cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Jadidlar ( Джадидизм )

Tariximiz sahifalarida o'chmas iz qoldirgan Jadidchi ajdodlarimizning so'nmas xotirasiga bag'ishlangan. Jadidlar va jadidshunos olimlar asarlari, maqolalari, arxiv ma'lumotlar berib boriladi. Murojaat uchun ➡️ @go_answersbot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
4 228
Obunachilar
-324 soatlar
-387 kunlar
-20430 kunlar
Postlar arxiv
Photo unavailableShow in Telegram
“Muvaffaqiyatsizlikdan keyin” V.Vereshaginning Turkistonda bo'lgan davrida yaratilgan "Muvaffaqiyatdan keyin" va "Muvaffaqiyatsizlikdan keyin" rasmlari rassomning urush mavzusiga bag'ishlangan birinchi asarlari edi. Ular 1869 yilda Sankt-Peterburgda Turkiston turkumiga mansub rasmlar ko‘rgazmasida namoyish etilgan. Ushbu kartinalar Turkistondagi urush (1867–1869) taassurotlari ostida yaratilgan. Harbiylarning kundalik hayotiga xos bo‘lgan manzaralar, rus askarining sigaret trubasini yoqib, mag‘lub bo‘lgan dushmanlariga bosiqlik bilan qarashi – talqinining haqqoniyligi, o'lim odatiy hodisaga aylanganligini, urush dahshatlarini ko’rsatib beradi. "Muvaffaqiyatsizlikdan keyin" rasmi sodda va ifodali. Qal’a devorida, oldingi planda, yaqinda bo‘lgan jangda buxoroliklar halok bo‘lganini ko’rish mumkin. Ularning yonida rus askarlari xotirjam turishib, o'z ishlari haqida gaplashmoqdalar. Ushbu kartinada rassom odamlarning o'limga mutlaqo befarqligi, urush natijasida paydo bo'lgan inson qalbining shafqatsizligini qoralashga harakat qilgan. @jadidlar
Hammasini ko'rsatish...
😢 20👍 11🔥 2 1😡 1
Barcha kanallarga bir vaqtning oʻzida obuna boʻlish uchun ushbu koʻk yozuvni ustiga bosing!
Hammasini ko'rsatish...
👍 6🤯 2
Doʻstlar, quyida sizlarga turli mavzularda foydali va qiziqarli boʻlgan kanallarni tavsiya qilmoqchiman: @sharqshunos_tarixchi - Tarix | Siyosat | Madaniyat. Yaponiyadan Ispaniyagacha. Sharq xalqalari boʻyicha ilmiy ommabop resurslar yig‘indisi @santuagaraoflibrary - falsafaning bugungi kunga evrilishi va uning kelajakka ta'siri xususida @korinmas_qol - ijtimoiy-iqtisodiy mavzularda tahlil hamda AQSHdagi ta’lim va hayot haqida @economist_martin - iqtisodiyot, siyosat, jamiyat hamda hayotimizdagi oʻzgarishlar haqida @green_econ – iqtisodiyot va iqlim oʻzgarishi haqida, xorijda tahsil olayotgan talaba oʻz fikr-mulohazalari va olgan bilimlari bilan boʻlishib boradi @Azizbekh17mem - Boshqa kanallarda uchramaydigan ijtimoiy, siyosiy mem, foto va videolar @jadidlar - Jadidlar xotirasini tiklash, yetuk namoyondalari ijodi va faoliyatini yetkazish yoʻlida ochilgan sahifa @islom_urolov ushbu kanalda magistratura talabasining iqtisodiyot, AQShdagi oʻqish, hayot va universitetga topshirish jarayonlari boʻyicha fikrlari beriladi @Economics_ITE - Iqtisod va marketingga oid ma'lumotlar, fikrlar hamda sohaga aloqador boʻlmagan qiziq ma’lumotlar @therealniyozov - siyosat maydoni shaxsiy qarash va tahlillarda @lazizbek42 - Dastirlash haqida foydali maslahatlar, foydali gikrlar va kuzatishlar @Bookerberg - kitoblar, filmlar va seriallar haqida @legal_mind - ijtimoiy-siyosiy va aktual mavzularda faqat fikrlar, huquqiy kontent va fikrdoshlar jamiyati @blogdilshoda - yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar (grantlar) haqida rasmlar, videolar, maslahatlar hamda oʻsha imkoniyatlar toʻgʻrisida to'liq ma'lumot berib boruvchi kanal @Kinovat - kino olami haqida qiziqarli va siz bilmagan barchasi @nota_bene1 - shunchaki qiziqarli ma’lumotlar @ZakovArt - tasviriy sanʼat: rassomlar va kartinalar. @engengeng888 - barchasi zakovatga oid... @bilimdon_zakovatchi - Yangi Faktlar , Savollar , Zakovat haqida barchasi, xullas, ideal kanal @xoshimovuz - Hayotimizda boʻlayotgan voqea-hodisalar yuzasidan kuzatuvlar, tahlillar, huquqiy sharhlar @nofalsafiy - kinodan koinotgacha: turli sferarlar ichra sayohat @Jahonas_world- Amerikada siyosatshunoslik va davlat boshqaruvi sohasi boʻyicha oʻqish haqida. Study with me va lifestyle content
Hammasini ko'rsatish...
