cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

FVMMTB - Rasmiy kanali

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasining rasmiy kanali ✔️ Ta'limga oid qaror va qonunlar ✔️ Ijtimoiy yangiliklar ✔️ Ta'lim yangiliklari

Більше
Рекламні дописи
13 378
Підписники
-2924 години
-2907 днів
-3 41430 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

#MILLIY_RЕYTING_BAHOLASH_MЕZONI 💥Farg‘ona viloyatida 91 ta maktabda Milliy reyting baholash tizimi sinovlari o‘tkaziladi 📚O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2018-yil 5-sentyabrdagi PF-5538 sonli farmoni bilan Davlat inspeksiyasiga umumiy o‘rta ta'lim muassasalari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini aniqlovchi reyting indikatorlarini tuzish hamda tasdiqlash, 2019-yil 1-yanvardan boshlab tumanlar va shaharlar kesimida tanlash asosida umumiy o‘rta ta'lim muassasalari reytingini tuzish, reyting yakunlarini ommaviy axborot vositalarida, Davlat inspeksiyasining veb-saytida keyingi o‘quv yili boshlanishidan kechiktirmay e'lon qilish vazifasi yuklatilgan. 🟢 Shundan kelib chiqib, Farmon asosida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘rta ta’lim maktablarining reytingini aniqlash mezonlari shakllantirildi, ushbu mezonlar 4 ta ko‘rsatkich asosidan ishlab chiqildi, bular: ➖ bitiruvchi o‘quvchilarning umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim tayyorgarlik darajasi va sifat ko‘rsatkichi; ➖9-sinf o‘quvchilarining bilim darajasi; ➖ oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar ulushi; ➖ umumta’lim muassasasining o‘quvchilari va pedagog jamoasi o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovnoma natijalari. Taklif etilayotgan reyting indikatorlarida jami natijaning 50 foizi bilim darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 🔹Maktablar faoliyati samaradorligini reyting baholash tizimining joriy qilishdan asosiy maqsad, Respublika bo‘yicha o‘quvchilar bilimini baholashni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti(OECD) va Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assosatsiyasi (IEA)kabi nufuzli tashkilotlarning PISA (15-16 yoshli o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha xalqaro dastur), TIMSS (4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonligini baholash) PIRLS (boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish darajasi va sifatini baholash) o‘quvchilar bilimini baholash dasturlari darajasiga olib chiqishda ta’lim muassasalariga ko‘maklashishdir. 🔵 Joriy yilning 20-22-may kunlari respublikamizning barcha hududlarida tanlab olingan umumta’lim muassasalarida Milliy reyting baholash tizimi sinovlari o‘tkaziladi. Xuddi shunday viloyatimizdagi 19 ta shahar - tumanlar miqiyosida 91 ta maktab mazkur baholash reyting tizimi sinovlarida ishtirok etmoqda. Sinovlar matematika, fizika va ingliz tili fanlari doirasida o‘tkaziladi. 🟣 Shu o‘rinda aytib o‘tish joyizki, mazkur reyting natijalarini tahlil qilish asosida sog‘lom raqobat muhitni shakllantirish, maktablarda ta’lim sifatini ko‘tarish, o‘qituvchilarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirish, umumta’lim muassasalari faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik darajasini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va kamchiliklarni barataraf qilish bo‘yicha barcha imkoniyatlar ishga solinadi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.
Показати все...
👍 5👌 1
02:40
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Farg‘ona shahridagi 26-maktabda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi va viloyat Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi metodik xizmat ko'rsatish bo'limi hamkorligida “5 tashabbus — besh imkoniyat” shiori ostida “Kasbim — kelajagim” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Показати все...
