cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Xurshid Saidmuhammad | Notes

🔹Shaxsiy rivojlanish📚 🔹Tarjimalar📝 🔹Topilgan Hikmatlar💭

Больше
Рекламные посты
1 117
Подписчики
-124 часа
-127 дней
-630 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Ozchilik ta’siri. Millioner Warren Buffet kuniga 600-1000 varoq kitob o’qiydi. Xuddi shunday Bill Gates ham yiliga o’rtacha 50 ta kitob o’qiydi. Elon Musk ham qolishmaydi. Yiliga 100 ga yaqin kitob o’qiydi. Va boshqa ko’plab boy insonlar ham doimiy kitob o’qishadi. Nega? Chunki hamma yaxshi g’oyalar, yaxshi loyihalar kitob o’qish paytida chiqib keladi. Ma’lum bir so’rovnomadan ishonarli natija olish uchun kamida 100 kishi ishtirok etishi kerak. Bitta Jahongir Ortiqxo’jayevning “Men umuman kitob o’qimayman” degan gapidan o’rnak olib, kitob o’qimay boy bo’lsa ham bo’lar ekan deb zaxarlanayotgan yoshlar yuqoridagi statistikalarga bee’tibor bo’lmang. 100 ta boydan 1-2tasigina kitob o’qimas balkim, qolgan 98tasi albatta kitob o’qiydi. Ko’plar qatorida bo’laylik! 🟩 @yetakchi_notes 🟩 @yetakchi_notes
Показать все...
🔥 10👍 4❤‍🔥 2 1😍 1🤓 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
👀 Qayerda monitoring kuchli bo’lsa, o’sha yerda o’zaro ISHONCH yo’qdir! 🟩 @yetakchi_notes 🟩 @yetakchi_notes
Показать все...
👍 6💯 3 1🔥 1💔 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Kimga ishonish kerak? Bilamizki munosabatlarda ishonch juda muhim rol o’ynaydi. Ishonch bo’lsagina oilaviy, jamoaviy maqsadlarga tezroq erishiladi. Munosabatlarda ishonch bor yoki yo’qligini quyidagi elementlar orqali bilib olishingiz mumkin: ✅ Munosabatlardagi ochiqlik (kamchilikni ayta olish); ✅ Taxminiy kutuvlarni qila olish (oldingi tajribaga asoslanib); ✅ Doimiy nazoratning yo’qligi. Agar sizning jamoangizda bu elementlarning aksi bo’lsa, ishonch ustida ishlash muhim vazifaga aylanishi kerak. Yana qanday qo’shimchalar qila olasiz? 🟩 @yetakchi_notes 🟩 @yetakchi_notes
Показать все...
👍 4🌚 1
Qurbon Hayitingiz muborak bo’lsin! Assalomu aleykum azizlar! Barchamizga Iyd Qurbon hayit ayyomi muborak bo’lsin. Oilangizga tinchlik-hotirjamlik, kasbu-koringizga barokatlar yog’ilsin. Qilgan qurbonliklaringiz va ehsonlaringizni Alloh dargohida qabul qilsin. Bayramlarni yaxshi o’tkazib olinglar!
Показать все...
👍 10🥰 2🎉 2
Nega xodimlar ishdan ketishni xohlaydi? Tadqiqotlarga ko’ra 51% xodimlar doimiy yangi ish izlab yurishar ekan. Va ko’pchiliklari quyidagi sabablar tufayli hozirgi ish joyidan ketishni xohlar ekan: ✅ Uzoq muddat o’smaslik; ✅ Xodimga nisbatan past baho berish; ✅ Ish-joyidagi doimiy stress; ✅ Ishlashga motivatsiya yo’qligi; ✅ Xodimning kelajak roadmapi noaniqligi; ✅ Mikromenejment; ✅ Noreal kutuvlar; ✅ Konstruktiv bo’lmagan tanqidlar; ✅ Jamoadoshlar tomonidan yordam yo’qligi; ✅ Ma’nosiz maqsad va o’zgarishlar. Yuqoridagilardan qaysi sabablar O’zbekistonda ham kuzatiladi? 🟩 @yetakchi_notes 🟩 @yetakchi_notes
Показать все...
👍 7🔥 4 1
EP2: Shaxsiy rivojlanish yana mas’uliyat darajasiga chiqishi kerak! Mavzu haqida biroz fikr-mulohazalarimni ulashishga harakat qildim. Yana qaysi mavzular haqida podcast chiqishi xohlardingiz?
Показать все...
YETAKCHI Podcast EP102.mp321.71 MB
😍 6👍 4🔥 3 1
Shaxsiy rivojlanish yana mas’uliyatga aylanishi kerak! Oxirgi yillarda, shaxsiy rivojlanish qandaydir trend va hammaning kundalik suhbatida chiroyli eshitilish va chiroyli ko’rinish uchun ishlatiladigan terminga aylandi. Aslida esa shaxsiy rivojlanish har birimizning mas’uliyatimizga aylanishi kerak bo’lgan davrlar keldi deb o’ylayman. YETAKCHI Podcastning navbatdagi soni shu mavzu haqida bo’ladi. 🟩 @yetakchi_notes 🟩 @yetakchi_notes
Показать все...
👍 11 2🔥 1🌚 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Nega 3 yoshdan keyin kech? Rasmdagi xabar favqulotda holatlarda yuboriladigan trevoga. Yaponiyada yer qimirlasa, telefonlarga judayam baland ovozda shunaqa trevoga xabarlar keladi. Bugun ertalab soat 6:30da xuddi shunday xabar keldi. Ayolim bolalar uyg’onib ketmasin deb darrov telefon ovozini o’chirdi, chunki biz yashayotgan shaharda yer qimirlashi bo’lmayotgandi. Ayolim xabar ovozini o’chirib-o’chirmay 3 yoshli o’g’lim darrov uyg’onib, ikki qo’li bilan boshini ushlab o’zini himoya qildi. Darrov quchoqlab, tinchlantirdik va yer qimirlayotganini aytdik. Ozginadan keyin nimaga unaqa qilganini so’rasak, ustozlarim aytgan yer qimirlayotganda agar stol bo’lmasa, boshingni shunaqa himoya qilishing kerak deb. Biz esa 😳 Mana nega yaponlar 3 yoshgacha bolalar bog’chasida faqat shunaqa hayot uchun kerakli eng muhim bilimlarni o’rgatishadi. Farzandlarimiz Ingliz, Rus va Arab tillarini maktabda ham o’rganishi mumkin. Yaxshi taomlarni uyda ham qilib bersak bo’ladi. Maktabgacha ta’lim esa shu kabi muhim bilimlarni berish bilan shug’ullanishi kerak. (Ma’lumot uchun, Yaponiya bog’chalarida har bitta bolaning o’zining yong’indan himoya qiladigan maxsus materialdan tikilgan plashi bor. Uxlayotganda yonida, ovqatlanayotganda stulining orqasida turadi) 🟩 @yetakchi_notes 🟩 @yetakchi_notes
Показать все...
👍 21 7🔥 3 2😍 1
YETAKCHI podcast EP1.mp310.03 MB
👍 8🔥 5
🎙️ YETAKCHI Podcast 1-soni bugun O’zbekiston vaqti bilan 20:00da post qilaman. O’tkazib yubormang😊 🟩 @yetkachi_notes 🟩 @yetakchi_notes
Показать все...
🔥 6