cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

Ambassador of @profiuniversity xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali. Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo Murojaatlar uchun: @pedmurojaat Reklama uchun: @rek_men

Ko'proq ko'rsatish
Advertising posts
71 122Obunachilar
-12824 soatlar
-5087 kunlar
-2 73930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Обуначиларнинг ўсиш даражаси

Ma'lumot yuklanmoqda...

Nima uchun attestatsiyada bir testni ikki nafar o‘qituvchi ishlamoqda? Ba'zi pedagoglarimiz ayrim hududlardagi attestatsiya jarayonlarida bir testi ikki nafar o‘qituvchi ishlashiga nega ruxsat berilganiga izoh so‘ramoqda. Bu holat aks etgan sur’atlar ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqalgan. Lekin bu biz o‘ylayotgan narsa emas, albatta. Ma’lumki, hozirgi kunda maktablarda ko‘zi ojiz o‘qituvchilar ham ham faoliyat yuritib kelmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan esa ko‘zi ojiz o‘qituvchilarga tarjimon-kotiba bilan birgalikda test ishlashga ruxsat berilgan. Tarjimon-kotibalar esa ko‘zi ojiz o‘qituvchilarga testlarni o‘qib berishga yordam berish uchun jalb qilingan. Bu haqda vazirlikning bugungi rasmiy bayonotida ham alohida eslatib o‘tilgan. Telegram I Facebook I YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Pedagog xodimlarga beriladigan qanday ustama turlari bor? Ma’lumki, umumiy o‘rta ta’lim maktabi pedagog xodimlarining erishgan natijasiga qarab, ularga turli xil ustamalar belgilanadi. Ustama turlari haqida batafsil ma'lumotlarni bilib olish esa foydadan holi bo'lmaydi. Biz ana shu ustamalarning ayrim turlari haqida ma’lumot berib o‘tmoqchimiz. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/510 Telegram I Facebook I YouTube
Hammasini ko'rsatish...
"O'zbekistonda pedagog kadrlar tayyorlashning muammo va yechimlari" mavzusida ilmiy konferensiya o'tkaziladi "Profi University"da "O'zbekistonda pedagog kadrlar tayyorlashning muammo va yechimlari" mavzusida ilmiy konferensiya o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Unda umumiy o'rta ta'lim muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan pedagoglar ham o'z ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin. Konferensiya O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 24-martdagi " 2024-yilda qo'shimcha o'tkaziladigan xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar to'g'risida"gi 76-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida o'tkazilmoqda. 📍Konferensiya o'tkaziladigan manzil: Hotel Inspira - S Tashkent mehmonxonasi 📍Lokatsiya Vaqti: 26-aprel soat 9:00da Batafsil ma'lumot uchun: @profi_ilmiy_bulim 📄 Axborot xati Telegram I Facebook I YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Har bir maktabga mingta kitob berilmoqda Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan har bir maktabga, 1000 donadan jami 100 ming dona kitob jamlanmasi ajratildi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/611 Telegram I Facebook I YouTube
Hammasini ko'rsatish...
545 ta maktabda ta’lim sifati pastligi ma’lum bo‘ldi Ta’lim sifati past bo'gan maktablar ro'yxati tasdiqlandi. Mazkur maktabga borib ishlaydigan pedagoglarga esa qo‘shimcha ustamalar to‘lab beriladi. O‘tgan yili shunday maktablar ro‘yxati 642 ta edi. Bu yil ta’lim sifati past bo‘lgan maktablar soni 97 taga qisqargan. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/610 Telegram I Facebook I YouTube
Hammasini ko'rsatish...
15-aprel kuni attestatsiyada ishtirok etgan informatika fani o‘qituvchilari masalasi bo‘yicha yana bayonot berildi 15-aprel kuni ham test topshiriqlarini to‘liq bajarishga ulgurmagan pedagoglar 2024-yilning 22-may kuni o‘tkaziladigan qayta attestatsiya jarayonlarida ishtirok etishi bilan bog‘liq masalaga vazirlik yanada oydinlik kiritdi.
"Ayni vaqtda pedagoglarga shaxsiy kabinetlari orqali apellyatsiya berish imkoniyatini yaratish ustida ish olib borilmoqda", deyiladi vazirlikning rasmiy bayonotida.
Demak, 15-aprel kuni attestatsiyadan norozi bo‘lgan pedagog kadrlar tez orada shaxsiy kabinetlari orqali elektron tarzda ariza (shikoyat) berishlari mumkin bo‘ladi. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/608 Telegram I Facebook I YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Attestatsiya vaqtida oq'ituvchi hayajonlanmasligi kerak Attestatsiya vaqtida o'qituvchilarga kimdir qo'pol munosabatda bo'lsa, ular ham munosib javob qaytarib qo'yishi kerak. Avvalgi attestatsiya jarayonlarida o‘qituvchilar test ishlash xonasiga kirishi bilan ularga xuddi huquqbuzarlardek muomala qilishganiga guvoh bo‘lganmiz.
“Tezroq o‘tiring”, “gaplashmang”, “atrofga alanglamang”, “joyingizni topolmaysizmi”, “yana bir marta sherigingizga qarasangiz chiqarib yuboramiz”, “qanaqa odamsiz o‘zi” kabi qo‘pol gaplarni eshitishga majbur bo‘lishgan. Hozir bunday emas deb o'ylaymiz...
Kim sizning nafsoniyatingizga tegsa, qo‘pol gapirsa, hurmatsizlik qilsa, ta’sirchan javobingiz bilan kim ekanligingizni bildirib qo‘ying. Bilimingiz yetarli emasmi, buni mardlarcha tan olib qo‘yavering. Ammo qaddingizni hech qachon bukmang! "Tanaffus" podkastning ikkinchi sonida pedagoglar uchun qiziq bo'lgan mavzu — "Attestatsiya nimaga kerak?" degan mavzusida suhbatlashgandik. ▶️To'liq video:👉 https://youtu.be/a-YFzZRYmuo Telegram I Facebook I YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Repost from N/a
⚡️ Pedagog kadrlarning kasbiy bilim ko'rsatkichlariga muvofiq ta'lim dasturlari bo'yicha guruhlar va ta'lim shakli qanday taqsimlangan?
👆Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 28-dekabrdagi 577-son buyrugʻi bilan maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi ta'lim tashkilotlari rahbar, mutaxassis va pedagog kadrlarining 2024-yil uchun malaka oshirish kurslarida o'qitish rejasi tasdiqlangan. 🖌 Mazkur buyruqning 1-ilovasi bilan malaka oshirish kurslarida pedagog kadrlarning kasbiy bilim ko'rsatkichlariga muvofiq ta'lim dasturlari bo'yicha guruhlar va ta'lim shaklini belgilash mezonlari tasdiqlangan.
❗️Joriy yil malaka oshirish kurslari shu mezonlar asosida tashkil etilmoqda. 🔗 Yillar kesimida ta'lim shakllari to'g'risida avvalgi postimizda batafsil ma'lumot berib o'tilgan. 👉 @malakaoshirish_official ni kuzatib boring!
Hammasini ko'rsatish...

