cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Samarqand viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi matbuot kotibi I Baxtigul Gʻaniyeva

Samarqand viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi matbuot kotibining rasmiy kanali Veb sayt: https://samkarantin.uz/ Korrupsiyaga qarshi xizmat: +99871 202 64 64 Ishonch tel: +99871 202 84 84

Більше
Рекламні дописи
277
Підписники
Немає даних24 години
-57 днів
-430 днів
Архів дописів
Maqsadimiz bir - ekinlarni kasallik va zararkunandalardan himoyalaymiz! Dalaga ekilgan ekin tekinlar ham hosilga kiray deb qoldi. Ayrim ekinlar esa hosilga ham kirdi. Keng maydonlarga ekilgan g‘alla hademay pishadi. Yaqinda yerga qadalgan chigit esa bo‘y cho‘zadi. Ularni ayni damda turli xil kasallik va zararkunandalardan himoyalashning ayni pallasi. Shunday ekan, bugunda viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi ma’sullari va tuman bo‘limlari xodimlari bu borada o‘z xizmatilarini faol ko‘rsatishmoqda. Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining fitosanitar nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i Sh.Ergashev, ilmiy tadqiqot instituti Samarqand mintaqaviy filiali mutaxassislari hamda, Paxtachi tuman bo‘lim boshlig‘i va tuman inspektorlari tumandagi Toshkenja MMTP hududiga qarashli “Mavlon Bohodir dalasi” fermer xo‘jaligining 12 gektar ekilgan chigit maydonida, “Yuksak yengilmas cho‘qqi” fermer xo‘jaligining 6 gektarli g‘alla maydoni, Sh.Nazarov MMTP hududiga qarashli “Abdusamad Said bobo izdoshlari” fermer xo‘jaligining 7 gektarli g‘alla maydonilarida fitosanitar karantin tadbirlarini olib borishmoqda. Feromon tutqichlar, sadsh suyuqliklari nazorat qilinmoqda. Dala daftarlarining to‘g‘ri yuritilayotganligi ko‘zdan kechirilmoqda. Manba: Axborot xizmati
Показати все...
Murojaat o‘rganildi. “No‘xatchilar uyushmasi” dan yordam so‘rab qilingan murojaat bo‘yicha Samarqand viloyat chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmati boshlig‘i Jamoliddin Abdug‘aniev murojaatda aytilgan manzilga borib vaziyatni o‘rgandi. Natijani esa videolavhada ko‘rishingiz mumkin. Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati Kanalga ulanish 👇👇 https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan boxabar qiluvchi eng ommabop kanal Veb sayt I Facebook I Instagram I Youtube
Показати все...
#Nazorat Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida Viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari A.Ismoilov, Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi boshlig‘i va tuman inspektorlari tumanda faoliyat yuritayotgan biolaboratoriyalarning mavsumga tayyorgarligi, ayni kunlarda chigit ekilgan maydonlarga biomahsulotlarni tarqatishni nazorat qilish, g‘alla ekinlarida zang, trips, xasva va begona o‘tlarga qarshi nazorat tadbirlarini olib borishmoqda. Xo‘jaliklarda yuritilayotgan dala daftarlari va o‘rnatilgan feromon tutqichlar nazoratdan o‘tkazilmoqda. Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati Kanalga ulanish 👇👇 https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan boxabar qiluvchi eng ommabop kanal Veb sayt I Facebook I Instagram I Youtube
Показати все...
