cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Qoralama (18+)

Dunyoning eng og'ir dardi — tafakkur! ©️ Remark Qo'rqoq bo'lib chirib yashaganingdan ko'ra, mard bo'lib yonib ketganing yaxshi.

Больше
Рекламные посты
1 463
Подписчики
-324 часа
-177 дней
+4330 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
Bugun jurnalist, bloger Aziza Qurbonova bilan yangi “Tavsiya qilamiz” loyihasi doirasida kitoblar va mutolaa suhbatlashdik. Surat orqasidagi soatga “jon” kirganidan, Aziza opa oʻzlarining kitoblar haqida qanchalik ta’sirli haqiqatlarini aytib berganlarini tushunsa boʻladi:) “Nasib qilsa, barcha uchun foydali va manfaatli loyiha boʻladi” — degan umiddaman. Loyihani qoʻllab-quvvatlagani uchun Respublika Ma’naviyat ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targʻibotchilar jamiyatiga minnatdorchilik bildiraman! @matbuotraisi
Показать все...
👍 9 1
Oʻzimiz haqimizda Ittifoqni nima ekanini bilmagan, yolg‘iz o‘z manfaati shaxsiyasi yo‘lida bir-birini yeb, ichkan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog‘idan yo‘qolmay turib, bizning odam bo‘lishimizg‘a aqlim yetmay qoldi. Biz shu holda ketadirgan, bir-birimizning tegimizga suv quyadirg‘an bo‘lsak yaqindirki, o‘rus istibdodi o‘zining iflos oyog‘i bilan Turkistonimizni bulg‘atar va biz bo‘lsak o‘z qo‘limiz bilan kelgusi naslimizning bo‘ynig‘a o‘rus bo‘yinturug‘ini kiydirgan bo‘larmiz. O‘z naslini o‘z qo‘li bilan kofir qo‘lig‘a tutqin qilib topshirg‘uchi — biz ko‘r va aqlsiz otalarg‘a xudoning la’nati albatta tushar, o‘g‘lim! Bobolarning muqaddas gavdasi madfun Turkistonimizni to‘ng‘uzxona qilishig‘a hozirlang‘an biz itlar yaratguchining qahriga albatta yo‘liqarmiz! Temur Ko‘ragon kabi dohiylarning, Mirzo Bobur kabi fotihlarning, Forobiy, Ulug‘bek va Ali Sino kabi olimlarning o‘sib-ungan va nash’u namo qilg‘anlari bir o‘lkani halokat chuqurig‘a qarab sudrag‘uchi albatta tangrining qahrig‘a sazovordir, o‘g‘lim! Gunohsiz bechoralarni bo‘g‘izlab, bolalar yatimxonalarini vayron qilg‘uchi zolimlar — qurtlar va qushlar, yerdan o‘sib chiqg‘an giyohlar qarg‘ishig‘a nishonadir, o‘g‘lim!.. ©️ Abdulla Qodiriy. "O‘tkan kunlar"dan @matbuotraisi
Показать все...
👍 12🔥 5
Ingliz tilidan ertalab soat 6da yoki kechki payt 20:00 dan keyin offlayn individual dars beradigan ustozlarni tanisangiz tavsiya qilinglar, iltimos!
Показать все...
Nima uchun blog yuritaman? Blog — oʻziga xos axborot almashinuvi maydoni. Bu yerda sen oʻzingni cheklamagan holda cheklanmagan odamlarga fikrlaring, mulohazalaringni yetkazishing mumkin. Masalan, qaysidir film, qaysidir kitob, qaysidir voqea haqida oʻz fikrlaring boʻlishi bu zoʻr, lekin tahlilllaringni hech kim bilan boʻlishmasdan, oʻzingni miyang sarhadlarida olib yurish unchalik ham toʻgʻri emasdek. Qolaversa, yozgan odam fikrlaydi. Fikrlagan inson esa doimiy oʻsishda. Yozganlaring esa yilma-yil, hattoki oyma-oy fikrlaring qanday oʻzgarganiga oyina boʻlib bera oladi. Yaqin 15-20 yil avval koʻpchilikda kundalik boʻlgan. Doimiy xotira va xulosalarini odamlar unga yozishgan. Bugun blog yuqoridagilar bilan birga qisman shu kundalik ham. Faqat bunda fikrlaringni keng insonlar jamoasi bilan boʻlisha olasan! @matbuotraisi
Показать все...
