cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali 🌐 toshvxtb.uz ✉️ [email protected] 👨‍💻 Мурожаат учун: @Boshqarmaga_murojaat_Bot Ⓜ️ Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Parkent trakt ko‘chasi, 54-uy

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
3 770
Obunachilar
-424 soatlar
+77 kunlar
-36830 kunlar
Postlar arxiv
Photo unavailableShow in Telegram
Бугунги кунда 110 минг ўғил-қизларимиз хорижда таҳсил олмоқда. “Эл-юрт умиди” жамғармаси орқали етти йилда АҚШнинг “Печак лигаси”га кирувчи Гарвард, Йель, Колумбия, Стенфорд каби топ-8 та, Буюк Британиянининг “Расселл гуруҳи”даги Оксфорд, Кэмбридж, Бирмингем каби 24 та олийгоҳни 50 нафар ёшларимиз битирди. Бу нуфузли олийгоҳларда ўқиётган ёшларимиз сони эса 200 дан ошди. Facebook|Instagram|X
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Президент мактаби баҳолаш тизими 500 та мактабда жорий қилиниши ҳисобига бир йилни ўзида билимларни ўзлаштириш 53 фоиздан 60 фоизга ошди. Бу йил мактабларни 14 мингдан зиёд ўқувчи олтин ва кумуш медаллар билан битирди. “Катта бешлик” фан олимпиадаларида қўлга киритилган медаллар охирги тўрт йилда 2 карра кўпайди. Президент фарзандларимизни тарбиялаб, ўқитиб, мана шундай ютуқларга эришишига сабабчи бўлган ота-оналар, устоз ва мураббийларга чуқур миннатдорлик билдирди. Facebook|Instagram|X
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT Bugun ijtmoiy tarmoqlarda "Bog‘chada yana bola kaltaklanidi" sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Holat Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir etilgani aytilgan. Mazkur holatni o‘rganish maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda shahar bo‘limi shu bilan birga shahar prokuraturasi mas’ullaridan iborat ishchi guruh tuzildi. Guruh ayni paytda o‘rganish va surishtirish ishlarini boshlagan. Holat to‘laqonli o‘rganilgach, ba’tafsil ma’lumot beriladi. 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Бугунги кунда 110 минг ўғил-қизларимиз хорижда таҳсил олмоқда. “Эл-юрт умиди” жамғармаси орқали етти йилда АҚШнинг “Печак лигаси”га кирувчи Гарвард, Йель, Колумбия, Стенфорд каби топ-8 та, Буюк Британиянининг “Расселл гуруҳи”даги Оксфорд, Кэмбридж, Бирмингем каби 24 та олийгоҳни 50 нафар ёшларимиз битирди. Бу нуфузли олийгоҳларда ўқиётган ёшларимиз сони эса 200 дан ошди. Facebook|Instagram|X
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ёшлар сиёсатига бағишланган видеоселектор йиғилиши ҳамда ёшлар билан мулоқот бошланди. Давлатимиз раҳбари мамлакатимизда сўнгги етти йил ёшларни қўллаб-қувватлаш, уларни истеъдод ва салоҳиятини рўёбга чиқаришда “катта сакраш даври” бўлганини таъкидлади. Шу етти йил ичида ёшларга оид 100 дан зиёд қонун ва қарор қабул қилиниб, 200 дан ортиқ имтиёз берилди. Биргина таълим кредитидан 151 минг ёшлар фойдаланди. Эҳтиёжманд оиладан бўлган яна 110 минг талабанинг контрактини тўлашга 332 миллиард сўм ажратилди. Натижада олий таълимда қамров 9 фоиздан 42 фоизга, олийгоҳлар сони эса 77 тадан 212 тага етди. Facebook|Instagram|X
Hammasini ko'rsatish...
