cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Manaviyat.edu.uz

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi 🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz 🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz 👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Більше
Рекламні дописи
60 958
Підписники
-27624 години
-2 0917 днів
-11 53830 днів
Архів дописів
#audio_kitoblar
📚Yozning yolg’iz yodgori – Xayruddin Sulton (3-qism)
👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
MTRK_AUDIOKITOBLAR_H_SULTONOV_YOZNING_YOLG'IZ_YODGORI_3_QISM.mp366.06 MB
👍 1🔥 1
02:13
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🗣“Maʼrifat maydoni” respublika tanlovining final bosqichi qanday bo‘ldi? Batafsil yuqoridagi videoni ko‘rib, bilib olishingiz mumkin. Ushbu videorolik ko‘pchilik tanlov ishtirokchilari tomonidan kutilayotganiga shubhamiz yo‘q. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
14.06.2024 maruifat maydoni.mp419.59 MB
👍 7🎉 3🔥 1
01:58
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🎓4 yillik grant, har oy 1 million soʻm stipendiya, noutbuk, zamonaviy fitness zalga bir yillik yo'llanma… va bu hali hammasi emas
TIFT Universiteti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va KHISO olimpiada maktabi bilan hamkorlikda abituriyentlar uchun mantiqiy matematika boʻyicha yilning eng katta sovrin jamgʻarmali olimpiadasini tashkil etadi!
🟢Olimpiadaning onlayn saralash bosqichi 21-22-23 iyun kunlari maxsus platformada oʻtkaziladi. 🔵Saralangan abituriyentlar iyul oyida TIFTUniversiteti binosida oflayn olimpiadada ishtirok etadi. 🏆Gʻolib va ishtirokchilarni boshqa koʻplab sovgʻalar kutmoqda. Batafsil videoda tanishing!
🚀 Hoziroq yilning eng katta loyihasiga roʻyxatdan oʻting ➡️ @tiftolympiad_bot
👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
46.83 MB
👍 3🔥 2👎 1
Bugun 15-iyun haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳 BMT – Butunjahon keksalarni suiiste’mol qilish haqida xabardorlik kuni. 🌎 Xalqaro shamol kuni. 🌎 Xalqaro sayr kuni. 🇨🇷 Kosta-Rika – Daraxt ekish kuni. #voqealar 🔸Xristofor Kolumb Martinika orolini ochdi (1502). 🔸Kanadada hindular uchun birinchi maktab ochildi (1616). 🔸Benjamin Franklin varrak uchirish sinovi orqali chaqmoqning elektrik tabiatini isbot qildi (1752). 🔸Sevastopolda “Vabo isyoni” (1830). 🔸Turkiston Xalq konservatoriyasi ochildi (1918). 🔸Estoniya Respublikasining konstitutsiyasi qabul qilindi (1920). 🔸UEFA tashkil topdi (1954). 🔸Haydar Aliyev Ozarbayjon Oliy majlisi raisi etib saylandi (1993). 🔸Xitoyning Shanxay shahrida 6 mamlakat rahbarlari Shanxay Hamkorlik Tashkilotini tuzish toʻg’risidagi deklaratsiyaga imzo chekdilar (2001). 🔸“2002 MN” deb nomlangan asteroid, yerga 121.000 kilometr masofadan uchib o‘tdi. Bu masofa yer bilan oy o‘rtasidagi masofaning uchdan bir bo‘lagi hisoblanadi (2002). #tavalludlar 🔹1843-yil: Edvard Grig (1907) – norveg kompozitori, pianinochi, dirijyor, norveg milliy musiqa maktabi asoschisi. 🔹1881-yil: Pol Kornyu (1944) – fransuz mexanigi va aviatori, vertolyot yasashni boshlab bergan, havoga vertolyotda ko‘tarilgan birinchi odam (1907). 🔹1909-yil: Ubay Orifov – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, fizika-matematika fanlari doktori. 🔹1923-yil: Hamid Ziyoyev (2015) – tarixchi olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1989). 🔹1924-yil: Ezer Veysman (2005) – isroil harbiy va davlat arbobi, Isroil prezidenti (1993-2000). 🔹1941-yil: Vyacheslav Koloskov – SSSR Futbol federatsiyasi raisi (1990-1991), RFF prezidenti (1992-2005). 🔹1957-yil: Do‘stmurodov Beknazar – O‘zbekiston xalq hofizi (2001). 🔹1966-yil: Raymonds Veyonis – Latviya Prezidenti (2015-2019). 🔹1969-yil: Oliver Kan – nemis futbol darvozaboni, uch karra jahon va Yevropaning eng yaxshi darvozaboni. 🔹1992-yil: Saloh – misrlik futbolchi, “Liverpul” klubining va Misr termasining hujumchisi. 🔹1999-yil: Nigina Faxriddinova – oʻzbek modeli. 2019 va 2022-yillardagi “O‘zbekiston go‘zali”. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
👍 3🔥 2
#audio_kitoblar
📚Yozning yolg’iz yodgori – Xayruddin Sulton (2-qism)
👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
MTRK_AUDIOKITOBLAR_H_SULTONOV_YOZNING_YOLG'IZ_YODGORI_2_QISM.mp365.44 MB
👍 6🔥 1
02:19
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#marifat_maydoni2024 🗣“Maʼrifat maydoni” respublika tanlovining final bosqichi g‘oliblari tantanali taqdirlandi! 🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan 13-14-iyun kunlari TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetida “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovi final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 8 jamoa o‘zaro bellashdi. 🔴Bugun mazkur tanlov g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi Shuhrat Ataxanov ochib berib, tanlov ishtirokchi va g‘oliblarini samimiy tabrikladi hamda harakatdan to‘xtamay yanada yuqori marralarni zabt etishni, adabiyot bilan doimiy oshno bo‘lish kerakligini taʼkidladi.
