cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

MENING XATIRCHIM

📜 Siyosiy yangiliklar; 📚 Ibratli videoroliklar; 📘 Kitoblardan iqtiboslar; 💡 Qiziqarli faktlar; Adminlar: @Ismoil_joraqulov1

Більше
Рекламні дописи
2 846
Підписники
-524 години
-947 днів
-55630 днів
Архів дописів
Makka shahrida boʻlib turgan  15000 nafar hojilarimizning Prezidentimizga va xalqimizga yo‘llagan tabrigini eshitib,  toʻlqinlanadi. Hech kimga sir emas, sobiq ittifoq davrida dinimizga, eʼtiqodimizga taʼqiq qoʻyilgan edi.  Oʻzbekiston tarixida hech bir davlat rahbari haj ziyoratiga borgan hojilarimizning holidan xabar olib, hol-ahvol soʻramagan. Shavkat Mirziyoyev bu sohada ham birinchi boʻldi. Musofir yurtda yurganimizda ortimizdan yurtboshimiz hol-ahvol soʻrasa, yuragimiz faxr-iftixorga toʻladi. Saudiya Arabistonida boʻlib turgan hojilarimizning qalbida shunday tuygʻular joʻsh urib turgani  muftiy hazratlarining quvonchi va minnatdorchiligidan sezilib turibdi.              Mustaqilligimizning ilk yillarida haj ziyoratiga 12 nafar yurtdoshimiz borgan edi. Bugun esa 15000 nafar. Shu emasmi diniy erkinlik?    Vatandoshlarimiz uchun  7 ta mehmonxona, zamonaviy transport  vositalarining hojilarimiz xizmatida boʻlishi, eng yaxshi sharoitlarning yaratib berilishi muhtaram yurtboshimizning otalarcha gʻamxoʻrligidan darak berib turibdi. Hojilarimiz vatanga qaytgach, yurtdoshlarimizga, yoshlarimizga ibrat va oʻrnak boʻlib jamiyatimizga xizmat qilishlarini eshitib  juda xursand boʻldim. Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining  vatanparvarlik ruhida aytgan soʻzlari har bir millatdoshimizni ruhlantirdi, deb oʻylayman. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xatirchi tuman bo'linmasi rahbari Zohidjon Nematov. https://t.me/+qEmfzhVzOyphNDMy
Показати все...
Repost from Navoiy kundaligi
Фото недоступне
#Kun_hikoyasi Bir kuni Albert Eynshteyn doskada masala yechdi: 9 x 1 = 09 9 x 2 = 18 9 x 3 = 27 9 x 4 = 36 9 x 5 = 45 9 x 6 = 54 9 x 7 = 63 9 x 8 = 72 9 x 9 = 81 9 x 10 = 91 To‘satdan zalda tartibsizlik paydo bo‘ldi, chunki Albert Eynshteyn bitta masalani noto‘g‘ri yechgan edi, 9 x 10=91. Barcha o‘quvchilari uni masxara qilishdi. Eynshteyn hamma jim bo‘lishini kutdi va shunday dedi: "To‘qqizta savolni to‘g‘ri tahlil qilgan bo‘lsam ham, hech kim meni tabriklamadi, lekin men bitta savolni noto‘g‘ri yechganim uchun hamma ustimdan kuldi. Demak, agar inson juda muvaffaqiyatli bo‘lsa ham, odamlar ko‘ziga uning eng kichik xatosi ko‘rinadi va ko‘pchilik bundan «zavqlanadi». Hayotda hech qachon xato qilmaydigan yagona odam - hech narsa qilmaydigan odamdir. Internet sahifalaridan olindi! Biz bilan birga bo‘ling👇👇 https://t.me/navoiy_kundaligi
Показати все...
