cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

Рекламные посты
4 607
Подписчики
+1424 часа
+287 дней
+6830 дней
Архив постов
🗣️Global Money Week final bosqichi ko'taringki kayfiyatda yakunlandi!
🤗"Butunjahon jamg'arish kuni" munosabati bilan Qarshi shahridagi umumta'lim maktablari o'rtasida Global Money Weekning final bosqichi o'tkazildi hamda qatnashchilarga qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi.
👋👋👋👋👋👋👋👋👋
❗️🤓Ma'lumot uchun: Global Money Week bu - Child & Youth Finance International (CYFI) tomonidan tashkil etilgan loyiha bo'lib, o'smirlar o'rtasida moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan.
✔️Biz bilan birga bo'lganingiz uchun sizga tashakkur!💚💙 🌐Bizni sahifalarimizda kuzating: 🌐Telegram | 🌐Instagram
Показать все...
#profilaktika ❗️Yashirin iqtisodiyotni oldini olish va soliqlar yig‘iluvchanligini oshirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biridir. Shu maqsadda, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sirojiddin Eshmatov va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti viloyat boshqarmasi boshlg‘i Nodirbek Ismonov Qarshi shahridagi tadbirkorlik subyektlarida bo‘lishdi.
Aytish joizki, tadbir davomida yirik tovar aylanmasini amalga oshirgan 50 ta tadbirkorlik subyektlari tanlab olinib, o‘rganish ishlari boshlandi.
▪️Qarshi shahridagi “Shukrona hamkor Fazliddin” mas’uliyati cheklangan jamiyati chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanadi. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 245 mln. so‘m tovar aylanmasini amalga oshirgan. Savdo do‘konida 5 nafar xodim ishlashiga qaramay, soliq hisobotida ishchi-xodimlar soni “nol” ko‘rsatib kelingan. Tadbirkorga berilayotgan yengillik va qulayliklar tushuntirilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar joyida bartaraf etildi. ▪️Mas’ullar “Umid Hasanov Gold” oilaviy korxonasida ham bo’lishdi. Korxona tomonidan 2024-yilning o‘tgan davri mobaynida 147 mln. so‘m tovar aylanmasi amalga oshirilgan bo‘lishiga qaramay, soliq hisobotlarida ishchi-xodimlar ko‘rsatilmagan. Tushuntirish-targ‘ibot ishlaridan so‘ng 2 nafar xodim rasmiylashtirildi.
Bundan tashqari, mas’ul rahbarlar “Jahon kafolat servis”, “Karshi zolotoy goroh”, “Baxshiyda”mas’uliyati cheklangan jamiyatlari, “Ibodova Xurshida” xususiy korxonasi va “Alo sifat issiq non” oilaviy korxonasida ham bo‘lishib, faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu tadbirkorlik subyektlarida ham yuqoridagi kabi holarlarga duch kelindi. Tushuntirish ishlari davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etildi.
❗️Bir kunda 7 ta savdo korxonalari o‘rganilib, undan 4 tasida 9 nafar xodim noqonuniy ishlab kelayotgan aniqlanib, rasmiylashtirildi. Davlat budjetiga qo‘shimcha 40 mln. so‘m aylanmadan olinadigan soliq hisoblanishga erishildi. ✅ O‘rganishlar davaomida tadbirkorlarga xarid qilingan mahsulot uchun onlayn nazorat kassa texnikasining chekini taqdim etish, savdo tushumini to‘liq kirim qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi. ✍️Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi Telegram | Facebook
Показать все...
Qavali mahallasi Yoshlik ko‘chasiga hashar yo‘li bilan qum-shaga‘al to‘kilib, shag‘allashtirish ishlari olib borilmoqda. @qarshishaharhokimligi
Показать все...
Qashqadaryo viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Qarshi shahar bo‘limi xodimlari tomonidan Qo‘rg‘oncha mahallasi hududida o‘tkazilgan nazorat reyd tadbiri jarayonida belgilanmagan joyga maishiy chiqindilarni joylashtirgan 2 nafar fuqarolarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan 680 ming so‘m jarima chorasi qo‘llanildi hamda chiqindini tegishli tartibda olib ketish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
@qarshishaharhokimligi
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Qarshi shahar 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Annur Ochilov muddatidan oldin talaba bo‘ldi. U 20 ta chet davlat oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirib, ulardan 14 tasiga talabalikka qabul qilindi.
@qarshishaharhokimligi
Показать все...
Qarshi shahar prokurori, 2-sektor rahbari A.Mirzoyev tomonidan sektorga biriktirilgan Qarshi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi va xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar bilan telefon orqali onlayn muloqot qilindi. Muloqot davomida tashqi mehnat migratsiyada yurgan fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi, ularni qiynayotgan muammolar eshitilib, yechimlari bo‘yicha takliflar berildi. Mehnat migratsiyasida yurgan fuqarolarning oila a’zolari holidan xabar olinib, yashash sharoitlari o‘rganildi.
Показать все...
Bugungi kunda yurtimizda ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ertamiz vorislari bo‘lmish yoshlarga sifatli ta’lim berish, ularni har tomonlama yetuk inson etib voyaga yetkazish yo‘lida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada 2018-yil 25-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5313 sonli Farmoni qabul qilindi. Joylarda mazkur farmon ijrosini ta’minlash va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida 2024-yil 14-may kuni Qarshi shahar prokurori A.Mirzoyev tomonidan sektorga biriktirilgan "Batosh" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganishlar olib borildi. O‘rganishlar mobaynida qurilish-ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari hamda ta’lim sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy baholandi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan sohalarga alohida e’tibor qaratildi.
