yangi Hayot) Badiy++ (1).mp4130.83 MB
Photo unavailableShow in Telegram
📈Namangan viloyatidagi bolalar yozgi dam olish oromgohlari toʻgʻrisida maʼlumot 🌐 Rasmiy sahifalarimiz 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Hammasini ko'rsatish...
"Xayr bogʻcha, salom maktab" tadbiri oʻtkazildi ☄️Navoiy shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 26-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Xayr bogʻcha, salom maktab" mavzusidagi tadbir koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi. 📌Unda bolajonlar tomonidan she'r va qoʻshiqlar ijro etilib, maftunkor raqs dastalari namoyish qilindi. Bayram tadbirida ota-onalar ham ishtirok etishdi. ✔️Tadbirda so‘zga chiqqanlar Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan, bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, sohada erishilayotgan yutuqlar xususida aytib oʻtishdi. ⚡️Ayniqsa, sohani isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan farmon va qarorlar yosh avlod tarbiyasi yo‘lida olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqayotganligi ta’kidlandi. 🌐 Rasmiy sahifalarimiz 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Hammasini ko'rsatish...
3.45 MB
6.51 MB
⚡️Bugun “Maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, bu borada direktorning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish” mavzusida bo'lib o'tayotgan o'quv-seminarning ikkinchi kuni. Seminarda Toshkent shahar eksperimental davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va metodistlari, Buxoro, Xorazm, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi eksperimental davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari qatnashdi. ☄️Unda maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, bu borada direktorning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish, tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan istiqboldagi rejalarni belgilab olish kabi muhim masalalarga atroflicha to'xtalindi. ✔️Muloqot davomida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti kafedra mudiri hamda katta o'qituvchilarning kasbiy faoliyatda raqamli texnologiyalardan foydalanish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda kreativ yondashuvlar borasidagi ma'ruzalari tinglandi. 📌O‘quv-amaliy seminar yuzasidan ishtirokchilar o'rtasida muhokama o'tkazildi. Seminar qatnashchilari mavzu yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari F.Boboyevdan atroflicha javob oldilar. 🌐 Rasmiy sahifalarimiz 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Hammasini ko'rsatish...
10:58
Video unavailableShow in Telegram
📍Surxondaryo viloyatida 2024-yil 1-yanvar holatiga ko'ra, jami 2 789 ta, shundan 456 ta davlat, 168 ta davlat xususiy sheriklik asosidagi, 2 156 ta oilaviy, 9 ta xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritib kelmoqda. 📊Ularga jami 160 423 nafar bolalar qamrab olingan va qamrov koʻrsatkichi 62,7 foizni tashkil etadi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining 2024-yil uchun ishlab chiqilgan maqsadli ko'rsatkichlariga asosan, bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish 67,8 foizga yetkazilishi ko'zda tutilgan. Hozirda tizimda samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Batafsil "O'zbekiston 24" telekanalida. 🌐 Rasmiy sahifalarimiz 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Hammasini ko'rsatish...
6.mp456.49 MB
Ma’naviy-huquqiy savodxonlik soati o'tkazildi ☄️Bugun Maktabgacha ta’lim agentligida navbatdagi ma’naviy-huquqiy savodxonlik soati bo'lib o'tdi. Unda agentlikning markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi. 📌Yuridik ta’minlash bo‘limi yuriskonsulti B.Madraximov O‘zbekiston Respublikasining "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-210-sonli qarori mazmun-mohiyati haqida tushuntirib berdi. ✔️Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorlangan haftaning muhim voqealari hamda davlat xizmatchilari uchun dolzarb mavzular to'g'risida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" namoyish etildi. 🌐 Rasmiy sahifalarimiz 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Hammasini ko'rsatish...
05:28
Video unavailableShow in Telegram
☄️Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi 249-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Xojiakbar Muhammedjonov yosh bo'lishiga qaramay, o'zining zakovati va xatti-harakatlari bilan ko'pchilikning e'tiboriga tushgan. 🔣Video Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti bilan hamkorlikda tayyorlandi. 🌐 Rasmiy sahifalarimiz 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Hammasini ko'rsatish...
64.17 MB
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi. Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi. Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.
Hammasini ko'rsatish...
