cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

NamMQI_Rasmiy | YANGILIKLAR

Namangan muhandislik-qurilish instituti rasmiy sahifasi ✅ Rasmiy saytimiz: www.NamMQI.uz

Больше
Рекламные посты
2 415
Подписчики
-424 часа
-177 дней
-6130 дней
Архив постов
01:24
Видео недоступноПоказать в Telegram
NamMQI media markazidan qisqa video: Institut vakillari Toshkentdagi Gʻalaba bogʻi va “Shon-sharaf” muzeyida boʻldi.
Показать все...
Institut vakillari Toshkentdagi Gʻalaba bogʻi va “Shon-sharaf” muzeyida boʻldi Institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov boshchiligida bir guruh talabalar Xotira va qadrlash kuni arafasida Toshkentdagi Gʻalaba bogʻi va “Shon-sharaf” muzeyida boʻldi. Talabalarga poytaxtda qad rostlagan ushbu bogʻ va muzey haqida batafsil maʼlumot berildi. Ular bu yerda namoyish etilayotgan harbiy qurol-aslahalar, xotira lavhalarini koʻzdan kechirdi. Urush yillarining suronli haqiqatini oʻzida aks ettirgan bogʻ va muzey talabalarda katta taassurot qoldirdi. NamMQI media markazi
Показать все...
Bitiruvchilar o‘rtasida informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha "NamMQI olimpiadasi" OTM bosqichi o‘tkazildi Ushbu bosqichni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Muhammadjon Dadamirzayev ochib berdi va ishtirokchilarning har biri bilan alohida muloqot o‘tkazib, ularga muvaffaqiyat tiladi. Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Diyorbek Akbaraliyev o‘quvchilarni olimpiada nizomi bilan tanishtirib, jarayon haqida kerakli tushunchalar berdi. Olimpiada yakunida Kosonsoy tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Ahliyor Mirodullayev 1-o‘rin, Chust tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Saidkamol Avliyayev 2-o‘rin, Namangan shahridagi 7-maktab o‘quvchisi Mubosher Abduxalilov 3-o‘rinni egallab, institutning axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishiga imtiyoz bilan to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Показать все...
06:04
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Video NamMQI media markazi taqdim etadi: Institutda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbir tafsilotlari.
Показать все...
👍 2
NamMQI media markazi fotogalereyasi: Institutda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbir.
Показать все...
👍 1 1
Institutda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi Tadbirga institutda koʻp yillar ishlab, bugungi kunda qarilik gashtini surayotgan faxriylar, hozirda ham faoliyatini davom ettirib kelayotgan ustozlar taklif etildi. Ular institut mutasaddilari tomonidan ehtirom bilan kutib olindi va dasturxon atrofiga oʻtqazildi. Institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov faxriylarni qutlab, ularga jamoa nomidan samarali mehnatlari va yoshlarga koʻrsatgan ibratlari uchun minnatdorlik bildirdi. Faxriylar uchun kuy-qoʻshiqlar yangradi, palov tortildi. Yakunda duo qilinib, oʻtgan ustozlar xotirasi yodga olindi. NamMQI media markazi
Показать все...