👍 7🔥 1🥴 1
Kreativ chiqibdi
Hammasini ko'rsatish...
64👍 41👏 3🤩 2🌚 2🤪 2🔥 1🤯 1
Photo unavailableShow in Telegram
“Jadid” gazetasi o’z nomini “Qoloq” nomiga o’zgartirsa ham bo’laverar ekan. @jadidlar
Hammasini ko'rsatish...
🤯 22😁 17👍 5 5😡 5😢 2
Photo unavailableShow in Telegram
Sabiha Sulton surati. Sabiha Sulton bilan Otaturk turmushga chiqmoqchi edi, lekin u asilzoda bo‘lmagani uchun turmushga chiqmalmadi.
Hammasini ko'rsatish...
😁 16👍 9🤯 7 4😢 3🔥 2🌚 2
Photo unavailableShow in Telegram
Xonzoda Sultonning olijanob go'zalligi bilan yana bir surati
Hammasini ko'rsatish...
12👍 8🥰 4🤯 4🔥 2😱 1🥴 1
Photo unavailableShow in Telegram
Hanzoda Sulton va Malika Fozile
Hammasini ko'rsatish...
13🔥 6😐 4🐳 2👍 1🥴 1🌚 1
Photo unavailableShow in Telegram
Maftunkor go'zalligi bilan eng go'zal Usmonli malikasi Hanzoda Sulton
Hammasini ko'rsatish...
15🤯 8👍 4🔥 1😐 1
Photo unavailableShow in Telegram
Nejlâ Sulton
Hammasini ko'rsatish...
15🔥 4😐 4🤓 1
Photo unavailableShow in Telegram
Yana bir malika: Refiya Sulton
Hammasini ko'rsatish...
14😐 6👍 4🤔 3
Photo unavailableShow in Telegram
🥰 17 7🤯 5👏 3👍 1🤔 1🤩 1🥴 1😎 1
Oxirgi Usmonli malikalari g'arbiy turmush tarzi va kiyinish qoidalari bilan e'tiborni tortadi. Sulolaning bu tendentsiyasi shunchalik ravshanki, Evropa sulolalari malikalari bilan solishtirganda unchalik katta farq yo'q. Suratda Fatma Neslishah Sulton
Hammasini ko'rsatish...
👍 11🫡 2
Photo unavailableShow in Telegram
Zuhra Akchurina xonim, Ismoil Gaspiralining rafiqasi, qizlik davrida. Manba: Ahmet Kanlıdere
Hammasini ko'rsatish...
38👍 23😁 9
Photo unavailableShow in Telegram
Bularni ham Moddiy madaniy meros yodgorliklari ro’yxatiga kiritish kerak, nima deysizlar?
Hammasini ko'rsatish...
👍 75 20😁 5👏 2🫡 2🤝 1
Oyina.uz portalida “Navruz” bayrami munosabati bilan tanlov tashkil etilibdi, o’z bilimlaringizni sinab ko’rishingiz uchun ajoyib imkoniyat.
