cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

TOYLOQ.UZ | Rasmiy xabarlar

Kanal orqali Toyloq tumaniga oid eng soʼnggi yangiliklar, voqea-hodisalar, shuningdek, tuman hokimining ish faoliyatidan xabardor boʼlib borishingiz mumkin. Kanaldan ma'lumot ko‘chirilganda manbasi ko‘rsatilishi shart.

Більше
Рекламні дописи
5 290
Підписники
+324 години
+167 днів
+9130 днів
Архів дописів
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Toyloq tuman Favqulodda vaziyatlar bo’limi ogohlantiradi! Quvonch fojiaga aylanmasin! “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida bolalaringizni nazorat qiling! “So‘ngi qo‘ng‘iroq”da turli ko’ngilsiz holatlar uchramoqda.Ya’ni: -Guruh-guruh bo‘lib, spirtli ichimlik ichib, bezorilik yoki boshqa turdagi noxush holatlarni sodir etish; -Kanal, anhorlarga cho‘milib, cho‘kib ketish: -Istirohat bog'larida o'quvchilar o‘rtasida ommaviy mojaro va janjallar bo‘lishi: -Tepalikka chiqib, quyosh chiqishini ko‘raman deb, tushib ketish va hokazolar sodir bo’lish ehtimoli yuqori. Nazoratsizlik yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu boisdan, farzadlarimizdan xabardor bo’laylik.
Показати все...
06:30
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Brifing Mavzu: Kadastr sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar. Ishtirokchi: Kadastr palatasi Toyloq tumani filiali boshlig‘i Boburxon Mustafoqulov.
Показати все...
07:26
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Brifing Toyloqda 2025-2027-yilarda Adas shaharchasi, Nayman, Sochak va Baxshiteppa mahallalarining bosh rejalari ishlab chiqiladi. Ishtirokchi: Toyloq tumani Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Farrux Halimov. Matn
Показати все...
Toyloq tuman 2-sektor rahbarining navbatdagi sayyor qabuli "Qo‘shchinor" mahallasida o‘tkazildi. Bugun Toyloq tuman prokurori A.S.Saypiddinovning, sektor shtabi a’zolari va boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda "Qo‘shchinor" mahallasining aholi muammolarini tizimli hal etish maqsadida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Qabul davomida aholi tomonidan moddiy yordam, yo‘l belgilari, gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar tinglanib, murojaatlarni hal qilish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Имконияти чекланган ёшлар "ақл жанги"да куч синашишди. Кубок кимга насиб этди. https://telegra.ph/Imkoniyati-cheklangan-yoshlar-a%D2%9Bl-zhangida-kuch-sinashishdi-Kubok-kimga-nasib-ehtdi-05-24-2
Показати все...
01:58
Відео недоступнеДивитись в Telegram
"Imkoniyatim cheklangan dema! G‘alaba doim sen bilan" Yurtimizda sportga qaratilayotgan e'tibor, yaratilayotgan imkoniyatlar natijasi o'laroq yoshlar erishayotgan yutuqlar salmog‘i yanada ortib bormoqda. Quvonarlisi, sportga oshno yoshlar ichida jismoniy imkoniyati cheklanganligi, nogironligi borligiga qaramay harakatdan to‘xtamay g‘alaba sari intilayotganlar ham bor. Shahrimizda imkoniyati cheklangan yoshlarning faol ishtirokida o‘tkazilgan "DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig'i kubogi-2024" shaxmat musobaqasi ham murosasiz bahslarga boy kechib, bayramona ruhda o‘tgan tadbirda dona surgan o‘g‘il-qizlar o‘z kuch va mahoratlarini sinovdan o‘tkazishib, eng kuchlilar saralab olindi. G‘olib va sovrindorlar bellashuvlar yakunida munosib taqdirlandi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook.  🎬 You tube
Показати все...
00:39
Відео недоступнеДивитись в Telegram
😊 Hayot kitobingizni nima deb nomlagan boʻlar edingiz? Siz nima deb atagan bo'lar edingiz?
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
E’lon 📹Brifing o‘tkaziladi ✅Ertaga 24-may kuni soat 15:00da Toyloq tumani hokimligida brifing o‘tkaziladi. 📌Unda Kadastr palatasi Toyloq tumani filiali boshlig‘i Boburxon Mustafoqulov hamda tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Farrux Halimov ishtirok etadi. 📷Unda kadastr sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda tuman bosh rejalarini ishlab chiqish va shaharsozlik borasida amalga oshilirlayotgan ishlar haqida so‘z yuritiladi. ✍️Ommaviy axborot vositalari xodimlari va jamoatchilik vakillarini mazkur tadbirga taklif etamiz.
Показати все...
Ishchi guruh shtab faoliyatini o‘rgandi Toyloq tumani hokimligida tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish hamda tashqi migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida shtab tashkil etilgan. Shtab a’zolari migratsiyadagi fuqarolarni hatlovdan o‘tkazib, platformaga kiritmoqda. Bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida respublika ishchi guruhi a’zolari shtab faoliyatini o‘rganishdi. Mas’ullar bilan o‘tkazilgan tanqidiy-tahliliy yig‘ilishda so‘rovnomalarni to‘ldirishda har bir bandga alohida e’tibor berish, migratsiyadan qaytgan fuqarolarnin bandligini ta’minlash maqsadida yuqori daromadli ish taklif qilish kabi vazifalar samaradorligini oshirish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Показати все...
05:38
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Brifing Mavzu: Toyloq tumanida pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar. Ishtirokchi: Toyloq tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Husan Narziqulov.