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
🇩🇪Germaniyaga Ausbildung – dual tizimi asosida ishlash istagida bo'lganlar diqqatiga! 🤔 Ausbildung nima? 🤔 Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qashqadaryo viloyat filiali va O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda Qarshi shahrida nemis tili o'quv kurslari tashkil etmoqda. - o'quv kursi muddati 6 oydan 9 oygacha; - o'quv kursi yakunida nomzod B1 darajada sertifikat olsa, oylik amalga oshirgan to'lovlari to'liq qaytarib beriladi. 🤔 Germaniyada: − o'qish muddati 2 yildan 3.5 yilgacha; − oylik stependiya 900 yevrodan 1200 yevrogacha; − Loyiha yakunida 2 500 - 3 000 yevro oylikli ish o'rinlari. 🤔 Ish turlari: − Keksalarga g'amxo'rlik qilish; − hamshiralik; − Mehmonxona biznesi; − Oziq-ovqat zanjiri xodimlari; − Mexatronika; − Avtomexanik; − Haydovchilik; − Mikroelektronika; − Barcha hunarmandchilik kasblari va boshqa sohalar. 🤔Ushbu loyihada qatnashish ya'ni nemis tilini o'rganish va Germaniyada ishlash istagida bo'lganlar quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin. 👇👇👇👇👇👇 ✔️Ro'yxatdan o'tish 🏠 Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, A.Navoiy ko‘chasi, 70a-uy (Mo‘ljal: Oydin bozor ro‘parasi). ☎️Мurojaat uchun: (55) 403-12-82, (90) 967-15-15, (50) 111-07-00 😎Kanalga obuna bo'lish 🐶@qashmigration
Показать все...
00:33
Видео недоступноПоказать в Telegram
Qarshi shahridagi "Umid uchqunlari" xususiy maktabi o‘quvchisi Ulug‘bek Baratboyev Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan mental arifmetika bo‘yicha xalqaro "WAMAS" musobaqasida chempionlikni qo‘lga kiritdi. @qarshishaharhokimligi
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Эълон! Бугун, 14 май куни кеч соат 23:00 дан эртага 15 май эрталаб соат 6:00 гача Қарши шаҳри Ислом Каримов кўчасининг Амир Темур кўчаси кесишган чорраҳадан курантгача (Мустақиллик кўчаси кесишган чорраҳагача) бўлган қисмида ўрнатилган иллюминация чироқларини демонтаж ишлари олиб борилиши муносабати билан автотранспорт воситалари ҳаракати вақтинча чекланади. Келтирилган ушбу ноқулайлик учун узр сўраймиз. Қарши шаҳар ҳокимлиги
Показать все...
#Ҳокимлик_соати Танқидий-таҳлилий руҳда ўтган йиғилишда бир қатор масъулларга чоралар қўлланилди Кеча Муротжон Азимов раҳбарлигида ўтказилган йиғилишда вилоятда “Сайхунобод, Уйчи ва Зарбдор тажрибалари”ни кенг жорий қилиш, бандликни таъминлаш, аҳолини бизнесга жалб этиш, иқтисодиётда давлат иштирокини қисқартириш, давлат мулкини хусусийлаштириш орқали хусусий сектор улушини ошириш ва тадбиркорликни ривожлантириш учун шароит яратиш, муаммоли кредитлар улушини қисқартириш, жорий йил чақирув мавсумида сафарбарлик чақируви резерви хизматининг ташкил этилиши ҳамда Ҳисоб палатаси томонидан давлат харидларининг қонунийлиги юзасидан вилоятда ўтказилган ўрганишлар натижалари танқидий-таҳлилий муҳокама қилинди. Вилоят ҳокими ҳар бир масалага атрофлича тўхталиб, ютуқ ва камчиликларга алоҳида эътибор қаратди. Шунингдек, "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида экилган кўчатларни парваришлаш, вилоят маркази ҳисобланган Қарши шаҳрида ободонлаштириш ишларини олиб бориш, ҳар бир ташкилот ва муассасада ўз ҳудудини тоза ва файзли сақлаши кераклиги таъкидланди. Йиғилиш кун тартибидаги масалаларни бажарилишига эътиборсизлик билан қараганлиги учун 22 нафар масъуллар лавозимидан озод этилди. 29 нафарини вазифасидан озод этиш бўйича Республика раҳбариятига тақдимнома киритиладиган бўлди. 41 нафар масъулларга навбатдаги интизомий жазо чоралари қўлланилган бўлса, 27 нафарининг фаолияти қониқарсиз деб топилиб, кейинги чорак якунлари бўйича ижобий ўзгариш қилмаган тақдирда, уларга нисбатан кескин чоралар кўрилиши тўғрисида огоҳлантирилди. Бундан ташқари вилоятдаги Ахборот хизматлари ва ОАВ вакилларига ижтимоий роликлар, иш ўринлари эълонлари, Президентимиз томонларидан яратиб берилган имтиёзли кредит ҳамда субсидияларга оид материалларни кенг жамоатчиликка етиб бориши учун тарғиботини кучайтириш вазифаси топширилди. Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Показать все...