cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

𝑴𝒓𝒔. 𝑺𝒖𝒓𝒈𝒆𝒐𝒏🗽🇺🇲

Shunchaki o'qimang! His qiling!❤️🕊 Creatorka: #oʻzim🐼 Мой маленький мир✨ Reklamasiz kanal yuritaman🙂

نمایش بیشتر
طاجيكستان6 036زبان مشخص نشده استکتب17 448
Advertising posts
301مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Siz qanchalik shafqatsizsiz! Yetmaydimi? Meni xafa qilish uchun nimalar qilding? Menga rahm qiling. Siz qanchalik shafqatsizsiz Nega, sevgilim, ko'z yoshlarim osongina yuzimga keladi Va nega men bu dardni qabul qilaman, chunki mening ruhim sizning bir bo'lagingiz Nega men sizning qo'llaringizdan bu azoblarni qabul qilaman? Agar bu sevgi bo'lsa, men bundan baxtsizman Va agar ayb menda bo'lsa, men "yetarli" deb ayta olmayman. Va agar taqdirim og'riq bilan yashashim bo'lsa Tinch qo'y, hamma narsa o'z holidagiday qolsin; shunday bo'lsin Sizda rahm-shafqat yo'qmi? Seni qanchalik sevishimni bila turib, menga yolg'on gapirayotganing uchun vijdoning qiynalmaydimi? Uyat, ehtiros haqida o'ylab ko'ring va men necha yil faqat siz uchun yashayman? Biz sevgini abadiy yo'qotdikmi yoki bu shunchaki o'yinmi? Sevgi va mehrni, yuragimni va sadoqatimni yo'qotdikmi?! "Enta eih" tarjimasi Manba bilan olinsin!
نمایش همه...
Ona...🌷 Robbim meni ne'matlantirgan... Qanday deysizmi? Siz bilan Ona... Meni dilim og‘risa, uniki ming chandon og‘rigan Onam. Bemor chog‘imda atrofimda parvona bo‘lgan Mehribonim. Xursand bo‘lgan paytimda kulgusi arimagan Nur yuzligim. Xato qilsam, xatolarimni yashirib, to‘g‘rilagan Chirog‘im. Nega undaysiz Ona...? Men mehrni boshqalardan istabman-a... Asli, barcha mehr sizda ekan. Men sevgini insonlardan so‘rabman... Ichingiz to‘la sevgi ekan Ona... Ancha ezildingiz, ancha dard ko‘rdingiz. Siz ko‘rgan sitamlarni tosh ko‘rsa, yorilar edi. Ammo, sizchi? Sabringiz huddi dengiz kabi... Dard kelganda, siz kabi sabr qilolsam edi deyman. Sizdan o‘rnak olsam deyman. Siz kabi oqko‘ngil bo‘lsam, sahiy bo‘lsam deyman. Allohim sizga o‘xshagan mehri keng ona bo‘lishlikni nasib etsin. Men siz bilan Jannatlarda qo‘l ushlashib yurishni istayman Ona... Birgalikda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qo‘llaridan Kavsar suvlarini ichishni istayman. Jannat sayyidasi bo‘lmish Fotima rodiyallohu anhodan siz ila birgalikda nasihatlar tinglashni istayman.. Men Jannatda ham sizning qizingiz bo‘lishni xohlayman.. Sochlaringizga tushgan bu oqlarni sababchisi mana biz qizlaringiz bugun qarshingizda sizga qarab, kulib turibmiz. Siz bizga mehr berganchalik, sizga bera olayapmizmi? Bizdan rozi, bo‘ling Oyijon. Haqqimizga duoda bo‘ling. Hali biz qizlaringiz, sizni gul yuzli Habibimiz izlari qolgan Makka, Madinaga olib borishimiz kerak... Robbim shu kunlarga yetkazsin deyman.. Sizni hech kimga alishmay sevaman. Shunchaki, manfaatsiz, hech narsa kutmay, boringizcha, borligingizcha sevaman.. Boringizga shukur...
نمایش همه...
Umid. Sen tugadim deysan, ammo qalbing qandaydir yordam kutadi. O‘sha bir kun, U tomonidan nusrat keladi. So‘zlolmaysan, qochib ham, ketolmaysan, ammo, umid qilishdan ham to‘xtamaysan. Barini umid ila kutasan. Tasavvur qil, hamma yerni qor qoplagan, kun sovuq. Ammo qahraton qishda ham gul ochilmoqda, u gulni Robbing nima uchun yaratgan deb o‘ylaysan? Sening hayotingda nima bo‘lsa ham, umiding so‘nmasin deya... Qishdan so‘ng bahor, tundan keyin kun keladi gulim! Yetarki sen, qo‘llaringni umid ila duoga ochmoqdan, Unga ishonmoqdan to‘xtama. Robbisiga ishongan qalblarning umidlari aslo so‘nmaydi. 