cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

TOYLOQ.UZ | Rasmiy xabarlar

Kanal orqali Toyloq tumaniga oid eng soʼnggi yangiliklar, voqea-hodisalar, shuningdek, tuman hokimining ish faoliyatidan xabardor boʼlib borishingiz mumkin. Kanaldan ma'lumot ko‘chirilganda manbasi ko‘rsatilishi shart.

Більше
Рекламні дописи
5 354
Підписники
+3424 години
+557 днів
+7730 днів
Архів дописів
Фото недоступнеДивитись в Telegram
E-auksion.uz platformasi biznes uchun qulay platforma! Samarqand viloyatidan e-auksion.uz platformasi orqali Biznes uchun 4312 dan ortiq ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling. 🔹 Samarqand shahridan 20 ta (ko'rish) 🔹 Kattaqo‘rg‘on shahridan 67 ta (ko'rish) 🔹 Oqdaryo tumanidan 77 ta (ko'rish) 🔹 Bulung'ur tumanidan 88 ta (ko'rish) 🔹 Jomboy tumanidan 111 ta (ko'rish) 🔹 Ishtixon tumanidan 383 ta (ko'rish) 🔹 Kattaqo'rg'on tumanidan 219 ta (ko'rish) 🔹 Qo'shrabot tumanidan 346 ta (ko'rish) 🔹 Narpay tumanidan 367 ta (ko'rish) 🔹 Payariq tumanidan 365 ta (ko'rish) 🔹 Pastdarg'om tumanidan 539 ta (ko'rish) 🔹 Paxtachi tumanidan 214 ta (ko'rish) 🔹 Samarqand tumanidan 347 ta (ko'rish) 🔹 Nurobod tumanidan 171 ta (ko'rish) 🔹 Urgut tumanidan 710 ta (ko'rish) 🔹 Toyloq tumanidan 288 ta (ko'rish) Ushbu obyektlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qaroriga ko'ra savdoga chiqarilmoqda. 🎞 video-qo'llanma 👈 👇Xabardor boʼlish uchun👇 Telegram | Facebook | Instagram | Youtub
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Бу_факт ☕️ Кунига 5 стакан кўк чой ортиқча вазн билан курашишга ёрдам беради.
Показати все...
#Бу_факт ☕️ Кунига 5 стакан кўк чой ортиқча вазн билан курашишга ёрдам беради.
Показати все...
bjiXgL8Yf5.jpg0.54 KB
Bog‘ichinor mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi         Unda Toyloq tuman prokurori A.Saypiddinov hamda tuman tashkilotlari rahbarlari va murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.    Qabulda fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan ijtimoiy-maishiy, kommunal, iqtisodiy va huquqiy masalalarni hal etishda amaliy yordam so‘rashdi.    Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar joyiga borib o‘rganildi va mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇 Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt
Показати все...
"Piyoda"  tadbiri o‘tkazildi Bugungi kunda nafaqat avtoulovlar balki,  piyodalar ishtirokidagi qoidabuzarliklar kundan kunga ortib bormoqda. Bu esa  baxtsiz yo‘l transport hodisalarining ortishiga sabab bo‘lmoqda. Shu boisdan bugun Toyloq tuman yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan "Piyoda"  tadbiri o‘tkazildi. Piyodalar xavfsizligini ta’minlash, ular ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, ular tomonidan sodir etilayotgan qoidabuzarliklarni kamaytirish maqsadida o‘tkazilgan tadbir davomida fuqarolarga yo‘l harakati xavfsizligiga rioya qilish borasida tushunchalar berildi va piyodalar hushyorlikka chaqirildi.
Показати все...
15:36
Відео недоступнеДивитись в Telegram
"Maxsus reportaj" ko'rsatuvi https://t.me/SamTvr
Показати все...