👍 2
01:09
Відео недоступне
#Yoshlar_oyligi 🔰Yoshlar oyligi doirasida Xatirchi tuman markazida "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostidagi gala konsert ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram|  Facebook | YouTube |Instagram
Показати все...
ttt.mp488.08 MB
Repost from Navoiy kundaligi
1:44:55
Відео недоступне
#Kino_tavsiya 🎞"Elparvar" o'zbek film. Ushbu film o'spirin yigitning buyuk sarkardalar, xotira, Jaloliddin Manguberdi jasoratidan faxrlanishi, uning qalbida vatanparvarlik tuyg'ularining uyg'onishi va bu yo'lda ko'rsatgan ezgui ishlari haqida hikoya qiladi. Biz bilan birga bo‘ling👇👇 https://t.me/navoiy_kundaligi
Показати все...
Elparvar_o'zbek_film_Элпарвар_узбекфильм_2019_SUB_ENG_#UydaQoling.mp4455.66 MB
👍 2
Фото недоступне
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табригиПоздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показати все...
👌 1
Фото недоступне
Навоий вилояти ҳокими Нормат Турсуновнинг Қурбон ҳайити муносабати билан вилоят аҳли ва жами мусулмонларга йўллаган ТАБРИГИ 🖋️Азиз ҳамюртлар, ҳурматли диндошлар! Сизларни, барча мўмин-мусулмонларнинг суюкли айёми, халқимизнинг шукроналик, саховат ва меҳр-оқибат байрами – муборак Қурбон ҳайити билан чин қалбимдан самимий табриклайман! Қурбон ҳайитининг маънавий ҳаётимизда тутган ўрни бағрикенглик, мурувват, дўстлик ва ҳамжиҳатлик каби эзгу қадриятларни мустаҳкамлаш борасидаги аҳамияти бугунги кун воқелигида ҳар қачонгидан муҳимдир. Бу қутлуғ айёмда қалбларимиз аввало, мана шундай файзли ва баракотли кунларга етказгани, юртимиз тинч, осмонимиз мусаффо эканлиги учун чексиз шукроналар каломи билан лиммо-лим тўлган. Ушбу байрам асрлар давомида халқимизга хос меҳр-мурувват, бағрикенглик ва саховат ифодаси бўлиб, яқинларимизни йўқлаб уларнинг ҳолидан хабар олиш, ёши улуғларни зиёрат қилиш, муҳтожларга меҳр-мурувват кўрсатиш, оилаларга хурсандчилик улашиш ва байрамнинг кўркига кўрк қўшадиган солиҳ амаллар билан ўтказиш савобталаблик мамлакатимиз раҳбарининг сиёсатига ҳамоҳанг ва юртдошларимизнинг феълига хос бўлган гўзал фазилатлардандир. Қадрли юртдошлар! Ушбу муборак айёмда давлатимиз раҳбари раҳнамолигида юртимиз равнақи, диёримизнинг осойишталиги, халқ фаровонлиги йўлида олиб борилаётган барча хайрли ишларимизда Яратганнинг ўзи мададкор бўлишини ният қиламан! Муборак Қурбон ҳайитининг файзу баракоти қалбларимизни ва хонадонларимизни мунаввар айласин! Юртимиз тинч, осмонимиз мусаффо бўлсин! 🖋️Ҳурмат билан Нормат Турсунов.
Показати все...
👍 3💯 1
00:09
Відео недоступне
#Xayrli_tong Jismoniy ogʻriqning darajasi ruh ogʻrining oldida 0 ga teng. Ruhingizni pok tuting. Qalbingizga ozor beruvchilardan qiyin boʻlsa-da yiroq yuring. Singan suyak, tirnalgan teri, yaralar bir kun bitadi. Oʻgʻriq yoʻqoladi. Singan qalbni esa tuzatish qiyin. Ozor berishdan yiroq boʻling, sizga ham ozor beradiganlar kamayadi ... ☀️ Tongingiz fayzli, kuningiz barokatli boʻlsin! Arafa muborak! 💌 Doʻstlarga ulashing! 👉 @mening_xatirchim
Показати все...
