cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

KITOBLAR OLAMI📚|Rasmiy kanal

📝Murojaat uchun Admin: ⤵️⤵️⤵️ @Kadirova_X @KURBANOVA_NILUFAR 📚Buyurtma: @elektron_kutubxona_akm

Більше
Рекламні дописи
194
Підписники
Немає даних24 години
+17 днів
-430 днів
Архів дописів
Repost from Neft va Gaz Ishi
02:08
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Қадамда шаробхона, оралаб кабобхона, Лек афсус топилмайди битта ҳам китобхона. Дорихона ҳам бисёр, гўё бутун эл бемор. Қалбга шифо бўлгувчи кутубхона йўқ бекор. ——— "Ўзбекнефтгаз" АЖ ташаббуси билан ташкил этилган ушбу бекат-кутубхоналар албатта барча учун манфаатли бўлади. Ташаббусни қўллаб-қувватлаймиз. Каналга уланиш: @Ngi_Uz
Показати все...
24.25 MB
Показати все...
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#kun_kishisi Bugun Said Ahmad tavallud topgan kun. O‘zbekiston xalq yozuvchisi, «O‘zbekiston Qahramoni» Said Ahmad Husanxo‘jayev 1920-yilning 10-iyunida Toshkent shahrining «Samarqand darboza» mahallasida tug‘ilgan. Avval o‘rta maktabda, so‘ng Navoiy nomli pedagogika institutida o‘qigan. Bo‘lajak yozuvchining ilk mashqi – «Ishqiboz» nomli hajviy hikoyasi o‘n olti yoshlarida «Mushtum» jurnalida chop etilgani uchun uning dastlabki ish faoliyati ham shu jurnal bilan bog‘liq. Said Ahmadning birinchi kitobi «Tortiq» nomli hikoyalar to‘plami bo‘lib, 1940-yilda nashr etilgan. Shundan so‘ng uning «Er yurak» (1942-yil), «Farg‘ona hikoyalari» (1948-yil), «Muhabbat» (1949-yil) to‘plami, «Qadrdon dalalar» (1949-yil), «Hukm» (1958-yil) qissalari e’lon qilindi.Uning ijodida «Ufq» romani alohida o‘rin tutadi. 60-yillarda bu asarning dastlabki ikki kitobi chop etilgan. Said Ahmad 2007-yil 5-dekabrda vafot etdi.
Показати все...
Said Ahmad hayoti va ijodi Said Ahmad - Saidahmad Husanxo‘jayev, o‘zbek adabiyotining atoqli adiblaridan biridir. Bo‘lajak yozuvchining bolaligi Toshkentda Elbek, G‘afur G‘ulom Oybek kabi yozuvchi va shoirlar davrasida o‘tgan va bu uning yozuvchi bo‘lib shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Said Ahmad biografiyasi Said Ahmad 1920-yil 10-iyunda Toshkent shahri “Samarqand darvoza” mahallasida o‘z davrining obro‘li insonlaridan bo‘lgan Husanxo‘ja Dadaxo‘jayev oilasida dunyoga kelgan. Yosh Said Ahmad o‘zini turli sohalarda: rassomlik, artistlik, fotograflik, qurilish va hatto doktorlikda ham sinab ko‘radi. Biroq, adabiyotni tanlaydi. 1941 yilda Nizomiy nomidagi pedagogika institutini tamomlaydi va “Mushtum” jurnalida ishlay boshlaydi. Keyinchalik “Qizil O‘zbekiston”, “Sharq yulduzi” kabi gazeta-jurnallarda turli lavozimlarda mehnat qiladi. O‘tgan asrning 50-yillarida Said Ahmad qatag‘on davrining ikkinchi to‘lqini vaqtida “aksilsho‘roviy millatchilar guruhi a’zosi, zararli g‘oyalar targ‘ibotchisi” sifatida ayblanib 25-yilga qamaladi. Said Ahmad Qozog‘istonning Qaraganda viloyati Jezqozg‘on lagerida 4-yil qamoqda o‘tiradi. Stalinning o‘limidan so‘ng, “aybi yumshatiladi” va ozod qilinadi. Said Ahmad asarlari 1940 yilda birinchi mualliflik hikoyalar to‘plami “Tortiq” nomi bilan nashr etiladi. Uning “Cho‘l burguti”, “Lochin”, “Bo‘ston”, “To‘yboshi”, “Odam bo‘ri” kabi hikoyalari o‘zbek adabiyotida yangilik ruhini olib kirgan. Adib xajvchi yozuvchi sifatida bir qator hikoyalar yozdi va shu bilan o‘zbek radio va televideniyesida miniatura teatriga asos soldi. “Xandon pista”, “Bir o‘pichning bahosi”, “Xanka va Tanka” hikoyalari shular jumlasidandir. Adibning “Azroil o‘tgan yo‘llarda”, “Borsa kelmas darvozasi”, “Azob” kabi hikoyalari qamoqxonada o‘tgan yillar asosida yaratilgan. Yozuvchining “Yo‘qotganlarim va topganlarim” xotiralari o‘zbek adabiyoti uchun qimmatli asar hisoblanadi. Kitobda bir qator yozuvchi va shoirlarning shaxsi va ijodiga chizgilar bitilgan. Jumladan, yozuvchi asarda G‘afur G‘ulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda, Turob To‘la Saida Zunnunova haqida xotiralari bilan bo‘lishsa, Asqad Muxtor, Odil Yoqubov, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Anvar Obidjon, O‘tkir Hoshimov, Ne’mat Aminov singari o‘zbek adabiyoti yorqin adiblarining hayoti va ijodidan qiziqarli ma’lumotlarni so‘zlab beradi. Said Ahmadning ko‘pgina asarlari qardosh va xorijiy tillarga tarjima qilingan. Said Ahmad "Ufq" romani Romannavis sifatida ham yozuvchi ko‘plab asarlar yaratgan. 