cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Forish tumani hokimligi

Forish tumani hokimligi rasmiy kanali

Больше
Рекламные посты
1 195
Подписчики
-124 часа
+97 дней
+3530 дней
Архив постов
ФОРИШ ТУМАНИДА МАХАЛЛАБАЙ ИШЛАШ ТИЗИМИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ БЎЙИЧА ЎҚУВ СЕМИНАР ТАШКИЛ ЭТИЛДИ. Фориш туманида махаллабай ишлаш тизимини ривожлантириш бўйича ўқув семинар ташкил этилди. Уқув семинарда Фориш туман хокими Икром Матиев иштирок этиб кириш сўзи билан очиб берди. Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Давлат бошқаруви академияси кафедра мудири, ишчи гуруҳ рахбари Холов Актам Хатамович томонидан “Маҳалла еттилиги” учун ўқув-семинар ўтказилди. Семинардан мақсади “еттилик тизими”нинг муҳим аҳамияти, мазкур фаолиятни ташкил этиш механизмлари, янги тизим самарасида аҳоли учун яратиладиган имкониятлар борасида билим ва кўникмалар бериш ҳамда ҳар бир масъулнинг маҳалладаги ўрни, асосий вазифа ва мажбуриятларини тушунтиришга қаратилди. “Маҳалла еттилиги” фаолиятини самарали ташкил этиш, келгусида амалга ошириладиган чора-тадбирларни самарали ечиш бўйича савол-жавоблар амалга оширилди. Шунингдек, мазкур соҳада қабул қилинаётган норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар бўйича белгиланаётган вазифаларп хусусида тушунтиришлар берилди. “Маҳалла еттилиги” фаолиятининг амалдаги ҳолати таҳлили хусусида гапирилди. “Маҳалла еттилиги”ни давлат органлари билан ҳамкорлиги, коллегиал қабул қилган қарорлар ижроси, миграция, аёллар ва ёшлар бандлиги, ер ажратиш масаласи, субсидия ва кредитлар ажратиш масаласида қизиқтирган саволларга жавоб берилди. Фориш туман хокимлиги ахборот хизмати.
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Фото недоступноПоказать в Telegram
Фото недоступноПоказать в Telegram
MUTAXASSISLIGI BO‘YICHA 5 YIL ISH STAJIGA EGA XOTIN-QIZLAR TAVSIYANOMA ASOSIDA O‘QISHGA QABUL QILINADI ✅ Hukumat qarori (322-son, 09.06.2022 y.) bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat OTMga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. ✅ Bunda o‘qishga qabul qilish Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi. Tavsiyanoma olish uchun talabgor quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak: ➡️ - o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi; ➡️ - tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi; ➡️ - o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi. ✅ Tavsiyanoma berilgan kundan boshlab 3 yil davomida faqat bir marta OTMga qabul qilinishi uchun amal qiladi. ✅ Tavsiyanoma olish uchun talabgor doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga har yili 1 maydan 1 iyungacha ariza bilan murojaat qiladi. ✅ Ariza va hujjatlar 7 iyungacha ko‘rib chiqiladi. Shunga ko‘ra, ishchi guruh xulosasi 10 iyungacha Qo‘mitaga taqdim qilinadi. Hujjatlar Qo‘mita tomonidan 14 iyungacha ko‘rib chiqilib, tavsiyanoma berish yoki uni rad etish to‘g‘risida buyruq chiqariladi. ✅ Ishchi guruh har yili 15 iyungacha tavsiyanoma talabgorlarga yetkazilishini ta’minlaydi. Tavsiyanomaga ega xotin-qizlar uchun tanlovlar umumiy tartibda davlat OTMning bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari (test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon) doirasida o‘tkaziladi. ✅ Kirish imtihonlari yakuniga ko‘ra talabalikka tavsiya etilmagan, biroq to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam bo‘lmagan ballni to‘plagan tavsiyanomaga ega xotin-qizlar ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etiladi. Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
Показать все...
Forish tuman hokimligi muassisligidagi «Forish tongi» gazetasining 2024 yil 11 may kungi 14-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. Ushbu pdf fayl gazeta tahririyati tomonidan taqdim etildi.
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#ob_havo 11 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI Bugun kunduzi Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 19-24° bo‘ladi. Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 19-21° bo‘ladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13° bo‘ladi. ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА 11 МАЯ Сегодня днем по областям Ферганской долины дождь, местами возможен сильный, гроза. По Бухарской. Навоийской. Ташкентской, Самаркандской, Джизакской, Сырдарьинской областям во второй половине дня местами возможен небольшой кратковременный дождь, гроза. По остальной территории республики без осадков. Ветер 7-12 м/с, местами усиление до 15-20 м/с, в отдельных районах с пыльным поземком. Температура 19-24°. В столице во второй половине дня возможен небольшой кратковременный дождь. Ветер 5-10 м/с. Температура 19-21°. По предгорным и горным районам дождь, местами возможен сильный, возможна гроза. Возможны селе-паводковые явления. Ветер 7-12 м/с, местами возможно усиление до 13-18 м/с. Температура 8-13°.