11.Sam_Maxsus reportaj 12.05.24 Umidov tel.mp468.24 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Sessiya Toyloq tumani 4-sektor rahbari Zafar Sindorov: -Toyloq tumanidagi 4-sektor hududida Sayxunobod tumani tajribasi asosida joylarda biriktirilgan tijolrat bank va hokim yordamchilari tomonidan 60 ta xonadonlar tanlab olindi. Ushbu xonadonlarga 872 mln so’m kredit mablag’lar ajratish rejalashtirilgan bo’lib, shuning 20 mln. so’mi parrandachilik 386 mln so’mi chorvachilik, 145 mln. so’mi dehqonchilik, 66 mln so’mi bog’dorchilik, 210 mln so’mi asbob-uskuna, 45 mln so’mi boshqa sohalarga ajratilishi belgilandi. Hisobot davrida jami 471 mln. so’m yoki 54 foizga kreditlar yo’nalishlar bo’yicha ajratildi.
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Sessiya Toyloq tuman 3-sektor rahbari Oybek Xo’jamov: Toyloq tumanida 2024-yilning o‘tgan davri davomida aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal etish, bevosita kayfiyatiga ta’sir qiluvchi muammoli masalalarni bartaraf etish maqsadida: -tumanning 3-sektor hududidagi “Tepaqishloq” mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” tamoyili asosida 1,0 km ichki yo‘llar asfalt qilindi, 9,0 km shag‘al tashlab ta’mirlandi, 9,0 km suv tarmog‘i qurish va 3 ta suv inshootini rekonstruksiya qilish, 2 ta yangi transformator, 8,0 km elektr tarmog‘i tortish, 321 ta beton ustunlar o‘rnatish, 2,1 km internet aloqa tarmog‘i, 50 ta suyultirilgan gaz ballonlari, 5 dona chiqindi konteynerlari o’rnatish, 1,8 km piyodalar yo‘laklari qurish, mahalla binosi va qishloq vrachlik punkti binosini kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi;
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🔴Live #Sessiya Toyloq tumani 2-sektor rahbari Asomiddin Saypiddinov: -Tumanda bandlik dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yil yanvar -aprel oylarida 2-sektorda jami 578 ta yangi ish o’rinlarini yaratish belgilangan. Amalda bu ko‘rsatkich joriy yilning 1-may holatiga 815 taga yoki 141 foizga ijrosi ta’minlandi. Tumanda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida mahallalarda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida amalga oshiriladigan 534 ta loyihalarni amalga oshirish natijasida jami 750 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ajratilgan kreditlarning umumiy qiymati 5 mlrd 875 mln so‘mni tashkil etdi. Masalan, 2-sektor hududida 57 ta fuqarolarga 1 mlrd 38 mln. so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi natijasida 80 nafar fuqarolarning bandligi ta'minlandi.
Показати все...
#Sessiya Ayni kunlarda Toyloq tumanida tashqi migratsiyada yurgan fuqarolar xonadonma- xatlovdan o‘tkazilib, muammolari o‘rganilmoqda. Hozirda 6736 nafar migrantlarning oilalari xatlovdan o‘tkazildi. Bu ko‘rsatkich 1-sektorda 1926 tani, 2-sektorda 1960 tani, 3-sektorda 1662 tani va 4-sektorda 1191 tani tashkil qiladi. Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarning 1380 nafarining bandligi ta’minlandi: 51 nafari doimiy ish o‘rinlariga; 140 nafari yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatiga; 454 nafari o‘zini-o‘zi band etish; 164 nafari kasb-hunar ta’limiga; 571 nafari norasmiy sektor faoliyati bo'yicha bandligi ta’minlandi.
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🔴Live #Sessiya Tumanda jami 37,3 ming ta xonadon mavjud bo‘lib, oilalar soni 51,7 ming tani tashkil qiladi. 50 ta mahallalarda hukumat qarori asosida berilgan 22 tadan ortiq imtiyozlar - kredit mablag‘lari, subsidiyalar berilishi natijasida hozirda ro‘yxatga olingan 4,4 ming kambag‘al oilalar saqlanib qolmoqda. Sektorlar kesimida kambag‘al oilalarning 1,3 ming tasi 1-sektor, 800 tasi 2-sektor, 1,1 ming tasi 3-sektor va 1,3 ming tasi 4-sektor kesimiga to‘gri keladi. Eng ko‘p kambag‘al oilalar 1-sektorda Nuroniy (289 ta) va Olmazor (309 ta) mahallalariga to‘gri keladi. 2024 yilning bugungi kuniga qadar 534 nafar fuqarolarga 5,8 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratib berilgan bo‘lsa, 27 ta oilalarga subsidiya asosida 1 sotixli issiqxonalar qurib berildi. Shuningdek 50 ta mahallalarda 400 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlari “E-auksion” platformasi orqali 1840 nafar fuqarolarga ajratib berildi.
