cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

NamMQI_Rasmiy | YANGILIKLAR

Namangan muhandislik-qurilish instituti rasmiy sahifasi ✅ Rasmiy saytimiz: www.NamMQI.uz

Больше
Рекламные посты
2 425
Подписчики
-124 часа
-127 дней
+2430 дней
Архив постов
NamMQI sport majmuasida voleybol boʻyicha xotira turniriga start berildi Turnirni institut rektori Sharifjon Ergashev ochib berdi. U ushbu musobaqa institutda faoliyat koʻrsatib, hayotdan koʻz yumgan ustozlar xotirasiga bagʻishlangani, ularning yodi doim qalblarda ekanligini taʼkidladi. Marhum ustozlarning farzandlari soʻz olib, oilalariga koʻrsatilgan hurmat uchun minnatdorlik bildirdi. Shundan soʻng qurʼa tashlanib, institut fakultet va boʻlimlari oʻrtasidagi musobaqalar boshlandi. NamMQI media markazi
Показать все...
👍 2
“Mirzo Ulugʻbek vosirlari” tanlovining viloyat bosqichi sovrindorlari taqdirlandi Tanlovning viloyat bosqichida 4 nafar talaba Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan boʻlib, ularning barchasi Sanoatni axborotlashtirish fakulteti talabalaridir. Taqdirlash tadbirida iqtidorli talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar va esdalik sovgʻalarini fakultet dekani Abdurahim Qahharov topshirdi. Talabalar Respublika bosqichida ham munosib qatnashib, yuqori natijalarga erishishlariga tilak bildirdi. Tadbirda fakultetning yoshlar ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari Nozimjon Ortiqov va fakultet tyutorlari ishtirok etdi. NamMQI media markazi
Показать все...
👍 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#NamMQI_45 Otamga tengdosh maskan Ziyokorlar oshyoni, Gul-niholga boy chaman. Maʼnaviyat makoni— Otamga tengdosh maskan. Ustozlaring chapani, Yoshlaringda bor maʼni, Adolatning vatani— Otamga tengdosh maskan. Ham nomim, ham nonim sen, Maʼrifatga konim sen, Qadrli oshyonim sen, Otamga tengdosh maskan. Madh etaman, tinmayman, Besh yildirki jilmayman, Senda kamlik bilmayman Otamga tengdosh maskan. Yoshlaring jadidga xos, Zakovat bobo meros, Oʻzing zamonaga mos, Otamga tengdosh maskan. Besh tashabbus amalda, Yoshlarga berar dalda. Shunday makon azaldan— Otamga tengdosh maskan Senda yupunim—kulgu, Toʻkinim, kunim—kulgu, Koʻngil yozar joyim bu— Otamga tengdosh maskan. Xushlanmasang boʻlib lol, Sevmaslik amri mahol, Ham javobsan, ham savol— Otamga tengdosh maskan. Yurt otasi ishongan, Yoshlari chaqnab-yongan, Muvaffaqiyat qozongan Otamga tengdosh maskan. Sheʼrim senga toʻyona, Yurakda shodiyona, Sen otasan, Sen-ona Otamga tengdosh maskan. ✍️ Ahmadjon Muxtorjonov
Показать все...
👍 7 3🎉 2
⚡️Endi davlat granti oʻrinlari eng yuqori ball toʻplagan abituriyentlar tanlovi asosida belgilanadi 6-may kuni Prezident huzurida oliy taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish, qabul va malaka tizimlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi. Bugungi kunda bakalavriatda 306 ta yoʻnalish, magistraturada 625 ta mutaxassislik bor. Lekin ularning ayrimlari xalqaro standartlar va zamonaviy mehnat bozori talablariga mos emas. Bu bitiruvchilarda toʻliq malaka shakllanishi va ularning ishga joylashishida muayyan qiyinchiliklar tugʻdirmoqda. Shu bois taʼlimning xalqaro tasnifi, ilgʻor xorijiy tajriba asosida bakalavriat va magistratura yoʻnalishlarini qayta koʻrib chiqish hamda ayni paytda talab yuqori boʻlgan sohalarda yangi yoʻnalishlar ochish boʻyicha takliflar bildirildi. Oliy oʻquv yurtlarida taʼlim jarayonlarini raqamlashtirgan holda dekanatlar va boshqa maʼmuriy tuzilmalarni optimallashtirish masalasi ham muhokama etildi. Shu nuqtayi nazardan, 1-sentyabrga qadar oʻquv jarayonlarini toʻliq qayta koʻrib chiqib, yangi tizimni joriy etish boʻyicha koʻrsatma berildi. Keyingi asosiy masala bu – oliy taʼlimga qabul tizimini yanada adolatli qilish va davlat grantlarini iqtidorga yoʻnaltirish. Hozirgi qabul tizimi, kvotalarning taqsimlanishi raqobatni