Hammasini ko'rsatish...
🤔 3
Photo unavailableShow in Telegram
#diqqat #tanlov 💠 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Oyina.uz portali o‘tkazayotgan “Navro‘z” milliy qadriyatlar viktorinasida qatnashib, kitoblar to‘plami va qimmatbaho sovg‘alarni yutib oling! 🔹1-o‘rin – Artel Smart TV 43; 🔹2-o‘rin – Samsung planshet; 🔹3-o‘rin – Samsung smartfon; 🔹4-10-o‘rinlar – 5 tadan kitoblar to‘plami; 🔸“Tanlovning eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi 5 nafar g‘olibi – Samsung smartfon. Tanlovda ishtirok etish👇 https://t.me/oyinatanlovbot?start=1122711248
Hammasini ko'rsatish...
👉 Tanlovda ishtirok etish 👈
Aziz do’stlar, Barchangizni yangilanish va yosharish ayyomi Navro'zi olam bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Navro'z inson hayotida o'ziga xos ramziy ma'noga ega bo'lgan hodisa hisoblanadi. Uzoq payt davom etgan tushkunlik qish yalang'ochligidan keyin boshqacha shukuh bilan tabiat yangidan hayot boshlaydi. Hayotingizda ham Navro'zdagi kabi yangilanish ko'pdan-ko'p bo'lib, doimo yosh, navqiron va ajoyib tassurotlar bilan mazmunli bo'lishligini tilab qolaman. Oila ardog'i, yaqinlar suyanchi va kasbiy yetuklik doimo hamrohingiz bo'lsin. Hurmat ila @jadidlar
Hammasini ko'rsatish...
20👍 8🌚 2🐳 1😡 1
Photo unavailableShow in Telegram
Buxoro Xalq Sho'ro Jumhuriyati raisi Usmon Xoja va uning oʻgʻli Timur Kojaogʻlu. Fotosurat 1966 yilda Yakajik Halk Chayevi-Istanbulda o'limidan ikki yil oldin olingan. Manba: Timur Kojao’lu oila arxivi
Hammasini ko'rsatish...
25👍 15😢 2👏 1🤔 1😎 1
Turk armiyasining buyuk g‘alabasi va undan so‘ng Izmirning dushman bosqinidan ozod etilishi Turkiston va Buxoroda ko‘tarinkilik bilan kutib olindi. 6 oktabr kuni Toshkentning Eskishahar mahallasidagi juma maydoniga to‘plangan olomon bu g‘alabani shiorlar bilan nishonladi. “Turkiston” gazetasi Toshkentda o‘tkazilgan miting haqida “Turk armiyasining so‘nggi g‘alabasi tufayli katta namoyish” sarlavhasi bilan ikki maqola chop etdi. Ushbu maqolada aytilishicha, mitingda Qizil Armiya askarlari, talabalar, fuqarolik jamiyati guruhlari, ishchilar va jamoatchilikning boshqa qatlamlari ishtirok etgan. Qolaversa, o‘sha kuni Toshkentdagi barcha masjidlarda Turkiya g‘alabasi uchun nutqlar aytilib, duolar qilindi. Mitingda qatnashganlar orasidan Partiya rahbari Abdulhay, Turkkomissiya a'zosi Rudzutak va Shariat mahkamasi raisi Zahiriddin A'lam nutq so'zladi. Abdulhay o’z nutqida “Turk qo’shini 8 kun ichida yunonlarni dengizga supurib tashladi. Mustafo Kamolning maqsadi Marmara dengizigacha edi. Endi u maqsadiga yaqinlashib, Istanbul eshigiga yetib keldi. Turk armiyasini qat’iy g’alabasi bilan tabriklayman. Yashasin qahramon turk armiyasi!” dedi. Xalq bu so'zlarga olqishlar bilan javob qaytardi, so'ngra Turk madhiyasi kuylandi. Toshkent mitingidan so‘ng 12 oktyabr kuni Buxoroda miting bo‘lib o‘tdi. Bu mitingda Buxoro Respublikasi Bosh vaziri Fayzulla Xo‘jayev, Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Aminov, Xalq ta’limi vaziri Qori Yo‘ldosh Po‘latov, Rossiyaning Buxorodagi vakili Fonshteyn ishtirok etib, nutq so‘zladi. Bu katta ommaviy yig‘ilishdan so‘ng Fayzulla Xo’jayev hukumati Mustafo Kamol poshoga telegramma jo‘natib, uni buyuk g‘alabasi bilan tabriklab, bu g‘alabani buxoroliklar ham ko‘tarinkilik bilan nishonlagani aytiladi. Bu xabarni eshitgan Mustafo Kamol posho Turkiston xalqiga minnatdorchilik bildirib, barcha Sharq xalqlarining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega ekanligini ta’kidladi.