✔️“Maʼrifat maydoni” respublika tanlovining g‘oliblari bilan tanishing:
🥇1-o‘rin: Toshkent davlat pedagogika universiteti “Avloniy izdoshlari” jamoasi; 🥈2-o‘rin: Shahrisabz davlat pedagogika instituti “O‘zbegim” jamoasi; 🥉3-o‘rin: Samarqand davlat universiteti “Behbudiy izdoshlari” jamoasi; 🏅4-o‘rin: Andijon davlat tibbiyot instituti “Tong yulduzi” va O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi “Maʼrifat” jamoalari; 🎖5-o‘rin: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “Hurriyat” jamoasi.
G‘oliblar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan maxsus statuetka, diplom hamda 1-o‘rin 40 million so‘m, 2-o‘rin 25 million so‘m, 3-o‘rin 20 million so‘m,  4-o‘rin 10 million so‘m, 5-o‘rin 5 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
🔴G‘oliblarga mukofotlarni Oliy ta’lim, va va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi Shuhrat Ataxanov, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Ravshanbek Xudoyberganov hamda TIQXMMI MTU birinchi prorektori Ro‘zimurod Choriyev tantanali topshirdi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
IMG_4350.MOV50.55 MB
🔥 16👍 6🥰 2🎉 2
Bugun 14-iyun haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳 BMT – Butunjahon donorlar kuni. 💻 Xalqaro veb-blogerlar kuni. 🌏 Xalqaro hammom kuni. #voqealar 🔸AQSh bayrog’i tasdiqlandi (1777). 🔸Kaliforniya respublikasi tuzilganligi eʼlon qilindi (1846). 🔸Vengriya sovet respublikasi konstitutsiyasi qabul qilindi (1919). 🔸AQShda Benjamin Grushkin xlorofillga patent oldi (1938). 🔸Vashingtonda birinchi kompyuter – “UNIVAC 1” sotuvga chiqarildi (1951). #tavalludlar 🔹1835-yil: Nikolay Rubenshteyn (1881) – rossiyalik pianinochi, Moskva konservatoriyasiga asos solgan. 🔹1946-yil: Donald Tramp – amerikalik milliarder, AQShning 45-prezidenti (2017-2021). 🔹1969-yil: Shteffi Graf – mashhur nemis tennischisi. 🔹1978-yil: Maxset Oʻtemuratov – qoraqalpog’istonlik estrada xonandasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Qoraqalpog’iston xalq artisti. 🔹1991-yil: Sardor Rashidov – Oʻzbekistonlik futbolchi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
🔥 4👍 3
#audio_kitoblar
📚Yozning yolg’iz yodgori – Xayruddin Sulton (1-qism)
👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
MTRK_AUDIOKITOBLAR_H_SULTONOV_YOZNING_YOLG'IZ_YODGORI_1_QISM.mp355.37 MB
🔥 3👍 1
03:07
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#marifat_maydoni2024 🗣“Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovi final bosqichining ilk kuni yakunlandi! 🏛 TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetida bo‘lib o‘tayotgan final bellashuvida bugun barcha jamoalar birinchi “Adib hayoti” sharti bo‘yicha o‘z chiqishlarini namoyish etishdi. ♦️Ikkinchi “Tezkor savol-javob” sharti qizg‘in va murosasiz kechdi. Jarayon bahs-munozaralarga boy bo‘ldi, jamoalar o‘rtasida turli kelishmovchiliklar kelib chiqdi. Shu sababli, hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan mas‘ullar bilan kelishgan holda 2-shart bo‘yicha barcha jamoalarning natijalari bekor qilindi. ✔️Bugun uchinchi shart “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” bo‘yicha 4 ta jamoaning spektakllari namoyish etildi va finalning ilk kuni yakunida ekspertlar guruhi tomonidan 1-shartdagi chiqishlar bo‘yicha barcha jamoalarning chiqishlari tahlil qilib berildi. ↪️Ertaga soat 09:00 dan boshlab finaldagi qolgan 4 jamoaning teatrlashtirilgan kompozitsiyalari namoyish etiladi va hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, tanlovning g‘oliblari aniqlanadi va kunning 2-qismida tantanali taqdirlanadi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
IMG_4275.MOV68.32 MB
👍 17👎 16 1
01:19
Відео недоступнеДивитись в Telegram
⚡️Buxoro davlat universiteti oldidagi Favvoralar maydonida Yoshlar oyligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida gala-konsert tadbiri bo’lib o’tdi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
Buxoro tg.mp412.50 MB
👍 4
01:25