#kun_tarixi 2️⃣8️⃣ IYUN SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQЕALAR ⚔️1119 yil —al-G‘oziyning musulmonlar qo‘shini Antioxiya regenti Rojer Salernoning armiyasini mag‘lub etgan; 🤝 1569 yil —Polsha Qirolligi va Buyuk Litva knyazligini birlashtirgan Lyublin ittifoqi tuzilgan; 📌1635 yil —fransuzlar Karib dengizida Gvadelupa mustamlakasini tashkil etishgan; ⚔️ 1812 yil— Napoleon qo‘shinlari Vilnaga kirishgan; 📜 1868 yil —Buxoro amiri o‘zini Rossiyaning vassali deb tan olgan; 🔫1914 yil —Sarayevoda Birinchi jahon urushi boshlanishi uchun bahona bo‘lib xizmat qilgan Gavrila Prinsipning avstriyalik taxt vorisi Archduke Franz Ferdinand va uning rafiqasi (Sarayevo qotilligi) hayotiga suiqasd qilingan; 📜 1919 yil—Versal tinchlik shartnomasi imzolangan va Birinchi jahon urushi tugagan; 📌 1919 yil— Millatlar Ligasi tashkil topgan; ⛓ 1933 yil— Moskvada lo‘lilarni hibsga olish va deportatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiya boshlangan (5470 kishi deportatsiya qilingan); ⚔️1940 yil —Sovet qo‘shinlari Bessarabiya va Shimoliy Bukovina hududiga Ruminiyaning bir qismi sifatida kirib kelgan; ⚔️1944 yil —Finlyandiya SSR poytaxti Petrozavodsk shahri fin bosqinchilaridan ozod qilingan; ❌1948 yil — Kommunistik va ishchi partiyalarning Axborot byurosi Yugoslaviya Kommunistlari Ittifoqini a’zolikdan chiqarib yuborgan. Bunga Broz Titoning Stalin tavsiyalariga qat’iy rioya qilishdan bosh tortishi sabab bo‘lgan. SSSR va Yugoslaviya o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilingan. Tez orada Tito Sovet matbuotida fashist deb nomlangan. Faqatgina Stalin vafotidan keyin ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar o‘z holiga qaytgan; ⚔️ 1967 yil— Isroil sharqiy Quddusni qo‘shib olgan; 🇱🇻 1993 yil — Latviya pul islohotlari qo‘mitasining qaroriga binoan o‘sha kundan boshlab pul hisob-kitoblarida lotga to‘liq o‘tish amalga oshirilgan; 📌1996 yil—Ukraina Oliy Radasi yangi Konstitutsiya qabul qilgan; 🥊 1997 yil —uchinchi raund tugashiga 30 soniya qolganida boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Mayk Tayson amaldagi chempion Evander Xolifildning qulog‘ini tishlab olgan. Jang tugagach, Tayson diskvalifikatsiya qilingan; ⚖️ 2001 yil —Slobodan Milosevich Gaagada urush jinoyatlarida ayblangan; 🇮🇶2004 yil —Iroqda muvaqqat koalitsiya hukumati tuzilgan. 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#BUGUNNING_GAPI Hamma o‘z tarixini ulug‘laydi. Lekin bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo‘q. Bu merosni chuqur o‘rganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak. Bu markazga kelgan odam tariximiz haqida to‘la tasavvurga ega bo‘lishi, katta ma’naviyat olib ketishi zarur. 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#KUN_HIKMATI ❗️shunchaki muhim...
Vatanparvarlik — yolgiz o‘z vataniga mehr qo‘yishdan iboratgina emas. Bu juda katta his… Bu — vatan bilan o‘zini bir butun deb bilish, uning yaxshi-yomon kunlarida asqatish demakdir.
✍️A. N. TOLSTOY Kuningiz xayrli o‘tsin! 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
Hammasini ko'rsatish...
00:03
Video unavailableShow in Telegram
#MUTOLAA Bugun jazirama zabtiga olgay, Osiyoning yarmi qaynaydi chog‘i. Sinoptik olimlar vahima solgay, Lovullab yonar deb, quyosh o‘chog‘i. Dedilar: - Ertaga eng issiq kundir, Gapdon bloggerlar so‘zlarin terdi. Muzday kabinetda o‘tirib kimdir, Quyoshdan qochishga tavsiya berdi. Qish - sovuq, yoz - oftob, noliymiz faqat, Azaldan dunyoning ishlari qiziq. Har neki bo‘lsa ham qilaylik toqat, Haqning bir hikmati emasmi, issiq. Oqshom shabbodasi erkalar sekin, Quyoshning tig‘idan qutulgan yerni. Garchi jazirama jon olur, lekin, Qaydan topay shunday quyoshli elni?! 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
Hammasini ko'rsatish...
