cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

Reklama postlari
4 605
Obunachilar
+1424 soatlar
+287 kunlar
+6830 kunlar
Postlar arxiv
02:09
Video unavailableShow in Telegram
VIDEO. Qashqadaryoning namunali oilalari Farzandlari va nabiralarini ilmli, ziyoli bo‘lishida bosh-qosh bo'lgan qarshilik oila sohiblari "Ibratli oila" ko'krak nishoni bilan taqdirlanishdi. "Rafiqam bilan birga farzandlarimizga kechayu-kunduz dars berib, ularni o'qitganmiz. Bugun esa mehnatlarimiz o'z mevasini berdi" — deydi Boboqul Jamolov. https://t.me/qashoilavaxotinqizlar
Hammasini ko'rsatish...
Qarshi shahri Otchopar va Qavali mahallalaridagi ichki tuproq yo‘llarni hashar yo‘li bilan shag‘allashtirish ishlari olib borilmoqda. @qarshishaharhokimligi
Hammasini ko'rsatish...
01:18
Video unavailableShow in Telegram
❗️Хўжалик юритувчи субъект раҳбарлари, ер қазиш техникаси эгалари ва ердан фойдаланувчилар диққатига!
Агар сизда ер ости алоқа кабелларининг муҳофаза ҳудудларида ер қазиш ва қурилиш ишларини амалга ошириш зарурияти туғилса, магистраль алоқа кабели трассаси белгисида кўрсатилган манзилига ёки 1133 қисқа рақами орқали мурожаат қилишингиз ҳамда мутахассислар кўрсатмаси асосида иш олиб боришингиз тавсия этилади.
Hammasini ko'rsatish...
01:38
Video unavailableShow in Telegram
Xayr, “Ayollar daftari”, salom, baxt minbari! Qarshi shahar "Bunyodkor" MFY hokim yordamchisi ko'magi bilan 66 million so’m imtiyozli kredit olib “Ayollar daftari” dan chiqqan Gulsara Jalolova bugun katta tadbirkor. Hozirda 20 nafardan ortiq xotin-qizlarning bandligini ta'minlagan.
"Mehnatimiz izidan imoratlar quryapmiz. Ishlagan harakat qilgan odam barchasiga erishadi. Ishlash kerak, harakat qilish kerak."— deydi tadbirkor.
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Hammasini ko'rsatish...
🚯Chiqindi to'kib tabiatni ifloslantirmang! ♻️Birgina to'kilgan chiqindi atmosferani zaharlab, inson salomatligiga qancha zarar yetkazadi. Mutasaddi tashkilotlar, mahalla vakillari tomonidan o'tkazilayotgan nazorat reydlariga hamda o'ndirilayotgan jarimalarga qaramay baribir chiqindini belgilanmagan joyga tokishdan to'xtamaymiz. ♻️Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Qarshi shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o'tkazilgan reyd tadbiri davomida ekologik qonunlarni mensimay maishiy chiqindilarni to'kayotgan qonunbuzarlar aniqlandi. 👮‍♀️Holat yuzasidan 2 nafar fuqaro X.SH, T.Rlar Xo'jaxiyol mahallasi hududida maishiy chiqindilarni belgilanmagan joyga to'kkanligi uchun O‘zbekiston Respublikasi MJtKsining 91-modda Prim1 bandi ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirib, huquqbuzarlarning har biriga nisbatan 340 ming so‘m, jami 680 ming jarima qo‘llanildi. 🌿Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati telegram | facebook | instagram | ecokash.uz
Hammasini ko'rsatish...
Mahallangizga sport maydonchasini o'zingiz sovg'a qilishingiz uchun bugundan ovoz berishingiz mumkin! 🗣Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashabbusi bilan Respublikadagi har bir tuman-shaharida bittadan sport maydonchasini ovoz berish yo'li bilan qurib berish bo'yicha tanlov loyihasi boshlangan.
Sport maydonchalari  ovoz berish yo'li bilan g'olib bo'lgan mahallalarga qurib beriladi.
❗️Ovozlar bugundan boshlab 1-iyunigacha  tashabbus.sport.uz saytida qabul qilinadi. ✅ Loyihamizda faol ishtirok eting va mahallangiz hududida farzandlaringiz uchun sport maydonchasi yutib oling! Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Hammasini ko'rsatish...
Kadastr aholi manfaatlari yo'lida Qarshi shahar 📸 Qashqadaryoda aholi manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan ishlar davom etmoqda Jumladan "Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida  kadastr bilan bog‘liq muammolarni hal etish yuzasidan muntazam ravishda «Mahallabay», «Xonadonbay» o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Xususan,Qarshi shahar filiali xodimlari tomonidan shaharning Bunyodkor, Otchopar, Qavali, Mag'zon, Xontepa, va Paxtazor mahallalaridan kelgan murojaatlar qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi. Ma'lumot o'rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Qarshi shahar filialiga 147 ta murojaatlar kelib tushdi. Asosan murojaatlar kadastr hujjatini rasmiylashtirish, kadastr bazasidagi holatlar, yer uchastkasi bilan bog'liq masalalar yuzasidan bo'lgan. @qarshishaharhokimligi
Hammasini ko'rsatish...