👍 2👌 1
Farg‘ona shahridagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi va viloyat Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi metodik xizmat ko'rsatish bo'limi hamkorligida “5 tashabbus — besh imkoniyat” shiori ostida “Kasbim — kelajagim” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi umumta’lim maktablarining 7-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidan  ilg‘or ijodkor va mahoratli  o‘quvchilarni aniqlash, o‘quvchi-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni mustaqil hayotga tayyorlashda umumta’lim maktablarining o‘rnini kuchaytirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 14-fevral kungi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishlarini tizimli tashkil etish to‘g‘risida”gi 238-sonli buyrug‘i ijrosini bajarish maqsadida mazkur tanlov tashkillash belgilangandi. Ko‘rik-tanlovda viloyat shahar va tumanlarda e’tirof etilgan 100 nafardan ziyod ijodkor o‘quvchilar qatnashdi. Belgilangan talablar asosida tashkillangan ushbu tadbirda o‘quvchilar "Gul yasash — izolon", "Kashtachilik", "Tikuvchilik", "Yog‘ochga ishlov berish",  "Haykaltaroshlik", "Sartaroshlik",  "Do‘ppido‘zlik", "Gilamdo‘zlik", "To‘quvchilik", "Zardo‘zlik", "Robototexnika", "Teriga ishlov berish", "Izonit", "Savat to‘qish" kabi yonalishida o‘zaro bellashdilar. Hakamlar tomonidan mazkur tanlovda g‘olib deb  topilgan o‘quvchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.
Показати все...
👍 2👌 1
Maktablarda “Otalar yig‘ilishi” Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta‘lim maktablarida “Otalar yig‘ilishi” o‘tkazildi. Unda maktab o‘quvchilarning otalari, mahalla faollari, hokimlik va huquq-tartibot idoralari vakillari hamda soha mas’ullari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda o‘quvchilarning ta’lim va tarbiyada erishgan yutuqlari va kamchiliklari muhokama qilindi. Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 13-maydagi 04-29-996-sonli “2023-2024-o‘quv yilini munosib yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini belgilangan talablarga muvofiq yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi ko‘rsatmasini bajarish borasidagi ishlar ham kelishib olindi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.
Показати все...
👍 5
MAKTAB VA MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA PUL YIG‘IMI QAT’IYAN TAQIQLANADI! ☝️Ta’lim muassasalarida so‘nggi qo‘ng‘iroq, bitiruv kechalari, ta’mirlash, jihoz uchun va turli tadbir uchun pul yig‘ish qat’iyan ta'qiqlanadi! ❗️Agarda Siz qaysidir maktab yoki maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pul yig‘ish bilan bog‘liq holatlar haqida xabardor bo‘lsangiz, Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining  +998 73 244 31 18 raqamli «ishonch telefoni»ga murojaat qilishingiz so‘raladi. ✳️Murojaatingiz  haftaning dushanba-juma kunlari soat 09.00 dan 18.00 ga qadar qabul qilinadi. ✅Sizning murojaatingiz shaxsan boshqarma boshlig'i nazoratida bo‘lib, O'zbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to'g'risidagi qonuniga asosan, boshqarmaning tegishli mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi.
🟣ESLATMA: O'z tasdig'ini topmagan, asossiz va yolg'on xabarlarni tarqatish O'zR MJTK 202-moddasi 2-bandi va jinoyat kodeksining 244-moddasi 6-bandiga asosan tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo'ladi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.
Показати все...