1.03 MB
Фото недоступне
#Xayrli_tun Eng yaxshi tun - kitob bilan uyquga ketilgan tun. Eng shirin shirinlik - kitob o'qiyotganda yeyiladigan shirinlik. Eng uzoq yo'l - kitob o'qib ketilgan yo'l. Eng yaxshi sayohat - kitobga qilingan sayohat. Eng yomon kun - kitobsiz o'tgan kun. Eng yomon inson - biror marta ham kitob o'qimagan insondir) @mening_xatirchim.
Показати все...
👍 1
Repost from OYINA.UZ
Фото недоступне
OYINA.UZ’DAN “HAYITLIK” – 66 MILLION SOʻM VA QIMMATBAHO SOVGʻALAR! 🗓Календарь Taqvimni oching! 15-iyundan 2-sentabrgacha bo‘lgan muddatni belgilang – 80 kun! Mana shu 80 kunni qanday o‘tkazish bo‘yicha bizda daromadli taklif bor: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 15-iyun sanasidan sovrin miqdori 66 mln soʻm boʻlgan (qimmatbaho sovgʻalar ham bor) “Kitoblararo 80 kun” marafoniga start bermoqda! Marafon 4 bosqichdan iborat va har bir bosqich 20 kun davom etadi. Ishtirokchilar har bir bosqichda 2 tadan kitob o‘qishadi va yakunida onlayn sinovdan o‘tadi. Xullas, bor-yo‘g‘i 8 ta kitobni o‘qib, katta pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar yutib olishingiz mumkin! Ha, aytgancha, yaqinlaringiz va do‘stlaringizni ham marafonga taklif qiling! Toʻliq ma'lumot va marafonda ishtirok etish uchun bot: @oyinatanlovbot Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | X | Instagram
Показати все...
Javobni e’lon qilamiz! Javob: Nuh kemasi. To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz! Kanalga ulanish: @mening_xatirchim
Показати все...
Repost from Navoiy kundaligi
01:32
Відео недоступне
#Ibrat 📱6-7 yoshgacha farzandingizga telefon bermang! Ota-onalar! Agar bolangizni sog‘lig‘i kerak bo‘lsa, uni ko‘p kasalliklarga chalinishini istamasangiz zinhor telefon bermang! Biz bilan birga bo‘ling👇👇 https://t.me/navoiy_kundaligi
Показати все...
0613.mp4108.01 MB
Фото недоступне
Kitob kerakdir Suvrat asli nurni siyratdan olur, Siyrat esa ilmu hikmatdan olur, Odamdan ezgulik, muhabbat qolur, Saodat sayliga savob kerakdir, Ko‘ngilning mayliga kitob kerakdir. Kitob – dil bog‘ida gulning rangidir, Kitob – otash ichra dilning rangidir, U – qalbning kamoli, aql jangidir, Ko‘kni ko‘zlaganga xitob kerakdir, O‘zni izlaganga kitob kerakdir. O‘qigan, uqqanga eli ergashgay, Oqil yo‘lga chiqsa, yo‘li ergashgay, Jannatday jilmayib cho‘li ergashgay, Savol yuz ochganda javob kerakdir, Javob jarangiga kitob kerakdir. Kitob bu – osmonning o‘ziga narvon, Kitob bu – jahonning ko‘ziga narvon, Tirik tarixlarning so‘ziga narvon, Tunda talpinganga mohtob kerakdir, Kunday kulay desang, kitob kerakdir. Olam olamligin bilmoq uchun ham, Odam odamligin bilmoq uchun ham, Qilni qirq tilimga ilmoq uchun ham, Tig‘ni tutguvchiga shitob kerakdir, Tug‘ni tutguvchiga kitob kerakdir. - Mahmud TOIR, O‘zbekiston xalq shoiri. @mening_xatirchim
Показати все...
