cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

ZARAFSHON SHAHAR MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT BO'LINMASI

Ushbu kanal Zarafshon shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi tomonidan tashkil qilingan. Bunda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar yoritib boriladi

Больше
Рекламные посты
1 108
Подписчики
-424 часа
-347 дней
-20130 дней
Архив постов
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Tarbiya Farzand tarbiyasi juda nozik jarayon hisoblanadi. Tarbiyani asosini so'z orqali emas, shaxsiy namuna orqali berish muhimroq bo'ladi. Farzandingiz oyna kabi sizning aksingizni ko'rsatib turadi. Farzandingizning kelajakda qanday inson bo'lishi, bugun sizning qanday tarbiyada ekanligingizga bog'liqdir. Tafakkur qiling! Rasmiy kanal https://t.me/oltin_zarafshon_bu
Показать все...
Assalomu alaykum. Zarafshon hududida kutilayotgan ob-havo Bugun, 19-may. Yakshanba. +19° +13° Ochiq havo Rasmiy kanal https://t.me/oltin_zarafshon_bu
Показать все...
👍 1
Repost from Otabek Hasanov
00:44
Видео недоступноПоказать в Telegram
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari saroyida turli loyihalarning taqdimot tadbirlari oʻtkazildi. Mazkur anjumanda poytaxtimizdagi oliy taʼlim muassasalari rektorlari, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektorlar, shuningdek, maktab direktorlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari ishtirok etdi. Тadbirda hududiy Ma’naviyat va maʼrifat kengashlarining ishchi tuzilmasi sifatida hududlardagi 4 ta sektorga qoʻshimcha sifatida tashkil qilingan beshinchi “Maʼnaviyat sektori”ning, “Ma’rifatli oila”, “Mutolaa marafon”, “Men ham harbiy bo’laman” kabi loyihalar taqdimotlari oʻtkazildi. https://t.me/otabek_khasanov
Показать все...
Repost from Otabek Hasanov
32:36
Видео недоступноПоказать в Telegram
San’at va madaniyatga e’tibor - ma’naviyati yuksak avlodni tarbiyalashning muhim sharti! Bu borada O’zbekiston24 telekanalida jonli efirda suhbatlashdik. https://t.me/otabek_khasanov
Показать все...
KONIMEXDA KO‘PKARI BO‘LIB O‘TDI Konimex tumanida Ayteke biy tavalludining 380 yilligi munosabati bilan ko‘pkari bo‘yicha yirik musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unga Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari J.Xodjayev, Konimex tumani hokimi Ruslan Ro‘ziyev, mas'ullar, ming nafarga yaqin ko‘pkari ishqibozlari hamda yuzdan ziyod ishtirokchilar to‘plandi. Ko‘pkariga qo‘shni viloyatlardan va Qozog‘iston Respublikasidan chavandozlar otlari bilan qatnashdi. Qizgʼin va murosasiz kechgan musobaqada chavandozlar bor mahorat va imkoniyatlarini ishga solib gʼoliblik uchun kurashdilar. Musobaqa g‘oliblariga tuman hokimligi va xomiylar tarafidan qimmatbaho sovrinlar topshirildi. KONIMEX TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Показать все...
👍 2
Tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo'yicha tuzilgan shtab faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, Respublika ishchi guruhi hamda tegishli mas'ullar ishtirokida tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo'yicha tuzilgan shtab faoliyati, ularni xatlovdan o‘tkazish va muammolarini o‘rganish bo'yicha olib borilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilinib, yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha qat'iy vazifalar belgilandi. Kanalimizni kuzatib boring
Показать все...
👍 1
​​​#Ҳаётий_қисса. Bir qariya keksaligi tufayli kasalxonaga tushib qoldi. Bir yigit har kuni ko‘rgani kelardi. U bilan birga o‘tirardi. Otani taomlanishiga yordam qilardi. So‘ng bir yuvintirib shifoxona hovlisini sayr qildirardi. Otaxon charchagach xonasiga keltirib yotqizardi. Mehr bilan ustini yopar va yaxshi dam oling ota deb chiqib ketardi. Xonaga kirgan hamshira qariyadan so‘radi: Subhanalloh! Amaki shu yigit o‘g‘lingizmi, har kun kelib sizga juda g‘amxo‘rlik qiladi.? Otaxon deraza tomonga tikilgancha: "Qani edi o‘g‘illarimdan biri bo‘lsaa... Bu yigit bolaligida yetim bo‘lib qolgan, qo‘shni mahalladan. Bir kuni u bolalik paytida masjid eshigi oldida yig‘lab turganini ko‘rdim. Uni boshini siladim, yetaklab holvachini oldiga bordim va shirin holvadan sotib olib berdim. U xursand bo‘lib yeb oldi." Keyinchalik yolg‘iz qolganimizni bilib qolibdi, kampirimni o‘z uyiga olib bordi va kelinga parvarish qilishni tayinladi, meni esa yo‘q deyishimga qaramay shu yerga yotqizib ketdi. O‘shandan beri har kuni holimdan xabar oladi. Men undan nega bizni deb o‘zingni shunchalik mashaqqatga qo‘yasan o‘g‘lim desam, u tabassum qilib "O‘sha holvani ta’mi haligacha og‘zimdan ketmaydi ota" deydi. Baraka topsin, Alloh otasini rahmat qilsin. Ko‘zlari havasdan porlagan hamshira labini tishlagancha xonadan chiqib ketdi. Yaxshilik urug‘ini ekib ketavering, u aslo zoye bo‘lmaydi.
Показать все...
Repost from ZARAFSHON YOG‘DUSI
"SOHIL" ISH FAOLIYATINI BOSHLADI Aziz zarafshonliklar!!! Zarafshon shahar Marvarid ko‘lida tashkil etilgan "SOHIL" dam olish maskani 18-may kunidan ish faoliyatini  boshladi. "SOHIL" dam olish maskani har kuni soat 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi. "SOHIL" da sizga quyidagi  xizmatlar taklif etiladi ✅Favvoralar ✅Ochiq osmon ostida "YULDIZLI KEMA"da suzish ✅Fotogaleriya uchun siz kutgan ramantik dizayn Bundan tashqari bizda chegirma narxlarda!!! ✔️Yaxna ichimliklar ✔️Muzqaymoq ✔️Suzma Quyoshli kunlardа maroqli dam olish uchun oladigan energiyangizni to‘g‘ri  va maqsadli sarflang, munosib dam olish uchun hozirdan harakat qiling. Agar sizga shahrimizdagi ushbu dam olish maskani qiziq bo‘lsa quyidagi raqamlar bilan bog‘lanishingiz mumkin. ☎️ +998 99 233 99 64 BIZNI IJTIMOIY TARMOQDAGI MANZILIMIZ👇 https://t.me/+wyBi1jbC3YczYzYy Barchani ushbu dam olish maskaniga taklif etamiz. Biz sizga faqat yaxshilarini ulashamiz. ZARAFSHON YOG‘DUSI” telegram kanal manzili👇👇👇 https://t.me/zarafshon_yogdusi
Показать все...
👍 1