03:21
Video unavailableShow in Telegram
☄️Fargʻona viloyatida dastlab 1927-yilda Xotin-qizlar texnikumi sifatida faoliyat boshlagan Margʻilon pedagogika kollejiga 2001-yilda kollej maqomi berilgan. 📌Mazkur taʼlim dargohidan shu kunga qadar 85 mingdan ziyod kichik mutaxassislar yetishib chiqqan. Shuningdek, oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun toʻgʻaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. 🌐 Rasmiy sahifalarimiz 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Hammasini ko'rsatish...
IMG_8977.MP439.84 MB
Photo unavailableShow in Telegram
TELEFON BOLA UCHUN ZARARLI! 🤯 Telefonlar elektromagnit maydonlarini yaratishga qodir. Ulardan chiqadigan kuchli nurlar bolaning immunitet va asab tizimiga salbiy ta’sir qiladi. Telefon bilan doimiy mashg'ul bo'ladigan bolalarda: ❗️xotirasi, eshitishi, ko‘rishi yomonlashadi; ❗️atrof-muhitga nisbatan beparvo va injiq bo‘lib qoladi; ❗️bolaning boshida kuchli og‘riqlar paydo bo‘ladi; ❗️tengqurlari bilan birga oʻynashni istamaydigan boʻlib qoladi; ❗️bola bir joyga diqqatini jamlay olmaydigan boʻlib qoladi. ⚠️ Bolaning tinch oʻtirishini o'ylab, qo'liga telefon berib qo'yish farzandining salomatligiga beparvo boʻlish demakdir! Telegram | Ilk-qadam.uz | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
01:02
Video unavailableShow in Telegram
#Videorolik ⚡️Maktabgacha taʼlim agentligi tasarrufida tashkil etiladigan eksperimental davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va metodistlari uchun “Maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, bu borada direktorning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish” mavzusida o'quv-seminar tashkil etildi. 🔣Batafsil videolavhada. 🌐 Rasmiy sahifalarimiz 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
Hammasini ko'rsatish...
22.42 MB
#Live #Seminar ☄️Ayni damda Agentlik binosida “Maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, bu borada direktorning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish” mavzusida o'quv-seminar bo'lib o'tmoqda. 📌Unda Toshkent shahar eksperimental davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va metodistlari, Buxoro, Xorazm, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi eksperimental davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari qatnashmoqda. ✔️Seminarni Maktabgacha ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari O.Raxmatillaev ochib berib, bugungi kunda yurtimizda mazkur sohaga qaratilayotgan e'tibor va direktorlarning ish faoliyati davomidagi vazifalari xususida atroflicha to'xtaldi. 🗣️Mazkur o'quv-seminarni o'tkazishdan ko'zlangan maqsad - maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, bu borada direktorning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish, tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan istiqboldagi rejalarni belgilab olishdan iborat. ⚡️Shuningdek muloqotda, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti kafedra mudiri, dotsent Sh.Otaqulov hamda katta o'qituvchilarning sohaga oid me'yoriy-huquqiy hujjatlar, MTTda taʼlim sifatini boshqarish, shuningdek, moliyaviy munosabatlar borasidagi ma'ruzalari tinglandi. 🔣Ma'lumot uchun, Seminar 6-7-iyun kunlari davomida bo'lib o'tishi belgilangan. Bugungi seminarning amaliy qismi Uchtepa tumanidagi 341-sonli eksperimental davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida o'tkaziladi. 🌐 Rasmiy sahifalarimiz Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Hammasini ko'rsatish...
#OAV_biz_haqimizda ☄️"Yoshlar" telekanalining "Rostini ayting" tok-shousida maktabgacha ta'lim tizimi, amalga oshirilayotgan islohotlar va sohani rivojlantirish bo'yicha rejalar muhokama qilindi. 📌Batafsil: https://youtu.be/vncn8rFGJ7c ____________ ☄️"Toshkent" telekanalining "Siz nima deysiz?" tok-shousi orqali "Bogʻchalarimizda tarbiya qanday?" mavzusida suhbatlashildi. 📌Batafsil: https://youtu.be/Zk-_jd6WHOw 🌐 Rasmiy sahifalarimiz Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Hammasini ko'rsatish...