Показати все...
🔴Live #Sessiya Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining navbatdan tashqari 92-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Unda tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, sektorlar rahbarlari, siyosiy partiyalar, shuningdek, Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektori rahbari Elyor Tolliyev hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishmoqda. Sessiya ishini Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri Bobur Hamroyev olib bormoqda. Sessiya ishini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin. https://www.facebook.com/Toyloqhokimligi/videos/402113466137979
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
E’LON BRIFING O‘TKAZILADI Joriy yilning 22-may kuni soat 9:30 da Toyloq tumani hokimligida brifing o‘tkaziladi. Unda Majburiy ijro byurosi Toyloq tumani bo'limi davlat ijrochisi 2 darajali yurist Maqsud Usmanov ishtirok etadi va Majburiy ijro byurosi Toyloq tumani bo'limi tomonidan 2024-yilning o'tgan 4 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot beradi. Ommaviy axborot vositalari xodimlarini mazkur tadbirga taklif etamiz.
Показати все...
06:47
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Brifing Mavzu: Toyloq tumanida yangi qurilayotgan ijtimoiy soha ob’yektlarini internet tarmog‘i bilan qamrab olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar. Ishtirokchi: Tuman telekommunikatsiyalar bog‘lamasi boshlig‘i Ozod Mutavalliyev.
Показати все...
C0173.mp474.42 MB
Фото недоступнеДивитись в Telegram
E’LON BRIFING O‘TKAZILADI Joriy yilning 22-may kuni soat 15:00da Toyloq tumani hokimligida brifing o‘tkaziladi. Unda Toyloq tuman sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi markazi rahbari Jabbor Shodiyev ishtirok etadi va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini tadbiq qilish, tizimli monitoring olib borish va tahlil qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot beradi. Ommaviy axborot vositalari xodimlarini mazkur tadbirga taklif etamiz.
Показати все...
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi     Unda Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdan tashqari 92-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilindi.   Jumladan,  tuman sektorlari rahbarlarining aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, doimiy yashash manzilidan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, “Sayxunobod tajriba”sini joriy etish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish, “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlari, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Sh.Jabborovning hisoboti va boshqa hisobotlar tingnlandi. Yig‘ilish kun tartibidagi barcha masalalar komissiya a’zolari tomonidan muhokama etilib, fikr-mulohazalar bildirilgach, hisobotlar navbatdagi sessiyaga kiritish uchun tavsiya etildi.
Показати все...
#E'LON Hurmatli fuqarolar! 21-may kuni OLMAZOR OSHPda navbatdagi "DONORLIK AKSIYASI" o'tkaziladi. ❗️Iltimos befarq bo'lmang! Ishtirok etish niyatida bo'lgan saxovatpesha insonlar shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlarini so'raymiz. ⭕️Boshqa yangiliklar👇 Telegram | Instagram | Facebook
Показати все...
Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida Kanalimizga qo‘shiling! Telegram | Facebook
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Zamona — oltin medal sohibasi! 15-19-may kunlari Farg‘ona viloyatida 1999-2018-yillarda tug‘ilganlar o‘rtasida Yevroosiyo musobaqasi tashkillashtirildi. Bunda Koreya, Ispaniya, Malayziya, Xitoy, Rossiya, Pokiston, Qozig‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston kabi davlatlardan sportchilar bellashishdi. Samarqand viloyatidan an’anaviy Taekvondo federatsiyasi terma jamoasidan 21 ta ishtirokchi qatnashdi. Ulardan 13 tasi yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, 4 ta oltin, 5 ta kumush 4 ta bronza medaliga ega bo‘lishdi. Quvonarlisi g‘oliblar orasida oltin medal sohibasi 7-DMTT tarbiyalanuvchisi Zamona Shuhratovaning ham borligidir. Kichik sportchimizni ulkan g‘alabasi bilan chin dildan tabriklaymiz. Surayyo HAMROYЕVA, 7-DMTT direktori.