toʻliq taʼminlamayapti. Ayrim abituriyentlar yuqori ball toʻplasa-da, topshirgan oliygohining kvotasi soniga qarab, oʻqishga kirolmay qolishi mumkin. Yangi tartibga koʻra, muayyan bir yoʻnalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball toʻplagan abituriyent, tanlagan oliy taʼlim muassasasidan qatʼi nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Yaʼni, yuqori ball olgan yoshlar oʻqishga kirmay qolmaydi. Yana bir yangilik: endi davlat granti 4-yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi. Davlat rahbari bu tizimni adolatli yoʻlga qoʻyish, yoshlarga va ota-onalarga yetkazish zarurligini taʼkidladi. Malaka talablari boʻyicha ham dolzarb masalalar koʻp. Yurtimizdagi ayrim mezonlar xalqaro standartlarga va ish beruvchi talablariga toʻliq mos kelmaydi. Mehnat bozorida mavjud 8 mingga yaqin ishchi kasbdan 5 mingdan ortigʻi boʻyicha malaka standartlari ishlab chiqilmagan. Borlari ham aniq va sifatli emas. Shuningdek, malakani baholash markazlarida sertifikatlash yoʻlga qoʻyilmagan. Milliy malaka tizimiga doir jarayon va hujjatlar Elektron platformada yuritilmaydi. Shu bois Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutini tashkil qilib, ish beruvchilar bilan birga malaka talablarini toʻliq ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi. – Bu aholi bandligiga bevosita daxldor dolzarb masala. Shuning uchun bu borada qonunlar ishlab chiqib, vazirlik va idoralar masʼuliyatini belgilash, ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev. Taqdimotda muhandislik sohasidagi taʼlim sifati ham tahlil qilindi.Mamlakatimizda yiliga 3 mingdan ziyod sanoat korxonalari tashkil etilib, 146 ming ish oʻrni yaratilayapti. Ularda yiliga 25 mingdan ziyod muhandis va texnologlarga ehtiyoj bor. Bu yoʻnalishda 33 ta davlat oliygohida kadrlar tayyorlansa-da, taʼlim sifati talab darajasida emas. Ilgʻor xorijiy universitetlarda allaqachon toʻxtatilgan ayrim fan va mutaxassisliklar hali ham oʻqitilmoqda. Oʻquv reja va dasturlarining qariyb yarmi mehnat bozori va xalqaro standartlarga javob bermaydi. Mutasaddilarga ushbu taʼlim yoʻnalishida keskin oʻzgarish yasash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Показать все...
👍 4
00:55
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Video NamMQI media markazi taqdim etadi: Institut talabalari Toshkentning “Zakovat arena” majmuasidagi bahslarda ishtirok etdi.
Показать все...
0506 (2).mp46.60 MB
Institut talabalari “Zakovat arena” majmuasidagi bahslarda ishtirok etdi Toshkentda safarda boʻlib turgan institut talabalari poytaxtdagi “Zakovat arena” majmuasi bilan tanishdi. Majmuada intellektual oʻyinlar oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bu imkoniyatdan talabalar ham unumli foydalandi. Poytaxtga borgan yoshlar “Zakovat” turnirining ikkinchi ligasi bahslarida biryoʻla ikki jamoa bilan ishtirok etdi va oʻzlarining bilimlarini sinab koʻrdi.
Показать все...
👍 1
Tomsk politexnika universiteti dotsenti Ruslan Ufa institut mehmoni boʻldi Safar davomida mehmon institut professor-oʻqituvchilarini universitet faoliyati bilan tanishtirdi. Energetika boʻyicha taʼlim jarayonlarida qoʻllanilayotgan yangiliklar yuzasidan master-klass oʻtdi hamda institutning 3-kurs talabalari uchun oʻquv mashgʻulotlari olib bordi. Shuningdek, institut huzuridagi akademik litsey bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Mehmon bilan muloqotlar davomida ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida hamkorlikda kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish va professor-oʻqituvchilar stajirovkalarini yoʻlga qoʻyish borasida muzokoralar olib borildi. Maʼlumot uchun, Tomsk politexnika universiteti dunyo reytingida top-500 talikdan oʻrin egallagan.
Показать все...
Войдите и получите доступ к детальной информации

Мы откроем вам доступ после авторизации. Мы обещаем, это быстро!