cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

TOYLOQ TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI rasmiy kanali.

Toyloq tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy kanali Admin: @nuriknizomov

Больше
Рекламные посты
421
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
-1030 дней
Архив постов
Sport-sog'lik elchisi 21-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi va yordamchi tarbiyachilar o‘rtasida sport o‘yinlari o‘tkazildi. Musobaqada xotin-qizlar turli shartlar bo‘yicha kuch sinashdilar. G'oliblar esdalik sovg'alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Показать все...
01:15
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Tanlov 🎤O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazida 📃"Vatanim-bu muqaddas maskan" deb nomlangan she'rlar, kichik hikoyalar tanlovini e’lon qiladi. 📃Tanlovda qatnashish shartlari oddiy bo'lib, vatanimizni madh etuvchi shoirlarning yoki o'z qalamingizga tegishli she'rni yoddan o'qib video yoki audio shaklda yuborishingiz yoki o'z ijodingiz mahsuli bo'lgan vatan haqida kichik hikoyani quyidagi telegram @library_sam akkauntiga o'zingiz haqingizda qisqacha ma'lumot bilan yuborishingiz kerak! 📌Tanlov joriy yilning 10-iyuldan 20-avgustga qadar davom etadi. 📜Yuborilgan materilllar kutubxonaning rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali e'lon qilinib, hakamlar hayati hamda kanal obunachilar tomonidan eng ko'p ovoz to'plagan video, audio hamda hikoya egasi kutubxonaning maxsus sovg'asi bilan taqdirlanadi. 📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️ Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
Показать все...
dlya tg.mp481.72 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
#TABRIK #30_iyun_Yoshlar_kuni AZIZ YOSHLAR! Keyingi yillarda yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, ishlashi uchun barcha sharoitlar va  keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan 2017-yildan boshlab 30-iyun yurtimizda yoshlar kuni sifatida keng nishonlanmoqda. Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi barcha yoshlarni — bugungi qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etaman. Aziz yoshlar! Shu muqaddas zaminni asrab-avaylash, mehnatkash xalqimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishda Sizga suyanamiz! Bugungi qutlug‘ sana bilan yana bir bor Sizlarni tabriklaymiz. Barchangizga yurt taraqqiyoti yo'lida qilayotgan mehnatlaringizda omadlar yor bo'lishini tilayman! Shahzod Eshonqulov Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i @samarqandvxtb     Telegram | Facebook | YouTube | Website
Показать все...
Repost from Hilola Umarova
Фото недоступноПоказать в Telegram
Qadrli yoshlar, ertamiz egalari! Barchangizni bugungi katta bayram — “30 iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklayman. Katta faxr va iftixor bilan ta’kidlashim o‘rinliki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz yoshlari jonajon O‘zbekistonimiz kelajagini bunyod etishda faol ishtirok etib kelmoqda. Ayniqsa, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi g‘oya va kreativ ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etishda tizimda faoliyat olib borayotgan minglab yosh pedagog va mutaxassislarning o‘rni katta. Aziz yoshlar! Bugungi kunda oldimizga qo‘yilgan sohadagi ulkan maqsadlarga erishishda g‘ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, har qanday vaziyatda ham hech ikkilanmay mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga o‘zida kuch va bilim topa oladigan sizlardek yosh yigit-qizlarga doimo suyanamiz hamda sizlarga to‘la ishonamiz. Sizlarni yana bir bor bugungi katta shodiyona bilan qutlagan holda, barchangizga ulkan zafarlar, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga yetishishingizda omad tilab qolaman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Показать все...