Показать все...
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида чарм ва ипак саноатини ривожлантириш, аҳоли бандлигини таъминлаш масалалари муҳокамаси бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди. — Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам развития кожевенной и шелковой промышленности, а также обеспечения занятости населения. #Mirziyoyev #videoselektor #charmsanoati #ipakchilik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показать все...
Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида маҳаллаларда бандликни таъминлаш ва меҳнат миграциясини тартибли ташкил этиш масалалари бўйича йиғилиш ўтказилди. — При Президенте Шавкате Мирзиёеве состоялось совещание по вопросам обеспечения занятости в махаллях, упорядоченной организации трудовой миграции. #Mirziyoyev #yigilish #bandlik #migratsiya Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar! Boshlanayotgan kuningiz xayrli bo‘lsin. Bugun 11 may, shanba. Dam olish kunlaringiz maroqli o‘tsin.
Показать все...
БИЛИБ ҚЎЙИНГ! Миграциядан қайтганларга қайси ташкилотлар ёрдам кўрсатади? Хабарингиз бор, “Меҳнат миграцияси жараёнларини такомиллаштириш ҳамда хорижда вақтинча меҳнат фаолиятини амалга ошираётган шахсларни қўллаб-қувватлашга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент фармони асосида хорижда вақтинчалик меҳнат фаолиятини амалга ошириш истагида бўлган фуқароларни “онлайн маҳалла” ҳамда «хорижда иш» электрон дастурлари орқали тавсияномалар бериш тартиби йўлга қўйилди. https://uzmahalla.uz/2024/05/10/migrasiyadan-qaytganlarga-qaysi-tashkilotlar-yordam-korsatadi/https://uzmahalla.uz/2024/05/10/migrasiyadan-qaytganlarga-qaysi-tashkilotlar-yordam-korsatadi/
Показать все...
FORISH TUMANIDA HAMSHIRALAR KUNI NISHONLANDI ❇️ Hamshira deganda ko‘z o‘ngimizga qo‘li yengil, so‘zi shirin, yuzi kulib turadigan va har qanday vaziyatda bemorga beminnat ko‘mak berishga tayyor malakali mutaxassis gavdalanadi. ❇️ Tibbiyot maskanlarida fidoyi bo‘lib, o‘ziga yuklatilgan bemor parvarishini sidqidildan mehr bilan amalga oshiradigan soha vakillari bugun kasb bayramini nishonlamoqda. Sohadagi eng so‘nggi tibbiyot texnologiyalari asosidagi operatsiyalarni muvaffaqiyatli o‘tkazish jarayonidan tortib, operatsiyadan keyingi bemor parvarishi, laboratoriya-diagnostika sohasi, ona-bola parvarishi, shoshilinch va tez tibbiy xizmat, sanitariya-epidemiologiya, farmasevtika kabi qator sohalarida yurtimizda faoliyat yuritib kelayotgan hamshiralarning o‘rni beqiyos. Shu jumladan, uyma-uy yurib, oiladagi tibbiy madaniyat darajasining yuqori bo‘lishida ulkan hissa qo‘shib kelishayotgan patronaj hamshiralarning mehnati ham alohida tahsinga loyiq. ❇️ Egniga oq xalat kiyib, nomi va sha’nini xuddi libosidek pokiza saqlaydigan hamshiralarni tibbiyotimizning suyanchi va tayanchi, deb ta’riflash mumkin. O‘z huzur-halovatidan kechib, jonini xatarga qo‘yib, o‘zgalar dardida yelib-yuguradigan, bemorlarni nafaqat dori-darmon, balki mehr va shirin so‘z bilan davolayotgan bu sharafli kasb egalarining mashaqqatli mehnati tahsinga sazovor. ❇️ Forish tumanida hamshiralar kuni munosabati bilan “Dil ifori” tantanalar majmuasida bayram tadbiri tashkil etildi. ❇️ Tadbirda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dildora Mavlonova so‘zga chiqib, barcha hamshiralarni bugungi kasb bayrami bilan samimiy qutladi. Ularga kelgusi ishlariga omad, oilaviy baxt, sog‘lik-salomatlik va yuksak muvaffaqiyatlar tiladi. ❇️ Tadbir davomida o‘z kasbiga fidoyiligi, jonkuyarligi va tirishqoqligi bilan boshqa hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh hamshiralar tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
Показать все...