cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti.

SamDVMCHBU Veterinariya profilaktikasi va davolash fakultetining rasmiy telegram kanali. Kanalga a'zo bo'ling! Rasmiy veb saytimiz: www.samvmi.uz Murojaat uchun. Fakultet matbuot kotibi: @Zarifa_0307

Більше
Рекламні дописи
848
Підписники
+224 години
+27 днів
+430 днів
Архів дописів
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#TAVALLUD_MUBORAK 🌺 Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi, "Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiya" kafedrasi professori v.b. Roʻziqulov Rahmatullo Fayzullayevichning tavallud kuni. 💐Hurmatli Rahmatullo Fayzullayevich, Siz yurtimizda veterinariya sohasida yetuk zamonaviy kadrlar tayyorlash, veterinariya va chorvachilik ilm-fan taraqqiyotiga hamda xalqimizni sifatli oziq-ovqat  mahsulotlari bilan ta'minlash borasida oʻzingizni munosib hissangizni qo‘shib kelmoqdasiz. Sizga kafedra va universitet jamoasi nomidan mustahkam sogʻlik, quvonchlarga toʻla uzoq va farovon umr, ishlaringizga muvaffaqiyat hamda veterinariya sohasi ravnaqi yoʻlida amalga oshirayotgan faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!!! 🌺YANA BIR BOR TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN! 🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐 Ssuv.uz | Telegram|Twitter | Instagram |Facebook|Youtube |
Показати все...
👍 7
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#TAVALLUD_MUBORAK 🌺 Bugun “Farmakologiya va toksikologiya” kafedrasi assistenti Xalilov Laziz Normuhammadovichning tavallud ayyomi! 💐Hurmatli Laziz Normuhammadovich, Sizni ushbu ajoyib kun munosabati bilan kafedra va universitet jamoasi nomidan tabriklab, Sizga uzoq umr, mustahkam sog‘lik, mehnat faoliyatingizda yanada ulkan zafarlar tilab qolamiz. Farzandlar va yaqinlaringiz baxtiga sog‘ bo‘ling! 🌺YANA BIR BOR TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN! 🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐 Ssuv.uz | Telegram|Twitter | Instagram |Facebook|Youtube |
Показати все...
🎉 4
#Tashrif Universitet rektori, professor X.Yunusov universitetimizga tashrif buyurgan M.Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetidan prof. RFFA akademigi L.Gafurova, prof. Yu. Kenjayev, dots. O.Ergasheva va kichik ilmiy xodim N.Paxradinovalarga universitet laboratoriyalari, rekonstruksiyadan chiqarilgan bosh bino, amaliy darslarni oʻtishga mo‘ljallangan vivariy bilan tanishtirdi, ilmiy-pedegogik kadrlar tayyorlash inkubatori-Mega loyiha doirasida olib borilayotgan tadqiqotlar haqida gapirib berdi. 🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐 Ssuv.uz | Telegram | Twitter |   Instagram | Facebook| Youtube
Показати все...
#Seminar ✅ “Oʻzbekistonda yer va suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilish muammolari va ularning yechimlari” Universitet rektori, professor X.Yunusov, Samarqand viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishlari boshqarmasi boʻlim boshligʻi T. Hoshimov, M.Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetidan prof. RFFA akademigi L.Gafurova, prof.Yu. Kenjayev, dots. O.Ergasheva va kichik ilmiy xodim N.Paxradinova hamda talabalar ishtirokida “Oʻzbekistonda yer va suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilish muammolari va ularning yechimlari” mazusida seminar oʻtkazildi. Seminarda maʼruzachilar “Oʻzbekistonda yer va suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilish muammolari va ularning yechimlari” mazusida oʻz fikr-mulohazalarini bildirib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berishdi. 🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐 Ssuv.uz | Telegram | Twitter |   Instagram | Facebook| Youtube
Показати все...