Kanalga a'zo bo'ling
Aksariyat o‘quvchilar maktabni xabardor qilmay xorijga chiqib ketmoqdami? Maktab o‘quvchilarining xorijga vaqtincha chiqish tartibi o‘zgarmoqda. Bu bo'yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi muhokamalar portaliga hujjat loyihasini joylagan. ➖ Xo‘sh, ota-ona ariza bilan murojaat qilinganda, direktor uni rad etishi mumkinmi? ➖ Maktab direktori o‘quvchining xorijga chiqib ketishiga to‘sqinlik qilishga vakolati bo‘lmasa, unda ariza yozishdan nima naf? ➖ Xorijga maktabni xabardor qilmay chiqib ketadigan bolalarni o‘quvchilar safidan chiqarishdan qanday maqsad ko‘zlangan? Ushbu savollarning barchasiga quyidagi maqola orqali batafsil javob topishingiz mumkin. Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/609 Telegram I Facebook I YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Bektosh Khatamov
Қайси йўналишга ўқиш керак? Сунъий интеллект ривожланиб боргани сайин инсоннинг бўш вақти кўпаяди, бўш вақти бўлган инсон эса ўзи учун, оиласи учун вақт ажрата олади, дам олади, саёҳат қилади, демак келажакда туризмга бўлган талаб кучайиб боради деган таҳминлар тобора ортиб бормоқда. Туризм йўналишида эса билимлар асосан назария эмас, тажриба ҳисобига эгалланади. Шуларни ҳисобга олиб биз ҳам жамоамиз билан туризм йўналишида талабалар учун ажойиб янгилик қилдик. Туризм йўналиши талабалари тўрт йилни қандай ўтказишади? 1. Биринчи курсни Ўзбекистонда @profiuniversity олийгоҳида назария билан биргаликда япон тилини ўзлаштиришади. 2. Иккинчи курсда Японияда ҳам ўқиб, ҳам туризм соҳасида ишлашади. Еб-ичиш, яшаш харажатларининг барчаси иш берувчи компания томонидан қопланади. Бундан ташқари ойлик маош 1000 доллардан бошланади. Ўз-ўзидан Ўзбекистонда бошланган япон тили билимлари Японияда бир йил давомида мустаҳкамланади. 3. Учинчи курсни яна Ўзбекистонга қайтиб келади ва энди яна назарий билимлар билан бирга француз тилини ўрганишни бошлайди. 4. Тўртинчи курс эса Францияда “South Shampagne Business School”нинг Туризм факультетида малака оширишади ва ишлашади. Францияда университет иш билан таъминламайди, талаба ўзи хоҳласа, ишлаши мумкин бўлади. Битирувчи талаба иккита дипломга Ўзбекистон томонидан “Profi University” дипломига ва Франциянинг “South Shampagne Business School” халқаро дипломига эга бўлади. Туризм йўналишига меҳрим бошқача, чунки ўз фаолиятимни ҳам айнан шу йўналишда бошлаганман. Турли меҳмонхоналарда ишладим, бир пайтлар Ўзбекистон Мусулмонлар идорасининг туризм бўлимида ҳам фаолият юритганман, шунинг учун туризмга уникал таклиф тайёрлашда шахсан ўзим қатнашдим. Тўлиқроқ мана бу 👉 видеода 👈 томоша қилишингиз мумкин. @bektoshkhatamov
Hammasini ko'rsatish...
Profi University

✔️ Profi University - O'zbekiston va dunyoga professional kadrlar tayyorlaydigan universitet. Profi University qabul bo'limi - @profiqabul ✔️ Profi University- университет, занимающийся подготовкой профессиональных кадров мирового уровня. 📱787771111