cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Forish tumani hokimligi

Forish tumani hokimligi rasmiy kanali

Больше
Рекламные посты
1 178
Подписчики
-224 часа
+87 дней
+2630 дней
Архив постов
01:44
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Диққат ‼️Кам таминланган оилаларга болалар нафақаси онлайн ариза бериш тартиби. https://t.me/mahalla_raislari
Показать все...
MAXALLABAY ISHLASH TIZIMINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA O‘RGANISHLAR O‘TKAZILDI ➡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri Xolov Aktam Xatamovich rahbarligida Respublika ishchi guruh tomonidan tuman mahallalarida “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish borasida o‘rganishlar o‘tkazildi. ➡️O‘rganish davomida mahalla yettiligiga “yettilik tizimi”ning muhim ahamiyati, mazkur faoliyatni tashkil etish mexanizmlari, yangi tizim samarasida aholi uchun yaratiladigan imkoniyatlar borasida bilim va ko‘nikmalar berish hamda har bir mas’ulning mahalladagi o‘rni, asosiy vazifa va majburiyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. E.Urushbaev, Mahallalar uyushmasi Forish tuman bo‘limi bosh mutaxassisi.
Показать все...
HAR BIR MUROJAATDA – BIR INSON TAQDIRI ✅Forish tuman hokimi 1-sektor hududidagi takroriy murojaat qilayotgan fuqarolar masalalarini tegishli tashkilot xodimlari ishtirokida ijobiy xal qilish maqsadida yigʻilish oʻtkazdi. ✅Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Forish tuman Xalq qabulxonasi mudiri Doston Jonadilov aholi muammolarini o‘rganish va hal etish yuzasidan navbatdagi aholi qabulini o‘tkazdi. Qabul aholi bilan yuzma-yuz muloqot tarzida kechdi. ✅Aholi bilan samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda fuqarolar tomonidan bandlikni ta’minlash, bankdan kredit olishda yordam, bolalar nafaqasi, moddiy yordam, pensiya tayinlash, subsidiya ajratish va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar tinglandi. ✅Qabul davomida fuqarolar tomonidan 28 ta murojaat bo`lgan bo`lsa, bildirilgan murojaatlarning hal etish bo`yicha qabulda ishtirok etgan korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari xuquqiy tushuntirish ishlari olib borildi. Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
02:15
Видео недоступноПоказать в Telegram
🚌 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 26 апрель кунидаги ПҚ-135 сон Қарори билан автомобиль йўлларининг тоғли ҳудудларида йўловчиларни ташишда маълум талаблар белгилаб берилган 👮‍♀️👉@IIBYHXB
Показать все...
00:42
Видео недоступноПоказать в Telegram
13-14 май кунлари Самарқанд шаҳрида Осиё хотин-қизлари форуми бўлиб ўтади «Хотин-қизларнинг иқтисодий, ижтимоий ва сиёсий ҳуқуқ ҳамда имкониятларини кенгайтириш масалаларига минтақавий ёндашув» мавзусидаги форумда иштирок этиш учун нуфузли халқаро ташкилотлар ва хорижий мамлакатлар вакиллари етиб кела бошлади. Kun.uz расмий канали
Показать все...