Hammasini ko'rsatish...
19👍 14🫡 1
Photo unavailableShow in Telegram
17
Fayzulla Xo‘jayev hukumati Otaturkga Amir Temur davridan 1 ta Qur’on va 3 ta qilich yubordi. Otaturk 1921-yil 17-yanvarda Turkiya Buyuk Millat Majlisida sovg‘alar uchun minnatdorchilik bildirdi va qaysi sovg‘a kimga tegishli bo‘lishi haqida izoh berdi: "Aziz do'stlar, Turkistonlik birodarlarimiz Sakarya g'alabasi munosabati bilan bizga 3 ta qilich va Qur'on yubordilar. Turk millati nomidan ularga rahmat aytamanBu muqaddas kitobni turk millatiga taqdim etaman. Men bu uch qilichdan birini oldim. Ikkinchisini G‘arbiy front qo‘mondoni sifatida İsmet Poshoga berdim. Uchinchisini Izmir fathiga saqlab qo‘yaman. – Bu qilich Izmirga birinchi bo‘lib kirgan sarkardaning beliga qo‘yiladi." 1922-yil 9-sentabrda Izmirga kirgan birinchi kishi Yuzboshi Sherafettin Bey edi. Urush tugashi va Izmirning ozod etilishi bilan Buxorodan kelgan 3-Qilich Yuzboshi Sherafettin Beyga berildi. Sherafettin Bey bu muqaddas sovg‘ani sharaf sifatida umri davomida o‘zi bilan birga olib yurdi, so‘nggi nafasigacha uni asrab-avayladi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 50 6👏 4😨 2
Ko’pincha adabiyotdan uzoqroq odamlarning hozirgilar she’r yozishni bilmaydi, she’rlarda qofiya yo’qolib ketdi, degan iddaolari quloqqa chalinadi. Fitrat domla adabiyot qoidalarida she’r haqida quyidagicha bitganlar: “Bizda eski madrasadan qolg'an yanglish bir fikr bor. Vazn, qofiyasi bo'Ig'an har bir so'z to’dasig'a “she'r” deymiz. Chunki burung'i fors-arab adabiyotchilari she'rni “qofiyasi, vazni bo’lgan gapdir” deb ta'rif qilar edilar”. Fitrat bunday quruq misralarni “nazm parchasi deya ta’riflab, Cho’lpon va So’fi Olloyor ijodini qiyoslaydi: “Cho'lponning “Kle'o'patra”si sochim yo'sunida yozilgan; vazn, qofiya yo’q, biroq bir she'rdir. Holbuki, So'fi Olloyorning “Sabot ul-ojizin” degan vaznli, qofiyali ko'b parchalari bordirkim, she'r deyishqa yaramaydir. Cho'lponning «Kle'o'patra»sidan: Oydin kechalarda sirli Nilning bo’ylarida uzun etaklaringni Maysalar, gullar ustidan sudrab yurub, yangi Ochilgan, vafo hidli nilufar chechagi uzubsan. O'zingni yelpib turg’uchi qo’lg’a chechakning fazilatlaridan Gapirganingni eshitdim... So'fi Olloyorning “Sabot ul-ojizin” degan asaridan: Bitibdir jome’i mushkot ichinda, Nabidin so'rdi bir so'rguchi banda. Yomonlarning yomoni qaysi inson, Javobin bermadi onda o’shal on. Ma’lumki, So’fi Olloyornjng yuqoridagi asari Turkiston o’lkalarida XX asrga qadar darslik sifatida o’rgatilgan. 28 yashar shoirning ijodini asari butun Turkiston ziyolilarini yetishtirishda rol o’ynagan buyuk mutafakkir ijodi bilan qiyoslash nihoyatda shijoatli qadam-a? Fitrat bu bilan kifoyalanmaydi, juda ko’p o’rinlarda Cho’lpon ijodiga murojaat qiladi, qalamini yuksak baholaydi, eski ijod namunalaring xato- kamchiliklarini ayamay ochib tashlaydi. Fitratni ilk o’zbek trollchisi desak bo’larmikin? @jadidlar
Hammasini ko'rsatish...