1964-1974 yillarda “Ufq” trilogiyasini yozib tugatadi va o‘zbek adabiyotida trilogiya janriga asos soladi. Yozuvchining ustozi Abdulla Qahhor asarni yuksak baholab, hatto yirik adabiy gazetada bu haqida maqola chop etadi. Asar uchta - "Qirq besh kun", "Hijron kunlarida", "Ufq bo‘sag‘asida" romanlaridan iborat bo‘lib, o‘tgan asrning eng yirik voqeligi- Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillardan hikoya qiladi. Ushbu romanlarda adib mahorat bilan o‘zbek xalqiga xos oliyjanoblik, mehnatkashlik, to‘g‘riso‘zlikni yorqin bo‘yoqlarda, sodda, samimiy qahramonlar hayotida ko‘rsatib bergan. “Ufq” trilogiyasi tufayli Said Ahmad 1978-yili Hamza nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ladi. Said Ahmad "Jimjitlik" romani 1988 yilda yozilgan “Jimjitlik” romanida esa sho‘ro davrining turg‘unlik yillari ichki dramalari, tuzum inqirozi butun keskinligi, shiddati bilan ko‘rsatilgan. Roman yovuzlik va ezgulikning abadiy kurashini aks ettiradi. Unda har bir qahramonning hayoti fojealarga boy va bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Va bu fojealar sababchisi ham ularning o‘zlari emas, balki o‘sha davr tuzumi ekanligi adib tomonidan mahorat bilan ifoda etilgan. Said Ahmad - dramaturg Said Ahmad dramaturg sifatida ham sevimli ijodkor. Ayniqsa, uning “Kelinlar qo‘zg‘oloni” komediyasi juda mashhur. Aynan shu komediya tufayli, adib turli mamlakatlarda bo‘ldi, dunyo kezdi. Komediya unga katta mashhurlik olib keldi. Komediya spektakli hamon O‘zbekiston va unga qardosh xalqlarning teatrlarida namoyish qilib kelinmoqda.
Показати все...
03:49
Відео недоступнеДивитись в Telegram
🔰RESPUBLIKA MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT MARKAZI, "MA'RIFAT" TARG'IBOTCHILAR JAMIYATI TAQDIM ETADI! 🇺🇿 ICHINGDAGI JADIDNI UYG‘OT ✍️ She'r muallifi:Iqbol Mirzo 🎼 Bastakor:  Shuhrat Vohidov 🎤 Ijrochi: Bulbulcha bolalar xor ansambli https://t.me/otabek_khasanov
Показати все...
jadid ashulasi_1.mp427.23 MB
👎 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Diqqat_yangi_adabiyot 📕MAGNIT AYOL 📕MAGNIT AYOL 2 📌Ushbu kitobni kutubxonamizdan olib oʻqishingiz mumkin✅
Показати все...
🔥 2 1
#Muborak_tumani #4_sektor 07.06.2024 ✅BESH TASHABBUS OLIMPIADASI  DAVOM ETMOQDA... 🔹 Muborak tuman 4-sektor  mahallalari  yoshlari o'rtasida Muborak tuman Axborot-kutubxona markazida  Besh tashabbus olimpiadasi doirasidagi "Mushoira" tanlovining sektor bosqichi  o'tkazildi. 📚Ushbu tanlovda, dastlab ishtirokchilar tanlovning sektor bosqichi asosiy shartida bahru-bayt tarzda ko‘p she'r aytish bo‘yicha bellashdilar, shuningdek   ijodkor yoshlar o‘z ijodiga mansub bo‘lgan va yod olgan she'rlarini ifodali tarzda aytib berishdi. 🏆Yakunda  faxrli o'rinni egallagan va  g'olib bo'lgan yoshlarga  diplom va musobaqaning keyingi tuman bosqichiga yo'llanma topshirildi. Telegram / Instagram / Facebook / Youtube / Websayt
Показати все...
👍 4
07.06.2024 👩‍💻Kitob aqlni charxlaydigan  tafakkur bulog'ini ochadigan va uni ilhomlantiradigan  buyuk mo'jizadir. Inson hayoti davomida kitobdan o'rnak va ibrat olib yashaydi. 📌Muborak tuman axborot-kutubxona markazi abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish mutaxassisi G.Nurullayeva 3-DMTT da "Diqqat yangi adabiyotlar"mavzusida kitob taqdimoti o'tkazildi.   Kitob taqdimotida kutubxonaga yangi kelgan bolalar adabiyoti bolajonlarga tanishtirildi.   Kitob taqdimotida 28 nafar tarbiyalanuvchi qamrab olindi.
