cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Zakovat: Sirdaryo

Sirdaryo viloyati Zakovat intellektual klubining rasmiy kanali. Ushbu kanalda siz viloyat klubimizning yangiliklari, klub o'yinlariga bog'liq ma'lumotlar, turnir natijalarini kuzatib borishingiz mumkin. Bog'lanish uchun: @szakovat_bot.

Больше
Рекламные посты
663
Подписчики
-224 часа
-117 дней
-1930 дней
Архив постов
Repost from Zakovat harakati
Фото недоступноПоказать в Telegram
Zakovatchi Bahodir Anorov “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoni e’lon qilindi. Farmonga ko‘ra, Zakovat klubining faol a’zosi Bahodir Anorov “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi. Bahodir Anorovni ushbu yuksak e’tirof bilan tabriklaymiz va kelgusida bundan ham katta yutuqlarga erishishiga tilakdoshmiz! Biz klubimizda shunday bilimdonlar borligidan faxrlanamiz va bundan keyin ham klub a’zolarining muvaffaqiyatlarini yoritishda davom etamiz. #zakovatliman @zakovatharakati
Показать все...
👎 1
00:14
Видео недоступноПоказать в Telegram
Zakovatchilar yana nimani boshlashdi? 🤫🧐 Bu videoda nima sodir bo‘layotganini birinchi bo‘lib topgan bilimdonimizga kichik sovg‘amiz bor 🙌🏻😉😃 Javoblarni izohlarda yozib qoldiring 😉 Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Показать все...
4.81 MB
Kecha Zakovat yozgi mavsumi doirasida shou o‘yini bo‘lib o‘tdi. O‘yin davomida teletomoshabinlar uchun birinchi bor maxsus tanlov o‘tkazildi. Tanlovda ishtirok etgan teletomoshabinlarimiz tomonidan yuborilgan javoblar ko‘pligidan yaxshi ma’noda hayratda qoldik, aftidan Telegram ham. Chunki Telegramda efir vaqtida botdan foydalanuvchilar soni keskin oshib ketganidan so‘ng kichik texnik muammolar kuzatildi. Ammo bu muammolar tezda bartaraf etildi va barcha javoblar vaqtida qabul qilindi. Zakovat butun mamlakatda shunday qiziqishga sabab bo‘lganidan xursandmiz va buning uchun siz — aziz muxlislarimizdan minnatdormiz. Hozirda tanlov g‘olibi kim bo‘lganligiga aniqlik kiritish maqsadida javoblarni o‘rganish jarayoni boshlandi. Tez orada biz g‘olib bilan bog‘lanamiz. G‘olib nomi Zakovat teleo‘yinining keyingi efirida e’lon qilinadi. Shu sababli keyingi juma kunida efirga beriladigan o‘yinni o‘tkazib yubormang. Tanlov qoidalarida yozilganidek, savollar uchun javoblar o‘yin efirga ketganidan boshlab 24 soat davomida qabul qilinadi, bot bu vaqt davomida ishlab turadi. Ko‘rsatgan faolligingiz uchun sizga yana bir bor minnatdorchilik bildiramiz. @zakovatharakati
Показать все...
👍 2
🖼Zakovat intellektual klubi” NNT Sirdaryo viloyati "Zakovat" klubi "Professional ligasi" yozgi mavsum 3-tur oʻyinidan fotolavhalar...
Показать все...
👍 6🔥 2👏 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🏆 "Zakovat intellektual klubi" NNT Sirdaryo viloyati "Professional liga" yozgi mavsum "Zakovat-yakkalik" intellektual o'yinining navbatdagi turi bo'lib o'tdi. Yakuniy natijalarga ko'ra quyidagi bilimdonlar yuqori o'rinlarni egallashdi: 🥇- o'rin: Bosimov Ahror 🥈- o'rin: Abdushukurov Abdunayim 🥉- o'rin: To'ychiyev Nurbek @Sirdaryo_ZakovatNNT
Показать все...
1
Repost from Zakovat harakati
00:55
Видео недоступноПоказать в Telegram
Oila yoki karyera. Bittasini tanlash kerakmi? 🧐 “Diqqat, savol!” podkastining bu sonida mashhur zakovatchi Rushana Rajabova hamda tadbirkorlar - “Testo” kafesining asoschisi Nargiza Ulugova hamda agroeksportchi Dildora Otajonova bilan ayollarning tadbirkorlikdagi o‘rni, sohadagi muammolar va O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligining kelajagi haqida so‘z yuritdik. 👉🏻 To‘liq videoni ko‘rish @zakovatharakati
Показать все...