👍 1
01:42
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🗣Hurmatli Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti professor-o'qituvchilari va talabalar! Tajribali mutaxassislardan boʻlgan Veterinariya jarrohligi va akusherlik kafedrasi assistenti A.K. Ro'ziboyev tamonidan Veterinariya taʼlim yo'nalishlari uchun hozirgi kunda yilqichilik sohasida  dolzarb bo'lib kelayotgan kasalliklarni davolash va oldini olish bo'yicha vidio lavhalar asosida kunlik onlayn darslar o'tkazilmoqda. Bu orqali talabalarimiz bilimlarini yanada mustahkamlashi mumkin. Darslarni maxsus guruh va kanal  orqali onlayn  kuzatib borish uchun guruh taklif havolasi  👉👉 https://t.me/ot_kasaliklari Kanal taklif havolasi👉👉 https://t.me/ot_kasalliklari SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐 Ssuv.uz | Telegram | Twitter |   Instagram | Facebook| Youtube @veterinariyaprofilaktikasi
Показати все...
👍 1
#Rektor_kubogi ✅ “Rektor kubogi” sport musobaqalari futbol turidan ikkinchi kun natijalari: Akademik litsey – Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti - 0-1; Agrotexnologiya- Vetereinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti - 0-1; Qorako‘lchilik ilmiy tekshirish instituti-Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti - 1-2; Rektorat – Zooinjeneriya fakulteti - 0-1; Jamoalarga keyingi tur o’yinlarida omad tilaymiz! 🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐 Ssuv.uz | Telegram | Twitter |   Instagram | Facebook| Youtube
Показати все...
#Kiber_jinoyat ✅ KIBER JINOYAT XAVFLI, UNDAN JABRLANIB QOLMANG Mamlakatimizda jinoyatlarning barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda yangi ish uslublari tatbiq qilinib, aholi va jamoatchilik bilan uzviy muloqot yo‘lga qo‘yildi, ushbu sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etildi. Aynan shu o‘rinda Iqtisodiyot fakultetida bugun universitet profilaktik inspektori kapitan B.Nayimov, talabalar o‘rtasida ma’naviy muhitni barqarorlashtirish masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z.Shodmonov va fakultet dekan o‘rinbosari B.Turopovlar ishtirokida profilaktik targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida talaba-yoshlarga kiber jinoyat va undan jabrlanib qolmaslik, internet tarmoqlaridagi turli noqonuniy savdoga aralashmaslik, universitet tartib intizomiga qat’iy amal qilish kabi talablar tushuntirib o‘tildi. 🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐 Ssuv.uz | Telegram | Twitter |   Instagram | Facebook| Youtube
Показати все...
#Ot_sporti ✅“Sharq marvaridi” shiori ostida Jahon chempionati oʻtkazildi Toshkent viloyatining Oʻrtachirchiq tumanida joylashgan “Oʻzbegim” ot zavodi hududida anʼanaga aylangan “Sharq marvaridi” shiori ostida Axalteke va boshqa zotli sport otlari oʻrtasida Jahon chempionati oʻtkazildi. Musobaqada Oʻzbekiston, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Tojikiston davlatlari jamoalari ishtirok etishdi. Ahamiyatli jihati, xalqaro tadbirda Zooinjeneriya fakulteti Yaylov chorvachiligi, qorakoʻlchilik, asalarichilik va ipakchilik kafedrasi professori D.Xolmirzayev ishtirok etib, mazkur sohada taʼlim olayotgan mutaxassislar uchun moʻljallangan “Yilqichilik” nomli darsligining taqdimotini oʻtkazildi. Qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor D.Xolmirzayev muallifligida yaratilgan bu darslik yilqichilik va ot sporti mutaxassislari bilimlarini yanada boyitib olishlarida muhim omil boʻlishligi ta'kidlandi. 🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐 Ssuv.uz | Telegram | Twitter |   Instagram | Facebook| Youtube
Показати все...