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#marifat_maydoni2024 🗣“Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovi final bosqichi boshlandi. 🏛 TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetida bo‘lib o‘tayotgan final bellashuvini Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Ravshonbek Xudoyberganov kirish so‘zi bilan ochib berib, saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 8 ta jamoani tabriklab, ularga final bosqichida omad tiladi. ✔️Tanlovning 1-shartini Andijon davlat tibbiyot universitetining “Tong yulduzi” jamoasi boshlab berdi. Ular “Adib hayoti” shartida Abdulhamid Cho‘lpon siymosini sahnada gavdalantirdi. Shundan so‘ng, Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Kimyogar” jamoasi 1-shart bo‘yicha o‘z chiqishida o‘zbek va qoraqalpoq xalq shoiri Ibroyim Yusupov haqida ma’lumotlar berdi. ↪️Ayni damda sahnada Xalqaro innovatsion universitetining “Hurriyat” jamoasi Abdulla Qodiriy haqidagi o‘z chiqishini namoyish etmoqda. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
IMG_4186.MOV31.09 MB
👎 8🤩 5 3👍 2🔥 1🎄 1
Bugun 13-iyun haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌎 Butunjahon hayvonlarni xotirlash kuni. 🌏 Butunjahon softbol kuni. 🌏 Xalqaro bolta uloqtirish kuni. 🌏 Toʻg’nog’ich tug’ilgan kun. #voqealar 🔸Rossiyada Davlat banki tashkil etildi (1860). 🔸Istanbul Arxeologiya muzeyi ochildi. Ushbu muzey turli madaniyatlarga oid 1 mln dan ortiq asari bilan dunyoning eng yirik muzeylaridan biridir (1891). 🔸Olmoniyada qanotli raketalar ilk bor qoʻllanildi (1944). 🔸Oruellning “1984-yil” romani AQShda yilning eng yaxshi kitobi deb topga kiritildi (1949). 🔸SSSRda kimberlit trubkasi (olmos koni) aniqlandi (1955). 🔸Xitoyda birinchi eksperimental yadro reaktori ishga tushirildi (1958).  #tavalludlar 🔹1911-yil: Ervin Myuller (1977) – nemis fizigi, elektron va ion proyektor ixtirochisi, atomni kuzatgan birinchi odam. 🔹1914-yil: Faxriddin Sodiqov (1977) – Oʻzbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, kompozitor, folklorchi. 🔹1928-yil: Jon Forbs (2015) – amerikalik iqtisodchi, o‘yinlar nazariyasi muallifi, Nobel mukofoti sohibi (1994). 🔹1940-yil: Goyko Mitich – yugoslaviyalik kinoaktyor, rejissiyor va kaskadyor. 🔹1957-yil: Rinat Dasayev – mashhur sovet futbolchisi, darvozabon. 🔹1959-yil: Klaus Verner Yoxannis – Ruminiya Prezidenti (2014-yildan). 🔹1966-yil: Grigoriy Perlman – rossiyalik matematik olim. 🔹1995-yil: Dostonbek Tursunov – oʻzbekistonlik futbolchi, ampulasi himoyachi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
👍 6 1
#audio_kitoblar
📚O‘n sakkizga kirmagan kim bor – Shukur Xolmirzayev (9-qism)
👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
«O‘n sakkizga kirmagan kim bor» (9-qism).mp328.91 MB
👍 5🔥 2 1
#haftalik_dayjest 🔸Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida “Rektor kubogi” uchun “Quvnoqlar va Zukkolar“ tanlovining final o‘yini o‘tkazildi. 🔸Namangan davlat pedagogika instituti tomonidan “Inson qadri: tarixiylik va zamonaviylikning ilmiy-nazariy talqinlari” mavzusidagi Respublika ilmiy anjumani tashkil etildi. 🔸Urganch davlat universiteti “Geodeziya, kartografiya va kadastr” yo‘nalishi talabalari uchun “Yuza nivelirlash va tuproq ishlari hajmini hisoblash” bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. 🔸Termiz davlat universitetining 1000 ga yaqin professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari oʻrtasida “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 🔸Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali tomonidan Samarqand shahridagi Mirzo Ulug’bek xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida “Bilimlar estafetasi” tanlovi tashkil qilindi. 🔸12-iyun kuni Namangan davlat universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan yozgi ta’tilni manfaatli o‘tkazish maqsadida talabalar uchun “Jadidlar izidan” nomli yangi loyiha taqdim etiladi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
Img 0932.mp438.80 MB
IMG_7982.MOV2.44 MB
👍 7 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#marifat_maydoni2024 🏛 Joriy yilning 13-14-iyun kunlari TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetida “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovi final bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Final bosqichida 8 ta oliy ta’lim muassasalaridan jamoalar quyidagi tartibda ishtirok etadi:
↪️Andijon davlat tibbiyot instituti “Tong yulduzi” jamoasi; ↪️Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti “Kimyogar” jamoasi; ↪️Toshkent davlat pedagogika universiteti “Avloniy izdoshlari” jamoasi; ↪️Xalqaro innovatsion universiteti “Hurriyat” jamoasi; ↪️Shahrisabz davlat pedagogika instituti “O‘zbegim” jamoasi; ↪️O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi “Maʼrifat” jamoasi; ↪️Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ; ↪️Samarqand davlat universiteti “Behbudiy izdoshlari” jamoasi. ☝️“Maʼrifat maydoni” ko‘rik-tanlovining final bosqichida har bir jamoa “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob” hamda “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” deb nomlangan shartlar bo‘yicha bellashadi.
🏆Tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom hamda quyidagi tartibda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi.
➡️1-o‘rin 40 million so‘m; ➡️2-o‘rin 25 million so‘m; ➡️3-o‘rin 20 million so‘m; ➡️4-o‘rin 10 million so‘m; ➡️5-o‘rin 5 million so‘m. 🔸“Maʼrifat maydoni” ko‘rik-tanlovida ishtirok etadigan barcha jamoalarga omad tilaymiz! 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
👍 16
Bugun 12-iyun haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳 BMT – Xalqaro bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni. 🌏 To‘qimachilik va yengil sanoat xodimlari kuni. 🌏 Protivogazning tug’ilgan kuni. 🌏 Xalqaro Falafel kuni. 🇹🇲 Turkmaniston – Fanlar kuni. #voqealar 🔸Lund (Shvetsiya)da Yevropaning eng qadimgi universitetlaridan biri tashkil etildi (1668). 🔸Lyuis Xaslet protivogazga patent oldi (1849). 🔸Uchuvchi va ikki yo‘lovchisi bo‘lgan birinchi "Blerio" aeroplani havoga ko‘tarildi (1909). 🔸Amerikadagi birinchi qisqa to‘lqinli radiostansiya ishga tushdi (1936). 🔸Yoqutistonda dunyodagi eng katta olmos koni ochildi (1955). 🔸Venera-4 kosmik kemasi uchirildi, u dunyoda birinchi boʻlib boshqa sayyora atmosferasi haqidagi ma’lumotlarni uzatdi (1967). 🔸Boris Yeltsin Rossiya Prezidenti etib saylandi (1991). 🔸Londonda  "Globus"  teatri ochildi (1997). 🔸Ahmad Qodirov  Checheniston Respublikasi  Administratsiyasi boshlig’i etib tayinlandi (2000). 🔸San-Paulada futbol bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati ochildi (2014). 🔸Rossiyada korrupsiyaga qarshi ommaviy namoyishlar (2017). #tavalludlar 🔹1908-yil: Marina Semyonova (2010) – pedagog, SSSR Xalq artisti, Sotsialistik Mehnat qahramoni. 🔹1915-yil: Devid Rokfeller (2017) – amerikalik bankir, davlat arbobi. 🔹1924-yil: katta Jorj Bush (2018) – AQSh ning 41-prezidenti (1989-1993), kongressmen, diplomat. 🔹1929-yil: Anna Frank (1945) – yahudiy qizi, natsistlar konslageri asirasi, mashhur kundalikning muallifi. 🔹1946-yil: Yodgor Sa’diyev – o‘zbek kino va teatr aktyori 🔹1979-yil: Anna Bogaliy – rossiyalik biatlonchi, ikki karra olimpiada chempioni (2006, 2010). 🔹1990-yil: Sevara Soliyeva – Oʻzbek aktrisasi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
👍 3🔥 2
#audio_kitoblar
📚O‘n sakkizga kirmagan kim bor – Shukur Xolmirzayev (8-qism)
👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
«O‘n sakkizga kirmagan kim bor» (8-qism).mp318.82 MB
🔥 4
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🟥🟥🟥🟥🟥🟥 🗣“Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi ✔️Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichi, BMTning Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiyasi doirasida shuningdek, Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiyaning 45 yilligi, Qiynoqlarga qarshi konvensiyaning 40 yilligi hamda Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning 35 yilligi munosabati bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi «Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar» milliy tanlovini e’lon qiladi. Tanlov bo‘yicha materiallar 1-iyundan 1-noyabrga qadar qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun elektron arizani to‘ldirishingiz va tanlov materiallari bilan birga [email protected] elektron manziliga 1-noyabrdan kechiktirmay jo‘natishingiz lozim. ↪️Tanlov g‘oliblari dekabr oyida Xalqaro inson huquqlari kuni arafasida e’lon qilinadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar. ➡️ http://insonhuquqlari.uz/oz/news/m13300 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