9👍 6🔥 6😡 4😁 2
Sovuq kunlar ortda qolib, yangilanish va uyg’onish fasli bo’lmish bahor yaqinlashmoqda. Intellektingizni “uyg’otish” va bilimlaringizni yangilash uchun ajoyib mavsum. Buning uchun esa sizga turli sohaga oid qiziqarli va takrorlanmas ma’lumotlarni o’z ichiga olgan sahifalar yordamga shay. Sahifa mualliflari nafaqat o’zlarining bilimlarini oshirish, balki sizlarga ham ziyo ulashish payidalar. Unutmang, miyamiz doimo yangilanishga muhtoj. Kanallar bilan tanishish uchun bosing
Hammasini ko'rsatish...
8👏 3
Sovuq kunlar ortda qolib, yangilanish va uyg’onish fasli bo’lmish bahor yaqinlashmoqda. Intellektingizni “uyg’otish” va bilimlaringizni yangilash uchun ajoyib mavsum. Buning uchun esa sizga turli sohaga oid qiziqarli va takrorlanmas ma’lumotlarni o’z ichiga olgan sahifalar yordamga shay. Sahifa mualliflari nafaqat o’zlarining bilimlarini oshirish, balki sizlarga ham ziyo ulashish payidalar. Unutmang, miyamiz doimo yangilanishga muhtoj. Kanallar bilan tanishish uchun bosing
Hammasini ko'rsatish...
Barcha kanallarga obuna boʻlish uchun ushbu koʻk yozuvni ustiga bosing!
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Barcha kanallarga obuna boʻlish uchun ushbu koʻk yozuvni ustiga bosing!
Hammasini ko'rsatish...
Bugun sizlarga oʻzim kuzatadigan bir qancha kanallarni tavsiya qilmoqchiman Sharqshunos tarixchi - Tarix | Siyosat | Madaniyat. Yaponiyadan Ispaniyagacha. Sharq xalqalari boʻyicha ilmiy ommabop resurslar yig‘indisi Santuagara - falsafaning bugungi kunga evrilishi va uning kelajakka ta'siri xususida Diplomat - tarix, siyosat, kino va sotsiologiya bo‘yicha turli qiziqarli ma’lumotlar, sharhlar va tahlillar @xoshimovuz - Hayotimizda boʻlayotgan voqea-hodisalar yuzasidan kuzatuvlar, tahlillar, huquqiy sharhlar @jadidlar - Jadidlar xotirasini tiklash, yetuk namoyondalari ijodi va faoliyatini yetkazish yoʻlida ochilgan sahifa @Azizbekh17mem - Boshqa kanallarda uchramaydigan ijtimoiy, siyosiy mem, foto va videolar @korinmas_qol - ijtimoiy-iqtisodiy mavzularda tahlil hamda AQSHdagi ta’lim va hayot haqida @islom_urolov ushbu kanalda magistratura talabasining iqtisodiyot, AQShdagi oʻqish, hayot va universitetga topshirish jarayonlari boʻyicha fikrlari beriladi @Economics_ITE - ushbu blogda iqtisod va marketingga oid ma'lumotlar, fikrlar hamda sohaga aloqador booʻlmagan qiziq ma’lumotlar berib boriladi @foydali_moliya - Pul boshqaruvi, Moliyaviy savodxonlik va moliyachining oʻy-fikrlari berib boriladi @green_econ – iqtisodiyot va iqlim oʻzgarishi haqida, xorijda tahsil olayotgan talaba oʻz fikr-mulohazalari va olgan bilimlari bilan boʻlishib boradi @economist_martin - iqtisodiyot, siyosat, jamiyat hamda hayotimizdagi oʻzgarishlar haqida @Uzbekchilik17 - Har sohadan bir shingil
Hammasini ko'rsatish...
