cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

TOYLOQ TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI rasmiy kanali.

Toyloq tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy kanali Admin: @nuriknizomov

Больше
Рекламные посты
420
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
-1030 дней
Архив постов
Toyloqda 120 o‘rinli zamonaviy bog‘cha binosi foydalanishga topshirildi Adas mahallasidagi Adas qishlog‘ida qurilgan 13-maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi va zamonaviy qiyofada bolajonlar bayrami arafisida foydalanishga topshirilganligi ularga bayram tuhfasi bo‘ldi. Bog‘chaning eski binosi foydalanishga yaroqsiz bo‘lgani tufayli investisiya dasturiga kiritildi va 4 mlrd. 700 million so‘m mablag‘ sarflandi. Binosining ochilish marosimida tuman hokimining o‘rinbosari J. Haqberdiyev, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i O‘.Usmonov, mahalla faollari, qishloq ahli, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi va binoda bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi. Kanalga obuna bo‘ling: 👇 Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt
Показать все...
❗️ Президент мактаблари учун ҳужжатлар қабули 1-июндан бошланади. Талаблар билан танишинг! 📑 Ҳужжатлар 20-июнга қадар онлайн шаклда ariza.piima.uz сайти орқали қабул қилинади. 🔷 Президент мактабларига қандай ҳужжатлар талаб этилади? ✅ Талабгорнинг: 🔹 туғилганлик тўғрисидаги гувоҳномаси; 🔹 фотосурати (охирги 2 ойда олинган); 🔹 ота-онаси ёки унинг ўрнини босувчи шахснинг паспорт маълумотлари ва телефон рақамлари (доимий ишлаб турган телефон рақамлари) аниқ ва бехато киритилиши лозим; 🔹 баҳолар табели нусхаси (директор томонидан тасдиқланган). 🔷 Президент мактабларига қайси синфга неча нафар ўқувчи қабул қилинади? 🔹 Умумтаълим муассасаларининг 4-синфини тамомлаган ўқувчилар Президент мактабларининг 5-синфига белгиланган йиллик қабул квотаси доирасида иккита синфга 12 нафардан (жами 24 нафар) қабул қилинади. 🔷 Исталган ҳудуддаги Президент мактабига топширса бўладими? 🔹 Йўқ. Ўқувчилар фақат таълим олаётган ҳудуддаги Президент мактабига ҳужжат топшириши мумкин. Мисол учун, Қорақалпоғистон Республикасидаги мактаб ўқувчилари фақат Нукус шаҳридаги Президент мактабига, Андижон вилоятидаги мактаб ўқувчилари эса фақат Андижон шаҳридаги Президент мактабига ҳужжат топширишлари мумкин. 🔷 Президент мактабига ҳужжат топшириш учун ўқувчининг баҳоларига қандай талаб қўйилади? 🔹 Талабгорнинг математика ва табиатшунослик фанларидан 4-синфдаги йиллик баҳоси 5 (аъло) бўлиши керак. Бошқа фанларга нисбатан ушбу мезон татбиқ этилмайди. Баҳолар табелининг нусхаси мактаб директори томонидан тасдиқланган бўлиши шарт. Обуна бўлиш мажбурий эмас! 👉 @Samarqand_live

“Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida "So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri o'tkazildi.
Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 9-11-sinflar ishtirokida o'tkazilgan tadbirda markaz direktori U.Kurbanov so‘zga chiqib,  bitiruvchilarni bugungi bayram bilan tabriklab, 2023-2024-o‘quv yilida sportda erishilgan yutuqlar haqida so'z yuritdi.
Tadbirda ishtirok etgan faxriy sportchilar ham yoshlarga ezgu tilaklarini bildirishdi. Tadbir davomida o‘quvchilar tayyorlagan ustozlar haqidagi sherlar, sahna ko‘rinishlari kuy va qo‘shiqlari namoish etildi hamda yil davomida namunali faoliyat yuritgan ishchi-xodimlar taqdirlandi. Kanalga obuna bo‘ling: 👇 Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt
Показать все...
🔔TOYLOQ TUMANIDAGI BARCHA MAKTABLARDA "SO‘NGGI QO‘NGʻIROQ" TADBIRLARI BO‘LIB O‘TDI Bugun Toyloq tumanidagi umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari jarangladi. Tadbir Davlatimiz rahbari tomonidan yo‘llangan tabrikni bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga yetkazish bilan boshlandi. “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Ilm- Saodat kaliti!” shiori ostida barcha maktablarda ko‘tarinki kayfiyatda o’tdi. Unda yil davomida a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlanib, rag‘batlantirilmoqda. Shuningdek, tadbir davomida maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, shuningdek, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas’uliyatli ota-ona”, “A’lochi o‘quvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” kabi nominasiyalari bo‘yicha tashakkurnomalar berilmoqda. Joriy o'quv yilida tumanimiz maktablarini 2337 nafar 11-sinf o'quvchilari bitirmoqda.
Показать все...
#hozir Ayni paytda Toyloq tumanidagi barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarida "Soʻngi qoʻngʻiroq" tadbirlari boʻlib oʻtmoqda. Xususan, tumanda yangidan qad rostlagan zamonaviy 62-maktabda ilk bora So'nggi qo'ng'iroq tadbiri o'tkazilmoqda. Maktabni jami 30 nafar o'quvchi bitirmoqda. Bitiruvchilarning 7 nafari oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun imtiyozli sertifikatlarni qo'lga kiritgan. Tadbirga o'quvchi-yoshlarning ota-onalari, IIB xodimlari, mahalla mas'ullari maktabning 4-9 sinf o'quvchilari ishtirok etmoqda. 📌Bu kabi tadbirlar tumanning barcha maktablarida uyushqoqlik bilan tashkil etilgan. Kanalga obuna bo‘ling: 👇 @qushchinor_uz
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
PREZIDENTNING 5 MUHIM TASHABBUSI        Yoshlarimizga bo‘lgan e'tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, o'quvchi yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishdan iborat.      Toyloq tuman 20-umumiy o'rta ta'lim maktabning 1-"A" sinfida  5 TASHABBUS tadbiri o'tkazildi. Tadbirda ota-onalar ham taklif etildi.       Tadbir  namunali tarzda o'tdi..O'quvchilar maktab ma'muriyati tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandilar. Sinf rahbar: Mahbuba Rahmatova
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Ochiq_eshiklar_kuni #Qabul_2024 ⚡️ Joriy yilning 23-may kuni  Toyloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi. ⏺ Ochiq eshiklar kunida: ➖ 2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot beriladi; ➖ Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi; ➖ O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi; ➖ Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi; ➖ Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya uyushtiriladi. 📆  23-may ⏳ Soat 10:00 dan 15:00 gacha 🏢Manzil: Toyloq tumani Gʻoʻlba MFY, Soy qishlogʻi. Maʼlumot uchun +998979231200 🔰Biz bilan yorqin kelajak sari.
Показать все...
Toyloq tuman 10-umumiy o‘rta ta'lim maktabida 1986-yilda tug‘ilgan, 1993-2004-yillarda maktabda tahsil olgan sobiq bitiruvchilarning maktabni bitirganligining 20 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil qilindi. Tadbirga sobiq bitiruvchilarga ta'lim bergan faxriy ustozlari taklif etildi. Tadbir davomida faxriy ustozlarga tuman MMTB bo‘limi boshlig‘ining tashakkurnomalari va estalik sovg‘alari topshirildi. Sobiq bitiruvchilar tomonidan maktab kutubxonasiga badiiy kitoblar jamlanmasi hamda bitiruvchilarning estalik uchun dasxat kitobi topshirildi. Dasxat kitobiga ustoz va o‘quvchilar tomonidan dil izhorlari yozib qoldirildi.
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.