⚡️RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda  tarqalgan SAMARQANDDAGI BOGʻCHALARNI NAZORAT QILADIGAN MARD MA’SULLAR BORMI , YOKI YUTUBDA PIAR BILAN BANDMI ?" deyilgan murojaat yuzasidan  Toyloq tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari o‘rganishlar olib bordi. Murojaatda  “SHAVKAT BAHORA SHOHJAHON” nomli DXSH da yaqin kunlargacha ( A.J.T ) va ( Z.J.T ) lar mavjud emas ammo ( DXSH ) ning BBITida MAVJUD BO‘LGAN va BEMALOL DAVOMAT, YO‘QLAMA qilib BYUDJETdan SUBSIDIYA MABLAGʻLARIni olib ishlatayotganligi... " deyilgan vaj o'z isbotini topmadi. O‘rganish davomida, ushbu  ( A.J.T ) va ( Z.J.T ) tarbiyalanuvchilarlar DXSHning Bolalar bog‘chasi axborot tizimida mavjud emasligi va davomat qilinmayotganligi aniqlandi. Ushbu murojaat bo‘yicha Davlat xususiy sherikchilik asosida qurilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbari Samiyev Shavkat bilan yuzma-yuz suhbatlashib, unga nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimidan to‘g‘ri va oqilona foydalanish bo‘yicha tushunchalar berildi. Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 33-bandida:“DXSH asosidagi MTT, shu jumladan, oilaviy MTT tomonidan bir bolaning ma’lumotlari NMTTBAT (nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi) ga kiritilib, uning fotosurati o‘rniga boshqa bola (tarbiyalanuvchi)ning fotosurati ushbu axborot tizimiga joylashtirilganligi va uning asosida davomati belgilanib kelinayotganligi aniqlanganda: mazkur tarbiyalanuvchi MTTga qatnagan barcha davri uchun to‘langan subsidiyalar summasi to‘liq Davlat byudjetiga undiriladi deb belgilangan. Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati @samarqandvxtb     Telegram | Facebook | YouTube | Website
Показать все...
#ko'rik_tanlov Bugun Toyloq tumanida "Eng yosh ma’naviyatchi-2024" Respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tumandan 30 yoshgacha bo‘lgan, ma’naviy-ma’rifiy sohada faoliyat yuritayotgan soha vakillari ishtirok etdilar. Ular o‘zaro yetakchilik, tashabbuskorlik, ijodkorlik hamda salohiyat qobiliyatlari yuzasidan bellashdilar. Tanlovda faxrli 1-o'rinni tumandagi 47-umumiy o'rta ta'lim maktabining MMIBDO' Abdullayev Sayfulla qo'lga kiritdi va viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. 2-o'rinni tumandagi 4-umumiy o'rta ta'lim maktabi MMIBDO' Shahobov Shohruh, 3-o'rinni 6-umumiy oʻrta taʼlim maktabi MMIBDOʻ Hamidov O'ktamlar egalladilar. G'oliblar Respublika M'anaviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi hamda tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. 🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: TELEGRAM | FACEBOOK | INSTAGRAM | YOUTUBE
Показать все...
Toyloq tumanida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi yoshlar festivali doirasida o'tkazilgan tadbir davomida Shopulot MFYda joylashgan madaniyat markazi konsertlar zalida tumanimiz yoshlarini teatr sanatiga qiziqtirish maqsadida o'quvchilar o'rtasida o'tkazilgan "Turon teatri"respublika tanlovining viloyat bosqichi sovrindorlari 34-maktab jamoasi badiiy chiqishlar qilishdi.
Показать все...
Toyloqda 84 nafar bitiruvchi maktabni oltin, 22 nafari kumush medal bilan tugatdi    Joriy yilda Toyloq tumanidagi umumta’lim maktablarini 2340 nafar nafar o‘quvchi 11 sinfni tugatdi. 165 nafari IYeLTS va CYeFR xalqaro baholash dasturidan 5,5 dan yuqori ball olib, Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun imtiyozlarni qo‘lga kiritishdi.     Bugun tumanda “Yoshlar festivali” doirasida bo‘lib o‘tgan ”Rahbar va yoshlar” uchrashuvi maktab bitiruvchilari uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. Tadbirda tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Jamshed Xo‘jamurodov hamda sektorlar rahbarlari yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida gapirar ekan, bugun a’lo baholari, munosib xulqi bilan tengdoshlariga namuna bo‘lib oltin va kumush medallarga loyiq topilgan o‘quvchi-yoshlarni tabrikladi. Kelgusi hayot yo‘llarida omad tiladi     Shundan so‘ng maktabni muvaffaqiyatli tamomlagan 106 nafar bitiruchilarga oltin va kumush medallar tantanali ravishda topshirildi.
Показать все...
#Yoshlar_festivali #Fotoreportaj
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.