Показати все...
00:16
Відео недоступнеДивитись в Telegram
❗️❗️❗️📤📤📤📤 💻Фирибгарлар томонидан инстаграм ижтимоий тармоғи ҳамда телеграм мессенжерида "Alhamdulillah" номли канал гўёки ҳалол савдо эканлиги таъкидланиб, интернет фойдаланувчиларига тез фурсат ичида мўмай даромад олишни ваъда қилиб, виртуал фирибгарлик билан шуғулланиб келаётган шахслар томонидан хабарлар тарқатилмоқда. Мазкур хабарлар ёлғон ва ҳақиқатга мос келмайди. ❗️Фуқаролардан бу каби ёлғон маълумотларга ишонмасликларини ҳамда виртуал фирибгарлардан огоҳ бўлишларини сўраймиз. #стоп_фейк_кибержиноятлар 🌐 Telegram |▶️ Youtube |🌐 Instagram
Показати все...
08:22
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Bugun Toyloq tumani hokimligida brifing o‘tkazildi. Unda Toyloq tuman sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi markazi rahbari Jabbor Shodiyev ishtirok etdi va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini tadbiq qilish, tizimli monitoring olib borish va tahlil qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇 Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
👨‍🦽Nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalari umumiy belgilangan pensiya yoshi (55 yosh)dan 5 yil oldin pensiyaga chiqish huquqiga ega O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni 12-moddasi 3-bandiga ko‘ra:   bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalari ularni 8 yoshgacha tarbiyalagan bo‘lsa va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda 5 yil oldin yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega. Batafsil o‘qish Toyloq tuman Pensiya jamg‘armasi bo‘lim boshlig‘i: F. Raimkulov
Показати все...
Avval xabar qilganimizdek, ayni damda Toyloq tuman tibbiyot birlashmasida navbatdagi "DONORLIK AKSIYASI" o'tkazilmoqda. ❗️Ushbu aksiyada qatnashish istagidagi fuqarolardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlarini so'raymiz. ⭕️Boshqa yangiliklar👇 Telegram | Instagram | Facebook
Показати все...
Toyloq tumanida Ichki ishlar bo‘limi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda. Bugun ham ana shunday tadbirlardan biri "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi. Unda faxrli 1-órinni Talliota MFY jamoasi, 2-órini Xójaqishliq MFY va 3-órini Shopo‘lot MFY jamoalari qólga kiritdi.
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
E’LON Brifing o'tkaziladi Joriy yilning 23-may kuni soat 10:00da Toyloq tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Husan Narziqulov ishtirokida brifing o‘tkaziladi. Unda Toyloq tumanida pillachilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot beriladi. Ommaviy axborot vositalari xodimlari va jamoatchilik vakillarini mazkur tadbirga taklif etamiz.
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#SOʻROVNOMA ⚡️DIQQAT, DIQQAT! "ENG FAOL OLIY TA'LIM MUASSASASI RAHBARI"ni aniqlang! ✅ Qaysi Oliy ta'lim muassasasi ma'naviy-ma'rifiy sohada faolligini sizning e’tirofingiz aniqlab beradi. 📌So‘rovnoma joriy yil 3-iyun kuni soat 18:00 da yakunlanadi! 🏆So‘rovnoma g‘oliblari Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi tomonidan 1-oʻrin: 1-darajali diplom va smart televizor; 2-oʻrin: 2-darajali diplom va mikrotoʻlqinli pech; 3-oʻrin: 3-darajali diplom va kitoblar toʻplami bilan taqdirlanadi. 👇👇👇👇👇👇 ➡️ OVOZ BERING ⬅️ 🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Показати все...
Aholi bilan yuzma-yuz muloqot     Bugun Toyloq tumanidagi Nuroniy mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda Toyloq tumani hokimining o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev, Xalq qabulxonasi tuman bo‘limi mudiri Zayniddin Nuriddinov hamda tuman tashkilotlari rahbarlari va murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.    Qabulda fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan ijtimoiy-maishiy, kommunal, iqtisodiy va huquqiy masalalarni hal etishda amaliy yordam so‘rashdi.    Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar joyiga borib o‘rganildi va mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.
Показати все...
09:18
Відео недоступнеДивитись в Telegram
BRIFING Mavzu: Majburiy ijro byurosi Toyloq tumani bo'limi tomonidan 2024-yilning o'tgan 4 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar. Ishtirokchi: Majburiy ijro byurosi Toyloq tumani bo'limi davlat ijrochisi, 2 darajali yurist Maqsud Usmanov.
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#SOʻROVNOMA ⚡️DIQQAT, DIQQAT! "ENG FAOL OLIY TA'LIM MUASSASASI RAHBARI"ni aniqlang! ✅ Qaysi Oliy ta'lim muassasasi ma'naviy-ma'rifiy sohada faolligini sizning e’tirofingiz aniqlab beradi. 📌So‘rovnoma joriy yil 3-iyun kuni soat 18:00 da yakunlanadi! 🏆So‘rovnoma g‘oliblari Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi tomonidan 1-oʻrin: 1-darajali diplom va smart televizor; 2-oʻrin: 2-darajali diplom va mikrotoʻlqinli pech; 3-oʻrin: 3-darajali diplom va kitoblar toʻplami bilan taqdirlanadi. 👇👇👇👇👇👇 ➡️ OVOZ BERING ⬅️ 🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Показати все...