Tomas Harris
"Qizil Ajdarho"
#asar haqida
#Qisqacha
Naqadar beshafqat bir inson qalbi,
Hasad-u nafratga toʻlgan yuz-afti.
Oʻzgani qoʻrqitish bor dard-u gʻami,
Sinoat-la oʻralgan butun badani.
Uilyam Bleyk
"Kechinmalar sadosi "
Pisxopat qotillar haqida asar oʻqir ekanman, menga doim qanday qilib ular bunchalik vahshiy yirtqichga aylanishdi? Insonlarning qalbi nimadan nafratga, gʻazabga toʻladi? kabi savollar qiziq boʻlib kelgan. Deyarli barcha qotillarni yoshligida atrofidagi yaqinlari tahqirlashgan, inson sifatida munosabatda boʻlishmagan. Boladagi pok qalb nafratga, gʻazabga, alamga toʻlib borgan. Qalbga ekilgan nafrat urugʻlari oʻsib, daraxt boʻlib, meva bera boshlagan paytda barcha nafratini boshqa insonlarga sochadi. Qotilni ichida alam, gʻazab, nafratga toʻlgan bir yirtqich yashaydi. Agar uni taomlantirmasa, yirtqich uning oʻzini yeydi. Qotilarni bunday ahvolga tushishiga yuz foiz oʻzlari aybdor emas. Koʻpchiligi yoshligida- bola paytida u oʻz tanasi haqida maʼlumotga ega boʻlmagan paytda jinsiy tajovuzga uchragan. Afsuski, ularning qotilliklarda qilgan jinoiy, gʻayriinsoniy ishlari bolaligi bilan chambarchas bogʻliq. Inson zoti magʻlubiyatga sabr qiladi, chunki boshqa yoʻli yoʻq. Gʻoliblikka esa sabr qilolmaydi. Nimadirlarni qilgisi kelib qoladi. Pisxopat qotillarni qilgan ishidan qanchalik ijirgʻanib qarasam, ularning bolaligi shunchalik mahzun qiladi. Qotil pisxopat Dolarhaydning bolagiga qiziqqannim uchun bu asarni oʻqidim desam ham boʻladi. Uni bolaligini oʻqiganimda bir kun kayfiyatim yoʻq boʻldi, tushkun boʻlib qoldim. Anglaganim inson gʻazabga toʻlgan payti yovvoyi yirtqich hayvonga aylanib qoladi. Eng xunuk holati shunday paytda oʻzidan ojiz boʻlganlarga nafratini sochmasligi kerak va shart. Bu nafrat virus kabi insondan insonga oʻtadi. Uni davolash juda mushkul. Oʻz farzandlarimizga jinsiy gigiyenik tarbiya berishimiz kerak. Oʻz yoshida qanday narsalarni bilishi kerak, tanasida avrat aʼzolarni qanday pok tutish kerak, nega ularni hamma koʻrishi mumkin emas? Bizda ziyoli va taqvodor oilalargina bunga alohida eʼtibor qaratishadi. Aksariyat olilalar bunga befarq. Har bir ota-ona oʻz farzadi uchun javobgar. Ikki dunyoda ham shuni unutmaylik.