cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali

Ma’lumot uchun: 📞 +99871 259-74-12 📨 [email protected] Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.

Больше
Рекламные посты
3 336
Подписчики
-12924 часа
-1 1557 дней
-1 43430 дней
Архив постов
📍Bugun Sudyalar oliy maktabida UNICEF hamda “Sud-huquq tizimini faollashtirish” xalqaro dasturi direktori (JSSA) bilan sudyalar uchun odil sudlovda bola huquqlarini ta’minlashga oid maxsus treninglar yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildik. 📌 Uchrashuv davomida fuqarolik va jinoyat sudlari sudyalarni bola manfaatlarini ishonchli ta’minlash yondashuvi asosida yanada ixtisoslashtirilgan tarzda tayyorlash, 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarning sud muhokamasida tinglash huquqini amalga oshirish shuningdek, sudlovga jalb qilinadigan mutaxassislarni (pedagog, psixolog, ijtimoiy xodim) maxsus tayyorlash orqali bolalarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga oid o‘quv-amaliy loyihalar borasida kelishildi. Telegram|Facebook|Instagram|X
Показать все...
👍 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#hal_etilgan_murojaatlar 🖇Bolalar ombudsmaniga Toshkent shahrida yashovchi N.B. (ayol kishi) dan murojaat kelib tushdi. 📃Murojaatida o‘zining 2007-yilda tug‘ilgan qizi S.Q. shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining ID-kartasini olmaganligini, farzandlari S.Q. hamda 2009-yilda tug‘ilgan Z.Q. (o‘g‘il bola) ni doimiy ro‘yxatga qo‘yilmaganligini bildirgan. N.B. farzandi S.Q. ga ID-karta olishda hamda farzandlarini Toshkent shahri, Bektemir tumaniga doimiy ro‘yxatga qo‘yishda amaliy yordam berishni so‘ragan. Bolalar ombudsmanining Ichki ishlar vazirligiga so‘rovi asosida S.Q. va Z.Q. Toshkent shahar Bektemir tumani IIV tomonidan doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinib, qiz farzandi S.Q. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasi bilan hujjatlashtirildi☑️. Telegram|Facebook|Instagram|X
Показать все...
👍 3 1🔥 1
07:49
Видео недоступноПоказать в Telegram
#daydjest 🎥 Bolalar ombudsmanining may oyidagi faoliyatidan videolavha. Telegram|Facebook|Instagram|X
Показать все...
IMG_8183.MOV41.05 MB
🔥 3👏 3 2👍 1🥰 1😍 1😨 1
Repost from N/a
Bolalarning ham o‘z huquqlari bor!
Bolalik belgisi - yoqmagan narsadan shikoyat qilishda. Kattalik belgisi - nolimaslikda. Jim hal qilishda.
❗️«Undov»ning ilk sonida bolalarimizning “jim” hal qilinayotgan muammolari va ularning yechimlari qanday bo‘lishi kerakligi haqida suhbat qurdik! 🔗 Premyerani bugun 15:00 da YouTube sahifamizda tomosha qiling. 👉 https://youtu.be/cCGjfpPqNhk?si=jXbYZtsReVOJxlta @undovpodkast
Показать все...
🔥 1
👫 Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan poytaxtimizdagi 2 ta Mehribonlik uyi va “SOS” bolalar mahallasida tarbiyalanayotgan bolalar uchun tashkil qilingan bayram tadbirlarida qatnashdik. 308 nafar tarbiyalanuvchilar hamda 200 nafar maktab o‘quvchilari uchun o‘tkazilgan tadbir dasturi bolajonlar kayfiyatiga yanada bayramona kayfiyat baxsh etdi☀️. 🎭 Ayniqsa, “Super Qorasoch” nomli musiqali spektakl premyerasi yosh tomoshabinlarda nihoyatda ijobiy va yorqin taasurotlar qoldirgani shubhasiz. 🚎 So‘ng, kichkintoylar uchun Jamoat xavfsizligi universitetida bayram dasturxoni va ekskursiya uyushtirildi. Telegram|Facebook|Instagram|X
Показать все...