👍 7
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Qurbon hayiti 16-iyun kuni nishonlanadi Prezident Shavkat Mirziyoyev «Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. 🌙Qarorga ko‘ra, 2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi. Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun – dushanba kuniga ko‘chiriladi, 18-iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari, mas’ul vazirlik va idoralarga muborak Qurbon hayitini xalq milliy an’ana va urf-odatlariga uyg‘un holda o‘tkazish uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, yurtdoshlar uchun muborak Qurbon hayiti kunlarida moʻtabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish topshirildi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
👍 10 2
Bugun 11-iyun haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏 Jak-Iv Kusto kuni. 🌏 Butunjahon yaguarlar kuni. 🇱🇺 Lyuksemburg – Onalar kuni. 🇦🇹 Avstriya, 🇧🇪 Belgiya – Otalar kuni. 🇭🇳 Gonduras – Talabalar kuni. #voqealar 🔸Xristofor Kolumb ikkinchi sayohatini yakunladi (1496). 🔸Benjamin Franklin tejamkor pechni ixtiro qildi (1742). 🔸Napoleon I floti  Malta orolini egalladi (1798). 🔸Moskvada ilk Ko‘z kasalliklari shifoxonasi ochildi (1826). 🔸Amerikalik Jon Perdi va Jeyms Sadgvarlar yig’ma stul ixtiro qilishdi (1889). 🔸Xitoyda “islohotlarning yuz kuni” e’lon qilindi (1898). 🔸Birinchi o‘zbek operasi “Bo‘ron”ning premyerasi bo‘lib o‘tdi (1939). 🔸Liviyada amerika neft kompaniyalari davlat tasarrufiga olindi (1973). 🔸“Microsoft” firmasi MS DOS 5.0 operatsion tizimini ishlab chiqdi (1991). 🔸 JAR da futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlandi (2010). #tavalludlar 🔹1884-yil: Halide Edib Adıvar (1964) – turk yozuvchisi. 🔹1910-yil: Jak Iv Kusto (1997) – fransuz okeanografi, akvalang ixtirochisi. 🔹1912-yil: Muxtor Ashrafiy (1975) – o‘zbek kompozitori, dirijyor, pedagog, SSSR Xalq artisti. 🔹1956-yil: Abdulaxad Abdurashidov – sozanda (naychi), Oʻzbekiston xalq artisti (2000).  🔹1959-yil: Xyu Lor – britaniyalik aktyor, hajviyachi, yozuvchi va musiqachi.  🔹1982-yil: Dayana Taurazi – amerikalik basketbolchi, 5 karra Olimpiya chempioni. 🔹1984-yil: Vagner Lav – braziliyalik futbolchi. 🔹1999-yil: Kay Xaverts – nemis futbolchisi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
👍 5 2🔥 1
#final2024 #munozara 🗣Adiblar xiyobonida bo‘lib o‘tgan “Ilhom” mukofoti respublika tanlovining 2024-yilgi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimidan fotolavhalar ➡️Fotolavhalarni ko‘rish 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
👍 4 3🎉 1
#audio_kitoblar
📚O‘n sakkizga kirmagan kim bor – Shukur Xolmirzayev (7-qism)
👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
«O‘n sakkizga kirmagan kim bor» (7-qism).mp323.63 MB
👍 1
01:56
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#taqdirlash #ilhom2024 🗣Adiblar xiyobonida “Ilhom” mukofoti respublika tanlovining 2024-yilgi sovrindorlari tantanali taqdirlandi 🔹Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Zulayxo Maxkamova tabrik so‘zi bilan ochib berib, poytaxtimiz markazida qad rostlagan Adiblar xiyobonining oliy ta’lim muassasalariga biriktirilishi yaxshi samara bergani, oliygohlar tomonidan xiyobonda doimiy tarzda tadbirlar tashkil etib kelinayotgani va “Ilhom” mukofoti talaba-yoshlarni ilmiy izlanishlarini munosib rag‘batlantirish uchun ayni muddao ekanligini ta’kidlab, g‘oliblarni tabrikladi. 🔹Shundan so‘ng, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev so‘zga chiqib, barcha tadbir ishtirokchilarini ilm-fan va madaniyat bayrami bilan tabriklab, ushbu mukofot g‘olib bo‘lganlarga yanada mas’uliyat yuklashini, ular ilmiy ishlanishda yanada davom etib, yuksak marralarni zabt etishi kerakligini ta’kidladi.