12.46 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
❤️"Zakovat intellektual klubi" NNT Sirdaryo viloyati "Professional liga" yozgi mavsum 3-tur o'yini bo'lib o'tadi. 🕔 O’yin vaqti: 28-iyun (juma) 17:30. 📍 O‘yin manzili: Yoshlar markazi. ✅12 ta turdan iborat mavsum yakunida kuchli uchlikni qo’lga kiritgan jamoalar mavsumiy sovrin jamg’armasi 21 million so’m bo’lgan pul mablag'lariga ega chiqish mumkin. Mavsumda g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar  "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan quyidagi miqdorda rag‘batlantiriladi: 🥇-o‘rin uchun - 9 000 000 mln so‘m; 🥈-o‘rin uchun - 7 000 000 mln so‘m; 🥉-o‘rin uchun - 5 000 000 mln so‘m. ✅Yozgi mavsum o'yinlariga  a’zo bo’lish tartibi juda oddiy: 6 nafar asosiy va 2 nafar zaxira ishtirokchidan iborat jamoa tuzish va ro'yhatdan o'tish. Jamoaga zaxira o'yinchisini jalb qilish ixtiyoriy hisoblanadi. ➡️ Ro’yxatdan o’tish uchun: @ZAKovatUZ91 ga murojaat qiling. @Sirdaryo_ZakovatNNT
Показать все...
👍 3🔥 1👏 1
🏆 “O‘zbekgidroenergo” AJ tizimida Zakovat musobaqasi o‘tkazildi ✊🏻 Xalqaro oila kuni va Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan mazkur o‘yinda respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 23 ta jamoa o‘zaro bellashdi Turnir yakuniy natijalariga ko‘ra quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi: 🥇1-o‘rin: “Chirchiq GESlar kaskadi” jamoasi; 🥈2-o‘rin: “Quyi Bo‘zsuv GESlar kaskadi” jamoasi; 🥉3-o‘rin: “O‘zbekgidroenergo” AJ Ijro apparati jamoasi. 💻 G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Показать все...
👍 1
Repost from Zakovat harakati
Фото недоступноПоказать в Telegram
@zakovattanlov_bot botidan foydalanish yo‘riqnomasi Yozgi mavsumdan boshlab har o‘yinda boshlovchi tomonidan muxlislar uchun alohida 2 ta savol o‘qib borilishidan xabardorsiz. Ammo ushbu tanlovda qanday tartibda qatnashishni bilmayapsizmi? Unda bu post aynan Siz uchun! Muxlislar tanlovda faqat @zakovattanlov_bot boti orqali ishtirok etishlari mumkin. Boshqa joyga (masalan, Zakovat klubining elektron pochta manziliga yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga) jo‘natilgan javoblar inobatga olinmaydi. Botga javob jo‘natishdan oldin unda ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
❗️Bu muhim: Botga kirganingizda ro‘yxatdan o‘tishdan avval sahifada ko‘rsatilgan havola orqali tanlovda ishtirok etish shartlari (oferta) bilan tanishib chiqish lozim.
Botda ro‘yxatdan o‘tish uchun dastlab /start buyrug‘ini bosish talab etiladi. Shundan so‘ng, ishtirokchidan ismi, sharifi va familiyasini, undan keyin telefon raqamini kiritish talab etiladi. So‘ng ishtirokchi har ikkala javobini bitta xabarda jo‘natishi lozimligi haqida ogohlantiriladi. Shundan keyingina ishtirokchi o‘z javoblarini jo‘natish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ishtirokchi har ikkala savolning javoblarini botga bitta xabar ko‘rinishida yuborishi lozim bo‘ladi. 2 ta savolga 2 ta xabar ko‘rinishida yuborilgan alohida javoblar qabul qilinmaydi. Har ikkala savolga to‘g‘ri javobni eng birinchi bo‘lib yuborgan ishtirokchi g‘olib deb topiladi. Ishtirokchilar bir necha marta javob jo‘natishi ham mumkin. Faqat bunda har safar javob jo‘natishdan avval yuqorida keltirilgan ketma-ketlikda ma’lumotlarni qayta jo‘natishi talab etiladi. Bot orqali javoblarni qabul qilish “Zakovat” teleo‘yini efiri tugagandan keyin 24 soat o‘tgach to‘xtatiladi. Bir efir o‘yinida faqat 1 nafar g‘olib aniqlanadi. Tanlovda faqat O‘zbekiston Respublikasi ichida bo‘lib turgan ishtirokchilargina qatnasha oladi. G‘olib maxsus sovg‘a – 4 mln so‘m (daromad solig‘i bilan birga) bilan mukofotlanadi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz! @zakovatharakati
Показать все...