👍 11 2
Repost from BOOK.UZ
Photo unavailableShow in Telegram
#Kitobdan - Gapimni tushundingmi, hov, shoir? - Asadullaxo‘jayev uning yelkasiga turtdi. - Yoʻq, - dedi Cho‘lpon chuqur xayol og'ushidan chiqqan misol bir siltana qaddini tiklab. - Ertaga namoyish o‘tkazamiz, xabaring bormi? - Ha. - Unda sen sheʼr o‘qiysan. Cho‘lponning ko‘zi yondi. - Tuni bilan shunday sheʼr yozginki, uni eshitgan xalqning ko‘zlari ham xuddi sening ko‘zlaringdek olovlansin. Vatan uchun yonsin! Uyg‘onsin, ko‘zi ochilsin! Tushunarlimi? - Ha, - dedi Cho‘lpon mamnun boqib. - Albatta, yozaman!.. - Bilib qo‘y, juda zo‘r bo‘lsin! Cho‘lpon tunni bedor o‘tkazdi; yozdi, o‘chirdi, o‘tirdi, turdi, xona ichida ko‘ksini timdalay-timdalay kezindi, oh urdi, xirilladi, to‘lg‘ondi, bir necha marta devorga musht soldi, necha bor tashqariga chiqib, chuqur-chuqur nafas olib qaytdi, misralarni qayta-qayta pichirladi, goho ovoz chiqarib o‘qidi... Nihoyat, «Ozod Turk bayrami» deya nom qo'ydi. Nabi Jaloliddin, "Cho’lpon" 1-qism Narxi: 38 000 Buyurtma berish: @bookuzbot Tel: +998712300050 📚@bookuzbekistan
Hammasini ko'rsatish...
10👍 7🔥 2
Hamza haqida nega gapirilmaydi? Uning nomini esa hamma joydan boshqa nomga o’zgartirishdi. Buning sababi nima? Ushbu tayyorlangan videoni albatta ko’rib chiqish kerak. https://youtu.be/ZeqePzCwiSw?si=6oHHBVu4ebVb2_yT Ulashing 👉 @AbduraufFitrat
Hammasini ko'rsatish...
🔥 14 4👍 3🐳 1
Photo unavailableShow in Telegram
“Mushtum” jurnalining yangi soni chiqibdi!
Hammasini ko'rsatish...
65👍 23😢 6🤔 3
Photo unavailableShow in Telegram
8-mart 1924-yil, Toshkent, Credits: Old Tashkent @jadidlar
Hammasini ko'rsatish...
30👍 9🥰 5
Bundan bir asr muqaddam 8-mart
Hammasini ko'rsatish...
23👍 6🥰 1
Photo unavailableShow in Telegram
Abdulla Qodiriy asos solgan jurnal iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli vaqtincha to’xtatilyapti. Jurnalni asrab qolish kerak.
Hammasini ko'rsatish...
😢 64👍 12🔥 6
"МУШТУМ" – 101 ёшда! Ўзбек матбуотида ўз ўрнига эга отахон нашр – “Муштум” журнали 101 ёшга тўлди. Ҳажвий йўналишдаги журналга тараққийпарвар зиёлилар Абдулла Қодирий ва Ғози Юнус асос солган. Хусусан, Қодирийнинг ўзи “Муштум”га ўндан ортиқ тахаллусда ҳажвия ва фельетонлар ёзган. Ўз даврида адади бир неча юз мингни ташкил қилган журнал ҳозирга қадар жамиятдаги турли муаммо ва камчиликларни фельетон, ҳажвия ва карикатуралар орқали танқид қилиб келади. Manba: “Mushtum jurnali” sahifasi
Hammasini ko'rsatish...
25👍 22 6🥰 3👏 1