😀“Ilhom” mukofoti 2024-yil g‘oliblari bilan tanishing:
🥇Shoxzodjon Otamurodov – Toshkent davlat yuridik universiteti 4-bosqich talabasi; 🥈Ruxsora Imomova – Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti; 🥉Dildora Yorbulova – Chirchiq davlat pedagogika universiteti 4-bosqich talabasi.
G‘oliblar Oliy ta’lim, va innovatsiyalar vazirligi tomonidan maxsus statuetka, diplom hamda 1-o‘rin Damas avtomobili, 2-o‘rin 30 million so‘m, 3-o‘rin 15 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
✔️Shuningdek, quyidagi ishtirokchilar “Ilhom” mukofotining rag’batlantiruvchi mukofotlari bilan taqdirlandi: ↪️Sarvinoz Axmedova – Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi; ↪️“Ogahiyshunoslar” ijodiy jamoasi – Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti; ↪️Behruz Qo‘zibaev – Toshkent davlat transport universiteti talabasi; ↪️Axmadjon Muxtorjonov – Namangan muhandislik-qurilish instituti talabasi; ↪️Yahyo Kamolov – Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursanti; ↪️Gullola To‘ymurodova – Toshkent davlat pedagogika universitet talabasi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
IMG_4129.MOV42.54 MB
👍 9
00:26
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Live #Ilhom_taqdirlash Ayni paytda Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida “Ilhom” mukofoti gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtmoqda. Tanlov shoir va yozuvchilar hayoti va ijodini oʻrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʻtkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishayotgan yoshlarni izlab topish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida OTMda tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlar oʻrtasida har yili an’anaviy tarzda oʻtkazib kelinadi. Tanlov gʻoliblari maxsus diplom va statuetkalar bilan birga: 🚘1-oʻrin uchun — “Damas” yengil avtomobili; 💸 2-oʻrin uchun — 30 mln soʻm; 💸 3-oʻrin uchun — 15 mln soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показати все...
IMG_2941.MOV20.48 MB
👍 7
🏛 “Munozara” Respublika turniri final bellashuvi hamda “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi Samarqand MTRK va Mening yurtim telekanallari nigohida 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
6.mp430.32 MB
3_KUN_XABARLARI_08.06.2024.mp459.85 MB
👍 2👎 2
Bugun 10-iyun haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏 Butunjahon hunarmandchilik kuni. 🌏 Butunjahon qo‘g’irchoqlar kuni. 🌏 Xalqaro yosh burgutlar kuni. 🌏 Sharikli ruchkaning tug’ilgan kuni. 🇭🇹 Gaiti – Bolalar kuni. #voqealar 🔸Shotlandiyalik Robert Tompson pnevmatik shinalarga patent oldi (1846). 🔸Shifokorlar tomonidan  Bavariya qiroli Lyudvig II aqldan ozgan deb eʼlon qilindi (1886). 🔸Moskvada  «Союзмультфильм» studiyasiga asos solindi (1936). 🔸AQShda  Lasko Biro sharikli ruchkalarga patent oldi (1943). 🔸Italiya Respublika deb e’lon qilindi (1946). 🔸O‘zbekiston  Lyuksemburg va Norvegiya  davlatlari bilan  diplomatik  aloqalar oʻrnatdi (1992). 🔸Ostona shahri  Qozog’istonning yangi poytaxti deb e’lon qilindi (1998). 🔸Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi (1999). 🔸Fransiyada 15-Yevropa chempionatiga start berildi (2016). 🔸Halqasimon quyosh tutilishi (2021). #tavalludlar 🔹1832-yil: Nikolaus Avgust Otto (1891) – nemis muhandisi, 4 taktli ichki yonuv dvigatelini yaratgan. 🔹1880-yil: Andre Deren (1954) – fransuz rassomi va grafigi, teatr dekoratori, keramikachi haykaltarosh. 🔹1911-yil: Terens Rettigen (1977) – ingliz yozuvchisi, ssenariynavis. 🔹1920-yil: Said Ahmad (2007) – O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston Qahramoni. 