👍 5
#TAJRIBA XALQARO BAHOLASH TIZIMI DOIRASIDA IV CHORAK SINOVLARI BO‘LIB O‘TMOQDA Xabaringiz bor, 2023-2024-o‘quv yilida Respublika miqyosida 500 ta umumta’lim maktabida o‘quvchilar bilimini formativ va summativ baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilgan. Farg‘ona viloyatidan esa 36 ta maktab tanlab olingan. ➡️Bugun mazkur tajriba-sinov maktablarining 5-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘quv yilining IV chorak yakuni bo‘yicha choraklik-summativ baholash (CHSB) jarayonlari tashkil etildi. 📌Unda o‘quvchilar ingliz tili, tarix, fizika, matematika fanlaridan 4-CHSB imtihonlarini topshirishmoqda. Imtihon materiallari o‘zbek va rus tillarida chop etilgan. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimidagi 36 ta umumta’lim maktablarida jarayonlar tizimli ravishda o‘tkazilmoqda. Ma’lumot uchun: yangi baholash tizimi ikki turga — summativ va formativ baholash tizimiga bo‘linadi. Summativ baholash — ma’lum davrda yoki ma’lum bob yuzasidan berilgan bilimlarning darajasini aniqlashga qaratilgan bo‘ladi. Ya’ni, bunda o‘qituvchi muayyan miqdorda mavzularni qamrab olgan bobni o‘quvchiga yetkazib bergach, o‘quvchilarning ushbu bob yuzasidan olgan bilimlari aniqlanadi. Mazkur baholash tizimining asil mohiyati, u o‘quvchi bilimini emas, o‘qituvchi o‘zining darsini baholashi va unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi maqsadida joriy qilingan. ❗️Bu muhim! Hozirga qadar amalda bo‘lib kelgan mavjud baholash tizimida ob'yektivlik doimo eng katta muammolardan biri bo‘lib kelgan. Bunga tizimning deyarli 90 foizi inson omiliga asoslanganligidadir. Aniqroq aytganda, o‘quvchi bilimiga qo‘yilgan baho birgina o‘qituvchining munosabatidan kelib chiqib belgilangan. Yangicha baholash tizimida esa inson omilini minimallashtirish ko‘zda tutiladi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining axborot xizmati.
Показати все...
👍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqda “Buvayda tumanidagi ixtisoslashtirilgan davlat ummumta’lim maktabida o‘quvchi qiz sinf xonada direktor tomonidan kaltaklandi” mazmunda tarqatilgan xabar viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganilmoqda. O‘rganish o‘z yakuniga yetgach natijalari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar berilishini ma’lum qilamiz. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.
Показати все...
👍 3
Attestatsiya jarayonlari davom etmoqda Avval xabar berganimizdek, maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagoglari uchun malaka test sinovlari qizg‘in davom etmoqda. Bugun maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari, psixologlari, logoped, defektolog, jismoni tarbiya, chet tillari yo‘riqchilari test imtihonlarida ishtirok etishyapdi. Natijalar quvonarli. Dang‘ara tumanidagi 39-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.
Показати все...
👍 5
RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoq sahifalarida “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida o‘qituvchilar uchun majburiy bilet sotilmoqda” mazmunli xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi. Tarqatilgan xabar tegishli tartibda o‘rganib chiqildi. Tumandagi barcha maktab rahbarlari bilan suhbatlashildi. Joylarda o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan muloqotlar tashkil etildi. Tarqatilgan xabar o‘z tasdig‘ini topmadi. Shuningdek, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi va tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tomonidan hech qanday konsert, yo boshqa tadbirga bilet sotib olish topshirig‘i yoki ko‘rsatma mutlaqo berilmaganini ma’lum qilamiz. Hurmatli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hamda iste’molchilari! Bunday asoslanmagan xabarlarni tarqatish javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligini eslatib o‘tamiz. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining axborot xizmati.
Показати все...
👍 7
02:53
Відео недоступнеДивитись в Telegram
💥Rishton tumanidagi 58-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchi yoshlarga milliy kulolchilik bo‘yicha kasb-hunar o‘rgatish tajribasi mavjud. 🔸Muassasaning 10-sinf o‘g‘il bolalari maktabda tashkil etilgan kulolchilik mashg‘ulotlariga yuz foiz qatnashib, mazkur kasbning sir-asrorlarini o‘ganishmoqda. ⚡️Ta’lim maskanida buning uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 🔹Ayni damda o‘quvchilar maktabda ochilgan kulolchilik ustaxonasida tajribali usta kulollardan sopol idish-tovoqlarni yaratish saboqlarini olishmoqda. Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining axborot xizmati.
Показати все...
👍 4👏 2👌 2 1