#viktorina_savol 2002-yil Angola hayvonot bog‘idan Botsvanaga 200 ta fil, tuyaqush, maymun, sher,  antilopa, zebra, jirafa, to‘tiqush, timsoh kabi hayvonlar kemada olib kelindi. Savol, bu  operatsiya qanday nomlanagan? Javobni komentariyada qoldiring! Javob 12:00 da e’lon qilinadi! Kanalga ulanish: @mening_xatirchim
Показати все...
Фото недоступне
#iqtibos Kim o‘qishdan (ilm olishdan) to‘xtasa qariydi, - xoh u 20 yoki 80 yosh bo‘lsin, - kim muntazam o‘qishni (ilm olishni) davom ettirsa yosh-navqiron bo‘lib qolaveradi. Hayotda eng asosiysi - miyani yosh-navqiron holatda saqlashdir. © Genri Ford, "Ford Motors" kompaniyasi asoschisi @mening_xatirchim
Показати все...
Фото недоступне
Бугун эстрадамизнинг ёрқин юлдузлари Шаҳриёр ҳамда Дилноз сизлар учун куйлайди!!! ❗️ Гала - концерт туман ҳокимлиги биноси ёнида соат 19:30 да бошланади. Дастур давомида мушакбозликка гувоҳ бўлишингиз мумкин. 🎉 Барчангизни Гала - концертга таклиф этамиз!
Показати все...
00:13
Відео недоступне
#Xayrli_tong Doʻstlaringizga doim vafoli boʻling... Izlagan siz boʻling... Topgan siz boʻling... Tanigan siz boʻling... Yana quchgan ham siz boʻling... Chunki: Qulga vafosi boʻlmaganning Haqqa vafosi boʻlmaydi... 💌 Doʻstlarga ulashing! 👉 @mening_xatirchim
Показати все...
1.81 MB
Repost from Navoiy kundaligi
10:30
Відео недоступне
🎞Korrupsiyani yenggan Singapur Singapur 1965 yilda mustaqillikka erishgan payti korrupsiya botqog‘ida edi. Mamlakat o‘ta og‘ir iqtisodiy kunlarni boshdan kechirar, jamiyatda qonunsizlik hukm surardi. O‘sha vaqtdagi bosh vazir Li Kuan Yuning qat’iyati tufayli XX asr oxiriga borib Singapur korrupsiya keskin kamaygan va rivojlangan mamlakatga aylandi. Xo‘sh, bu kichik davlat bunday katta natijalarga qanday erishdi? Biz bilan birga bo‘ling👇👇 https://t.me/navoiy_kundaligi
Показати все...
Korrupsiyani yenggan Singapur-1.mp446.45 MB
00:33
Відео недоступне
Президентлар Шавкат Мирзиёев ва Юн Сок Ёль кенгайтирилган таркибда музокара ўтказдилар Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показати все...
IMG_4012.MP410.82 MB
Repost from Navoiy kundaligi
10:30
Відео недоступне
🎞Korrupsiyani yenggan Singapur Singapur 1965 yilda mustaqillikka erishgan payti korrupsiya botqog‘ida edi. Mamlakat o‘ta og‘ir iqtisodiy kunlarni boshdan kechirar, jamiyatda qonunsizlik hukm surardi. O‘sha vaqtdagi bosh vazir Li Kuan Yuning qat’iyati tufayli XX asr oxiriga borib Singapur korrupsiya keskin kamaygan va rivojlangan mamlakatga aylandi. Xo‘sh, bu kichik davlat bunday katta natijalarga qanday erishdi? Biz bilan birga bo‘ling👇👇 https://t.me/navoiy_kundaligi Biz bilan birga bo‘ling👇👇 https://t.me/navoiy_kundaligi
Показати все...
Korrupsiyani yenggan Singapur-1.mp446.45 MB
Repost from Navoiy kundaligi
01:04
Відео недоступне
#Ibrat 2 xil muhit va natija...