🔹1921-yil: Shahzoda Filipp – Edinburg gersogi, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning turmush o‘rtog’i. 🔹1929-yil: Fozilov Nosir (2018) – yozuvchi, tarjimon, O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1990). 🔹1929-yil: Lyudmila Zikina (2009) – rus xonandasi, Rossiya (1968), O‘zbekiston (1980) xalq artisti, Mehnat Qahramoni (1987). 🔹1956-yil: Roland Paksas – litvalik siyosiy arbob, Litva Respublikasi prezidenti (2003-2004). 🔹1983-yil: MakSim (haqiqiy ismi Marina Abrosimova) – rus qo‘shiqchisi. 🔹1982-yil: Tara Kristen Lipinski – Amerikalik figurali uchuvchi, jahon(1997) va Olimpiya(1998) chempioni. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
👍 8🔥 3
#audio_kitoblar
📚O‘n sakkizga kirmagan kim bor – Shukur Xolmirzayev (6-qism)
👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
«O‘n sakkizga kirmagan kim bor» (6-qism).mp318.34 MB
2
Bugun 9-iyun haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳 BMT – Xalqaro akkreditatsiya kuni. 🇺🇳 Xalqaro arxivlar kuni. 🌎 Janubiy Amerika – futboli kuni. 🇺🇸 AQSh – Milliy kino kechasi. 🇺🇬 Uganda – Milliy qahramonlar kuni. #voqealar 🔸AQSh da Charlz Grem sun’iy jag’ni patentladi (1822). 🔸Moskvada Tarix muzeyi ochildi (1833). 🔸Zamonaviy ingliz adabiyotining eng yirik vakillaridan biri, ijtimoiy tengsizlik, yo‘qchilik va qashshoqlik masalasini qamrab olgan romanlari bilan tanilgan Charlz Dikkens olamdan o‘tdi (1870). 🔸Donald Duck  ishtirokidagi birinchi multfilm (1934). 🔸Qozog’iston prezidenti N.Nazarboyev poytaxtning Almatidan Oqmola  (sobiq Selinograd, 1998-yildan Astana, 2019-yildan Nursultan) ga ko‘chirilishini e’lon qildi (1994). 🔸Qozog’iston poytaxti  Ostona shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining sammiti bo‘lib o‘tdi (2017). 🔸Qozog’istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi, unda Qosim-Jomart Tokayev g’alaba qozondi (2019). 🔸O‘zbekiston Respublikasining "Faxriy murabbiy" ordenini ta’sis etish to‘g’risidagi Qonuni qabul qilindi (2020). #tavalludlar 🔹1672-yil: Pyotr I (1725) – rus podshosi (1682-yildan) va Rossiyaning birinchi imperatori. 🔹1781-yil: Jorj Stefenson (1848) – angliyalik ixtirochi, birinchi paravozni yaratuvchilardan biri, birinchi jamoat temir yo‘lini qurgan. 🔹1915-yil: Les Pol - (2009) – amerikalik jazz va country yo‘nalishidagi gitarachi, qoʻshiqchi hamda ixtirochi. 🔹1944-yil: Karimov Komiljon – rassom, ganj va naqsh ustasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1989). 🔹1952-yil: Ismoilov Abduhoshim – sozanda (g’ijjak), bastakor, O‘zbekiston xalq artisti (1990). 🔹1969-yil: Ikromov Alisher – kompozitor, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi (2005). 🔹1978-yil: Miroslav Kloze – nemis futbolchisi, jahon chempioni (2014). 🔹1981-yil: Natali Portman – AQSh va Isroil fuqaroligidagi aktrisa, prodyuser, ssenariynavis va rejissyor. 🔹1984-yil: Uensli Sneyder – niderland futbolchisi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
👍 15🔥 2🎄 2
#audio_kitoblar
📚O‘n sakkizga kirmagan kim bor – Shukur Xolmirzayev (5-qism)
👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
«O‘n sakkizga kirmagan kim bor» (5-qism).mp320.92 MB
🥰 3🔥 1
