cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Farrukh Saliev | Blog

Bir o’zbek yigitining fikrlari, yutuqlari va hayotidagi boshqa voqealari haqida… 👇 Asosiy kanalim: https://t.me/+dgY2XISEmcEzMzZi

Більше
Узбекистан30 370Мова не вказанаБлоги17 524
Рекламні дописи
1 171
Підписники
-324 години
-287 днів
-8530 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
❤️‍🔥 Bugun hayotimdagi unutilmas kunlardan biri bo'ldi... Ushbu hissiyotlarni tasvirlashim qiyin bo'lsada, biroz tushuntirishga harakat qilaman. Bu kunni men va turmush o'rtog'im sabrsizlik bilan to'qqiz oy kutdik. Ona to'qqiz oy farzandini o'z qornida ko'tarib yurishi va farzandni dunyoga keltirishi qiyin jarayonlar ekaniga amin bo'ldim. Men aqlimni taniganimdan beri dadamni dunyodagi eng kuchli va eng zo'r inson deb bilganman. Endi meni ham shunday o'ylaydigan farzandim bor. Bugun mening muhabbatim yana bittaga ko'paydi. Uyga shoshib borishim uchun yana bir katta sabab paydo bo'ldi. Men dadamning yig'laganini hech qachon ko'rmaganman ammo bugun ilk marta ko'zlarida yosh ko'rdim. Quvonch yoshlari... Bobo bo'lish quvonchi... Bugundan boshlab "qizim" so'zini ishlatishni boshladim. O'zim ota bo'lganimdan so'ng haqiqiy otalik mas'uliyatini his qildim. Endi men dada bo'ldim... Endi mening qizalog'im bor... (Barcha tabriklaganlarga chin dildan rahmat. Hammaga shu baxtni his qilishni nasib qilsin)
Показати все...
❤‍🔥 36👍 7 7🕊 4🥰 1👏 1
Alhamdulillah, qiz farzandli bo'ldim! Men endi dadaman... ❤️‍🔥
Показати все...
🔥 59 22👍 11🕊 5🥰 3😍 1🐳 1
Siz ba’zi narsalarni shunchaki qilishingiz kerak. Qilishni bilish yoki bilmasligingiz bu keyingi masala. O’zingizga savol bering: buni qilishim kerakmi yoki qilmasligim kerakmi? Masalan, siz biznes ochmoqchisiz. Buni qilishingiz kerakmi? Ha yoki yo’q? Agar javobingiz “ha” bo’lsa, demak biznes oching. Buni qanday qilishni bilmaslik esa keyingi masala. Agar buni qanday qilishni bilmasangiz, qilishni o’rganing yoki shuni biladigan insonlarni yollang. Biror narsani qilishni bilmasligingiz uni qilishdan cheklamasligi kerak. Quyidagi kuchli savolni doim yodingizda saqlang: “Buni qilishim kerakmi yoki qilmasligim kerakmi?”
Показати все...
👍 9 6🔥 4
$1,000,000 topishni xohlaysizmi? Ha... Ko'p pul topishni xohlaysiz lekin katta ehtimol u pullarni qayerga ishlatishni bilmaysiz. Sizga kichik vazifa: hozir sizga zarur barcha narsalarni yozib chiqing va ularning narxlarini hisoblang. Masalan, hozir siz barcha sarflashingiz mumkin bo'lgan xarajatlaringizni hisoblasangiz, ehtimol $100,000 ga ham yetmaydi. Demak, siz hech qachon $1M topa olmaysiz, chunki hali bunga tayyor emassiz. Sizni daromadingizga sarflaydigan xarajatlaringiz uzviy bog'liq. Katta pul topishingiz uchun avval katta pullarni qayerga sarflashni biling. Katta pul topishdan avval katta xarajatlar qilishga tayyor bo'ling.
Показати все...
11👍 7🐳 5😈 1
00:59
Відео недоступнеДивитись в Telegram
❤️‍🔥 Dada sizni yaxshi ko'raman. Videodagi hissiyotlarni so'z bilan ta'riflay olmadim. Barchamizga doim ota-onamizni xursand qilib yurish nasib qilsin.
Показати все...
IMG_0410.MP411.45 MB
28❤‍🔥 16👍 9
Bu yilgi maqsadlarim orasida chet elga sayohatga chiqish bor edi... Lekin o'zimdan avval ota-onamga sayohatni sovg'a qilganim menga sayohatdan ham ko'proq hissiyotni berdi. 🥹 Alloh nasib qilsa o'zim ham chiqaman. Albatta, o'zim emas, turmush o'rtog'im bilan. ❤️‍🔥 ✅ Lekin bundan keyin har yili ota-onamni har xil davlatga jo'natishni maqsadlarim orasiga qo'shdim.
Показати все...
31🔥 6👍 3❤‍🔥 2🕊 1😍 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Bugun dadamni tug'ilgan kunlari edi... Qanday sovg'a berishga ko'p o'ylandim va nihoyat shu sovg'ani berishga qaror qildim. ❤️‍🔥 Hamma farzandlarga nasib qilsin iloyim! 🤲
Показати все...
❤‍🔥 44👍 14 2🔥 1
O'tgan yili 1-mashinamni olganimda uydagilar bilishmagandi. Mashinani olgandan keyin aytgandim. Bu safar ham shunday qildim. 🤭
Показати все...
18🔥 11❤‍🔥 1
Фото недоступнеДивитись в Telegram
❤️‍🔥Bugun yangi ofis oldik. O'tgan yili birinchi kichkina va bir xonali ofisimni olgan edim. Shu yilni boshida ikki xonali ofisga o'tgan edik. Mana... Bugun yana keyingi qadamni tashladik... Shu sohaga kirganimdan beri yilma-yil emas, oyma-oy rivojlanib borayapman. Buning uchun doim Allohga shukr qilaman. Ha aytgancha, yangi ofisimiz sizga yoqdimi? 😇 P.S. Hali biroz ta'mirlash ishlarini olib boramiz va o'zgartirishlar kiritamiz Xudo xohlasa.
Показати все...
🤩 16👍 9❤‍🔥 7 4 1
Menga shaxsiy assistent kerak ▪️Assistentning vazifalari: Mening barcha ishlarimda yordam berish, kontentlarim uchun idealar berish, maqsad va rejalarimni nazorat qilish. ▪️Men beradigan imkoniyatlar: Mendan bepulga bilim olish, yangi soha o’rganishi, soha bo’yicha o’sishiga yordam berish, kuchli networking, moddiy rag’batlar. Agar siz men bilan birga o’sishni va rivojlanishni xohlasangiz, quyidagi link orqali ma’lumotlaringizni qoldiring: https://forms.gle/RonNMXDJbKKvfeFA6
Показати все...
SHAXSIY ASSISTENT UCHUN SO'ROVNOMA

Ma'lumotlaringizni qoldiring va ma'qul kelsangiz sizga aloqaga chiqaman.

👍 9🔥 4