#Monitoring Narpay tumanidagi gʻalla, g‘o‘za hamda bog‘ maydonlari monitoring qilindi. Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi Paxtachilik Kengashi ishchi guruh a’zosi,viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining biolaboratoriyalar va o‘simliklar klinikalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha mutaxassis J.Narzullaev hamda Narpay tuman boʻlimi xodimlari tomonidan G‘alaba, Oʻzbekiston, Ittifoq, Oqoltin MMTP hududlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga ekilgan g‘alla, g‘o‘za maydonlari nazoratdan o‘tkazilmoqda, hamda dala chetlariga o‘rnatilgan sadsh suyuqliklari, feromon tutqichlar nazorat qilinmoqda. Mevali bog‘larga feromon tutqichlar o‘rnatilmoqda. Ularning afzalliklari bo‘yicha xo‘jalik yurituvchilariga to‘liq ma’lumotlar berilmoqda. Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati Kanalga ulanish 👇👇 https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan boxabar qiluvchi eng ommabop kanal
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
📢Jurnalist va blogerlar diqqatiga! Samarqand viloyat O'simliklar karantini va himoya boshqarmasi joriy yilning 3-may kuni bo'lib o'tadigan matbuot anjumaniga taklif etadi. Mavzu: “Viloyat O'simliklar karantini sohasida 2-choraklikning ayni kunlarida amalga oshirilayotgan ishlar” xususida so'z yuritiladi. Shuningdek, matbuot anjumani davomida o'simliklar karantini va himoyasiga oid barcha savollarga boshqarma mutasaddi maʻsul xodimlari tomonidan bevosita javob olishingiz mumkin. Vaqti: 3-may soat 11:00 Manzil: 🏛Matbuot uyi Ishtirok etadi: Samarqand viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig'ining oʻrinbosari Mallayev Mirfayoz Ravshanоvich Murojaatlarni +99891 522 76 31 telefon raqamiga (@baxtigulg) yuborishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'ling👇👇 https://t.me/Samkarantin Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Показати все...
Viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining zararli organimzlarni prognozlashtirish va monitoring qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi B.Irnazarov va Pastdarg‘om tuman inspektorlari bilan tumandagi Chimboyobod, Mash’al, N.Nortoev, Mevali muqobil MTP hududlaridagi fermer xo‘jaliklariga ekilgan chigit maydonlari nazorat qilinmoqda. Ildiz qurti kapalagiga qarshi feromon tutqichlar va sadsh suyuqliqlari o‘rnatilmoqda. Chimboyobod muqobil MTP qarashli” Chimboy sarchashmasi” fermer xo‘jaligidagi g‘alla maydonida ham sariq zang, trips va begona o‘tlarga qarshi nazorat tadbirlarini olib bormoqda. Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati Kanalga ulanish 👇👇 https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan boxabar qiluvchi eng ommabop kanal Veb sayt I Facebook I Instagram I Youtube
Показати все...
Chegara maskani nazorati Bulung‘ur tumani Yuqori Nuqta YPX O‘KChM maskani orqali viloyatimizdan Toshkent viloyatiga olib o‘tilayotgan 3 000 kg kartoshka, 4 500 kg piyoz, Qashqadaryo viloyatidan Toshkent viloyatiga olib o‘tilayotgan 2 500 kg piyoz, Surxandaryo viloyatidan Toshkent viloyatiga olib o‘tilayotgan 3 000 kg piyoz, viloyatimizdan Jizzax viloyatiga olib o‘tilayotgan 350 kg sarimsoq piyoz mahsulotlari chegara maskani davlat inspektorlari tomonidan “O‘simliklar karantini to‘g‘risida” gi O‘zR Qonunining 22-moddasi talabiga muvofiq fuqaro transport birligida zararlovchi hasharotlar va begona o‘tlar tarqalib zarar yetkazishini oldini olish maqsadida fitosanitar karantin nazoratidan o‘tkazildi. Ichki FSS yo‘q mahsulotlarni olib o‘tayotgan haydovchilarga ogohlantirishlar berilib, O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik” to‘g‘risidagi 107-moddasiga asosan (“Karantin e’lon qilingan zararkunandalarga, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurash qoidalarini buzish”) ma’muriy javbgarlikka tortilishingiz to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi. Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati Kanalga ulanish 👇👇 https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan boxabar qiluvchi eng ommabop kanal Veb sayt I Facebook I Instagram I Youtube
Показати все...
#Nazorat Nurobod tumanida ham ishlar qizg‘in. Tuman inspektorlari tomonidan doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Tumandagi "Qallamatepa" MMTP hududidagi “Umid Fayoz bog‘lari”, Nurbuloq MMTP hududidagi “Nurbuloq sardorlari” “Niyati Mulki Akbar”, “Sarbon Sobir nur” fermer xo‘jaliklariga ekilgan g‘alla maydonlari, zang va begona o‘tlarga qarshi karantin nazoratidan o‘tkazilmoqda, dala daftarlari yuritilmoqda. Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati Kanalga ulanish 👇👇 https://t.me/Samkarantin - Oʻsimliklar karantini va himoyasi yangiliklaridan boxabar qiluvchi eng ommabop kanal Veb sayt I Facebook I Instagram I Youtube
Показати все...