cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

TKTIYF ma‘rifat maydoni

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limining telegram kanali Filialdagi intellektual, ma'naviy, sport va boshqa turdagi yangiliklar haqida tanishib borishingiz mumkin

Больше
Рекламные посты
188
Подписчики
Нет данных24 часа
-2867 дней
-41630 дней
Архив постов
Fılıal talaba-yoshlari o'rtasida "Kurash" musobaqasi bo'lib o'tdi. Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-apreldagi 15-Q/Q-son qo'shma qarori ijrosini ta'minlash maqsadida filialda talaba-yoshlar va uyushmagan mahalliy yoshlar o'rtasida kurashning milliy turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi. Musobaqani Yangiyer shahar sport maktabi murabbiylari nazorat qilishdi.
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Viloyat oliy ta’lim muassasalari o’rtasida “Zakovat” intellektual o'yini bo’lib o’tdi O'zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi, O'zbekiston nogironlar assotsiatsiyasining viloyat hududiy bo'limi, Alisher Navoiy nomidagi Axborot kutubxona markazi hamda Ijtimoiy himoya agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan imkoniyati cheklangan talaba-yoshlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi. Yakuniy natijalarga ko'ra, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filalining "Kimyogar" jamoasi faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi va tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. Telegram | Instagram | YouTube | Facebook I X
Показать все...
“Saygʻoqni asraylik” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi masalalariga bagʻishlangan muhim sanalar boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlar kalendar rejasining 14-bandiga muvofiq, 2024-yil 5-may kuni respublikamizda “Saygʻoqlar xalqaro kuni”ni nishonlash belgilangan shu munosabat bilan 2024-yil 3-may kuni TKTI Yangiyer filiali Oziq-ovqat tenologiyalari kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan 2-may kuni “Saygʻoqni asraylik” mavzusida tadbirlar va uchrashuvlar oʻtkazildi. Uchrashuv davomida professor-o'qituvchi Oybek Abdug'aniyev tomonidan ishtirokchilar va talaba-yoshlarda tug'ilgan savollarga javob berib o'tildi.
Показать все...
Viloyat Prokurorining birinchi o'rinbosari tashrif buyurdi. 2024-yil 2-aprel kuni Sirdaryo viloyati Prokurorining birinchi o'rinbosari Dilmurod Qobilov talaba-yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida filialda talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart sharoitlar, talim tarbya jarayonlari bilan yaqindan tanishib chiqdi.
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
DIQQAT TANLOV!
🔖 YUNESKO tashkiloti xotin-qizlar taʼlimi sohasida faoliyat yuritayotgan jismoniy shaxs, davlat hamda nodavlat tashkilotlari uchun tanlov eʼlon qildi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan xotin-qizlar taʼlimi sohasida yuqori tajribaga erishgan boʻlishi talab etiladi. Talabgor ingliz yoki fransuz tilida YUNESKO ning http://unesco.org/gwe veb sahifasi orqali joriy yilning 16-may kuniga qadar onlayn ravishda roʻyxatdan oʻtishi lozim.
Показать все...
Filialda talaba-yoshlarni harbiylik kasbiga qiziqtirish, vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida Yangiyer shahridagi harbiy qismga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri uyushtirildi. Bu tadbirda filialning "Qalqon" jamoasi va faol talaba-yoshlar tashrif buyurishdilar.Tashrif davomida harbiy texnikalar va ularning foydalanish qoidalari bilan tanishtirilib o'tildi.
Показать все...
Talabalarni ishlab chiqarish korxonasiga ishga qabul qilish bo'yicha suhbat jarayonlari bo'lib o'tdi Xitoy davlati bilan hamkorlikda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida tashkil etilayotgan litiy-ionli batareyalarini ishlab chiqarish korxonasiga bitiruvchi talabalarni ishga qabul qilish bo'yicha suhbat jarayonlari bo'lib o'tdi. Suhbat avvalida xitoylik mutaxassislar litiy-ion batareyalarni ishlab chiqarish va ularni qo‘llash bo‘yicha talabalarga ma'lumolar berib o'tishdi. Talabalar korxonada qo'llaniladigan eng ilg'or texnologiyalar va ishlab chiqarish usullari haqida ma'lumotga ega bo'lishdi. Ma'lumot uchun, tanlovdan muvaffaqiyatli o'tgan 6 nafar talabalar ishga qabul qilinib, Xitoy davlatiga tajriba va malaka oshirishga yuboriladi. Telegram | Instagram | YouTube | Facebook I X
Показать все...
⚡️"Ibratli qizlar bekatda" nomli interaktiv o'yin o'tkazildi 🇺🇿1-may kuni O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi TKTI Yangiyer filiali boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan "Ibratli qizlar bekatda" nomli interaktiv o'yin o‘tkazildi. 👥 Bu loyihada filialimiz qizlaridan iborat 7 ta jamoalar ishtirok etishdi. Qizg‘in kechgan bu bahsda faxrli I o‘rinni "Qaytmaslar" jamoasi, II o‘rinni "Ideal" jamoasi va III o‘rinni "Sohiba adil" jamoasi egallashdi. 🏆 Loyiha yakunida g‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. ✅Bizning sahifalarimiz: ✈️Telegram |📷 Instagram | 📒Facebook | 🐦 X
Показать все...
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali boshlang'ich tashkiloti tomonidan Ikkinchi jaxon urushi xotiralarda nomli rasmlar tanlovi o'tkazildi. 1-o'rin 1-bosqich talabasi Tojiboyeva Og'iloyga 2-o'rin 1-bosqich talabasi Qo'chqorov Samandarga 3-o'rin 1-bosqich talabasi Ra'noga nasib qildi. Tanlovlarimiz davom etadi.......
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.