Xulosa o‘zingizdan. Yaqinlarga ham ulashing
Biz bilan birga bo‘ling👇👇 https://t.me/navoiy_kundaligi
Показати все...
434755888_1132455601291078_4131176799422976422_n.mp46.47 MB
👍 1
Repost from MARKAZ XABARLARI
Фото недоступне
#Diqqat "Ma'rifat soati"
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi. Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://www.youtube.com/watch?v=lO4Ho2eChMA sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Показати все...
Repost from Navoiy kundaligi
Фото недоступне
#Qisqa_hikoyalar ➡️Bajarilmas vaʼda – Menga qachon velosiped olib berasiz, hamma joʻralarimda borku. – Maktabdan “5” baho olib kelsang olib beraman. – “Muallim, menga «5” qoʻymang, iltimos», derdi, kambagʻal otasining vaʼdasi bajarilmay, qisinib qolishini istamagan bola. ➡️Yolgʻon Onam tashvish qilmasin, deb kasalligini ancha vaqt yashirib yurdi. Attang, jonsiz tanasini yashirolmasligini tushunguncha kech boʻlgandi... ➡️Xato Onasiga har doim aralashmang, derdi. Keyin birdan jimib qoldi... Boshqa bunday demayman, dedi. Endi bunday demasligi aniq... U qabr ustiga gul qoʻygancha uyiga qaytdi. ➡️Orzu 24 yoshli yigitning aytgan gapi: “Katta boʻlsam men ham shunaqa mashina olaman”...🥲 Biz bilan birga bo‘ling👇👇 https://t.me/navoiy_kundaligi
Показати все...
👍 1
Repost from MARKAZ XABARLARI
Фото недоступне
#asosiy_tushunchalar_lugʼati 🔰BARKAMOLLIK – kamolot, balogʻatga erishgan, yetuk, komil, maʼrifatli kishilarga nisbatan qoʻllanadigan tushuncha.
U insonning aqliy, maʼnaviy, axloqiy jihatdan yetukligi, oʻzi tanlagan kasb-hunarning ustasi boʻlishi, shaxs sifatida shakllanib, Vatan taraqqiyoti, el-yurt farovonligi uchun jon kuydirishi, ezgu gʻoya va niyatlar bilan bunyodkorlik va yaratuvchanlik qobiliyatiga ega boʻlishini ham anglatadi.
Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Показати все...
👍 1
Javobni e’lon qilamiz! Javob: Qog‘oz pullar To‘g‘ri javob bergan barchani tabriklaymiz! Kanalga ulanish: @mening_xatirchim
Показати все...
#Viktorina Aytishlaricha, ULAR 120 soat davomida viruslarni ushlab turadi, shu sababli epidemiya davrida ULAR  bilan ehtiyot bo‘lib, munosabat qilish ta’kidlanadi. ULAR ilk bora Tan sulolasi davrida ishlab chiqarilgan. Savol: ULAR ni ikki og‘iz so‘z bilan yozing. Javoblarni komentariyada qoldiring! Javob: 16:00 da e’lon qilinadi. Kanalga ulanish: @mening_xatirchim
Показати все...
👍 1
Repost from Navoiy kundaligi
01:29
Відео недоступне
#Ibrat Farzandlaringiz ulg‘ayganda mexrli bo‘lishni istasangiz, bolaligida unga "Mexr" bering! Yanada ko‘proq🥰🥰🥰 Biz bilan birga bo‘ling👇👇 https://t.me/navoiy_kundaligi
Показати все...
7.02 MB
👍 3
Repost from MARKAZ XABARLARI
Фото недоступне
#iqtibos
Farzandining baxtsiz bo‘lishini istamagan har bir ota uni mustaqil hayotga qo‘yib yuborishdan oldin jismonan sog‘lom, solim fikr va chiroyli xulq bilan qurollantirib qo‘yishi kerak.