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
E'LON "𝗦𝗮𝗺𝗮𝗿𝗾𝗮𝗻𝗱 𝘀𝘂𝘃 𝘁𝗮'𝗺𝗶𝗻𝗼𝘁𝗶" 𝗔𝗝 𝗧𝗼𝘆𝗹𝗼𝗾 𝘁𝘂𝗺𝗮𝗻𝗶 𝗳𝗶𝗹𝗶𝗮𝗹𝗶 𝗯𝗼'𝘀𝗵 𝗶𝘀𝗵 o’rinlariga namzodlarni taklif qiladi! 𝗟𝗮𝘃𝗼𝘇𝗶𝗺; 1.Ishlab chiqarish bo’lim muhandisi (1 kishi): 2."Avariya" holatlarini tiklash хodimi (1 kishi): 3.Nasos jihozlari mashinisti (2 kishi): 4.Aholi bilan ishlash inspektori (3 kishi). 𝗠𝗮𝗷𝗯𝘂𝗿𝗶𝘆𝗮𝘁𝗹𝗮𝗿; O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish. 𝗜𝘀𝗵 𝗵𝗮𝗾𝗶; KPI dasturi bo'yicha 1 230 000 dan 8 300 000 gacha. 𝗠𝘂𝗿𝗼𝗷𝗮𝘁 𝘂𝗰𝗵𝘂𝗻; "𝗦𝗮𝗺𝗮𝗿𝗾𝗮𝗻𝗱 𝘀𝘂𝘃 𝘁𝗮'𝗺𝗶𝗻𝗼𝘁𝗶" 𝗔𝗝 𝗧𝗼𝘆𝗹𝗼𝗾 𝘁𝘂𝗺𝗮𝗻𝗶 𝗳𝗶𝗹𝗶𝗮𝗹𝗶. 𝘁𝗲𝗹: +998939912686 +998933579749
Показати все...
E'LON "𝗦𝗮𝗺𝗮𝗿𝗾𝗮𝗻𝗱 𝘀𝘂𝘃 𝘁𝗮'𝗺𝗶𝗻𝗼𝘁𝗶" 𝗔𝗝 𝗧𝗼𝘆𝗹𝗼𝗾 𝘁𝘂𝗺𝗮𝗻𝗶 𝗳𝗶𝗹𝗶𝗮𝗹𝗶 𝗯𝗼'𝘀𝗵 𝗶𝘀𝗵 o’rinlariga namzodlarni taklif qiladi! 𝗟𝗮𝘃𝗼𝘇𝗶𝗺; 1.Ishlab chiqarish bo’lim muhandisi (1 kishi): 2."Avariya" holatlarini tiklash хodimi (1 kishi): 3.Nasos jihozlari mashinisti (2 kishi): 4.Aholi bilan ishlash inspektori (3 kishi). 𝗠𝗮𝗷𝗯𝘂𝗿𝗶𝘆𝗮𝘁𝗹𝗮𝗿; O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish. 𝗜𝘀𝗵 𝗵𝗮𝗾𝗶; KPI dasturi bo'yicha 1 230 000 dan 8 300 000 gacha. 𝗠𝘂𝗿𝗼𝗷𝗮𝘁 𝘂𝗰𝗵𝘂𝗻; "𝗦𝗮𝗺𝗮𝗿𝗾𝗮𝗻𝗱 𝘀𝘂𝘃 𝘁𝗮'𝗺𝗶𝗻𝗼𝘁𝗶" 𝗔𝗝 𝗧𝗼𝘆𝗹𝗼𝗾 𝘁𝘂𝗺𝗮𝗻𝗶 𝗳𝗶𝗹𝗶𝗮𝗹𝗶. 𝘁𝗲𝗹: +998939912686 +998933579749
Показати все...
photo_2024-04-21_20-24-12.jpg0.83 KB
Авторизуйтеся та отримайте доступ до детальної інформації

Ми відкриємо вам ці скарби після авторизації. Обіцяємо, це швидко!