🔥 12 3👍 2
Oʻzbekcha feminizm va “mantiqiy argument” haqida Oʻtgan kuni tor doiradagi davra suhbatlardan birida shunday gaplar qulogʻimga chalindi:
“ruslar kirib kelmaguncha xotin-qizlarimiz ilmli boʻlmagan, oʻrus oʻzi bilan ayollarga tenglik olib kelgandi.”
Beixtiyor “Mehrobdan chayon” romanidagi Ra’noning tasviri yodimga tushdi:
"Ra’no Nigor oyimning to‘ng‘uchi, bu yil o‘n yetti yoshni to‘lduradir. Savodni otasidan o‘qub, o‘n to‘rt yoshida ibtidoiy maktab pro‘g‘ramida bo‘lg‘an barcha darslarni bitirgan, masalan: diniy qismdan –
“Haftiyak”, “Qur’on”, “Chahor kitob”, “So‘fi Olloyor”, “Maslaki muttaqin”,
adabiyotdan – Navoiyning barcha asarlari, devoni Fuzuliy ma’a Layli Majnun; Amiriy, Fazliy va shulardek chig‘atoy-o‘zbek katta shoirlarining asarlari; forsiydan – Xoja Hofiz Sheroziy va Mirzo Bedil, xusni xat, insho va boshqalar. Bu kunlarda bo‘lsa bir tomondan qizlarg‘a saboq berib onasig‘a ko‘maklashsa, ikkinchi tarafdan otasida kofiya (arab nahv va sarfi) hamda Shayxi Sa’diyning “
Guliston
”idan dars oladir va shuning qatorida o‘zi yaxshi ko‘rgan chig‘atoy-o‘zbek shoirlarining badi’a asarlaridan alohida bir majmu’a tuzib yuriydir."
Oʻrus kelgandan, hatto ketgandan keyin ham Qodiriy tasvirlagan Ra’no kabi ilmli qizlar chiqmadi-yov?! Bor boʻlsa ham biz tanimasmiz. Nafsilamrini aytsam, man rus istibdosi bilan bogʻliq har qanday holatni faqat va faqat qoralayman — deb ham akamizni fikrlaridan qaytara olmadim. Bilasizmi, yolgʻon qanchalik faktlar va argumentlar bilan himoya qilinmasin, u baribir yolgʻon. Masalan kimdir sizga yerni tekis deb, qaysidir AQShlik olim, Rossiyalik bloger, Xitoylik konspirolog yoki Saudia Arabistonilik ulamoning gaplarini, qaysidir kitobdagi ma’lumotlarni fakt sifatida koʻrsatgani bilan yer tekis boʻlib qolmaydi. Sogʻlom fikrli odam yer dumaloq shaklda ekanligini juda ham yaxshi biladi. Xullas, qaysidir ma’lumotni tasdiqlash uchun koʻplab mantiqiy argumentlar keltirilgani bu narsaning haqiqatligini bildirmaydi. “Haqiqat doim oʻrtada” degan gapni eshitgan boʻlsangiz kerak. Shuning uchun har qaysi ma’lumotni qanchalik haqiqatga yaqinligini bilish uchun kamida qarama-qarshi tarafni tinglash, soʻng masalani aql tarozisida oʻlchab koʻrgan toʻgʻriroq. @matbuotraisi
Показать все...
👍 12🔥 6👏 4 3
Mening qobiliyatlarim, hozircha!
Показать все...
😁 42 4👍 3🔥 3🗿 1
1 haftadan buyon qancha suv ichsam ham chanqogʻim bosilmayapti!
Показать все...
🔥 7😁 3😐 3
Jurnalist, bloger Aziza Qurbonovaga kitobxonlik haqida savollar yozib qoldirishingiz uchun post. Eng yaxshi savollarni intervyu uchun tanlab olaman. Savol egalariga maxsus sovgʻamiz ham bor🤝.
Показать все...
🔥 14 3
“Har qanday kitob, agar u qayta oʻqishga arzisa ilohiy ruh tomonidan yozilgan”. ©️ Bernard Shou @matbuotraisi
Показать все...
19👍 6 5
Bayramim bilan!
Показать все...
🔥 22😁 8👍 3👏 2
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.