Показати все...
👍 4
#Muborak_tumani #3_sektor 06.06.2024 ✅BESH TASHABBUS OLIMPIADASI  DAVOM ETMOQDA... 🔹 Muborak tuman 3-sektor  mahallalari  yoshlari o'rtasida Muborak tuman Axborot-kutubxona markazida  Besh tashabbus olimpiadasi doirasidagi "Mushoira" tanlovining sektor bosqichi  o'tkazildi. 📚Ushbu tanlovda, dastlab ishtirokchilar tanlovning sektor bosqichi asosiy shartida bahru-bayt tarzda ko‘p she'r aytish bo‘yicha bellashdilar, shuningdek   ijodkor yoshlar o‘z ijodiga mansub bo‘lgan va yod olgan she'rlarini ifodali tarzda aytib berishdi. 🏆Yakunda  faxrli o'rinni egallagan va  g'olib bo'lgan yoshlarga  diplom va musobaqaning keyingi tuman bosqichiga yo'llanma topshirildi. Telegram / Instagram / Facebook / Youtube / Websayt
Показати все...
👍 3
#𝐁𝐞𝐬𝐡_𝐭𝐚𝐬𝐡𝐚𝐛𝐛𝐮𝐬_𝐛𝐢𝐥𝐚𝐧_𝐤𝐞𝐥𝐚𝐣𝐚𝐤_𝐬𝐚𝐫𝐢" 🗒07.06.2024 🌐Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish , kitobni ardoqlash, hamda kitob o'qish madaniyatini shakllantirish  ularni kitobxonlikka jalb qilish maqsadida 🌐Muborak tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Nurullayeva G tomonidan 3-DMTTda “Besh tashabbus bilan kelajak sari” loyihasi doirasida kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. Kitob ko'rgazmasiga  15 nomdagi kitoblar taqdim etildi. Telegram / Instagram / Facebook / Youtube / Websayt
Показати все...
👍 3 1
#Kitobsevar_millat 📙Bugun 7-iyun Muborak tuman axborot-kutubxona markazi abonement va foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish mutaxassislari tomonidan tumandagi 3-DMTT tarbiyalanuvchilari bilan hamkorlikda  “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarishning 224-bandini amalga oshirish maqsadida “Ertaklar olamiga sayohat” loyihasi doirasida “Echki bolalari” ertagi asosida ovozli o`qish  tashkil qilindi. 📌Ovozli oʻqishda 22 nafar kitobxon qamrab olindi 👩‍🏫 Oʻqib berdi: Abonement va foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish mutaxassisi: Nurullayeva Gulshan Telegram / Instagram / Facebook / Youtube / Websayt
Показати все...
👍 2🥰 1
Izlash kitobi mazmuni 10 daqiqada: https://youtu.be/wIqhBnwPzKA
Показати все...
Китобларни ёқишга қараганда ҳам, қўрқинчли жиноятлар бор. Масалан, уларни ўқимаслик. © Рей Брэдбери Изоҳ: Брэдбери — таълимни мактабда эмас, айнан кутубхонада олган инсон ҳисобланади. Энг муҳими ҳаммасига мутлақо бепул эришган.
Показати все...
🔥 1
#TA'TILDA_KITOB_BILAN" 06.06.2024. 📌Ta'tilda bolajonlarning vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kitob mutolaasiga qiziqtirish maqsadida  kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan kitobxonlar oʻrtasida kitoblar targ'iboti o'tkazilmoqda. 📌Muborak tuman axborot-kutubxona markaziga ta'tilda dam olayotgan o'quvchilar tashrif buyurib kutubxona faoliyati bilan tanishdi va kutubxonadagi qiziqarli kitoblarni mutolaa qilishdi. 👭Oʻquvchilarga qiziqarli kitoblar tavsiya etildi.
Показати все...
👍 3
#Diqqat_yangi_adabiyot 06.06.2024 👩‍💻Kitob aqlni charxlaydigan  tafakkur bulog'ini ochadigan va uni ilhomlantiradigan  buyuk mo'jizadir. Inson hayoti davomida kitobdan o'rnak va ibrat olib yashaydi. 📌Muborak tuman axborot-kutubxona markazi abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish mutaxassisi G.Nurullayeva 3-DMTT da "Diqqat yangi adabiyotlar"mavzusida kitob taqdimoti o'tkazildi.   Kitob taqdimotida kutubxonaga yangi kelgan bolalar adabiyoti bolajonlarga tanishtirildi.   Kitob taqdimotida 30 nafar tarbiyalanuvchi qamrab olindi. Telegram / Instagram / Facebook / Youtube / Websayt
Показати все...
👍 3
Оберіть інший тариф

На вашому тарифі доступна аналітика тільки для 5 каналів. Щоб отримати більше — оберіть інший тариф.