Abdurauf Fitrat Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Показати все...
💯 2
Repost from Otabek Hasanov
02:43
Відео недоступне
#Ustoz
Ustozga hurmatsizlik, ta’limga bo’lgan e’tiborsizlik halokatga olib keladi.
"Ustoz" loyihasi mehmoni — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Matyoqub Matchonov https://t.me/otabek_khasanov
Показати все...
9T3A0479HD01.mp451.77 MB
🔥 1
Repost from Navoiy kundaligi
#Kun_hikoyasi Kunlarning birida sichqon ferma xo‘jayini qo‘ygan qopqonni ko‘rib qoldi. U bu haqda qo‘yga, tovuqqa hamda sigirga aytib berdi. Ammo ular: “Qopqon bizning muammoimiz emas. Biz uning nimasidan qo‘rqamiz? Uning bizga hech qanday aloqasi yo‘q”, deb javob qaytarishdi. Kunlardan bir kun qopqonga ilon tushib qoldi va xo‘jayinning xotinini chaqib oldi. Xotinining tanasidan ilonning zahrini chiqarib tashlash va unga quvvat bo‘ladi, degan umidda fermer tovuqni so‘ydi-da, undan xotiniga tovuq sho‘rva tayyorlab berdi. Kasalmand xotinini ko‘rishga kelayotganlar oldida uyalib qolmasligi uchun qo‘yni so‘ydi hamda uning go‘shtidan turli taomlar tayyorlab, mehmonlarni kutib oldi. Ammo, afsuski, xotini vafot etdi. Marakani o‘tkazish uchun fermer sigirni ham so‘yishga majbur bo‘ldi. Bu o‘tgan vaqt mobaynida vaziyatni o‘z uyasidan kuzatib turgan sichqon bo‘lib o‘tgan hodisalar haqida fikr yuritardi... Qissadan hissa. Bu hayotda hech kim hech narsadan himoyalanmagan, shu sababli boshqaning muammosiga befarq bo‘lmaslik kerak. Internen sahifalaridan olindi. Biz bilan birga bo‘ling👇👇 https://t.me/navoiy_kundaligi
Показати все...
👍 1👏 1
Baxt... Qishloqning odamlari ancha baxtli. Ertalab tong sahardan turib, o‘sha bobosidan qolgan eski ketmonini ko‘tarib bolalari bilan dalaga chiqib ketadigan odam… O‘sha, hali hech kim uyg‘onmasdan hovliga suv sepib, sigir sog‘ib, tandirga bir dunyo non yopadigan. O‘sha, uydagilari uyg‘onmasidan oldin tashqarida chorpoyaga dasturxon yozib , uydagilari uyg‘onishini kutadigan ayol… O‘sha, eng uzog‘i o‘z uyidan qo‘shni qishloqdagi bozorga yong‘oq, mayiz va sut sotish uchun chiqgan odam… O‘sha, eng katta dardi daladagi hosili mo‘l bo‘lishi uchun xudodan ko‘proq yomg‘ir so‘ragan odam… O‘sha, bolalariga maktabga yangi maktab forma olish uchun yozda tinim bilmay ishlaydigan odam… O‘sha, hech narsani bilmaydigan , sodda odamlar… ana o‘shalar hammadan ko‘ra ancha baxtli. Kanalga ulanish:@mening_xatirchim
Показати все...
👍 2👏 1
Repost from MARKAZ XABARLARI
01:14
Відео недоступне
#kinoparcha 🎞 "Suyunchi" badiiy filmidan
- Qulfni nimaga osding, yo uyingga oʻgʻri tushadimi? - Har ehtimolga qarshi osib qoʻydim-da. Men ishda boʻlaman, xotinim ishda boʻladi. Uyda hech kim boʻlmaydi. Haa, ehtiyot shart. - Xolmat, buz qulfni!
Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Показати все...