Bugun 8-iyun haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳 BMT – Xalqaro okeanlar kuni. 🌏 Changyutgichning tug’ilgan kuni 🇷🇺 Rossiya – Ijtimoiy soha xodimlari kuni. 🇺🇸 AQSh – Inoq do‘stlar kuni. #voqealar 🔸Nyu-Yorkda ilk bor muzqaymoq sotuvga chiqdi (1786). 🔸Kvebekda Noa Kashing kir yuvish mashinasiga patent oldi (1824). 🔸Chikagolik Ayvz Makgaffi changyutgichni patentladi (1869). 🔸Los-Anjelesda “Universal” kinostudiyasi tashkil etildi (1912). 🔸Xalqaro jurnalistlar tashkiloti tuzildi (1946). 🔸Jorj Oruellning “1984” romani nashrdan chiqdi (1949). 🔸Lev Trotskiyning qotili Ramon Merkaderga Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni berildi (1960). 🔸Islandiya YUNESKOga a’zo bo‘ldi (1964). 🔸Amerikaning “Frito-Lay” va “Pepsi-Cola” kompaniyalari birlashib, “PepsiCo” tashkil topdi (1965). 🔸Veneraning Quyosh diskidan o‘tishi (2004). #tavalludlar: 🔹1810-yil: Robert Aleksander Shuman (1856) nemis kompozitori, 19-asr musiqiy romantizmning namoyandalaridan.  🔹1832-yil: Aleksandr Aksakov (1903) – rus publitsisti, tarjimon, noshir. 🔹1903-yil: Margaret Yursenar (1987) – fransuz adibasi, Fransiya akademiyasiga saylangan birinchi ayol. 🔹1920-yil: Ivan Kojedub (1991) – sovet qiruvchi uchuvchisi, uch marta Sovet Ittifoqi qahramoni. 🔹1926-yil: Oleg Koshevoy (1943) – Krasnodardagi “Yosh gvardiya” yashirin komsomol tashkilotining rahbari (1942-1943), Sovet Ittifoqi qahramoni. 🔹1939-yil: Norman Devis – britaniyalik tarixchi. 🔹1955-yil: Xose Antonio Kamacho – ispan futbolchisi va treneri, Yevropa chempionati kumush medali sohibi (1954). 🔹1955-yil: Ser Timothy John “Tim” Berners-Lee – Ingliz kompyuter olimi, internetning ixtirochisi hisoblanadi. 🔹1984-yil: Xaver Maskerano – argentinalik futbolchi, ikki karra olimpiada chempioni. 🔹1997-yil: Yelena Ostapenko – latviyalik tennischi, “Katta dubulg’a” turnirining eng yosh g’olibasi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
👍 13🔥 2
02:33
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#final2024 #taqdirlash 🗣“Talabalar teatr studiyalari” hamda “Munozara” respublika tanlovlari final bosqichi g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi! 🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan Samarqand shahrida 5-6-7-iyun kunlari tashkil etilgan respublika tanlovlarining yakuniy final bosqichi yuqori saviyada, ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Tanlov g‘olib va sovrindorlari bugun Yoshlar markazi zalida tantanali taqdirlandi.
🎭“Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovida quyidagi jamoalar yuqori o‘rinlarni egalladi:
🥇“Sho‘raxon” (TGFU) va “Qaqnus” (QarDU) talabalar teatr studiyalari; 🥈“Abu Ali ibn Sino izdoshlari” jamoasi (SamDTU) va “Retro” (TDTU) teatr jamoalari; 🥉“Ko‘zmunchoq” (TTA UF) va “CAMU” (CAMU) talabalar teatr studiyalari.
Tanlov g‘oliblari mos ravishda I, II va III darajali diplom, maxsus statuetka va 1-o‘rin 70 mln. so‘m, 2-o‘rin 50 mln. so‘m va 3-o‘rin 30 mln. so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
♦️Shuningdek, nominatsiya g‘oliblari, Vazira Mahmudova (ADU) “Eng yaxshi ayol roli uchun” – 10 mln. soʻm, Og‘abek Izzatullayev (BuxMTI) “Eng yaxshi erkak roli uchun” – 10 mln. soʻm, Javohir Rayimov (TerDPI) “Jamoa ijodkor talabasi” – 8 mln. soʻm, Alijon Asqarov (ADPI) “Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” – 7 mln. soʻm va “Qaqnus” jamoasi (TTA) “Eng faol oliy taʼlim muassasasi” – 15 mln. so‘m pul mukofoti va sertifikatlar bilan taqdirlandi.
✔️“Munozara” Respublika turnirida quyidagi jamoalar yuqori o‘rinlarni egalladi:
🥇“Tabiiy intellekt” jamoasi, GulDU; 🥈“Tendem 3” jamoasi, FarDU; 🥉“Tarjimon” jamoasi, SamDCHTI.
Turnir g‘oliblari I, II va III darajali diplom va 1-o‘rin 30 mln. so‘m, 2-o‘rin 20 mln. so‘m va 3-o‘rin 15 mln. so‘m pul mukofoti, shuningdek, barcha jamoa a’zolari hamkor tashkilotlar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, turnirning “The best speaker” nominatsiyasida Feruza Saitmurodova (NavDPI) 2-o‘rin, Sarvarbek Komiljonov (SamDCHTI) 1-o‘rinni egalladi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Показати все...
IMG_3927.MOV56.00 MB
👍 15👎 5 5🎉 3