00:46
Видео недоступноПоказать в Telegram
🤩 Ertadan Zakovat o‘yinining yozgi mavsumiga yorqin start beramiz! 📌 Ertaga, juma, soat 22:10 da “Milliy” telekanalida Amirxon Umarov sardorligidagi taniqli jurnalistlar jamoasi teleo‘yinda ishtirok etadi. Ko‘rsatuv homiysi - “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki. Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Показать все...
15.61 MB
👍 2
#xushxabar Sirdaryo zakovat klubi a’zosi “Eng faol yosh xodim” tanlovining respublika bosqichi g‘olibasi! "Zakovat intellektual klubi" NNT Sirdaryo viloyat zakovat klubining "Qora kvadrat" jamoasi a’zosi, “Ayollar ligasi” respublika turnirining "Chanel №5" jamoasi bilimdoni Yuldasheva Zamira Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi tuman(shahar) boʻlimlarida faoliyat yuritayotgan 30 yoshdan oshmagan xodimlar oʻrtasida “Yilning eng yosh faol xodimi” koʻrik-tanlovi g’olibasiga aylandi. 🔥 Shu o’rinda, Sirdaryo viloyat Zakovat klubi Yuldasheva Zamiraga kelgusidagi faoliyatida omad va muvaffaqiyat tilab qoladi. @Sirdaryo_ZakovatNNT
Показать все...
👍 9 2🔥 1
Repost from Zakovat harakati
Zakovatli bilimdon qidirilmoqda 🤫 Yangi shablonlarimizdan Siz ham foydalanib ko‘ring 😉 @zakovatharakati
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Zakovat teleo‘yini muxlislari diqqatiga! Xabaringiz bor, endilikda har o‘yinning boshida va oxirida muxlislar uchun alohida 2 ta yutuqli savol berilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu tanlovga iloji boricha ko‘proq qatnashchilarni jalb qilish hamda qatnashchilar o‘rtasida imkoniyatlar teng bo‘lishini ta’minlash maqsadida endilikda telegram kanalimizda teleo‘yinlar translyatsiyasi olib borilmaydi. Shuningdek, teleo‘yinning to‘liq videosi o‘yin efirga ketganidan bir hafta o‘tib YouTube kanalimizga joylanadi. Yozgi mavsumda teleo‘yinlar “Milliy” telekanalida juma kunlari soat 22:10 da efirga uzatiladi. Barcha qatnashchilarga omad tilaymiz! Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Показать все...
👍 1
🏆 Zakovat bo‘yicha Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi respublika ochiq turniri o‘tkazildi ⚔ Yoshlar oyligi doirasida Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan ushbu musobaqada respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 39 ta jamoa o‘zaro bellashdi ❓Jami 48 ta savol asosida boʻlib oʻtgan turnir yakuniy natijalariga ko‘ra quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi: 🥇1-o‘rin: Kaydzen jamoasi (Farg‘ona viloyati) 🥈2-o‘rin: Google jamoasi (Qashqadaryo viloyati) 🥉3-o‘rin: Antanta jamoasi (Navoiy viloyati) 🖥 Mazkur jamoalar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Показать все...
🔥 2
🏦 Banklardagi yosh xodimlar Zakovatda bellashdi 🫱🏻‍🫲🏻 Markaziy bank, Yoshlar ishlari agentligi hamda Zakovat klubi hamkorligida yosh bank xodimlari o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida I Banklararo Zakovat yoshlar kubogi musobaqasi o‘tkazildi 🏆 22 ta tijorat banklaridan kelgan jami 40 ta jamoa ishtirokida o‘tgan o‘yinda quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi: 🥇1-o‘rin: Xalq banki jamoasi 🥈2-o‘rin: Milliy bank jamoasi 🥉3-o‘rin: Invest finance bank jamoasi 💰 G‘olib jamolar diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Показать все...
👍 2
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.