🌷Umid. Sen tugadim deysan, ammo qalbing qandaydir yordam kutadi. O‘sha bir kun, U tomonidan nusrat keladi. So‘zlolmaysan, qochib ham, ketolmaysan, ammo, umid qilishdan ham to‘xtamaysan. Barini umid ila kutasan. Tasavvur qil, hamma yerni qor qoplagan, kun sovuq. Ammo qahraton qishda ham gul ochilmoqda, u gulni Robbing nima uchun yaratgan deb o‘ylaysan? Sening hayotingda nima bo‘lsa ham, umiding so‘nmasin deya... Qishdan so‘ng bahor, tundan keyin kun keladi gulim! Yetarki sen, qo‘llaringni umid ila duoga ochmoqdan, Unga ishonmoqdan to‘xtama. Robbisiga ishongan qalblarning umidlari aslo so‘nmaydi. 🌷
نمایش همه...
Umid. Sen tugadim deysan, ammo qalbing qandaydir yordam kutadi. O‘sha bir kun, U tomonidan nusrat keladi. So‘zlolmaysan, qochib ham, ketolmaysan, ammo, umid qilishdan ham to‘xtamaysan. Barini umid ila kutasan. Tasavvur qil, hamma yerni qor qoplagan, kun sovuq. Ammo qahraton qishda ham gul ochilmoqda, u gulni Robbing nima uchun yaratgan deb o‘ylaysan? Sening hayotingda nima bo‘lsa ham, umiding so‘nmasin deya... Qishdan so‘ng bahor, tundan keyin kun keladi gulim! Yetarki sen, qo‘llaringni umid ila duoga ochmoqdan, Unga ishonmoqdan to‘xtama. Robbisiga ishongan qalblarning umidlari aslo so‘nmaydi. 🌷
نمایش همه...
Sen hech kimning o’rnini bosuvchi emassan… Ko’ngillari tusaganda kelishadi , xohlaganda ketishadi. Seni ikkinchi o’ringa qo’yishadi. Atrofida sendan-da yaqin bo’lsa, seni eslamaydi. Hech kimi qolmaganda yana senga qaytadi va sen yana uni qabul qilasan , shundaymi? Shuni tushunsang-chi: sen kimningdir bo’sh vaqtini to’ldiradigan , ikkinchi va uchinchi o’rinda turadigan , xohlaganda qo’ng’iroq qiladigan , xohlamasa , eslamaydigan insoni emassan. Hazrati Mavlono aytgan ekan: “O’zingni kichik hisoblashni bas qil. Sen bir koinotsan” Senga ko’ngil tusaganida qo’ng’iroq qilib izlab qolishlariga izn berma. Chunki sen o’zing uchun qadrlisan. O’zi nima xohlayotganini bilmaydigan manman insonlar uchun quvvatingni sarf qilma! Bundan keyin kim seni qanchalik qadrlab , hurmatingni joyiga qo’ysa , ana o’shalarga o’zidek javob qaytarasan. Bundan ortig’i yo’q. Keragidan ortiq qadrlash ham isrof ekan. Tuyg’ularingni isrof qilmaysan. Mo’jizani insonlardan izlamay qo’yaver. Mo’jizani o’zingda , mo’jizani sensan!!! “Hayotda nima bo’lsang bo’lgin-u, aslo birovning o’rnini bosuvchi bo’lma”
نمایش همه...
Men bilaman: suv ham yig‘laydi, Qotib muzga aylanguncha..!
نمایش همه...
@insafemm ❤️‍🩹
نمایش همه...
Alloh biladi, siz bilmaysiz...🤍 @iymanemm
نمایش همه...
Baʼzan.... Sukut saqlashga majbur boʻlamiz... zaif boʻlganimizdan emas, qadrdonlarimizni qattiq yaxshi koʻrganimiz, ularni yoʻqotmaslik uchun... Baʼzan.... Yaqinganlarimizga juda qattiq gapiramiz.. chunki ulardan xavotir olamiz.. ular soʻzlarimizni oʻqishadi.. qalbimizga nazar solishdan ojiz boʻlishadi... Baʼzan... Xoli qolishni xohlaymiz... olamdan bizdan boshqa yoʻqdek oʻzimizni tutamiz... chunki shunday paytda halovatni topamiz... Baʼzan... Oʻzimiz yaxshi koʻrmagan, rozi boʻlmagan narsalarga bardosh beramiz... Chunki uning zamirida biz sevganlarning xotirasi boʻladi... Baʼzan... Oʻzimiz istamasak - da, boshqalar uchun tabassum qilamiz... Baʼzan... Yer shunchalik keng boʻlishiga qaramay, bizga tor boʻlib qoladi... Lekin biz, Alloh bizga jon tomirimizdan ham yaqin ekanligini eslaymiz... va qalbimizga sakinat choʻkadi. Nafs rozi boʻladi... Zero... “Allohni zikri bilan qalblar orom olur” (Raʼd: 28 - oyat)
نمایش همه...