cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

JIGARBANDIM

Farzandim - jannat rayhonim, mehribonim, kelajagim, yuragimning quvonchi, qalbimning chechagi! Bolam, bugun seni yaqinroq tanish uchun qadam tashladim... Menga ishon, qalbingni och, toki seni Hayot yo'llaridan olib o'tishga qodir Yo'lboshchi bo'lay!

Больше
Узбекистан38 680Не указан языкНе указана категория
Рекламные сообщения
328Подписчики
Нет данных24 часы
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Assalomu alaykum, davramizga xush kelibsiz, kelajagimiz bo'lmish farzandlarimizning ruhiyati, baxtliligini birinchi o'ringa qo'yadigan Haqiqiy Onalarimiz borligini ko'rib juda yuragimiz yashnadi. Boriylarga shukur. 20.10.20 sana: soat 21:00 da yana online seminarimizda hamma savollarga javob beriladi. O'smirlik olami haqida ham suhbat qilamiz. Birga bo'ling 🌹
Показать все...
Assalomu alaykum, yangi seminarimiz 9-oktyabr kuni soat 21:00 da bo'lib o'tadi. Birga bo'liylar.
Показать все...
https://t.me/joinchat/DaWvDhaAGVASng8ElCzkuw Savollarni to'liq formatda, butun xat shaklida berishingizni iltimos qilamiz (uzuq-yuluq Chat shaklda emas). Hozirdan berishingiz mumkin. Yaxshilikda ko'rishish umidi ila, @jannatboqchasi.
Показать все...
KO'ZOYNAK Assalomu alaykum, qadrdonlar! "Bolam bilan chiqisholmayman. Urib qo'yaman, baqirib tashlayman..." deb murojaat qilishyapti. Onajonlar, bolada ayb yo'q. Iltimos, o'zingizdan nega buni uryapman, nega bunga baqiryapman, nega buni ayblayapman? deb xolis so'rang. O'z qalbingizni taftish qiling, shunda aslida bola emas, boshqa muammolaringiz sababli bolangizga portlayotganingizni anglaysiz. O'sha muammolarni aniqlang. Ularni ko'mmang. Ko'milgan muammolar tez-tez bosh ko'tarishadi. Yaxshisi, ularni yeching. Bolangizning bir tomchi ko'z yoshiga arzimaydi hech bir muammongiz! U hozir ojiz bo'lsa, eng eng eng ishongan Onasi uni urib siltalab tursa, u bechora kimga borsin? Siz uning uchun eng muhim Qarorgoh va Qiblagoh bo'la turib, uni eng og'ir jazoga - G'azabingizga duchor qilsangiz, u kimdan panoh tilasin? Biz kasalxonalarda jon berayotgan bolalarni, yillab farzand talabida yurgan Ota- Onalarni ko'ramiz, ular befarzandlik bilan sinalganida, Sizga shunday ne'mat berilganki, uni o'zimizning bir parchamiz deb bilib, alam qopiga aylantirishimiz to'g'rimi? Siz va biz kap-katta bo'la turib, yelkamizdagi yuklarni ko'tarolmayapmiz-ku, bu mitti jon qanday ko'tarsin? Keling, bolaga bolaligini qaytarib beraylik? Iltimos, urmang, urushmang, baqirmang, jerkimang. Axir ertaga u kuchga to'lganida Sizga berganlaringizni oshig'i bilan qaytaradiki?.. Shu bolalarimiz uchun tog'ni oshib, suvni simirib, toshni kemirib yashamayapmizmi? Ular bizning kelajagimiz emasmi? Axir bu ketishda kelajak tugul, ularni ruhiy nogironlarga aylantirish hech gap emaski? Agar bilsangiz edi, tuvakka o'rgatishda urib so'kishingiz, o'g'il bolalarni kelajakda jinsiy ojizga, qiz bolalarni esa baxtsiz rafiqaga aylantirishi mumkin. Aldab tashlab qochganingizda, bola butun umr "tark etilish qo'rquvi"dan qutulolmay iztirob chekib yashaydi. Bu yurak- qon tomir xastaliklariga, oshiqcha vaznga va oshqozon-ichak traktati buzilishiga opkeladi. 