hai-goodmorning.mp40.75 KB
👍 1
#Tarix_instituti #Yoshlar_ishlari_agentligi Tarix yoʻnalishi talabalari va maktablardagi Tarix fani oʻqituvchilari diqqatiga: Tarix instituti Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda iqtidorli va faol tarixchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘zbek tarixchiligi milliy maktabining yangi avlodini shakllantirish maqsadida 2024-yil avgust oyida “Yoshlar oromgohi”da “Yosh tarixchilarning 3-yozgi o‘qishlari”ni o‘tkazish mo‘ljallanmoqda.    Yozgi o‘qishlarda jami 100 ta yosh tarixchilar va olimlardan iborat guruh ishtirok etishi rejalashtirilayotgan bo‘lib, yozgi o‘qishlar davomida yetakchi tarixchi olimlar ishtirokida ilmiy seminarlar, master-klass darslari, davra suhbatlari va boshqa turli ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladi.    Qatnashchilar tanlov bo‘yicha ajratib olinishlaridan kelib chiqqan holda, qatnashish istagidagi 30 yoshgacha bo‘lgan talabgorlar quyidagi manzilga nomzod sifatida ariza topshirishlari mumkin! ☎️ Murojaat uchun:  +998 90-961-66-74 yoki @SarvarQuldashev https://t.me/tarixchivijdoni
Hammasini ko'rsatish...
Axborot xati 3 yozgi o'qishlar.pdf2.51 KB
👍 1
Repost from Hilola Umarova
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻtgan vaqt davomida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida salmoqli ishlar amalga oshirildi, rejalarimiz qamrovi esa kundan-kun oʻsib bormoqda. Mazkur jarayonlarni xalqimizga yetkazish, OAV va keng jamoatchilik vakillarining sohaga doir soʻrovlariga doimo “labbay” deb javob berib kelayotgan vazirlik va tizim tashkilotlari Axborot xizmatlari xodimlarining fidokorona mehnati biz uchun doimo qadrli. Bayramingiz muborak boʻlsin, vazirligimiz Axborot xizmati jamoasi! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Жиззах вилоятига ташриф буюриб, йирик саноат объектлари билан танишади, янги лойиҳаларга старт беради. Шунингдек, давлатимиз раҳбари Зомин туманида II Халқаро мақом санъати фестивалининг тантанали очилишида иштирок этади. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Джизакскую область и ознакомится с крупными промышленными объектами, даст старт новым проектам. Глава государства также примет участие в торжественном открытии II Международного фестиваля искусства макома в Зааминском районе. Facebook|Instagram|X
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Hilola Umarova
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli jurnalistlar, qadrli ustoz ijodkorlar! Avvalo, sizlarni “27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Kuni kecha Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimiz jurnalistlari va ijod ahliga yoʻllangan bayram tabrigi, aytish mumkinki, siz ijodkorlarning mashaqqatli mehnatlaringizga berilgan yuksak mukofotdir. Prezidentimiz oʻz tabrigida aytganidek, bugungi kunda matbuot ishi, jurnalistlar faoliyati nafaqat “toʻrtinchi hokimiyat”, balki mudofaa, xavfsizlik kabi hal qiluvchi sohaga aylanib bormoqda. Aziz jurnalistlar! Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar va oʻzgarishlarni xalqimizga sodda va xalqchil tilda tushuntirishdagi ijodiy hamkorligingizdan mamnunmiz. Sizlarni yana bir bor kasb bayramingiz bilan samimiy qutlayman hamda ijodingizga ulkan muvaffaqiyat, shaxsiy hayotingizda baxt va omad tilab qolaman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
01:49
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA 📍Qibray tumani 🟢Bitiruvchilarga medallar topshirildi 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
Hammasini ko'rsatish...
QIBRAY_TUMANI_38_NAFAR_BITIRUVCHILARGA_OLTIN_VA_KUMUSH_MEDALLAR.mp412.52 MB
💥KO‘RIK- TANLOV 🔰“YILNING ENG YAXSHI TARBIYACHISI” KO‘RIK-TANLOVINING BIRINCHI BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI ➡️Avvval xabar berganimizdek, joriy yil 25-iyun kuni Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tashabbusi bilan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari metodistlari va tarbiyachilari uchun “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” ko‘rik-tanlovining birinchi bosqichi Toshkent viloyati tuman va shaharlarida bo‘lib o‘tdi. ➡️Mazkur ko‘rik-tanlovda hududlar kesimida 393 nafar pedagog-tarbiyachilar ishtirok etishdi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan test savollariga javob berishdi. ➡️Javoblar natijasiga ko‘ra, ikkinchi bosqichga 155 nafar metodist va tarbiyachilar yo‘llanma olishdi. 🔴Ikkinchi bosqich joriy yilning 8-12-iyul kunlari bo‘lib o‘tishi belgilangan. 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
Hammasini ko'rsatish...
02:31
Video unavailableShow in Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT ➡️Joriy yil 26-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Har doim keyingi yil maktab kuriladi, deb aldayverishadi➖Bo‘ka" sarlavhasi ostida murojaat e’lon qilingan. Mazkur holat bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, vaziyat mas’ullar tomonidan to‘liq o‘rganilgan. Hududda Hokimlik qarori bilan maktab binosi qurilishi uchun yer ajratilgan, yangi o‘quv yilidan qurilish ishlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining rasmiy saytlari, sahifalari hamda Markaziy tele va radio kanallarda ma’lum qilingan! ❗️Telemunosabat ilova qilindi. 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
Hammasini ko'rsatish...