FORISH TUMANIDA “NAFOSAT” RASMLAR KO‘RGAZMASI TASHKIL ETILDI ✅ Muhtaram Yurtboshimiz 2019 yil 19 – martdagi videoselektor yig‘ilishda mamlakatimiz yoshlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish, jismonan va ma’nan boy yigit-qizlarni tarbiyalash maqsadida beshta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. ✅ Forish tumani 2-sektor hududidagi Garasha qishlog‘ida ham besh muhim tashabbus ijrosining barcha yo‘nalishlarida turli tadbirlar: sport, madaniyat, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, kitobxonlikni, teatr va san’atni, rassomlikni keng targ‘ib qilish borasida tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. ✅ Jumladan, besh muhim tashabbusning birinchisi – yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodlarini yuzaga chiqarish maqsadida 79-umumta’lim maktabida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi va maktab ma’muriyati tashabbusi bilan tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbir rassomchilik va haykaltaroshlik bo‘yicha ijod etgan va ijod etib kelayotgan ushbu maktabning sobiq bitiruvchilari ijodkorlari ko‘rgazmasiga asosan tashkil etildi. Maktabning foesi va zallari turli rasmlar bilan bezaldi, ko‘rgazmalar tashkil etildi. ✅ Ko‘rgazmaga tumanimizdagi maktab rahbarlari, tasviriy san’at fani o‘qituvchilari, rasm chizishga qiziquvchi o‘quvchilar, ota-onalar taklif etildi. Tadbirni ochib bergan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Sobir Voqqosov bunday tadbirlar tarix va kelajakni bog‘lashini, yoshlarni rasmlar orqali ona vatan tabiatiga muhabbat, yurt qahramonlari bilan tanishtirish, inson qanday iste’dodga qodir ekanini bildirishdan iborat ekanini takidladi. ✅ Ko‘rgazmadan maktabning tasviriy san’at o‘qituvchisi, hurmatli ustoz Hamdam Muxtorov va uning shogirdlari – haykaltarosh O‘rolboy Yaxshiliqov, rassomlar Nizom Muxtorov, Sherali Hasanov, Suqrot Muxtorov, Marjona Abdug‘aniyeva hamda shoira, rassom O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi Iroda Umarovalarning ishlari keng o‘rin oldi. Shuhrat SAYITQOSIMOV, 80-maktab MMIBDO‘.
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Иссиқхоналарга кўмир қозони сотиб олиш харажатларининг 20 фоизгача қисми қоплаб берилади Шавкат Мирзиёев қишлоқ хўжалиги соҳаси бўйича ишлаб чиқилган режалар билан танишди. Иссиқхона хўжаликларининг хориждан малакали агроном, энтомолог ва лаборатория мутахассисларини жалб қилиш харажатларининг 50 фоизини, кўмир қозони сотиб олиш харажатларининг 20 фоизгача қисмини қоплаш таклиф этилмоқда. 👉 https://kun.uz/kr/28477419 Kun.uz расмий канали
Показать все...
YOSHLAR YERGA EGALIK QILMOQDA 🔰Forish tumanida yoshlar bandligini ta’minlash, ular muammolarini hal etish va tadbirkorlikka yo‘naltirish borasida Forish tuman hokimligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan tizimli ishlar yo‘liga qo‘yilgan. 🔰 Tumanning “Xonbandi” mahallasida yashovchi 10 nafar yoshlar o‘zini o‘zi band qilish va dehqonchilik bilan shug‘ullanib, mahsulot yetishtirib oilalari farovonliklarini ta’minlash istagida ekanligini bildirishib yer ajratishni so‘rab murojaat qilishgan edi. 🔰“Xonbandi” mahallasida yashovchi 10 nafar yoshlarning murojaatlari ijobiy hal etilib, har biriga mahalla xududidagi zaxiradagi yerlardan 1 gektardan jami 10 gektar yer ajratib berildi. 🔰Endilikda yoshlar ushbu ajratilgan yerlarda turli qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirib, bozorlar serobchiligiga o‘z hissalarini qo‘shadilar. Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
Показать все...
MADANIY-MA’RIFIY TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA ⚡️ Mamlakatimizda may oyi – madaniy-ma’rifiy tadbirlar oyligi deb e’lon qilingan. ⚡️ Forish tumanidagi barcha mahallalarda may oyi madaniy-ma’rifiy tadbirlar oyligi doirasida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilyapti. ⚡️ Jumladan, Forish tumanining eng uzoq va chekka mahallasi hisoblangan 2-sektor hududidagi “Narvon” mahallasida va shu mahallaning Eshbo‘ldi qishlog‘ida may oyi – madaniy-ma’rifiy tadbirlar oyligi doirasida mahalla yoshlari o‘rtasida futbol musobaqalari o‘tkazildi. ⚡️ Tadbirda mahalla mutasaddilari, nuroniylar, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etishdi. ⚡️ Musobaqalarda mahallaning ko‘ngilli yoshlaridan tarkib topgan jamoalari o‘zaro g‘oliblik uchun kurashdilar. ⚡️ Musobaqa so‘ngida g‘oliblar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
Показать все...