9 oy mehr bilan ko'targan bolamiz nega birdan g'ashimizni keltira boshladi? Nega qiliqlari yoqmay qoldi? Nega oyi, ada, deganida quvondik-u, keyin har gapiga "o'chir ovozingni!" deya boshladik? Sababi juda primitiv! Biz bolani mulkimiz deb bilamiz. U mulk emas, u mol emas. U - insondir. U aslida bizdan pokroq, bizdan samimiyroq va tozaroqdir. Zolimga aylanmang, ustingizda ishlang. Bolalarga ularning pushti ko'zoynaklarini qaytarib bering. O'zingiz ham uning qalbiga mehmon bo'ling. Siz ham dunyoni bolangizning ko'zi bilan ko'ring. Urmang, so'kmang, haqorat qilmang, yerga urmang, shaxsiyatini ezmang, iltimos. Uning Egasidan uyaling. @JannatBoqchasi
Показать все...
SUHBAT: 🏖 Shanba, 12-sentyabr. 🌥 Soat 21:00 da. Assalomu alaykum, qadrdonlar! Biroz muddatdan so'ng, Sizlarni bir piyola choyga taklif qilmoqchimiz. Albatta, bu majoziy ma'noda, bir piyola choy - bu mehr-oqibat chashmasidan Sizga ilinganlarimizdir. Oilada farzand baxt-u iqboli haqida savollaringiz bo'lsa, bajonidil dillashamiz. Suhbat Telegram tarmog'i orqali quyidagi guruhga bo'lib o'tadi: https://t.me/joinchat/DaWvDhaAGVASng8ElCzkuw Buvijonlar, Onajonlar, otalar, farzandlar - barchangizga birdek "Xush kelibsiz!" deymiz. Savollarni to'liq formatda, butun xat shaklida berishingizni iltimos qilamiz (uzuq-yuluq Chat shaklda emas). Hozirdan berishingiz mumkin. Suhbat vaqti: 12-sentyabr, shanba kuni soat 21:00 da. Yaxshilikda ko'rishish umidi ila, @jannatboqchasi.
Показать все...
Jigarbandim kanalining maxsus homiylaridan Nigoraxon murabbiyligi ostida Chempionga aylangan, 278-maktab o'quvchisi Mushtariyning yutuqlari. Barchamizga farzandlarimiz bilan faxrlanib yurish nasib qilsin!
Показать все...
🚘 Мактаб битирувчисига “Spark” совға қилинди Ёдингизда бўлса жорий йилнинг январь ойида Олмазор туманида истиқомат қилувчи Муштарий Раззоқова Ўзбекистон Миллий Университетининг таэквондо факультетига талабалик сафига имтихонларсиз қабул қилинган эди. 278-мактабнинг 11-синф битирувчиси Раззоқова Муштарий Али қизи ўзининг ўқишда эришган ютуқлари ва аъло билмлари учун олтин медаль соҳиби бўлди. Бугун Тошкент шаҳар ҳокимиятида ўтказилган “Ҳоким ва ёшлар” учрашувида шаҳар ҳокими Ж.Артикходжаев томонидан Муштарийга “Spark” русумли автомобиль совға қилинди. 2019 ва 2020 ўқув йилларида республикамиз мактабларини тамомлаган ўқувчилар орасида энг юксак чўққиларга эришиб “Spark” эгаси бўлган ягона ўқувчимиз туманимиз фахри бўлмиш Муштарийни Олмазор тумани ҳокимлиги номидан самимий қутлаймиз. Келгусидаги ўқиш ва ишларида омад тилиб қоламиз. 🖌Олмазор тумани ҳокимлиги Матбуот хизмати Facebook | Instagram | Telegram
Показать все...
Хоким Ташкента подарил школьнице автомобиль Spark. Выпускница школы №278 Муштарий Раззокова окончила школу на золотую медаль. Муштарий также занимается таэквондо и в январе текущего года уже была принята в качестве студентки в Национальный университет Узбекистана. Она будет учиться на факультете таэквондо. Узбекистан 24/7
Показать все...
Остановим насилие в отношении детей вместе. 👉 @bolalarboqchasi
Показать все...
Войдите и получите доступ к детальной информации

Мы откроем вам доступ после авторизации. Мы обещаем, это быстро!