👍 3😍 2🥰 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#1_iyun #bolalar #kayfiyat 📍Bugun, 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan U.Q.Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy asab kasalxonasida tashkillashtirilgan bayram tadbirida bo‘ldik. Bolalar serebral falaji (BSF), spinal mushak atrofiyasi (SMA), autistik spektri buzilgan (ASB) va rivojlanishida boshqa buzilishlari bo‘lgan bolajonlarimiz tomonidan tayyorlangan konsert dasturi nihoyatda samimiyatga va quvonchli lahzalarga boy bo‘ldi. Bolajonlar bu bayramga tayyorgarlik uchun qanchalik tinimsiz mehnat, vaqt va katta kuch sarflaganini guvohi bo‘ldik🎈. Muloqotimiz chog‘ida shuni ko‘rdikki, bolalar ushbu maskandagi shifokor, psixolog va pedagoglarni nihoyatda yaxshi ko‘radilar, ularning mehr-muhabbati ko‘zlarida, samimiy harakatlarida namoyon bo‘lmoqda. Shubhasiz, bu maskanda bolalar bilan ishlayotgan fidoyi va professional insonlar jamiyatimizning chinakam qahramonlaridir. Ularning o‘z kasbiga muhabbati va mashaqqatli mehnati natijasi - mana shu irodali va quvonchli bolalardir💙. 🌈 Shuningdek, kasalxonada ushbu kunga bag‘ishlab, bolalarning ijodiy ishlari ko‘zgarmasi tashkil qilindi. Fursatdan foydalanib, jamoamiz bilan iqtidorli yosh rassom va xunarmandlarning mualliflik asarlaridan namunalar xarid qildik.
Показать все...
👍 4🥰 1😍 1
03:06
Видео недоступноПоказать в Telegram
#1_iyun #bolalar #himoya Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) jamoasi barcha bolajonlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklaydi🎈 ☀️ Farzandlarimiz hayoti beg‘ubor, erkin va quvonchli bo‘lishi uchun biz kattalar hamisha ularni qo‘llab-quvvatlashimiz, fikrlariga quloq tutishimiz kerak. Aziz ota-onalar, qadrli ustozlar Keling, Bola huquqlarini faqat bugun emas, balki har kuni birgalikda himoya qilaylik! Telegram|Facebook|Instagram|X
Показать все...
IMG_7929.MOV37.02 MB
👍 8 4🤩 2😍 1
[ Album ] 📍Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi. Shubhasiz, bugungi kunda yurtimizda bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida sezilarli ishlar amalga oshirib kelinmoqda☑️. Jumladan, O‘zbekiston Prezidentining “Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan Bolalar ombudsmani institutining tashkil etilishi jamiyat uchun bolalar muammolariga e’tiborning muhim ko‘rsatkichi sifatida namoyon bo‘ldi. ❕Bugun muhokama qilingan qonun loyihasi bilan: 🔹Bolaga nisbatan zo‘ravonlikning yangi tushunchalari (bolaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya, bulling) e’tirof etilmoqda. 🔸 Ilk bor yangi institut joriy qilinib, bolalarga ham himoya orderi berish taklif etilmoqda. 🔹Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishda ota-onalarning ishtiroki va ularning majburiyatlari belgilab qo‘yilmoqda. 🔹Zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi va uning qonuniy vakili moddiy zararning o‘rnini qoplash hamda ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etganda davlat boji to‘lashdan ozod qilinishi belgilanmoqda. Majlisda Qonun deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
Показать все...
❤‍🔥 5🤷‍♂ 1👏 1😍 1
#fizika #yosh_bilimdonlar #Bolalar_ombudsmani_sovrini 📌 Bolalar ombudsmani Xalqaro Nordik universiteti, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, IDC (International Development Centre) markazi bilan hamkorlikda joriy yilning 22-may kuni umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida «Bolalar Ombudsmani sovrini» uchun fizika fanidan o‘tkazilgan olimpiadaning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. 🌍 Butun respublika hududlarida o'tkazilgan olimpiadada Xorazm viloyatidan 38 mingdan ortiq bolajonlar ishtirok etib, viloyatlar kesimida eng faol hududga aylandi. Musobaqada Xorazm viloyatidan ishtirok etgan o‘quvchilar orasidan 46 nafari faxrli o‘rinlarni egallab, g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar 🎊. 📜 Gʻolib o‘quvchilar viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda tuman, shahar hokimlari tomonidan e’tirof etilib, Bolalar ombudsmani sovrini olimpiadasida ishtirok sertifikatlari hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. Sovrindor bolajonlarimizga kattadan-katta yutuqlar tilab qolamiz. O‘z ustingizda ishlashdan to‘xtamang! Boshqa viloyatlarda sovrinlar topshirish marosimlari haqida ham ma’lumot berib boramiz. Telegram|Facebook|Instagram|X
Показать все...
👍 4🔥 1😍 1