IMG_1179.MP414.39 MB
👍 2
Javobni e’lon qilamiz! Javob: Agarda ular kasal bo’lsalar Izoh: Shunday yo’l bilan ular o’zlarini betobliklarini atrofdagilarga ko’rsatishgan To‘g‘ri javob berganlarni tabriklaymiz! Kanalga ulanish:@mening_xatirchim
Показати все...
#viktorina_savol Odatda qadimgi yunonlar bosh kiyimsiz yurishgan. Lekin ba’zida ular boshlariga  atayin qalpoq kiyib yurishgan. Savol: Qanday holatlarda ular bu ishni qilishgan? Javoblarni komentariyada qoldiring! Javob 16:00 da e’lon qilinadi. Kanalga ulanish:@mening_xatirchim.
Показати все...
Repost from MARKAZ XABARLARI
03:38
Відео недоступне
#taqvim 🗓 Kun tarixi Bugun, 12-iyun kuni kimlar tug‘ilgan? 📺 Taqvim Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Показати все...
0611(1).mp472.81 MB
#kun_hikoyasi
Xristofor Kolumb va xasadgo‘ylar!
Yangi qit’a kashfiyotchisi Xristafor Kolumbga xasad qiladiganlar ko’p edi. Xasad bor joyda albatta g’iybat bo’ladi. Dengizchi bir gal qovoqxonaga kirsa, bir to’da alamzadalar yana Kolumbning tomorqasiga tosh otishayotgan ekan: – Dengizdan suzib o ‘tib,quruqlikka borish nima degan gap? Buni biz ham qila olamiz! Xristafor ular o’tirgan stol yaqiniga boradi va qovoxona egasidan bir dona pishmagan tuxum so’rab oladi. – Janoblar, sizlar uddaburon va donosizlar. Bunga shubha yo’q. Qani, mana shu tuxumni tik turg’azib beringlarchi! G’iybatchilar guruhi har qancha urinmasin, bu ishni uddalay olmaydi. – Bo’ldi, ‘zing qil-chi!- deyishadi nihoyat. Kolumb tuxumni oladida, sekinlik bilan «tirs» etkazib stolga uradi. Tuxumning uch qismi biroz pachoq bo’ladi va u tik turib qoladi. Favqulodda holatni kutayotgan g’iybatchilar birdaniga guvrab yuboradi: – Ee, shuyam ishmi? Buni biz ham qilaolamiz! – To’g’ri, deb javob beradi mashhur dengizchi. – Faqat Kolumbdan keyin… Xulosa: Hayotda shunday insonlar ko’p qo’lidan kelmasada birovni qilgan ishini muhokama qilib, oson ish ekanligi qila olishlari haqida dong urush bilan band. Har bir ishning o’z mashaqqati bor, nimaidir fikr bildirishga shoshilmang! @mening_xatirchim
Показати все...
#kun_iqtibosi 📌 Boshqalardan afzal bo‘lishni emas, avvalgi holingdan afzalroq bo‘lishni xohla. Aqllar boshqalar bilan mashg‘ul bo‘lganda kichrayib, o‘z sohibi bilan mashg‘ul bo‘lganda kattalashadi. ©️ Vilyam Shekspir 💌 Doʻstlarga ulashing! @mening_xatirchim
Показати все...
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
  • Фото недоступне
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Озарбайжон маданияти кунларини ўтказиш доирасида мамлакатимизда бўлиб турган Озарбайжон Республикаси маданият вазири Адил Каримлини қабул қилди. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял министра культуры Азербайджанской Республики Адиля Каримли, находящегося в нашей стране для проведения мероприятий Дней азербайджанской культуры. #Mirziyoyev #qabul #Ozarbayjon #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показати все...
👍 2
Фото недоступне
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Қурбон ҳайитини нишонлаш тўғрисида"ги қарориПостановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Курбан хайита" Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показати все...
👍 1