5~1.mp424.63 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#kunlik_statistika 1-sinf qabuliga biriktirilgan mikro-hudud bo'yicha jami kelib tushgan arizalar soni - 7509 ta (2024-yilning 26-iyun holatiga). Jumladan: ➡️maktab tomonidan qabul qilingan arizalar soni - 7508 ta. ✔️ Bu yil viloyatimiz bo’yicha 20 545 nafar ortiq maktab yoshdagi bolalarni qabul qilish rejalashtirilgan. ❕ Qabul jarayonlari bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlarni ✈️ @mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203 07 04 telefon raqami orqali olish mumkin. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
Hammasini ko'rsatish...
#AMALIY_SЕMINAR 🔴MAKTAB RAHBARLARI VA O‘RINBOSARLARI UCHUN SЕMINAR TASHKIL ETILDI 📍Yangiyo‘l_shahar ➡️Xabaringiz bor, Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan hududlarda "Korrupsiyasiz soha" loyihasi doirasida amaliy seminarlar o‘tkazilinmoqda. Joriy yil 26-iyun kuni mazkur seminar Yangiyo‘l shahridagi 5-umumta’lim maktabida tashkil etildi. Seminarda Yangiyo‘l shahar va tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktabi direktorlari va ularning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. ❗️Seminar doirasida Adliya vazirligida 3271-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan nizomda keltirilgan tartibda pedagoglarni ish bilan ta’minlash, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik masalalari muhokama qilindi. ➡️Seminarda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari G‘ayrat Hamrayev, korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish bo‘yicha bosh mutaxassisi Nodir Ahmedov, boshqarma bo‘lim boshlig‘i Vafoqul Hotamovlar o‘z taklif, tavsiya va ko‘rsatmalari bilan ishtirok etdi. 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
Hammasini ko'rsatish...
🟢#SЕMINAR 🌐Muhim masalalar doirasida 📍Olmaliq shahar 🔴Joriy yilning 26-iyun kuni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i topshirig‘i doirasida Olmaliq shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 20-sonli IDUMda direktorlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlar ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi. ➡️Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining " Davlat fuqorolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida davlat fuqorolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida "gi buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlanishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. ✅Seminarda Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari ishtirok etib, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida davlat fuqorolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini takomillashtirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi. ✅Shuningdek shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Xusniddin Turg‘unboyev so‘zga chiqib, bu borada qilinishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar haqida gapirib, shu bilan birga ushbu masalada har bir ta’lim muassasalarida umumiy yig‘ilishlar o‘tkazilishini hamda barcha pedagog-xodimlarga odob-axloq qoidalari mazmun-mohiyati bo‘yicha tushunchalar berilishini ta’kidladi. 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#TABRIK 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni Qadrli jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, sizlarni kasb bayramlaringiz - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Barchaga yaxshi ma’lumki, matbuot va ommaviy axborot vositalari ishi hamma tomonlama ham og‘ir va mas’uliyatlidir. Mamlakatimiz yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilayotgan, ochiqlik va oshkoralik, so‘z va fikr erkinligi hayotimiz mezoniga aylanib borayotgan hozirgi paytda bu mas’uliyat yanada kuchaymoqda. Mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt doimo hamroh bo‘lsin. Elyor Akbarov Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
Hammasini ko'rsatish...