🗣️Global Money Week final bosqichi ko'taringki kayfiyatda yakunlandi!
🤗"Butunjahon jamg'arish kuni" munosabati bilan Qarshi shahridagi umumta'lim maktablari o'rtasida Global Money Weekning final bosqichi o'tkazildi hamda qatnashchilarga qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi.
👋👋👋👋👋👋👋👋👋
❗️🤓Ma'lumot uchun: Global Money Week bu - Child & Youth Finance International (CYFI) tomonidan tashkil etilgan loyiha bo'lib, o'smirlar o'rtasida moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan.
✔️Biz bilan birga bo'lganingiz uchun sizga tashakkur!💚💙 🌐Bizni sahifalarimizda kuzating: 🌐Telegram | 🌐Instagram
Hammasini ko'rsatish...
#profilaktika ❗️Yashirin iqtisodiyotni oldini olish va soliqlar yig‘iluvchanligini oshirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biridir. Shu maqsadda, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sirojiddin Eshmatov va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti viloyat boshqarmasi boshlg‘i Nodirbek Ismonov Qarshi shahridagi tadbirkorlik subyektlarida bo‘lishdi.
Aytish joizki, tadbir davomida yirik tovar aylanmasini amalga oshirgan 50 ta tadbirkorlik subyektlari tanlab olinib, o‘rganish ishlari boshlandi.
▪️Qarshi shahridagi “Shukrona hamkor Fazliddin” mas’uliyati cheklangan jamiyati chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanadi. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 245 mln. so‘m tovar aylanmasini amalga oshirgan. Savdo do‘konida 5 nafar xodim ishlashiga qaramay, soliq hisobotida ishchi-xodimlar soni “nol” ko‘rsatib kelingan. Tadbirkorga berilayotgan yengillik va qulayliklar tushuntirilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar joyida bartaraf etildi. ▪️Mas’ullar “Umid Hasanov Gold” oilaviy korxonasida ham bo’lishdi. Korxona tomonidan 2024-yilning o‘tgan davri mobaynida 147 mln. so‘m tovar aylanmasi amalga oshirilgan bo‘lishiga qaramay, soliq hisobotlarida ishchi-xodimlar ko‘rsatilmagan. Tushuntirish-targ‘ibot ishlaridan so‘ng 2 nafar xodim rasmiylashtirildi.
Bundan tashqari, mas’ul rahbarlar “Jahon kafolat servis”, “Karshi zolotoy goroh”, “Baxshiyda”mas’uliyati cheklangan jamiyatlari, “Ibodova Xurshida” xususiy korxonasi va “Alo sifat issiq non” oilaviy korxonasida ham bo‘lishib, faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu tadbirkorlik subyektlarida ham yuqoridagi kabi holarlarga duch kelindi. Tushuntirish ishlari davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etildi.
❗️Bir kunda 7 ta savdo korxonalari o‘rganilib, undan 4 tasida 9 nafar xodim noqonuniy ishlab kelayotgan aniqlanib, rasmiylashtirildi. Davlat budjetiga qo‘shimcha 40 mln. so‘m aylanmadan olinadigan soliq hisoblanishga erishildi. ✅ O‘rganishlar davaomida tadbirkorlarga xarid qilingan mahsulot uchun onlayn nazorat kassa texnikasining chekini taqdim etish, savdo tushumini to‘liq kirim qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi. ✍️Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi Telegram | Facebook
Hammasini ko'rsatish...
Qavali mahallasi Yoshlik ko‘chasiga hashar yo‘li bilan qum-shaga‘al to‘kilib, shag‘allashtirish ishlari olib borilmoqda. @qarshishaharhokimligi
Hammasini ko'rsatish...
Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Qarshi shahar bo‘limi xodimlari tomonidan Qo‘rg‘oncha mahallasi hududida o‘tkazilgan nazorat reyd tadbiri jarayonida belgilanmagan joyga maishiy chiqindilarni joylashtirgan 2 nafar fuqarolarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan 680 ming so‘m jarima chorasi qo‘llanildi hamda chiqindini tegishli tartibda olib ketish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
@qarshishaharhokimligi
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Qarshi shahar 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Annur Ochilov muddatidan oldin talaba bo‘ldi. U 20 ta chet davlat oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirib, ulardan 14 tasiga talabalikka qabul qilindi.
@qarshishaharhokimligi
Hammasini ko'rsatish...