👍 5
#kun_tarixi 2️⃣7️⃣ IYUN SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQЕALAR 🍵1615 yil —choy birinchi marta Yevropaga olib kelingan; ⚔️ 1864 yil— AQSHda fuqarolar urushi: Atlantadagi Kenneso tog‘ida jang bo‘lib o‘tgan; ⛓ 1929 yil —Sovet hukumati uch yildan ortiq muddatga qamalgan barcha mahbuslarni qamoqxonalardan mehnat lagerlariga ko‘chirishni buyurgan; 📣1929 yil — Turkiyada Prezident Mustafo Kamol kommunistik targ‘ibotga qarshi kurashni boshlagan; 🚁 1931 yil —AQSHda ixtirochi Igor Sikorskiy birinchi vertolyot uchun patent olgan; 📌 1932 yil — Siamda Konstitutsiya qabul qilingan; 🚀 1941 yil — Voronejdagi Komintern zavodidaBM-13 "Katyusha" nomi bilan tanilgan dastlabki jangovar raketa yig‘ilgan; 📜1946 yil —Qo‘shma Shtatlar, Buyuk Britaniya, Fransiya va SSSR tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida o‘sha paytda Italiyaning bir qismi bo‘lgan Onekan orollarini Gretsiyaga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Shimoliy Italiya hududining bir qismi Fransiyaga o‘tkazilgan; 💰 1967 yil — Angliyaning Enfild shahrida dunyodagi birinchi kassa o‘rnatilgan; 📰1968 yil —Chexoslovakiya gazetasida "Ikki ming so‘z" deb nomlangan hujjat nashr etilgan va Chexoslovakiya jamiyatining barcha qatlamlari vakillari tomonidan imzolanib, haqiqiy demokratiyaga tezroq o‘tishga da’vat qilingan. Ushbu murojaat Praga bahorining avj nuqtasi bo‘lgan. Sovet Ittifoqi va Varshava shartnomasining boshqa mamlakatlari rahbariyati respublika rahbariyatidan "aksilinqilob" bilan to‘la bo‘lgan islohotlarni cheklashni talab qilgan; 🇰🇭 1981 yil— Kambodja Konstitutsiyasi qabul qilingan; ⚖️ 1986 yil — Gaaga xalqaro sudi AQSHni Nikaraguadagi qarama-qarshiliklarga mos sepishda ayblab, uni Nikaragua xalqaro huquqi va suverenitetini buzgan degan qaror chiqargan; ⚔️ 1990 yil - Nikaraguada fuqarolar urushi tugaganligini bildiruvchi ramziy qurolsizlanish marosimi bo‘lib o‘tgan; ⚔️ 1997 yil — Tojikistonda fuqarolar urushi tugagan. 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#KUN_HIKMATI ❗️shunchaki muhim…
Vatanparvarlar - barcha yaxshi narsalarni madh etuvchilar emas. Haqiqiy vatanparvarlar hali mavjud bo‘lgan bema’niliklarni ayovsiz fosh qilish va ta’qib etish bilan mashg‘uldirlar.
✍️Ya. A. DOBROLYUBOV 🌟Kuningiz xayrli o‘tsin! 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#IBRAT_SOATI ➡️Bir ustozidan shogirdi so‘radi: - Ustoz, yiqilganimni eshitsangiz, menga nima deb maslahat bergan bo‘lardingiz? - O‘rningdan tur, degan bo‘lardim, — javob berdi keksa ustoz. - Ikkinchi bor yiqilsam-chi? - Yana shu gapni aytaman. - "Yiqildingmi, o‘rningdan tur” degan bir xil javob necha marta qaytariladi o‘zi? - toqatsizlandi shogird. - To hayot ekansan, yiqildingmi, o‘rningdan tur. Chunki yiqilib o‘rnidan turmaydiganlar uchun hayot tamom demakdir. Kuningiz xayrli o‘tsin! 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#Qutlov 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni JURNALISTLAR Bir kun piyodasiz, bir kuni rolda, Tongda shahardasiz, kechqurun cho‘lda, Umrning yarmisi yomg‘irda, do‘lda, Yarmisi to‘shalib yotadi yo‘lda. Elim deb, yurtim deb yongan jonlarim, Jurnalist do‘stlarim, qadrdonlarim! Qaygadir oy nuri tushmasdir balki, Qaygadir yetolmas chaqmoqlar zalpi, Jurnalist xalqi-chi, jurnalist xalqi Har yerda turadi yarqirab, balqib. Elim deb, yurtim deb yongan jonlarim, Jurnalist do‘stlarim, qadrdonlarim! Bitta xabar uchun, bir satr uchun, Goh olam nurafshon, gohida tutun, Shundan baxtiyorsiz, shundan baxtlisiz, Dunyoda baxt yo‘qdir shu baxtdan ustun. Elim deb, yurtim deb yongan jonlarim, Jurnalist do‘stlarim, qadrdonlarim! Rayhon-jambillarni uzgan nokaslar, Yaxshilar ustidan kulgan nokaslar, Haqiqat menman deb turgan nokaslar, Sizga duch kelganda titraydi xasday. Elim deb, yurtim deb yongan jonlarim, Jurnalist do‘stlarim, qadrdonlarim! Noningiz goh butun, goho yarimta, Qalbingiz tuhmatdan goh nimta-nimta, Ammo dardingizni aytmay hech kimga, Madad bo‘lay deysiz ona xalqimga. Elim deb, yurtim deb yongan jonlarim, Jurnalist do‘stlarim, qadrdonlarim! 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.